Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
619 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Shirin gazli ichimliklar homilador ayollarda erta tugʻish xavfini oshiradi

Homilador ayollar gazlangan ichimliklar ichishdan ogohlantiriladi. 2010-yilda Daniyada 60000 nafar ayol oʻrtasida oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, gazlangan va gazsiz shirin ichimliklar ichganlarda erta tugʻish ehtimoli koʻproq.

Homiladorlik paytida kuniga kamida bir marta gazlangan suv ichgan ayollarda erta tugʻish ehtimoli ichmaganlarga qaraganda 38%ga koʻp.


@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👏3🔥2💯1
#hazil_time

Komentsiz 🔇 kulgu😁

@endocrinoo
😁22
#tibbiy_fakt

Inson umri davomida 27000 kg ga yaqin oziq-ovqat iste'mol qiladi, bu taxminan 6 ta filning vazniga to'g'ri keladi.

@endocrinoo
2🔥2👍1👏1🤔1💯1
Homiladorlikda temir va yod yetishmasligi ASORATLARI

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
4👏1💯1
Papillomalar nima?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Papillomalar bu yaxshi sifatli hosilalar qatoriga kirib , asosan boʻyin, qoʻltiq osti, qovurgʻa osti, jinsiy azolar soxasida koʻp uchraydi.

Kelib chiqish sabablari:
•Semizlik

•Betartib jinsiy aloqa
•Immun tizimi sustligi
•Virusli infeksiyalar bilan koʻp kasallanish
•Gigiena qoidalarini qoʻpol buzilishi

Davolash har holat sababiga koʻra tanlanadi.
Ozish, virusga qarshi davolanish, gigienaga etibor berish, hirurgik aralashuv, lazerkoagulyatsiya, elektrokoagulyatsiya, kriodestruksiya

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
3👍2👏2❤‍🔥1
Ozishda jismoniy mashqlarni oʻrni

Vazn yoʻqotishdagi muvaffaqiyatning 70 foizi toʻgʻri ovqatlanishga bogʻliq boʻlsa, 30 foizi jismoniy faoliyatga bogʻliq.

Dinamik yurish.
Buyuk Britaniyaning universiteti oʻtkazgan tadqiqotda ma’lum boʻlishicha: atigi bir soatlik piyoda yurish ishtahani tartibga soluvchi ikkita gormonning miqdorini oʻzgartiradi:
• Grelin — ishtahani qoʻzgʻatuvchi gormon.
• "PYY” — toʻyish gormoni.

Bir soatlik ayerobik mashgʻulotdan soʻng qondagi "grelin" darajasi keskin pasayadi va "PYY" darajasi oshadi va birgalikda ishtahaning pasayishiga olib keladi!

Jismoniy mashqlar paytida faqat burun orqali nafas olish va ogʻiz orqali nafas chiqarish muhimdir, bu yurak tezligini barqarorlashtiradi, qonni kislorod bilan toʻyintiradi.

Shunday qilib, hujayra oksidlanish rejimi — yogʻ oksidlanishiga oʻtadi. Mashgʻulotning samaradorlik siri ularning muntazamligida!

Yugurish mashqi.
Yugurish, yurish kabi, maxsus simulyatorlar va sport zali talab qilmaydi. Biroq, bu bilan birga, boʻgʻimlarga va umurtqa pogʻonasiga yukni oshiradi. Bundan tashqari, yurishdan farqli oʻlaroq, u maxsus forma, poyabzal va yaxshi yoʻlakni talab qiladi.
Arqon bilan sakrash mashqi.
Eng yaxshi ayerobik mashqlardan biri.
10 daqiqalik sakrash ikki kilometrlik yugurish, 10 daqiqalik velosiped poygasi kabi effekt beradi. Arqon mashqlari sizga bel, yelkalar, qoʻl va qorin mushaklarini samarali ishlashga imkon beradi.

Quyida bir soatlik mashgʻulotlarda qancha kaloriya (kkal) sarflanishi keltirilgan:
▪️yurish — 250
▪️poygada yurish — 416
▪️yugurish (8 km/soat) — 500
▪️kross yugurish — 600
▪️yugurish (16 km/soat) — 1170
▪️muntazam kuch mashqlari — 210
▪️intensiv kuch mashqlari — 420
▪️aerobik fitnes mashgʻulotlari — 500
▪️interval kardio mashgʻulotlari — 600
▪️ aylanma trening — 500
▪️arqon bilan sakrash (intensiv) — 750
▪️suzish (0,4 km/soat) — 210
▪️suzish (2,4 km/soat) — 460
▪️futbol — 450
▪️velosipedda (9 km/soat) — 185
▪️velosiped (15 km/soat) — 320


@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
3👍3👏1
Ko'pchilik hayron bo'ladi, nima uchun yugurganda ularning talog'i og'riydi ?

Haqiqat shundaki, agar siz jismoniy faoliyatni to'satdan boshlasangiz, "zaxiralardan" juda tez qon oqimini qo'zg'atishi mumkin.
Mushaklar faolroq ishlashi uchun ko'proq energiya sarflashi kerak.

Bu "zaxiralar" qayerda joylashgan?
Albatta chap tomonda joylashgan taloqda☝🏻
Undan qon butun tanaga teng taqsimlanishi uchun vaqt topa olmaydi va taloq kattashib oʻzining kapsulasini siqadi va ogʻriq beradi

Biz bilan tibbiy bilimingizni yuksaltirishda davom eting

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5👏2
#hazil_time

6-sinfga biznes reja mavzusida uyga vazifa berilgan ekan

@endocrinoo
😁17👍2🔥1
Farzandli boʻlish ehtimoli yuqori va pastligi sabablari
#bepushtlik

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Farzandli boʻlish ehtimoli yuqori:

• 30 yoshgacha boʻlganlarda
• Anamnezda homiladorlik mavjudlar
• TVI 18 - 29.9 orasida boʻlganda
• Bepushtlik 3 yildan oshmaganlar
• Zararli odatlari (ichish, chekish, narkotik, psixotrop) yoʻqlar
• 2 chashkadan kam kofe ichuvchilar

Farzandli boʻlish ehtimoli past:

• 35 yoshdan oshganlar
• Anamnezda homiladorlik yoʻqlar
• Bepushtlik 3 yildan oshganlar
• TVI 18dan kam va 29.9dan ortiqlar
• Zararli odatlari mavjudlar
• 2 chashkadan koʻp kofe ichuvchilar

*TVI - Tana Vazn Indeksi

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
4🔥2
#hazil_time

Dorixonada:
👨‍🦰menga valerianka, glitsin, novopassit bering

👩‍⚕Sizda hammasi yaxshimi?

👨‍🦰Ha, avans tushipti

@endocrinoo
🥰2🔥1
Erkaklar tekshirishi muhim bo'lgan gormonlar

1. Testosteron:
- Tibbiy ahamiyati: Erkak jinsiy rivojlanishi va mushak massasini boshqaradi.
- Normal miqdori: 300 - 1000 ng/dL.

2. Kortizol:
- Tibbiy ahamiyati: Stress gormoni, organizmning stressga va infeksiyalarga qarshi javobini boshqaradi.
- Normal miqdori: 6 - 23 mcg/dL (ertalabki daraja).

3. FSH (Follikulalarni Stimulatsiya qiluvchi Gormon):
- Tibbiy ahamiyati: Spermatozoid ishlab chiqarishni boshqaradi.
- Normal miqdori: 1.5 - 12.4 mIU/mL.

4. LH (Luteinizatsiya qiluvchi Gormon):
- Tibbiy ahamiyati: Testosteron ishlab chiqarishni rag'batlantiradi.
- Normal miqdori: 1.7 - 8.6 mIU/mL.

5. Prolaktin:
- Tibbiy ahamiyati: Yuqori darajasi jinsiy disfunktsiyaga olib kelishi mumkin.
- Normal miqdori: 2 - 18 ng/mL.

6. Estradiol (E2):
- Tibbiy ahamiyati: Past darajada bo‘lishi kerak, ortiqcha estradiol jinsiy disfunktsiyaga sabab bo‘lishi mumkin.
- Normal miqdori: 10 - 40 pg/mL.

7. SHBG (Jinsiy gormonlarni bog‘lovchi globulin):
- Tibbiy ahamiyati: Gormonlarning erkin shakllarini boshqaradi.
- Normal miqdori: 10 - 57 nmol/L.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥1
#hazil_time

Bemor doktor qabuliga kelib debdi:⠀
— Doktor, men internetga juda qattiq bogʻlanib qolganman. Hecham undan ajrala olmayman. Agar shu kasalligimni davolasangiz, doim sizni xabarlaringizga “Layk” bosib turishga vaʼda beraman.

@endocrinoo
😁106👍1
Yod tanqisligini belgilari
Yodni dozalash

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
❤‍🔥2👍2
Haqiqiy bahtli kim?

@endocrinoo
👏7💯5❤‍🔥31👍1
#hazil_time

Hamma erkaklar bir hil deb hisoblaysizmi? Demak sizning zreniyangiz -8 😁

@endocrinoo
😁82
Selen qalqonsimon bez uchun qay darajada muhim?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Selen haqida avval ham koʻp yozganman. Lekin bu safar aynan qalqonsimon bez uchun foydalari haqida yozmoqchiman.

1)Qalqonsimon bez gormonlarining sintezida ishtiroki.

Selen deyodinaz fermentlarining faol qismi bo‘lib, ular T4 gormonini T3 gormoniga aylantirishda ishtirok etadi.

T3 faolroq gormon bo‘lib, organizmning metabolik jarayonlarini tartibga soladi.

2)Antioksidant himoya.

Selen glutation peroksidaza va boshqa antioksidant fermentlarning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, qalqonsimon bezni erkin radikallar va oksidlovchi stressdan himoya qiladi.

Bu xususiyat autoimmun tiroidit (Hashimoto) kabi kasalliklarning rivojlanish xavfini kamaytiradi.

3)Selen yetishmovchiligida

-Qalqonsimon bez gormonlarining ishlab chiqarilishi buziladi.

-Gipotireoz rivojlanishi mumkin.

-Tiroid to‘qimalarining oksidlovchi zararlanishi kuchayadi.

❗️Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2👏2🔥1
Juda koʻp taʼkidlayman bemorlarga, agar siz doimiy yodomarin (kaliy yodid) qabul qilib yurgan boʻlsangizu , sizda qalqonsimon bez muammosi bormi demak Selen qoʻshib ichishingiz kerak.

Asosiy Selen manbalari haqida ham yozganman avvalroq.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5🔥1👏1🤔1
Shakarsiz kompot ichyapman saxrdi koʻtarmasin deb

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Yozda aksar bemorlar shu gapni aytadi. Vaholanki meva shirin boʻlgani uchun shakar qoʻshishmaydi. Yoki men koʻrmaganman tahir sharbatni qiynalib ichayotgan odamni😬( oʻrniga suv ham shirinroqda chunki )

Gilos kompotga rang berish uchun qoʻshilsa undagi shakar ham oʻsha suv ichida boʻladi. Demak sizda glukoza koʻtarilish havfi bor. Barcha narsada meʼyor boʻlgani yaxshi. 50 ml shakarsiz sharbat iching va evaziga jismoniy faoliyatni yanada oshiring. Yoki ortidan oqsil mahsulotlari isteʼmol qiling.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4👏1💯1