Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
#hazil_time

Hamma aytganimizni qiluvchi bemorlardan namuna😂

@endocrinoo
😁51
Mors yozning sevimli ichimliklaridan.
Bu suv qandli diabetda va semizlikda qanday taʼsir qiladi?

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo

Yozing jaziramasida mors juda sotuvi yaxshi ichimlik. Bunda uning arzonligi ustunlik qiladi menimcha. Lekin qandli diabetda yoki semizlikda uning tasiri qanday? Bunga javob uning tarkibida albatta.

100 ml ichimlik oʻzida 50 kkal 🔥 saqlaydi
Ichimlik esa 2 litrlil idishda chiqadi. Shunda umumiy hisobda 1000 kkal 🔥 saqlaydi. Kun davomida oz ozdan qilib ichib qoʻygan bu suv sizga katta miqdorda energiya beradi va semizlikka qadar ketishingizni oson qiladi.

Tarkibidagi shakar esa sizni qonda glukoza darajangiz ortishiga beminnat hissa qoʻshadi.

1000 kkal ni sarflash uchun rasmdagi mashqlar shuncha vaqt davomida bajarilishi kerak.
Masalan: 1 soatu 50 daqiqa velosiped minishingiz, 1 soatu 35 daqiqa yugurishingiz, 2 soatu 50 daqiqa tennis oʻynashingiz, 1 soatu 10 daqiqa argʻamchi oʻynashingiz kerak. Endi oʻzingizni shu jismoniy mehnatda tasavvur qiling😄

@endocrinoo
👍3😁2❤‍🔥1🔥1👏1💯1
#homiladorlik

💊Magniy!!!

➡️Homiladorlik davrida ayol va homila rivojlanishida alohida rol o‘ynaydi.

➡️Magniy platsentaning shakllanishida ishtirok etadi ,
ona va bola o‘rtasidagi aloqa. Bundan tashqari, homila asab tizimining shakllanishi, kelajakdagi onaning stressga chidamliligi va bachadonning tonusini tartibga solish uchun zarurdir.

❗️Ya’ni, bachadon va platsenta magniy miqdori eng yuqori bo‘lgan organlardir.

👉Homilador ayollarda uning yetishmasligi quyidagilarga olib keladi:

- spazmlar, ko‘pincha boldirlarda
- tez yurak urishi
- psixik salbiy o‘zgarilash,asabiylik
- asossiz tashvish hissi
- charchoqning kuchayishi
- kech toksikozning og‘ir shakllari
- bola aʼzolari rivojlanishning kechikishi

➡️Shuning uchun defitsitni to‘ldirish asoratlar xavfini ikki baravar kamaytirishga imkon beradi.

➡️Homiladorlikdan tashqari vaqtda ham magniy muhim! Magniy shakliga e’tibor berish xam muhimdir. U individual ravishda tanlanadi.

1. Magniy glitsinat. Uxlashda qiynalayotganlar, asabiylik, oyoq tortishishlar uchun to‘g‘ri keladi . Shuningdek bosh og‘riqlarida tavsiya etiladi. Tinchlantiruvchi bo‘lgani uchun giperaktiv va gipertonusi bor bolalarga to‘g‘ri keladi.

2. Magniy sitrat. Qabziyatdan aziyat chekadiganlar uchun. Buyrakda toshlari borlarga yaxshi.

3. Magniy malat. Energiya kamligida, buyrak usti bezi disfunksiyasida, stressda yaxshi. Kuning birinchi yarmida ichish tavsiya etiladi. Energiya beradi lekin miya neyronlarini qo‘zg‘atmaydi.

4. Magniy Taurat. Yurak ritmi buzilganlar uchun ,o‘t qop va tosh kasalliklarida, bilirubin oshishida (sarg‘ayishda chaqaloqlarga xam berish mumkun ,ona ichishi kerak). Insulinga sezgirlikni yaxshilaydi, qon bosimini kamaytiradi. Uxlashdan oldin ichish tavsiya etiladi.

5. Magniy L Treonat. Xotirani yaxshilaydi, miya faoliyatini aktivlashtiradi, diqqatni jamlashga yordam beradi. Uyqudan oldin yoki tushlikdan kegin ichish tavsiya etiladi.

6. Magniy sulfat(angliyskaya sol). Aptekalarda sotiladigan ushbu tuzni vanna qilish orqali magniyni teridan kirgazib defitsitni qoplash mumkun. Shuningdek u DЕTOKS vazifasini xam bajaradi.

❗️Demak MAGNIY BACHADONNI QOTIRIB QO‘YMADI! XOMILADORLIKDA ICHISH ZARUR!

Xomiladorlikda xar xil turini aralashtirib ichishni tavsiya qilaman. Agar qabziyat kuchli bo‘lsa sitrat ko‘proq, oyoq tortishsa glitsinat ko‘proq, safro xaydashga taurat ko‘proq.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
4❤‍🔥2👏2🔥1
Qandli diabetda tarvuz 🍉 isteʼmol qilish mumkinmi?

📝Endokrinolog : Fayzullayev Jahongir
@endocrinoo

Tarvuzning glikemik indeksi juda yuqori - 70.
Bu rezavor mevani och qoringa ko'p miqdorda iste'mol qilish qon qandning tez ortishiga olib keladi.

100 gr tarvuzda:
Suv -- 92%

Uglevod-- 7.6 gr
Yogʻ -- 0.2 gr
Oqsil -- 0.7 gr

Shu uglevodda :
fruktoza 7%, saxaroza 5%, glukoza 4% mavjud.

Kaloriyalikligi -- 27 kkal

Xech qachon och qoringa isteʼmol qilmang. Kuniga mumkin boʻlgan miqdor 1 boʻlak miqdoricha.

Agar siz 2-tur qandli diabet boʻlsangiz tarvuz oʻrniga boshqa mahsulot tanlaganingiz maqul.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
2👍2👏2❤‍🔥1🔥1
Shirin gazli ichimliklar homilador ayollarda erta tugʻish xavfini oshiradi

Homilador ayollar gazlangan ichimliklar ichishdan ogohlantiriladi. 2010-yilda Daniyada 60000 nafar ayol oʻrtasida oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, gazlangan va gazsiz shirin ichimliklar ichganlarda erta tugʻish ehtimoli koʻproq.

Homiladorlik paytida kuniga kamida bir marta gazlangan suv ichgan ayollarda erta tugʻish ehtimoli ichmaganlarga qaraganda 38%ga koʻp.


@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👏3🔥2💯1
#hazil_time

Komentsiz 🔇 kulgu😁

@endocrinoo
😁22
#tibbiy_fakt

Inson umri davomida 27000 kg ga yaqin oziq-ovqat iste'mol qiladi, bu taxminan 6 ta filning vazniga to'g'ri keladi.

@endocrinoo
2🔥2👍1👏1🤔1💯1
Homiladorlikda temir va yod yetishmasligi ASORATLARI

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
4👏1💯1
Papillomalar nima?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Papillomalar bu yaxshi sifatli hosilalar qatoriga kirib , asosan boʻyin, qoʻltiq osti, qovurgʻa osti, jinsiy azolar soxasida koʻp uchraydi.

Kelib chiqish sabablari:
•Semizlik

•Betartib jinsiy aloqa
•Immun tizimi sustligi
•Virusli infeksiyalar bilan koʻp kasallanish
•Gigiena qoidalarini qoʻpol buzilishi

Davolash har holat sababiga koʻra tanlanadi.
Ozish, virusga qarshi davolanish, gigienaga etibor berish, hirurgik aralashuv, lazerkoagulyatsiya, elektrokoagulyatsiya, kriodestruksiya

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
3👍2👏2❤‍🔥1
Ozishda jismoniy mashqlarni oʻrni

Vazn yoʻqotishdagi muvaffaqiyatning 70 foizi toʻgʻri ovqatlanishga bogʻliq boʻlsa, 30 foizi jismoniy faoliyatga bogʻliq.

Dinamik yurish.
Buyuk Britaniyaning universiteti oʻtkazgan tadqiqotda ma’lum boʻlishicha: atigi bir soatlik piyoda yurish ishtahani tartibga soluvchi ikkita gormonning miqdorini oʻzgartiradi:
• Grelin — ishtahani qoʻzgʻatuvchi gormon.
• "PYY” — toʻyish gormoni.

Bir soatlik ayerobik mashgʻulotdan soʻng qondagi "grelin" darajasi keskin pasayadi va "PYY" darajasi oshadi va birgalikda ishtahaning pasayishiga olib keladi!

Jismoniy mashqlar paytida faqat burun orqali nafas olish va ogʻiz orqali nafas chiqarish muhimdir, bu yurak tezligini barqarorlashtiradi, qonni kislorod bilan toʻyintiradi.

Shunday qilib, hujayra oksidlanish rejimi — yogʻ oksidlanishiga oʻtadi. Mashgʻulotning samaradorlik siri ularning muntazamligida!

Yugurish mashqi.
Yugurish, yurish kabi, maxsus simulyatorlar va sport zali talab qilmaydi. Biroq, bu bilan birga, boʻgʻimlarga va umurtqa pogʻonasiga yukni oshiradi. Bundan tashqari, yurishdan farqli oʻlaroq, u maxsus forma, poyabzal va yaxshi yoʻlakni talab qiladi.
Arqon bilan sakrash mashqi.
Eng yaxshi ayerobik mashqlardan biri.
10 daqiqalik sakrash ikki kilometrlik yugurish, 10 daqiqalik velosiped poygasi kabi effekt beradi. Arqon mashqlari sizga bel, yelkalar, qoʻl va qorin mushaklarini samarali ishlashga imkon beradi.

Quyida bir soatlik mashgʻulotlarda qancha kaloriya (kkal) sarflanishi keltirilgan:
▪️yurish — 250
▪️poygada yurish — 416
▪️yugurish (8 km/soat) — 500
▪️kross yugurish — 600
▪️yugurish (16 km/soat) — 1170
▪️muntazam kuch mashqlari — 210
▪️intensiv kuch mashqlari — 420
▪️aerobik fitnes mashgʻulotlari — 500
▪️interval kardio mashgʻulotlari — 600
▪️ aylanma trening — 500
▪️arqon bilan sakrash (intensiv) — 750
▪️suzish (0,4 km/soat) — 210
▪️suzish (2,4 km/soat) — 460
▪️futbol — 450
▪️velosipedda (9 km/soat) — 185
▪️velosiped (15 km/soat) — 320


@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
3👍3👏1
Ko'pchilik hayron bo'ladi, nima uchun yugurganda ularning talog'i og'riydi ?

Haqiqat shundaki, agar siz jismoniy faoliyatni to'satdan boshlasangiz, "zaxiralardan" juda tez qon oqimini qo'zg'atishi mumkin.
Mushaklar faolroq ishlashi uchun ko'proq energiya sarflashi kerak.

Bu "zaxiralar" qayerda joylashgan?
Albatta chap tomonda joylashgan taloqda☝🏻
Undan qon butun tanaga teng taqsimlanishi uchun vaqt topa olmaydi va taloq kattashib oʻzining kapsulasini siqadi va ogʻriq beradi

Biz bilan tibbiy bilimingizni yuksaltirishda davom eting

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5👏2
#hazil_time

6-sinfga biznes reja mavzusida uyga vazifa berilgan ekan

@endocrinoo
😁17👍2🔥1
Farzandli boʻlish ehtimoli yuqori va pastligi sabablari
#bepushtlik

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Farzandli boʻlish ehtimoli yuqori:

• 30 yoshgacha boʻlganlarda
• Anamnezda homiladorlik mavjudlar
• TVI 18 - 29.9 orasida boʻlganda
• Bepushtlik 3 yildan oshmaganlar
• Zararli odatlari (ichish, chekish, narkotik, psixotrop) yoʻqlar
• 2 chashkadan kam kofe ichuvchilar

Farzandli boʻlish ehtimoli past:

• 35 yoshdan oshganlar
• Anamnezda homiladorlik yoʻqlar
• Bepushtlik 3 yildan oshganlar
• TVI 18dan kam va 29.9dan ortiqlar
• Zararli odatlari mavjudlar
• 2 chashkadan koʻp kofe ichuvchilar

*TVI - Tana Vazn Indeksi

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
4🔥2
#hazil_time

Dorixonada:
👨‍🦰menga valerianka, glitsin, novopassit bering

👩‍⚕Sizda hammasi yaxshimi?

👨‍🦰Ha, avans tushipti

@endocrinoo
🥰2🔥1
Erkaklar tekshirishi muhim bo'lgan gormonlar

1. Testosteron:
- Tibbiy ahamiyati: Erkak jinsiy rivojlanishi va mushak massasini boshqaradi.
- Normal miqdori: 300 - 1000 ng/dL.

2. Kortizol:
- Tibbiy ahamiyati: Stress gormoni, organizmning stressga va infeksiyalarga qarshi javobini boshqaradi.
- Normal miqdori: 6 - 23 mcg/dL (ertalabki daraja).

3. FSH (Follikulalarni Stimulatsiya qiluvchi Gormon):
- Tibbiy ahamiyati: Spermatozoid ishlab chiqarishni boshqaradi.
- Normal miqdori: 1.5 - 12.4 mIU/mL.

4. LH (Luteinizatsiya qiluvchi Gormon):
- Tibbiy ahamiyati: Testosteron ishlab chiqarishni rag'batlantiradi.
- Normal miqdori: 1.7 - 8.6 mIU/mL.

5. Prolaktin:
- Tibbiy ahamiyati: Yuqori darajasi jinsiy disfunktsiyaga olib kelishi mumkin.
- Normal miqdori: 2 - 18 ng/mL.

6. Estradiol (E2):
- Tibbiy ahamiyati: Past darajada bo‘lishi kerak, ortiqcha estradiol jinsiy disfunktsiyaga sabab bo‘lishi mumkin.
- Normal miqdori: 10 - 40 pg/mL.

7. SHBG (Jinsiy gormonlarni bog‘lovchi globulin):
- Tibbiy ahamiyati: Gormonlarning erkin shakllarini boshqaradi.
- Normal miqdori: 10 - 57 nmol/L.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥1
#hazil_time

Bemor doktor qabuliga kelib debdi:⠀
— Doktor, men internetga juda qattiq bogʻlanib qolganman. Hecham undan ajrala olmayman. Agar shu kasalligimni davolasangiz, doim sizni xabarlaringizga “Layk” bosib turishga vaʼda beraman.

@endocrinoo
😁106👍1
Yod tanqisligini belgilari
Yodni dozalash

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
❤‍🔥2👍2
Haqiqiy bahtli kim?

@endocrinoo
👏7💯5❤‍🔥31👍1
#hazil_time

Hamma erkaklar bir hil deb hisoblaysizmi? Demak sizning zreniyangiz -8 😁

@endocrinoo
😁82