Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.79K subscribers
3.83K photos
622 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Qandli diabet
(Davomi)

Taomlanganimizda yeguliklar hazm qilish tizimiga tushadi va parchalanadi. Uglevodlardan polisaxarid va disaxaridlar monosaxarid — glyukozagacha parchalanadi va qonga soʻriladi. Qonga soʻrilgan glyukoza insulin gormoni ishtirokida ishchi a’zo hujayralariga kiradi va "yoqilgʻi" (energiya) vazifasini bajaradi.

Ushbu murakkab jarayonni imkon qadar rasmda soddaroq qilib tushuntirishga harakat qildim. E’tibor bering, hujayra darvozasini qulfi (retseptor) bor, insulin esa kalit vazifasini bajaradi. Kalit qulfga tushsa darvoza ochiladi va glyukoza hujayra ichiga kiradi.

Qandli diabet 1–tipi (rasmda qizil belgili) aynan beta-hujayralardagi muammo sababli rivojlansa (muammo kalitda 🔑).

Qandli diabet 2–tipida (rasmda yashil belgili) muammo qulfda 🔓 (retseptor) boʻladi. Kalit (insulin) bor lekin qulf (retseptor) buzilgan. Bunda glyukoza hujayra ichiga kira olmaydi, natijada qonda glyukoza miqdori ortadi (giperglikemiya).

@endocrinoo
👍31🔥1👏1
QATIQDA IVITILGAN GRECHKA NIMAGA FOYDALI

🔶Ancha yillardan beri qand kasalligi bilan ogʻrib kelaman. Qonimda qand miqdori koʻpayganda shifokorlar buyurgan ukol-dorilarni olib yurardim. Lekin muntazam dorilar oshqozonimga nojoʻya ta’sir koʻrsata boshladi. Kasalxonada bir bemor oddiy, uy sharoitida bajarib yuradigan tavsiyani oʻrgatdi. Maslahatiga amal qilgandim, ancha foydasi sezildi. Qand miqdorini me’yorida ushlab turishga erishdim.

🔶Bir piyola qatiqqa bir osh qoshiq xom grechkani solib, kechqurunga ivitib qoʻyiladi. Uni ertalab och qoringa, nonushtadan avval ichiladi.
Qand miqdori bor bemorlarga ushbu muolajani erinmay, qunt bilan qoʻllab koʻrishlarini tavsiya etaman

@endocrinoo
1👍1🔥1👏1
#kulgiterapiya 😂

Qo'shnimiz uyimizga yugurib
chiqibdi:

Senga savol bor edi, — deydi
Bering, — dedim.
Jismoniy tarbiya institutini
bitirganlar jismoniy shaxs,
yuridik institutini bitirganlar
yuridik shaxs bo'ladimi? — deydi-

Savolni, savodni qarang...

Boshim qotib qoldi: tarixni
bitirganlar shunda tarixiy shaxs
bo'larkan-da..


@endocrinoo
😁8
Shifokor bilan suhbatlashish yetarli emas, uning koʻrigidan oʻtish, va unga boʻlgan ihlosingizgina sizni davo marrasiga elitadi!
Konstantin Melixan

@endocrinoo
1👍1🥰1👏1🎉1
⚡️Kolbasa isteʻmol qilishni to'xtating!⚡️

💡Kolbasa, kanserogen faollikka ega mahsulotlar sifatida tan olingan.

💡Masalan, kolbasaning pushti rangga ega bo'lishi natriy nitrit yoki kaliy nitritiga bog'liq. Bu moddalar organizmga kolbasa tarkibida tushgach, kanserogen nitrozaminlarga aylanishi mumkin.

💡Agar siz kolbasalarni isteʻmol qilishdan bosh tortmasangiz, u holda sizda saraton kasalliglariga chalinish xavfi oshadi...

@endocrinoo
👍21🔥1👏1
Bolalarda semizlikni keltirib chiqaradigan sabablarni bilasizmi?


❗️Bolalar va o'smirlardagi semizlikning asosiy sababi bu - bolani rasional ovqatlantirmaslik, yaʻni kunlik isteʻmol qilingan ovqatdan hosil bo'ladigan energiya uning sarfidan yuqoriligi va oqsil, uglevod, yog'ga bo'lgan kunlik ehtiyojning buzilishidir.

🔶 Bolalarda semizlikka olib keladigan qo'shimcha sabablar:

jismoniy faollikning kamligi;
irsiyat;
metabolik kasalliklar;
endokrin patologiya (gipotiroidizm, ortiqcha adrenal gormonlar);
kun tartibiga rioya qilmaslik;
uzoq vaqt davomida maʻlum dori-darmonlarni qabul qilish (gormonal dorilar, antidepressantlar);
genetik kasalliklar.

 @endocrinoo
👍2🔥21👏1
Bu yurak semizlik, qandli diabet va yurak yetishmovchiligidan aziyat chekkan 27 yoshli erkakka tegishli edi. O'limidan avval uning vazni 192 kg edi💔‌‌

@endocrinoo
👍21🔥1🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
EKU -(ekstrakorporal urugʻlantirish) tuxum va spermatozoidlarning ajoyib sarguzashtlari😉

EKU - bu ayol tanasidan tashqarida homiladorlik jarayonini boshlash imkonini beruvchi reproduktiv texnologiya.

In vitro urug'lantirish ko'plab juftliklar uchun bepushtlik muammosini hal qiladi, ular bu texnologiyasiz hech qachon xal boʻlmagan muammoni o'zlari hal qila olmaydi.

Tuxumning urug'lanish momentini mikroskop ostida ko'rish imkonini beruvchi noyob kadrlar

@endocrinoo
1👍1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Keng qamrovli abdominoplastika

Siz tushunganingizdek, juda mashhur protsedura.

Yog 'qatlamini olib tashlashdan tashqari, qorin bo'shlig'i mushaklarining plastik jarrohligi ham amalga oshiriladi. Shu tufayli ko'pchilik hohlagan qomat yaratiladi☝🏻‌‌

@endocrinoo
🔥2👍1👏1🎉1
😂😂😂

San bir dorixona ochmagin ekan, hamma bildi uje dorixona ochganingni

@endocrinoo
😁3🎉1
GIPOKLIKEMIYA GIPERGLIKEMIYA

Uyquchanlik Og‘iz qurishi
Ko‘p terlash Doimiy Chanqoqlik
Rangparlik Ko‘rish pasayishi
Koordinatsiya Siydik ajratish
buzilishi ko‘payishi
Jahldorlik Bosh og‘rig‘i
Ochlik Kuchsizlik

@endocrinoo
👍41👏1🎉1
Tuxumdonlar kistasi qanday kelib chiqadi?

🔷 Tuxumdonlar kistasi - tuxumdonlarda hosil bo'ladigan xavfsiz hosila hisoblanadi.
Kistanining ko'pgina turlari bor, jumladan follikulyar, sariq tana kistasi, tuxumdon usti kistalari.

Asosan hayz siklining buzilishi, siydik ajratish faoliyatining buzilishi, qovuq sohasidagi og'riqlar bilan namoyon bo'lishi kuzatiladi.

☑️ Sabablari:
▪️gormonal o'zgarishlar;
▪️tuxumdonlarda yallig'lanish;
▪️endokrin kasalliklar(gipotireoz);
▪️homilani jarrohlik yo'li bilan to'xtatish(abortlar);

🟣 Davolashda keltirib chiqargan sabablarni bartaraf etish uchun endokrinolog, ginekolog, xirurg ko'rigi tavsiya etiladi.

 @endocrinoo
1👍1🔥1
Jigarni yog' bosishi — yog'li gepatoz

Organizmda jigar filtr vazifasini bajaradi, ovqatni energiyaga aylantiradi va qonni tozalaydi. Biz isteʻmol qilayotgan hamma narsa jigar orqali o'tadi. 

Jigarni yog' bosish kasalligi xavf guruhiga quyidagilar kiradi:
— Ortiqcha vazn (TVI 25 dan yuqori) Qorinni semirib ketishi xavfli (beliga yog' to'planganda). Bel aylanasi 88 sm dan oshishi mumkin emas!
— Qonda xolesterin yoki trigliseridlar miqdorini oshishi.
— Qandli diabet 2–tip. Qonda glyukoza miqdorining 6,1 mmol/l dan yuqori bo'lishi.
— Tez vazn yo'qotish, haddan tashqari qattiq dietalar ham potensial xavfli hisoblanadi. 

Profilaktikasi
Jigar — o'z-o'zini tiklaydigan organ. Kasallikni dastlabki bosqichida to'g'ri taomlanish va turmush tarzini o'zgartirish kifoya. Yog'li jigar kasalligida Keto-dieta mos keladi.

@endocrinoo
1👍1🔥1🎉1
Endorfin — baxt gormoni

Endorfinlar 4 ta eng asosiy baxt gormonlaridan biridir. 

Organizmda endorfinlarni miqdorini ko'paytiruvchi mahsulotlar:
— shokolad
— muzqaymoq
— banan
— qulupnay
— uzum
— qalampir
— qovun va tarvuz

Endorfinlar miqdori kamaysa:
• depressiya kuchayadi
• tashvish orta boshlaydi
• tez-tez kayfiyat o'zgaradi
• og'riq va noqulayliklar kuchayadi
• uyquda muammolar paydo bo'ladi

@endocrinoo
👍21👏1🎉1
🐼Semizlik va 💪testosteron

Testosteron — asosiy erkaklik gormoni hisoblanadi. Ushbu gormon etishmasligi oqibatida erkaklarda sababsiz semirish paydo bo'ladi. 
Agar ovqatlanish rejimiga amal qilmay, ortiqcha taomlanilsa semizlik rivojlanadi, qorin va bel sohasida (visseral) yog'lar yig'ila boshlaydi va bu yog'lar testosteronni emiradi, aktivligini va miqdorini kamaytiradi.

Eʻtibor bergan bo'lsangiz, birinchi holatda testosteron etishmasligi sabab semirish kuzatilgan bo'lsa, ikkinchi holatda semirish sabab testoteron miqdori pasaymoqda.

Agar sababsiz semirish, libido pasayishi, jinsiy zaiflik kuzatilsa testosteronni ko'paytiruvchi mahsulotlar isteʻmolini va jismoniy yuklamani ko'paytirish kerak. 

Testosteronni ko'paytiruvchi eng yaxshi mahsulotlar:
• Zanjabil (imbir)
• Ustrisa
• Anor, anjir, banan
• Vitamin D ga boy mahsulotlar 
• Sinkka boy mahsulotlar 
• Achchiq qalampir
• Sarimsoq (chesnok)
• qo'y yog'i va baliq yog'i
• Sholg'om
• Zaytun moyi (olivkovoe)
• Yong'oqlar
• Qora shokolad
• Sut va sut mahsulotlari
• Go'sht va go'sht mahsulotlari

Bundan tashqari:
- Sog'lom uyqu (7-8 soat)
- Stressni kamaytirish

Testosteronni kamaytiruvchi mahsulotlar:
• Qayta ishlangan mahsulotlar
• Konserva mahsulotlari
• Alkogol
• Gazlangan rangli ichimliklar
• Transyog'lar 
• Shakar, tuz
• Fastfudlar

Bundan tashqari:
- Semizlik
- Gipodinamiya
- Stress, tushkunlik
- Nosog'lom ovqatlanish

@endocrinoo
👍21👏1🎉1
Bir boyning uyida mehmon bo'lgan yigit hayol surib o'tirar ekan, yonidagi do'stiga shunday dedi: "Shu mol-davlatlar bandalar orasida taqsim qilinayotganida biz qayerda edik-a?!"
Buni eshitgan do'sti uni kasalxonaga yetaklab bordi va shunday dedi: "Mana bu kasalliklar taqsimlanayotganda-chi?!"

@endocrinoo
👍4👏3
Kеchasi sovqotadigan bo'lsangiz, yomon tushlar ko'rasiz. Xona qanchalik sovuq bo'lsa, yomon tush ko'rishim ehtimoli shunchalik ko'proq bo'ladi.

@endocrinoo
👍2🔥1
Bilsangiz, dur ham suv ostida ekan,
Qalqib chiqar ekan yetilgani dam.
Gap yo'q - zohiringiz mastura ekan,
Endi o'rab qo'ying qalbingizni ham!

@endocrinoo
1👍1🔥1👏1
Keto-dietada shu tartibda ratsion tuziladi, yaʻni:

Uglevodlar — 5%
Oqsillar — 20-25%
Yog'lar — 65-70%

Bu yerda esa Keto dieta haqida toʻliq bilib olasiz☝️☝️

@endocrinoo
1👍1🔥1🤔1
🔷Qondagi qand miqdorini tekshirishdan oldin , nimalarni bilish kerak

▶️Tashxisdan 24 soat oldin spirtli ichimliklarni ichmang.

▶️Tahlildan oldin 8 soat davomida ovqat qabul qilmagan bo'lishingiz zarur.

▶️Qon berishdan oldin tishlaringizni yuvmang, chunki tish pastasida og'izning shilliq qavati orqali so'rilishi mumkin bo'lgan shakar bo'lishi mumkin. Xuddi shu sababga ko'ra, saqichni chaynash kerak emas.

▶️Analiz topshirishdan oldin iloji boricha 1 - 2 kun shirinlik iste'mol qilmang.

▶️Iloji boricha analizni ertalab topshiring .

@endocrinoo
1👍1🔥1👏1
Qizil piyoz oqidan ko'ra foydaliroq

Qizil piyoz oq piyozga qaraganda ko'proq antioksidantlar saqlaydi, shuning uchun ular qarishni sekinlashtirishda samaraliroq hisoblanadi va saraton kasalligini oldini olish uchun ham foydalidir.

Piyoz tarkibida saraton rivojlanishiga to'sqinlik qiluvchi sulfid guruhi moddalari mavjud. Ushbu moddalar saraton hujayralariga taʻsir qiladi va ularni nobud qiladi.

@endocrinoo
1👍1🔥1👏1