Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
🟢🔊🟢🔊🟢🔊🟢🔊🟢🔊🟢

29-may 15:30 larda Insha Alloh yangi audiochat ❗️

Savolingiz boʻlsa oʻsha kun uchun asrang.

@endocrinoo
👏9👍1
#hazil_time

Bir inson tarixi:
Bu narsalarning bittasi superkley ikkinchisi gemoroy uchun maz edi.

Shu bilan bir inson tarixi tamom !😁

@endocrinoo
😁14👍2🤔2
Insulin qanday saqlanadi?

Insulin - bu hujayralar tomonidan glyukozaning so'rilishi va uni energiyaga aylantirishda ishtirok etadigan oqsil gormoni. Ammo dori samarali bo'lishi uchun uni to'g'ri saqlash muhimdir. +25 ° C dan yuqori haroratlarda xizmat muddati bir necha yildan to'rt haftagacha qisqaradi. Harorat +30 ° C dan yuqori o'zgarganda, muzlatilgan holda, dori yaroqsiz holga keladi. Shuning uchun savol tug'iladi - insulin o'z xususiyatlarini yo'qotmasligi uchun uni qanday qilib to'g'ri saqlash kerak?

Insulin uchun optimal harorat 4 dan 8 ° C gacha. Sovutgichda xavfsiz saqlanishi va 2,5-3 yilga yetadigan yaroqlilik muddatiga qadar saqlanishi mumkin. Ochilgach, preparatni keyingi bir necha hafta ichida ishlatish tavsiya etiladi.

Muhim! Shishalar muzlatgichdan uzoqroqda saqlanganligiga ishonch hosil qiling. +2 ° C yoki undan past haroratgacha sovutilganda, dori yomonlashishi mumkin.

Agar siz muzlatgichda saqlangan yangi kartrij/shishadan foydalanayotgan bo'lsangiz, avval uni xona haroratiga qadar qizdirishingiz kerak - shunchaki chiqarib oling va 2-3 soatga qoldiring. Agar siz sovuq insulinni kiritsangiz, in'ektsiya og'riqli bo'ladi.

Muhim! Insulinni to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlaridan saqlang - havo harorati 25 ° C dan yuqori bo'lmasa ham, to'g'ridan-to'g'ri infraqizil va ultrabinafsha nurlar dorini haddan tashqari qizib ketishi va uni yaroqsiz holga keltirishi mumkin. Shishalarni to'liq zulmatda saqlash shart emas, tarqoq yorug'lik gormonning samaradorligiga ta'sir qilmaydi.

Ko'pincha, noto'g'ri insulin uni qabul qilgandan keyin hech qanday ta'sir ko'rsatmasligi bilan aniqlanadi. Ammo muddati o'tgan yoki buzilgan dori-darmonlarni ishlatish xavflidir. Muammo shundaki, nafaqat shakar yuqori bo'lib qoladi, balki tana kerakli energiyani olmaydi. Protein tuzilishi vayron bo'lganda, tanani zaharlaydigan toksinlar paydo bo'lishi mumkin.

Siz insulinning yomonlashganini tashqi ko'rinishi bilan aniqlashingiz mumkin:

Rangi oʻzgardi
Loyqalik, suyuqlik ajralishi
Eritma yopishqoq bo'lib qoldi
Bo'laklar paydo bo'ldi

Dori yaroqsizligining vizual belgilari bo'lmasa ham, uni yaroqlilik muddati o'tgandan keyin ishlatmang. Katta ehtimol bilan, halokatli jarayonlar allaqachon boshlangan. Eng yaxshi holatda, shakaringiz yuqori bo'lib qoladi va siz shunchaki foydasiz in'ektsiya qilasiz. Eng yomoni allergik reaktsiya mumkin: toshma, qizarish, og'riq.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5🔥1
📝Endokrinolog : Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Gipersalivatsiya (ptializm , sialoreya) - doimiy yoki vaqtinchalik xarakterdagi normal yoki patologik holat bo'lib, u soʻlak ishlab chiqarishning ko'payishi bilan tavsiflanadi.

Ikkita tur mavjud:
To'g'ri.Tuprikning kunlik hajmi 2,5 litrdan oshadi.
Yolg'on. So'lak sekretsiyasining hajmi kuniga 2,5 litrdan oshmaydigan normal darajalarga to'g'ri keladi.

Gipersalivatsiyaning asosiy sabablari:

Fiziologik omillar. Soʻlakning ortiqcha sekretsiyasi homiladorlik davrida toksikozda soʻlak bezlarining ishlashi ortishi sababli ba'zida ayol kuniga 5 litrgacha suyuqlikni yo'qotadi. Bundan tashqari, sut tishining chiqishi yoki uning shakllanishi paytida bolalar uchun fiziologik normal hisoblanadimi
Mexanik omillar. Vaqtinchalik protezlarga moslashish jarayonida olinadigan normal reaksiya bo'lishi mumkin. Shuningdek, sigaretalar va boshqalar kabi mexanik omillar soʻlak sekretsiyasi kuchayadi.
Tish kasalliklari. O'rtacha gipersalivatsiya - shilliq qavatning M-xolinergik retseptorlariga tirnash xususiyati beruvchi ta'siri tufayli stomatit va kariesda tez-tez uchraydigan hodisa.
Ovqat hazm qilish tizimining kasalliklari: oshqozon yarasi, pankreatit, xoletsistit kabi kasalliklarning alomatidir.
Ko'p soʻlak oqadigan holatlarga yana sinusit, rinit, adenoidlar (bolalik davrida) ham kiradi. So'lak kechalari, uyqu paytida sodir bo'ladi.
Gelmintik invaziyalar periferik nerv retseptorlarini tirnash xususiyati sababli soʻlak oʻqishini keltirib chiqaradi. Simptom tunda tez-tez uchraydi va kunduzi kamroq uchraydi.
Nevrologik kasalliklar.Parkinson kasalligi, miya shishi, insultdan keyingi holatlar va boshqalar bilan birga keladi. Bunday kasalliklarda so'lak bezlarini tartibga solish markazlari ta'sirlanadi
Endokrin kasalliklar - gormonal disbalans , qalqonsimon bez kasalliklari

Patologiyani rivojlanish xavfini minimallashtirish uchun umumiy profilaktika choralariga rioya qilish kerak:

yuqori sifatli og'iz gigienasi;
har olti oyda bir marta tish shifokoriga tashrif buyurish;
tish va milklarni muntazam professional tozalash;
to'g'ri ovqatlanish, ko'p miqdorda yangi meva va sabzavotlarga boy;
faol hayot tarzi;
yomon odatlardan voz kechish.

Davolash

Keltirib chiqaruvchi sababni bartaraf etish (gelmint, endokrin sababni va boshqalarni...)
M - holinoblokatorlar
Trisiklik antidepressantlar

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥2
📍Erkaklar gormoni testosteronni qanday ko'paytirish mumkin?


⚠️Testosteron kamligining belgilari!

🔻Depressiya
🔻Impotensiya (Jinsiy moyillik) kamayishi
🔻Semizlik
🔻Feminizasiya (tanadagi tuklarning to'kilishi) va ginekomastiya (sut bezlarining kattalashuvi)
🔻Mushaklar massasini kamayishi
🔻Xotira buzilishi.

Testosteronni uy sharoitida ko'paytiramiz!

💊Rux mikroelementi - testosteron ishlab chiqarish bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'liq. U dengiz mahsulotlari, baliq, yong'oq, urug'lar — kungaboqar va qovoq, pishloq, baʻzi sabzavotlarda ko'p bo'ladi.
🧋Qahva isteʻmolini cheklash - muntazam qahva isteʻmol qilish testosteron miqdorini kamaytiradi.
😴 Uxlash - testosteron miqdorini ko'paytirishda kuniga 7-8 soat uxlash tavsiya etiladi.
Quyoshda toblanish - bu usul ham testosteron miqdorini oshiradi

@endocrinoo
👍2🔥21👏1
#tibbiy_fakt

Hayot davomida insonning terisi taxminan 1000 marta o'zgaradi

@endocrinoo
👍2🔥2
Qarasam tugunli buqoq bilan bemorlar koʻpayib qoldi
Ular uchun ham poster qila qoldim

Eshitish va koʻrish birga boʻlganda tushunish oson boʻladi

@endocrinoo
👍6👏1
⚡️Boʻyim necha sm boʻlishi kerak?

🔖 Farzand katta boʻlar ekan ota ona uning boʻyiga diqqat qila boshlaydi. Muxlislar koʻp boʻy oʻsishi muammosiga toʻxtalishimizni soʻrashgan.

Farzandlar boʻyi normada oʻssa nasliy omillar tufayli taqriban qancha boʻlishini xisoblash formulasi bor.

Biroz matematika :

Qizlar boʻyi=( otasini boʻyi sm da + onasining boʻyi sm da)/2 -6.5sm

Oʻgʻillar boʻyi ( otasining boʻyi sm da + onasining boʻyi sm da)/2 + 6.5 sm

🪄Masalan: dadaning boʻyi 165sm, onaning boʻyi 162sm. Bolaning boʻyi qanchaga oʻsishi mumkin? Formulaga qoʻyamiz:

(165+162): 2 + 6.5 sm = 170 sm

♻️ Xisoblashlarda 10 sm gacha farq boʻlishi mumkin.

@endocrinoo
👍21👏1
Kutib oling.

1-iyuldan import qilinayotgan dorilar narxi oshishi mumkin.
Endi import dori olib kirayotgan korxona dorini oʻziga tegishli dillerlik tashkilotida sota oladi holos.

Bu narxga tasir qiladi albatta.

@endocrinoo
👏1
KUN DAVOMIDA YETARLI MIQDORDA SUV ICHASIZMI?

🕰 1 kun davomida inson 8 stakan suv ichishi kerak.

💧8 stakan suv:
➥ Moddalar almashinuvini tezlashtiradi;
➥ Tetiklashtiradi;
➥ Ozdiradi;
➥ Organizmdan toksinlarni chiqaradi;
➥ Teri xolatini yaxshilaydi;
➥ Rak kasallikning rivojlanish xavfini kamaytiradi;
➥ Xazm qilish jarayonini yaxshilaydi;
➥ Charchoqni yechadi;
➥ Organizmning umumiy holatini yaxshilaydi.

🔺 Barcha natijaga oddiy kaloriyasiz suv bilan erishing.

@endocrinoo
👍5👏1
Semizlik oqibatlari haqida yana bir rasm

Tarjima qilish oson soʻzlar

@endocrinoo
👍2👏1
Bo'y o'sishini xoxlaysizmi avvalo ruhiy kuchli bo'ling. O'saman hali deng albatta sekin asta natija bo'ladi.

💥Velosiped o'rindigini baland qilib , oyog'iz arang pedalga tegadigan qilib velosiped haydang . Juda zor samara beradi.

💥Kechalari to'yib uxlang. Uyqusizlik bo'y o'sishiga to'sqinlik qiladi.

💥Suzishga boring . Yaxshi samara beradi.

💥Bo'y o'sishi 25 yoshgacha deyiladi. Yo'q bu nisbiy hisob kitob. Agar yuqoridagi aytilganlarga amal qilsayiz 25 yoshdan keyin ham odam o'sa oladi. Lekin yana bir gap agar naslida past bo'yli insonlar bolsa bu harakatlar hammasi foyda bermasligi ham aniq hisoblanadi.

💥Qo'lingizni ko'p ishlating . Ayniqsa kaft , barmoq va bilakuzuk sohasini.

💥Bo'y o'stiradigan dorilarni endokrinolog shifokordan maslahatsiz soramasdan qabul qilmang.
💥A , E , C , D vitaminlar va ko'katlar istemol qilish kerak. Proteinli taomlar qabul qilish kerak. Shakar va shirinliklarni kamaytiring.

💥Sink ( ruh ) moddasini organizmga yetarli kirishini taminlang. Mevalardan sariq do'lana , sabzi kabilar ham bo'y o'sishiga ta'sir qiladi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
👍6👏1
Insulin qilish texnikasi haqida

Insulin asosan qorin , yelka , son oldingi tarafi va yonbosh soxaga qilinadi

Qorin qismidan insulin juda tez soʻriladi va taʼsiri tezda boshlanadi.
Shuning uchun qisqa tasir qiluvchi insulin yuboriladi

Yelka qismidan esa soʻrilish oʻrtacha boʻlib asosan oʻrta tasirli insulinlar qilinadi

Son oldingi qismidan insulin soʻrilishi sekin xisoblanadi

Yonbosh soxadan esa soʻrilish eng sekin boʻlib, deyarli bu soxadan foydalanilmaydi

Yana bir kerakli maʼlumot
Agar insulin qilingan soxa qizdirilsa masalan ishqalash bilan , soʻrilish tezligi 50% ga ortadi

Har safar insulin qilinadigan soxa 1 sm dan oʻzgartirib borish kerak chunki yogʻlar erishi sababli ogʻriq (lipodistrofiya) va kosmetik buzuqlik kelib chiqishi mumkin

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring

Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing
Kanalga aʼzo boʻling

Kanal manzili👉 https://t.me/endocrinoo

Guruh manzili👉 https://t.me/endokrinolog_maslaxatii
👍41👏1
Boshliq boʻlishlik yuqori bilimlikmi?

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Koʻp kuzatadigan bir holatim haqida boʻlishgim keldi.
Odatda koʻp yerda bosh shifokor ( главрач ) qabulida bemorlar koʻp ekanini koʻraman. Shunda hayolimga yomon fikrlar kela boshlaydi. Bir inson pastroq lavozimdan ertaga yuqori lavozimga koʻtarilsa bilimi ham koʻtarilib qoladimi. Kecha tumanda oddiy shifokor boʻlgan inson ertaga boshliq boʻlib qolsa bilimi birdan yuksalib ketadimi. Negadir menda negativlar koʻp. Mazur tutgaysiz bularni aytish vazifamdek tuyiladi.

Har kuni 1ta tibbiy yangilik qabul qilmagan shifokor shifokor emasda. Shifokor oʻlgunicha talaba boʻladi. Xech qachon mukammallikka yetmaydi. Mabodo yetdim deb oʻylasa u kibrga berilipti.

Insonlar fikri qiziq : falon dispanserni katta duhtiri aytgan, shuni qilishimiz kerak. Katta duhtrlar ham odatda katta lavozimga bilim bilan chiqadimi yoki shu soxaga moyilligi bilan.

Insonga bilimi bilan davo bermoqchi boʻlgan inson boshliq boʻlishni xoxlaydimi yoki har kuni bemor bilan ishlashni.

Boshliqlar majlis , buyruqbozlik , marosim , qogʻozbozlikdan keyin kitob oʻqiydimi?

Fikrlarim juda koʻp. Yozaversam sizlarda ham negativ paydo qilib qoʻyishim mumkin.

Fikrlar subyektiv

© Fayzullayev Jahongir

@endocrinoo
💯10👍3🔥2🤔2👏1
#hazil_time

🏃‍➡️🏃‍♂‍➡️

@endocrinoo
👍2🔥2😁1
Osteoporoz jiddiy havf

📝 Endokrinolog : Fayzullayev Jahongir ( @endocrinoo )

10 million Amerikalikni suyak bilan bogʻliq kasallik qiynaydi. Shulardan 80% qismi ayollar.

Yiliga 2 million odamda sinish kuzatiladi.
Ular uchun 17 milliard dollor mablagʻ sarflanadi. Hozirga kelib bu mablagʻ 20-25 milliard dollarga yetgan.

Bu sinishlarning:
27% umurtqada
19% bilak
14% son suyagida
7% chanoqda
33% qolgan suyaklarda.

Osteoporoz jiddiy havf ekani haqida avval ham yozgan edim.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3👏1
Oramizda tabiiy yoʻl bilan isteʼmol qilyapman yodni deydiganlar juda koʻp topiladi.

Endi ushbu jadval orqali ozgina xisob qilgan holda bilib olishingiz mumkinki homilador ayol kunlik yodni tabiiy yoʻl bilan toʻldirishi uchun kuniga 7200 gr (7.2 kg) xurmo yeyishi yoki 11200 gr (11.2 kg) qoʻy goʻshti va yoki 12600 gr (12.6 kg) olma isteʼmol qilishi kerak


Xoʻsh siz shuncha mahsulot isteʼmol qilayapsizmi 1 kunda

Demak 1 dona tabletka orqali yodni keragini qabul qilish osonroq va arzonroq menimcha

Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
👍52🔥1
Qandli diabeti bor bemorlar oyoqlar parvarishida nimalarga eʻtibor berishi kerak?

✔️ Har kuni oyoqlar terisi va tirnoqlarni ko'zdan kechiring;
✔️ Doimo iliq suvda yuvib, barmoqlar orasini ham sochiq yordamida quriting;
✔️ yumshatuvchi kremlardan foydalaning, barmoqlar orasi bundan mustasno;
✔️ Tirnoqlarni jarohat etadigan darajada tagidan olmang;
✔️ Qadoqlarni mustaqil davolamang;
✔️ Paxtali matodan, alohida diabetlar uchun paypoqlardan foydalaning va har kuni almashtiring;
✔️Poyabzalingizni kiyishdan avval uning ichida yot narsalar yo'qligini tekshiring;
✔️ Yalangoyoq yurmang,
✔️ Chekmang.

Shifokoringizga uchrashib, qondagi glyukoza miqdorini nazorat qiling

@endocrinoo
1👍1👏1
animation.gif
287.2 KB
Diabetli bemorlar uchun oyoqlar parvarishidan tafsiyalar:

1) Oyoqlarni har kuni illiq suv bilan yuving.
2) Oyoqlarni doim quruq saqlang, ayniqsa barmoqlar orasini.

3) Terini qurishiga qarshi choralar ko'ring. Oyogingida qurish yoki yorilishlar bo'lsa yog'li, vitamin E, glitserin yoki vazilinli kremlar surib parvarish qiling.
4) Oyoqlardagi qadoqni qurishi, yorilishlarni tekshirib turing.
5) Tirnoqlarni vaqtida oling kalta ham uzun ham bo'lmasin.
6) Paypoqni va oyoq kiyimni o'zingizga mosini yumshog'ini va siqmaydiganini kiying.
7) Oyoq kiyim doim illiq va quruq qulay bo'lsin.
8) Tashqarida oyoq jarohatlanish havfi bor joyda hech qachon oyoqyalang yurmang.

9) Oyoq kiyimni tekshiring unda sizni jarohatlovchi narsa bo'lmasin.

@endocrinoo
👏21👍1