Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Bemorga qanday shifokor yoqadi

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Bemorga qanday shifokor yoqadi?
Dori oʻrniga tabiiy narsalar aytuvchisi yoqadi.

Bemorga qanday shifokor yoqadi?
Xech narsaga cheklov qo'ymaydigani yoqadi.

Bemorga qanday endokrinolog kerak?
Insulin olib bekor qilipsiz, men sizni insulindan chiqarib tashlayman deydigani kerak

Bemorga qanday endokrinolog zarur?
Hamma narsa yeyish mumkin deydigani zarur

Bemorga qanday shifokor kerak?
Bemor xoxlagancha (buyurtma qilganicha) dori yozib beradigani kerak.

Barcha fikrlar subyektiv

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍64💯3🔥1👏1🏆1
#afsona

Bizi qarindoshlarimizda saxr yoʻq oʻzi. Qoʻrquvdan keyin paydo boʻlgan meniki.

@endocrinoo
😁93🤔2
Kalsiy yetishmovchiligi belgilari qanaqa ???

📌Suyaklar mo‘rtligi va og‘riqlar.
📌Tishda kariyes kuzatiladi.
📌Uyqu buzilishi.
📌Tirnoqlar sinuvchan mo‘rtligi.
📌Tomir tortishishi kuzatiladi.
📌Organizm normal o‘sishdan orqada qolishi.
📌Asablar taranglashuvi kuzatiladi.
📌Erta soch oqarishi , sinuvchanligi va to‘kilishi.
📌Tez charchash va xolsizlik.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
5🔥2👍1👏1💯1
Sayyid ul ayyom
Hajjul masokin juma muborak 🌙

@endocrinoo
6🎉2❤‍🔥1
40 hadisi qudsiy

Menga tavba qilinglar, sizlarga rahm qilaman.

@endocrinoo
2👏1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hazil_time

- Menda astma bor
Shifokor aytgan hamma dorilarni qildim, lekin tasir qilmadi. Hamma ayb shifokorda

- ingalyatsiyani qanday sepasiz?

@endocrinoo
😁19
#bepushtlik

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Oilada farzand boʻlmasa avvalo ayol aybdor deyiladi va qaysidir ginekologga yuboriladi.
Ginekologlar esa yillar davomida ishlashadi bemor bilan(koʻplari shunday)

Ohirgi imkon sifatida(davolashi yaxshi kechmasa) bir endokrinologga ham uchrang degan gapni aytadi.

Ushbu☝️ rasmdan ayon boʻladiki bepushtlikda ayollarda 35% holatda endokrinologik kasallik sabab boʻladi.

Endokrin bepushtlik haqida avval ham yozganman☝️

Rasm orqali oʻzingizga hulosa olishingiz mumkin.
Barcha harakatlar qilinsayu bola boʻlmaslik ehtimoli atigi 7%. Shunday ekan taslim boʻlmang.

Maʼlumotni albatta shunday yaqinlaringizga ulashing. Sababchi boʻlishimizga koʻmak bering.

Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥2👏1🎉1
Osilish mashqi

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Ushbu mashq butun tananing mushaklarini o'z vazningiz bilan cho'zish orqali bo'yingizni oshirishga imkon beradi.
Oyoqlaringiz yerga tegmasligi uchun uning balandligi sizning balandligingizdan balandroq bo'lishi kerak.

Turnikni mahkam ushlaganingizdan so'ng, siz tanangizni bo'shashtirishingiz va 30 soniya davomida osilishingiz kerak. Mashqni kuniga 3 marta takrorlashingiz kerak.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
3👍1🔥1👏1💯1
Yod ichishni qachon boshlaysiz?

O‘zbekiston hududi tuprog‘ida, yer osti va ichimlik suvida yod miqdori kamligi sababli aholi o‘rtasida yod tanqisligi boshqa hududlarga nisbatan yetakchilik qiladi. Qisqasi, bizning hudud endemik buqoq zonasi ҳисобланади. Тупроқ va suvdagi yod miqdorini kamligi o‘simliklar tarkibida ham o‘z aksini topadi.

Yod — qalqonsimon bez gormonlarini asosi hisoblanadi. Uning yetishmasligi og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Organizmda yod tanqisligi belgilari:
• doimiy charchoq hissi
• immunitetni pastligi
• tanada shishlar paydo bo‘lishi
• menstrual siklni buzilishi
• anemiya
• sababsiz semirish
• gipotoniya (qon bosim pastligi)
• intellekt va qabul qilishni susayib ketishi, diqqatni jamlay olmaslik
• bepushtlik, impotensiya

Yod tanqisligini bartaraf qilishni 3 ta yo‘li bor:
1. Yod preparatlarini ichish. Bu eng maqbul yo‘li hisoblanadi.
2. Yod elementiga boy mahsulotlar: dengiz mahsulotlari, dengiz balig‘i, dengiz karami va o‘tlarini ko‘p-ko‘p iste’mol qilish. Bu qimmatroq va yod preparatlarichalik effekt bermaydi.
3. Faqat yodlangan tuzlardan foydalanish.

📌 yod tanqisligi bilan og‘rigan bemorlarga yodni folat kislota va selen bilan qabul qilish yuqori samara beradi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3🔥21👏1💯1
#hazil_time

🗣 Bizga doktor kerak, u oʻlyapti

🧑‍🎓 Men doktorman , faqat falsafa fanlari doktori

🗣 Yordam bering u oʻlyapti

🧑‍🎓 Barchamiz oʻlamiz

@endocrinoo
😁16
🧂​Osh tuzi nima uchun yodlangan bo‘lishi zarur?

◽️Yod tanqisligi aqliy zaiflikning asosiy omilidir. Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili dunyoda 38 millionga yaqin bola yod tanqisligi xavfi bilan tug‘iladi.

◽️Qolaversa, bu modda yetishmasligi qalqonsimon bez va ovqat hazm qilish organlari faoliyati bilan bog‘liq turli jiddiy kasalliklarni keltirib chiqaradi.

🔹Osh tuzlarining saqlanish harorati 28 darajadan oshmasligi lozim. Qotib qolgan, nam tortgan, begona hidlarga ega bo‘lgan, yaroqlilik muddati o‘tgan, qadoqlari buzilgan osh tuzlarining foydali xususiyatlari yo‘qolgan bo‘ladi.

🔹Bunday mahsulotlarni iste’mol qilmaslikni tavsiya qilamiz

@endocrinoo
❤‍🔥11👍1🔥1👏1
#klinik_vaziyat

Bemor 1968-yil erkak
Yanvar oyida qandli diabet 2-tur bilan nazoratga olganman.

Oʻsha paytlar glukoza 13.6
90 kunlik natijasi (glikirlangan gemoglobin) esa 20 edi.

Diabetning barcha belgilar mavjud boʻlgan boʻlib hozirda xech biri bezovta qilayotgani yoʻq.

Bugungi kunda glukoza 6.7 - 6.9 holatda. Bemor parxezni tushingan va amal qiladi. Jismoniy mehnati yetarliligi sababli diabet belgilar mavjud emas.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍7🔥1👏1💯1
#afsona

Tarvuz 🍉 qonni yuvadi deb tinme yeyapmiz.

@endocrinoo
😁6❤‍🔥1👍1👏1💯1
Ozish uchun parxez qilishda qanday tavsiyalar mavjud?

Dietologlar tomonidan turli parxez stollari ishlab chiqilgan boʻlsa-da, asosiy qoidalar barcha uchun bir xil hisoblanadi.

🔻 Kun davomida koʻp miqdorda suv ichish lozim.
🔻Kun davomida 3 mahal ovqatlanish, ya’ni nonushta, tushlik va kechki taom. Ushbu ovqatlanishlar orasidagi kichik taomlanishni cheklash lozim.
🔻Kechqurun 19.00 dan keyin ovqatlanmaslik kerak.
🔻Ovqatdan keyin 1 soat davomida yotmaslik, oʻtirmaslik, aksincha yengil harakatda boʻlish lozim.
🔻Hafta davomida 2-3-marta sport bilan shugʻullanish, bunda toza havoda sayr qilish, yugurish, suzish yaxshi ta’sir koʻrsatadi.
🔻Taomnomadan shirinliklar, spirtli va gazli ichimliklar, sharbatlar, konserva mahsulotlari, juda yogʻli ovqatlar, chips va pistalar, xamirli ovqatlarni cheklash lozim.
🔻Mevalarni tushlik vaqtida iste’mol qilish tavsiya etiladi.

☑️ Eng asosiysi, tez emas, sogʻlom ozishga harakat qilish lozim.

Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
3👍3❤‍🔥1👏1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buyrak toshlarining qanday turlari mavjud?

Urologlar toshlarning 6 asosiy turini ajratib ko'rsatishadi:

1⃣ Uratli - ular siydik kislotasi, kaliy va natriy tuzlaridan iborat. Zich va silliq;

2️⃣ Oksalatli - ular kaltsiydan iborat. Juda zich va notekis. Shilliq qavatni qattiq shikastlash;

3️⃣ Fosfatli - ularda ko'p fosfat kislota mavjud. Ular silliq va juda mo'rt;

4️⃣ Struvitli - tez o'sishga moyil bo'lgan yumshoq konsistensiyali kulrang toshlar;

5️⃣ Sistinli - sistindan iborat. Ular sariq rangga ega va ko'pincha ular yumaloq shaklga ega;

6️⃣ Ksantin toshlari rentgen nurlarida ko'rinmaydigan va o'z-o'zidan tanadan chiqarilmaydigan yomon toshlardir

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
2❤‍🔥2👍1👏1💯1
#hazil_time

Hamma aytganimizni qiluvchi bemorlardan namuna😂

@endocrinoo
😁51
Mors yozning sevimli ichimliklaridan.
Bu suv qandli diabetda va semizlikda qanday taʼsir qiladi?

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo

Yozing jaziramasida mors juda sotuvi yaxshi ichimlik. Bunda uning arzonligi ustunlik qiladi menimcha. Lekin qandli diabetda yoki semizlikda uning tasiri qanday? Bunga javob uning tarkibida albatta.

100 ml ichimlik oʻzida 50 kkal 🔥 saqlaydi
Ichimlik esa 2 litrlil idishda chiqadi. Shunda umumiy hisobda 1000 kkal 🔥 saqlaydi. Kun davomida oz ozdan qilib ichib qoʻygan bu suv sizga katta miqdorda energiya beradi va semizlikka qadar ketishingizni oson qiladi.

Tarkibidagi shakar esa sizni qonda glukoza darajangiz ortishiga beminnat hissa qoʻshadi.

1000 kkal ni sarflash uchun rasmdagi mashqlar shuncha vaqt davomida bajarilishi kerak.
Masalan: 1 soatu 50 daqiqa velosiped minishingiz, 1 soatu 35 daqiqa yugurishingiz, 2 soatu 50 daqiqa tennis oʻynashingiz, 1 soatu 10 daqiqa argʻamchi oʻynashingiz kerak. Endi oʻzingizni shu jismoniy mehnatda tasavvur qiling😄

@endocrinoo
👍3😁2❤‍🔥1🔥1👏1💯1
#homiladorlik

💊Magniy!!!

➡️Homiladorlik davrida ayol va homila rivojlanishida alohida rol o‘ynaydi.

➡️Magniy platsentaning shakllanishida ishtirok etadi ,
ona va bola o‘rtasidagi aloqa. Bundan tashqari, homila asab tizimining shakllanishi, kelajakdagi onaning stressga chidamliligi va bachadonning tonusini tartibga solish uchun zarurdir.

❗️Ya’ni, bachadon va platsenta magniy miqdori eng yuqori bo‘lgan organlardir.

👉Homilador ayollarda uning yetishmasligi quyidagilarga olib keladi:

- spazmlar, ko‘pincha boldirlarda
- tez yurak urishi
- psixik salbiy o‘zgarilash,asabiylik
- asossiz tashvish hissi
- charchoqning kuchayishi
- kech toksikozning og‘ir shakllari
- bola aʼzolari rivojlanishning kechikishi

➡️Shuning uchun defitsitni to‘ldirish asoratlar xavfini ikki baravar kamaytirishga imkon beradi.

➡️Homiladorlikdan tashqari vaqtda ham magniy muhim! Magniy shakliga e’tibor berish xam muhimdir. U individual ravishda tanlanadi.

1. Magniy glitsinat. Uxlashda qiynalayotganlar, asabiylik, oyoq tortishishlar uchun to‘g‘ri keladi . Shuningdek bosh og‘riqlarida tavsiya etiladi. Tinchlantiruvchi bo‘lgani uchun giperaktiv va gipertonusi bor bolalarga to‘g‘ri keladi.

2. Magniy sitrat. Qabziyatdan aziyat chekadiganlar uchun. Buyrakda toshlari borlarga yaxshi.

3. Magniy malat. Energiya kamligida, buyrak usti bezi disfunksiyasida, stressda yaxshi. Kuning birinchi yarmida ichish tavsiya etiladi. Energiya beradi lekin miya neyronlarini qo‘zg‘atmaydi.

4. Magniy Taurat. Yurak ritmi buzilganlar uchun ,o‘t qop va tosh kasalliklarida, bilirubin oshishida (sarg‘ayishda chaqaloqlarga xam berish mumkun ,ona ichishi kerak). Insulinga sezgirlikni yaxshilaydi, qon bosimini kamaytiradi. Uxlashdan oldin ichish tavsiya etiladi.

5. Magniy L Treonat. Xotirani yaxshilaydi, miya faoliyatini aktivlashtiradi, diqqatni jamlashga yordam beradi. Uyqudan oldin yoki tushlikdan kegin ichish tavsiya etiladi.

6. Magniy sulfat(angliyskaya sol). Aptekalarda sotiladigan ushbu tuzni vanna qilish orqali magniyni teridan kirgazib defitsitni qoplash mumkun. Shuningdek u DЕTOKS vazifasini xam bajaradi.

❗️Demak MAGNIY BACHADONNI QOTIRIB QO‘YMADI! XOMILADORLIKDA ICHISH ZARUR!

Xomiladorlikda xar xil turini aralashtirib ichishni tavsiya qilaman. Agar qabziyat kuchli bo‘lsa sitrat ko‘proq, oyoq tortishsa glitsinat ko‘proq, safro xaydashga taurat ko‘proq.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
4❤‍🔥2👏2🔥1
Qandli diabetda tarvuz 🍉 isteʼmol qilish mumkinmi?

📝Endokrinolog : Fayzullayev Jahongir
@endocrinoo

Tarvuzning glikemik indeksi juda yuqori - 70.
Bu rezavor mevani och qoringa ko'p miqdorda iste'mol qilish qon qandning tez ortishiga olib keladi.

100 gr tarvuzda:
Suv -- 92%

Uglevod-- 7.6 gr
Yogʻ -- 0.2 gr
Oqsil -- 0.7 gr

Shu uglevodda :
fruktoza 7%, saxaroza 5%, glukoza 4% mavjud.

Kaloriyalikligi -- 27 kkal

Xech qachon och qoringa isteʼmol qilmang. Kuniga mumkin boʻlgan miqdor 1 boʻlak miqdoricha.

Agar siz 2-tur qandli diabet boʻlsangiz tarvuz oʻrniga boshqa mahsulot tanlaganingiz maqul.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
2👍2👏2❤‍🔥1🔥1
Shirin gazli ichimliklar homilador ayollarda erta tugʻish xavfini oshiradi

Homilador ayollar gazlangan ichimliklar ichishdan ogohlantiriladi. 2010-yilda Daniyada 60000 nafar ayol oʻrtasida oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, gazlangan va gazsiz shirin ichimliklar ichganlarda erta tugʻish ehtimoli koʻproq.

Homiladorlik paytida kuniga kamida bir marta gazlangan suv ichgan ayollarda erta tugʻish ehtimoli ichmaganlarga qaraganda 38%ga koʻp.


@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👏3🔥2💯1