Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
619 videos
23 files
1.28K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Bular firibgar. Va afsuski bunga ishonadiganlar ham topiladi

@endocrinoo
👏5🤔1
Yetakchi D vitamin saqlovchilar 100 gr uchun.

Baliq yogʻi - 924 mg
Atlantika seldi - 120 mg
Tayyorlangan losos - 120 mg
Sifatli sut ( 1stakan ) - 98 ME
Tuhum sarigʻi - 25 ME
Mol jigari - 12-30 ME

Ana endi D vitamini tabiiy manbasini bilasiz aziz kuzatuvchilar

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍6👏1
Yetakchi SINK saqlovchilar

📝 Endokrinolog Fayzullayev Jahongir ( @endocrinoo )

1. Kiwi
2.Malina
3.Sariq banan
4.Olxo'ri
5.Shotut
6.Avokado
7.Mandarin
8.Sarimsoq piyoz
9.Qulupnay
10.Hurmo
11.Mayiz
12.Anor
13.Qovun
14.Yashil banan
15.O'rik

Eslatib oʻtaman sink immun tizimi, erkaklar jinsiy tizimi, oshqozon ichak muammolari, qalqonsimon bez kasalliklari, boʻy oʻsishida, soch muammolarida, insulin ishlab chiqilishida juda katta foydaga ega.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍6👏1💯1
#hazil_time

30 yoshdan soʻng ayollarning quloq muskullari boʻshashadi.
Yani endi iladigan lagʻmonlaringiz u yerda turmaydi.😄

@endocrinoo
😁14
Gipogonadotrop gipogonadizm (GGG) — bu jinsiy gormonlar ishlab chiqarilishining pasayishi yoki yo‘qligi bilan kechadigan holat bo‘lib, asosiy sababi gipotalamus yoki gipofiz bezining yetishmovchiligidir. Bu holatda jinsiy bezlar (ayollarda tuxumdon, erkaklarda moyaklar) yetarli darajada stimulyatsiya qilinmaydi, natijada testosteron yoki estrogen darajasi pasayadi va jinsiy yetilish yoki jinsiy funktsiyalar buziladi.

Tasnifi:

Gipogonadizm ikki asosiy turga bo‘linadi:

1. Gipogonadotrop gipogonadizm – gonadotropinlar (LH va FSH) darajasining pastligi tufayli jinsiy gormonlar kamayadi.

2. Gipergonadotrop gipogonadizm – LH va FSH darajasi yuqori, lekin jinsiy bezlar javob bermaydi (ya’ni o‘z-o‘zini yetishmovchiligi).

Gipogonadotrop Gipogonadizm sabablari

Irsiy va tug‘ma sabablari:

•Kallman sindromi (anosmiya bilan birga bo‘ladi)
•Prader-Villi sindromi
•Laurence-Moon-Biedl sindromi
•Gonadotropinlarni kodlovchi genlarda mutatsiyalar

Orttirilgan sabablari:

•Gipofiz o‘smalari (masalan, kraniofaringioma)
•Bosh miya jarohatlari
•Radiatsiya yoki jarrohlik aralashuvi
•Surunkali kasalliklar (masalan, talassemiya, gemoxromatoz)
•Oziq-ovqat tanqisligi yoki anoreksiya
•Gormonal dori-darmonlar (masalan, steroidlar)

Belgilari:

•Bolalarda/yetuklik yoshida:
•Jinsiy yetilmaslik (sekundar jinsiy belgilar rivojlanmasligi)
•O‘sishning sekinlashishi
•Ovoz o‘zgarishining bo‘lmasligi
•Ko‘krak kattalashuvi (ginekomastiya – o‘g‘il bolalarda)


Kattalarda:

•Libidonin kamayishi
•Erektil disfunksiya (erkaklarda)
•Menstruatsiyaning to‘xtashi (ayollarda)
•Holsizlik
•Mushak massasining kamayishi
•Soch to‘kilishi (ayniqsa jinsiy sohalarda)
•Depressiya, charchoq

Diagnostika:

1. Qon tahlillari:

LG va FSG darajalari past

Testosteron (erkaklarda), Estradiol (ayollarda) darajasi past

Prolaktin, TTG, kortizol kabi boshqa gormonlar

2. Tasviriy diagnostika:

MRI: gipofiz yoki gipotalamusdagi patologiyalarni aniqlash

Genetik testlar (irsiy shakllar uchun)

Davolash:

1. Gormon almashtirish terapiyasi:

Erkaklarda: testosteron preparatlari (in'yeksiya, gellar, yamalar)

Ayollarda: estrogen va progesteron preparatlari

2. Fertillikni tiklash:

Gonadotropinlar (hCG, FSH) bilan davolash

GnRH puls terapiyasi (ba’zi hollarda)

3. Irsiy kasalliklar yoki o‘smalar aniqlansa, asosiy sababga qarshi davolash

Prognoz:

Davolash natijasi sababga bog‘liq. Gormon almashtirish bilan jinsiy funksiyalar tiklanadi, suyak zichligi saqlanadi va psixologik holat yaxshilanadi. Tug‘ma shakllarda erta tashxis qo‘yilsa, natija yaxshi bo‘ladi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥2👍1
Gipogonadotrop gipogonadizm

@endocrinoo
👏2
#hazil_time

Turli davlatda turlicha yakun😄

@endocrinoo
😁16
Olimlar xavotirda: odamlar mantiqiy fikrlash qobiliyatini yo‘qotmoqda

Odamlar mantiqiy fikrlash va oddiy masalalarni yechish qobiliyatini yo‘qotmoqda. Bu haqda Xalqaro ta’lim yutuqlarini baholash dasturi mutaxassislariga tayanib, “Financial Times” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, tadqiqotchilar bu tendensiya 2010 yildan boshlanganini ta’kidlamoqda. O‘sha davrdan boshlab test natijalari mantiqiy fikrlash va muammolarga yechim topish qobiliyatining pasayishini ko‘rsatmoqda va bu jarayon hanuz davom etmoqda.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, masalalarni yechish qobiliyati va diqqatni jamlash nafaqat o‘smirlar, balki kattalar orasida ham pasaymoqda. Mutaxassislar buni raqamli texnologiyalarga ortib borayotgan qaramlik va “klipcha fikrlash” fenomeni bilan bog‘lamoqda.

Rivojlangan davlatlarda aholining 25 foizi, AQSHda esa 35 foizi oddiy matematik masalalarni yecha olmaydi;

2015 yildan keyin diqqat yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammolar keskin ko‘paydi;

Savodxonlik va arifmetika bo‘yicha qiyinchiliklar yuqori daromadli mamlakatlarda ham ko‘p uchramoqda.

Ekspertlarning fikricha, raqamli muhit odamlarni chuqur fikrlash o‘rniga passiv axborot iste’moliga o‘rgatmoqda.

“Biz kitob o‘qish va bilim izlashdan cheksiz skroll qilish va bildirishnomalar oqimiga o‘tib ketdik. Biz ilgari tanishlarimiz bilan suhbatlashish yoki faol veb-sahifalarni o‘qishga vaqt ajratgan bo‘lsak, endi faqat axborot oqimini qabul qilamiz. Bu esa o‘z-o‘zini rivojlantirishdan ko‘ra, passiv iste’molga va doimiy kontekst almashishiga olib kelmoqda. Oqibatda diqqatni jamlash va ongli qaror qabul qilish qobiliyati yomonlashmoqda”, deydi tadqiqot muallifi Jon Bern-Merdok.

Biroq olimlar bu jarayon orqaga qaytarilishi mumkin deb hisoblaydi. Ularning fikricha, insonlarning aqliy salohiyati hali “tugab qolmagan”, ammo uni saqlab qolish uchun axborotga bo‘lgan munosabatni qayta ko‘rib chiqish va raqamli texnologiyalarni chalg‘itish vositasi emas, balki rivojlanish uchun ishlatish kerak.

@endocrinoo
👍3🔥1👏1
⚡️Magniy B6 (Magne B6) organizm uchun muhim bo‘lgan magniy va vitamin B6 (piridoksin) ni o‘z ichiga oladi. Uning foydalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

1. Nerv tizimini qo‘llab-quvvatlash: Magniy va vit B6 nerv impulslarini uzatishda ishtirok etadi, stress va asabiylikni kamaytiradi.

2. Mushaklarning normal ishlashi: Mg mushaklarning to‘g‘ri qisqarishi va bo‘shashishi uchun zarur. Bu mushak spazmlari va kramplarni kamaytiradi.

3. Energiya ishlab chiqarish: Mg va vit B6 uglevodlar, yog‘lar va oqsillarni energiyaga aylantirishda ishtirok etadi, bu esa umumiy energiya darajasini oshiradi.

4. Yurak-qon tomir tizimini qo‘llab-quvvatlash: Mg yurakning normal ritmini saqlashga yordam beradi va qon bosimini nazorat qiladi.

5. Immun tizimini mustahkamlash: Vit B6 immun tizimini qo‘llab-quvvatlaydi va infeksiyalarga qarshi kurashishda yordam beradi.

6. So‘rilishni yaxshilash. Vit B6 magniyning ichaklardan so‘rilishini yaxshilaydi, bu esa magniyning samaraliroq ishlatilishiga yordam beradi.

@endocrinoo
👍6🔥1👏1
Shakarli ichimliklarning halokatli xavfi aniqlandi

Shakarli alkogolsiz ichimliklarni muntazam iste'mol qilish og'iz bo'shlig'i saratoni rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Vashington universiteti olimlari 30 yillik tadqiqot davomida 162 602 nafar ayol ma’lumotlarini tahlil qilib, shunday xulosaga kelishdi. Natijalar JAMA Otolaringologiya – Head & Neck Surgery jurnalida chop etildi.

Ma'lum bo'lishicha, kuniga kamida bir porsiya shakarli ichimlik ichgan ayollarda og'iz bo'shlig'i saratoni rivojlanish xavfi bunday ichimliklarni oyiga bir martadan kamroq ichadiganlarga qaraganda deyarli besh baravar yuqori. Ayniqsa, ko'p chekmaydigan va spirtli ichimliklarni iste'mol qilmaydigan ayollarda tashvishli raqamlar aniqlandi - bu guruhda saraton kasalligini rivojlanish ehtimoli 5,46 baravar yuqori.

Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, shakarli ichimliklar og'izning turli qismlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Soda ichadiganlar uchun tilning o'smalari rivojlanish xavfi 4,5 barobardan ko'proq, og'iz bo'shlig'ining boshqa qismlarida esa 5,24 barobar ortadi.

Olimlarning ta'kidlashicha, shakarli ichimliklar ichish va og'iz bo'shlig'i saratoni o'rtasidagi bog'liqlik ilgari yetarlicha baholanmagan, chunki chekish va spirtli ichimliklar kasallikning asosiy sabablari deb hisoblanadi. Biroq, yangi ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, hatto yomon odatlari bo'lmagan odamlarda ham shirin ichimliklarni ortiqcha iste'mol qilish xavf omili bo'lishi mumkin.

Olimlar endi turli xil ovqatlanish odatlarining saraton rivojlanishiga ta'sirini aniqlash uchun kengroq tadqiqotlar o'tkazishni talab qilmoqdalar.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2🔥1👏1
⚡️Red Bull va boshqa energetik ichimliklar leykemiyani keltirib chiqaradi.

Barcha mashhur energetik ichimliklar tarkibida leykemiya hujayralarini qo’zg’atuvchi taurin aminokislotalari mavjud. Taurin o’zi inson tanasida tabiiy ravishda ishlab chiqariladi, lekin uni qo’shimcha iste’mol qilish qon saratoni xavfini oshiradi.

Mutaxassislar energetik ichimliklarni ichmaslikni, agar ichsangiz ham tarkibini o’qib, tanlashni maslahat berishadi.

@endocrinoo
👍41🔥1👏1
🦴Osteoporozda dorilarsiz davolash

1) Jismoniy mashqlar

1 yilda suyak mineral zichligini 1% ga oshirishi aniqlangan. Bundan tashqari jisminiy mashqlar orqali mushaklar kuchini oshirish yiqilish va son suyagi sinish xavffini kamaytirganligi uchun suyak zichligiga tasir qilmasa ham tavsiya qilinadi

2) Kalsiy

Hozirgi vaqtda Ca ning tavsiya etiladigan miqdori o'smirlar uchun 1300mg/kun, 50 yoshgacha bo'lgan ayollar va 70 yoshgacha bo'lgan erkaklar uchun 1000mg/kun va 50 yoshdan oshgan ayollar va 70 yoshdan oshgan erkaklar uchun 1200mg/kun ni tashkil etadi. Ca preparatlari temir va L-tiroksinning so'rilishiga tasir qilishi mumkinligi uchun ularni alohida vaqtlarda qabul qilish lozim. (Ca istemoli buyrak toshlari rivojlanishini 17% ga oshirishi aniqlangan)

3) Vitamin D

Ichaklarda Ca so'rilishini ko'paytiradi, paratgormon va suyak rezorbsiyasini bostiradi hamda suyak massasini oshiradi. Odatda pofilaktika maqsadida kuniga 400 ED dan 1000 ED gacha beriladi va 2000ED gacha xavfsiz hisoblanadi. (4000 va undan yuqori dozalar sinish xavfini oshirishi aniqlangan)


4) Hayot tarzi: chekishni tashlash va spirtli ichimliklar istemolini kamaytirish

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2🔥1👏1
O'zbekistonda kaliyga boy bo'lgan 10 ta mahsulot ( @endocrinoo )

* Quritilgan o'rik (turshak): Yarim stakan quritilgan o'rik taxminan 755 mg kaliyga ega.
* Kartoshka: Bir o'rta pishirilgan kartoshka (po'sti bilan) 926 mg kaliyga ega.
* Is швейцарский chard (qizilpoycha): Bir stakan pishirilgan qizilpoycha 961 mg kaliy beradi.
* Lentil (yasmiq): Bir stakan pishirilgan yasmiqda 731 mg kaliy mavjud.
* Avokado: Yarimta avokado tarkibida 364 mg kaliy bor.
* Ispanaq: Bir stakan pishirilgan ispanaq taxminan 839 mg kaliyga ega.
* Qovoq (oshqovoq): Bir stakan pishirilgan oshqovoqda 582 mg kaliy mavjud.
* Tarvuz: Ikkita katta bo'lak tarvuzda taxminan 640 mg kaliy bor.
* Lavlagi: Bir stakan pishirilgan, to'g'ralgan lavlagi 518 mg kaliyga ega.
* Anor: Bir dona o'rta kattalikdagi anorda 666 mg kaliy mavjud.

Umumiy ma'lumot:
U yurak urishi, mushaklar qisqarishi va nerv signallarini uzatish shuningdek, organizmdagi suyuqlik muvozanatini saqlashda va qon bosimini nazorat qilishda muhim rol o'ynaydi.

@endocrinoo
🔥4👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ozishda qoʻl keluvchi 6 retsept.
Organizmni turli hil zararli mahsulotlardan tozalashda juda qoʻl keladi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3🔥1👏1
Yoshim 25 da. 2 yil oralig‘ida menda ortiqcha vazn hosil bo‘ldi. Kam ovqat yeyman, ko‘p asabiylashish ham semirishga olib keladimi?

🟣 Semizlik - organizmda ortiqcha yog‘larning to‘planishi sababli tana vaznini me’yordan 20-30 foiz va undan ortib ketishi.

🔷 Sabablari:
✔️ Qabul qilingan energiyani sarflangan energiyadan ko‘p ekanligi - kam harakatlik;
✔️ Irsiy moyillik;
✔️ Yog‘ hujayralarining ortiqcha faolligi;
✔️ Bezlar faolligini buzilishi(qalqonsimon va me’da osti);
✔️ Psixologik buzilishlar.
✔️ Kasallik kelib chiqishini asosiy sabablari 80 foiz hollarda noto‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq.

🔻Oldini olish:
🔹Ovqat tarkibida kam uglevod va yog‘, ko‘proq oqsil va kletchatka saqlovchi mahsulotlar iste’mol qilish.
🔹Kuniga 30-40 daqiqa jismoniy mashqlar: yurish, yugurish, suzish kabilarni bajarish.
🔹Psixoemotsional holatlarni to‘g‘rilash va barqarorlashtirish lozim.

❇️ Xulosa qilish mumkinki, asabiylashish ham sabablardan biriga aylanishi mumkin.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2👏2🔥1
#hazil_time

Sizdachi sizda ikkitami 😁

@endocrinoo
😁9👏1
Farzandim 5 yoshda. Kechqurun uxlaganda juda ko'p terlaydi. Bunday holatda qanday yo'l tutishim mumkin?

♻️ Bolalarda tungi terlash sabablari


▪️D vitamini va kalsiy tanqisligi;
▪️Markaziy asab tizimining buzilishlari;
▪️ Gipertireoz;
▪️ Shamollash va boshqa infeksiyalar;
▪️ Ortiqcha vazn;
▪️ Yurak qon-tomir tizimi kasalliklari;
▪️ Qandli diabet;
▪️ Nasliy moyillik;
▪️ Immun tizimidagi o'zgarishlar;
▪️ Jigar va oshqozon-ichak tizimidagi muammolar.

Davolash terlashni keltirib chiqaruvchi sababga ko'ra olib boriladi:
🔹Ter bezlariga ta'sir etuvchi fizioterapiya;
🔹Sifatli matoli kiyimlar va shaxsiy gigiena;
🔹To'g'ri ovqatlanish (qovurilgan, achchiq ovqatlarni cheklash);
🔹Tanin tutuvchi vannalar qilish;
🔹Semirishga qarshi kurashish;
🔹D vitamini buyurish (lozim bo'lsa).

@endocrinoo
👍3🔥1
#klinik_vaziyat

Bemor 1968-yil ayol

Qalqonsimon bez boʻyincha qismi kistasi( 4.8 x 3.2 ) bilan murojaat qilgan.

2 oylik davolanishdan soʻng hozirda kista yoʻq.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍61🔥1
Fakt

Dunyoda qandli diabet 2-tur deb tashxis qoʻyilgan insonlarning 10% qismida aslida boshqa turdagi diabet (MODY, LADA) uchraydi

@endocrinoo
👍3🔥1