Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
619 videos
23 files
1.28K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Nik Jonas Amerikalik aktyor va qoʻshiqchi. Pop-rok guruhi " Jonas Brothers" aʼzosi.
13-yoshidan qandli diabet 1-tur bilan hasta. "Beyond type 1" notijorat tashkiloti yaratuvchisi. Ushbu tashkilot qandli diabetga qarshi kurashuvchilarni birlashtiradi va ularga resurslar bilan yordam qoʻlini choʻzadi. U diabet haqida oʻtkaziladigan yirik konferensiyalarda nutq ham soʻzlaydi. 2013-yilda qonda qand miqdorini monitoring qilishda ishlatiluvchi Dexcom reklama roligida ham suratga tushgan.

Orzular yoʻlida diabet sizga toʻsiq boʻla olmasligini isbotlovchi shaxslardan biri.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍8👏3❤‍🔥2💯1
Covid-19 qandli diabetga sabab boʻlishi isbotlandi

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Kilya ismli shifokor Sars-cov-2 sababli 19-yoshli Finne Gnadtda qandli diabet 1-turi kelib chiqqanini isbotladi.

Bemorda insulinga bogʻliq diabet(1-tur) kelib chiqdi lekin uning qonida otoantikorlar aniqlanmadi.

Xozirda sabab sifatida kovid-19 sabab qilib koʻrsatilmoqda lekin toʻliq hulosa qilishga hali ekanini ham aytishmoqda

Manba: Naked Sciense

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍81❤‍🔥1🔥1👏1
Autoimmun kasallik nima?

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Autoimmun kasallik – bu immun tizimi o‘z tanasining sog‘lom hujayralarini yot (begona) deb tanib, ularga qarshi hujum qiladigan holatdir. Odatda immun tizimi virus, bakteriya kabi tashqi xavflarga qarshi kurashadi, ammo autoimmun kasalliklarda bu tizimda xatolik yuz beradi.

Autoimmun kasallik qanday rivojlanadi?

Immun tizimi antitanachalar (antibodies) ishlab chiqaradi. Sog‘lom holatda ular virus yoki bakteriyani yo‘q qiladi. Ammo autoimmun holatda immun tizimi:

❗️O‘zining sog‘lom to‘qimalarini begona deb tan oladi

❗️Ularga qarshi antitanachalar ishlab chiqaradi

❗️Shu bilan organizmning o‘z a'zolari va tizimlariga zarar yetkazadi

🟩Autoimmun kasalliklarning sabablari:

To‘liq aniq emas, lekin quyidagilar rol o‘ynashi mumkin:

📌Genetik moyillik (oilaviy tarix)
📌Virus yoki infeksiyalar
📌Gormonal omillar (ayollar erkaklarga qaraganda ko‘proq zarar ko‘radi)
📌Stress va ekologik omillar
📌Ba’zi dorilar yoki kimyoviy moddalarga ta’sir


Ko‘p uchraydigan autoimmun kasalliklar:
⚠️Qandli diabet 1-tur
⚠️Revmatik artrit
⚠️Sistemali qizil yugurik
⚠️Hashimoto tireoiditi
⚠️Diffuz toksik buqoq
⚠️Psoriaz

❇️Umumiy belgilari (hamma kasalliklarda bo‘lmasligi mumkin):

1⃣Surunkali charchoq
2⃣Mushak og‘rig‘i
3⃣Tana haroratining ko‘tarilishi
4⃣Teri toshmalari
5⃣Soch to‘kilishi
6⃣Organlar faoliyatida buzilish

🔬Tashxis qo‘yish:

🩺Klinik ko‘rik (shifokor tomonidan)

🩸Qon tahlillari (ANA testi, CRP, ESR, antitelalar)

🩻UTT, MRT yoki boshqa tekshiruvlar

💊Davolash usullari:

Autoimmun kasalliklar butunlay tuzalmasligi mumkin, lekin simptomlarni nazorat qilish mumkin:

1. Yallig‘lanishga qarshi dorilar (NYQV, steroidlar)

2. Immunosupressorlar – immun tizimini susaytiradi

3. Biologik terapiya – aniqlashtirilgan dori vositalari (ko‘proq revmatik artritda)

4. Simptomatik davolash (og‘riqni kamaytirish, organ funksiyalarini tiklash)


🏃‍♂‍➡️🏃‍♀Hayot tarzi bo‘yicha tavsiyalar:

Sog‘lom ovqatlanish
Stressni kamaytirish
Harakatli turmush tarzi
Uyqu rejimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish
Shifokor nazorati ostida bo‘lish

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍7🔥1👏1
#hazil_time

Tepadagi postga hazil misol

@endocrinoo
😁4👏3💯2
"Детский матка" sabab va oqibatlari

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Bachadon infantilizmi (yoki bachadonning infantil shakli) — bu bachadonning yoshiga nisbatan kichik va yetilmagan bo‘lishi holatidir. Bu holat odatda jinsiy rivojlanish davrida bachadon to‘liq shakllanmasligidan kelib chiqadi.

Sabablari:

1. Gormonal buzilishlar – estrogen va boshqa jinsiy gormonlarning yetishmasligi.

2. Irsi omillar – ba'zan genetik moyillik tufayli paydo bo‘ladi.

3. Yoshga aloqador omillar – erta tug‘ilish (muddatidan oldin) yoki tug‘ma anomaliyalar.

4. Yomon ovqatlanish – bolaning organizmi zaruriy ozuqa moddalarini olmagani sababli normal rivojlanmaydi.

5. Surunkali kasalliklar – ayniqsa, endokrin tizim bilan bog‘liq muammolar.

6. Psixologik stress yoki og‘ir hayotiy sharoitlar – o‘sish va jinsiy yetilish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

7. Zaruriy tibbiy yordamning yo‘qligi – ayniqsa o‘smirlik davrida gormonal muvozanat nazoratsiz qolsa.

Oqibatlari:

1. #bepushtlik – yetilmagan bachadon homila uchun mos muhitni ta’minlay olmaydi.

2. Homiladorlikning buzilishi – homila tushishi yoki homiladorlikning barqaror bo‘lmasligi.

3. Menstrual sikl buzilishi – kech boshlanishi yoki umuman bo‘lmasligi (amenoreya).

4. Jinsiy hayotdagi muammolar – jinsiy aloqa vaqtida og‘riq yoki diskomfort.

5. Psixologik oqibatlar – o‘ziga ishonchsizlik, tushkunlik, ayollik bilan bog‘liq komplekslar.

Bu holatni erta aniqlab, endokrinolog yoki ginekolog ko‘magida gormonal davolash va sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish orqali tuzatish mumkin.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
❤‍🔥1
Bachadonning rivojlanishdan orqada qolish holati suratlarda

@endocrinoo
#analiz

D-dimer tahlili — bu qonda tromb (qon quyqalari) bor yoki yo‘qligini aniqlashga yordam beradigan laborator tekshiruvdir. Bu test tromboz, o‘pka emboliyasi (PE) yoki chuqur vena trombozi (DVT) kabi holatlarni aniqlashda qo‘llanadi.
---
Qanday holatlarda buyuriladi?

D-dimer tahlili quyidagi holatlarda shifokor tomonidan tayinlanadi:

📌Chuqur vena trombozi (oyoq, qo‘l shishishi, og‘rishi)

📌O‘pka arteriyasi tromboemboliyasi (birdan nafas qisishi, yurak urishining tezlashuvi)

📌Yurak xurujidan keyin

📌COVID-19 yoki boshqa infeksiyalardan so‘ng tromb xavfi mavjud bo‘lsa

📌Rivojlanayotgan homiladorlikda xavfli holatlarni kuzatishda

📌Disseminatsiyalangan intravaskulyar koagulyatsiya (DIC) sindromi
---

🩸Tahlil qanday olinadi?
Oddiy vena qonidan olinadi.

Natijalar odatda ng/ml yoki mg/L FEU (Fibrinogen Equivalent Units) bo‘yicha beriladi.
---

Normal va yuqori D-dimer:

Normal daraja: D-dimer < 0.5 mg/L FEU (yoki < 500 ng/mL) — ko‘pincha tromb yo‘qligini anglatadi.

⬆️Yuqori daraja: Tromb hosil bo‘lish ehtimoli bor. Lekin, boshqa sabablardan ham oshgan bo‘lishi mumkin, masalan:

⚠️Operatsiyadan keyin
⚠️Homiladorlik
⚠️Yaralanish
⚠️Infeksiyalar yoki yallig‘lanishlar
⚠️Saraton

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
Qandli diabet sizni orzulardan toʻsa olmaydi.

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Qandli diabet sizni orzulardan toʻsa olmaydi. Potensialingizni namoyon qilishda sizga qarshi tura olmaydi. Buni mashxurlar isbotlab ulgurgan. Shunday insonlar bilan sizni tanishtiraman.

1) Holli Berri. Aktrisa 22 yoshida qandli diabet 1-tur bilan kasallanadi. Oskar mukofoti olishi uchun bu kasallik xech narsa qila olmadi.

2) Nik Jonas. 13-yoshda qandli diabet 1-tur bilan kasallanadi lekin taslim boʻlmadi va olgʻa bora oldi.
"Beyond type 1" notijorat tashkiloti ochgan ushbu aktyor kasallikka qarshi kurashuvchilar uchun foydali maslahatlar bera oldi.

3) Tom Henks. 2013-yilda qandli diabet 2-tur bilan hastalanganini ommaga elon qilgan. Lekin sogʻlom ovqatlanish, faol jismoniy harakatlar bilan kasallikka qarshi kurashishni juda koʻplab insonlarga yetkaza oldi. Tom Henks shaxsan menga alohida yoqadi. Bu insonni Oskarlar soni 2ta. Kinolari esa shedevr. Yirik sovrinlari 19 ta.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍7🔥3
#klinik_vaziyat

Oʻzbekistonga kelgan Korea fuqarosi kasalligi va isitmasi sababli paratsetamol 500 mg dan 3 mahal 10 kun ichgan. Bemor sopor holatga tushgan. Qon ketishlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Sababi Koreyada kasal boʻlishsa shu usul qoʻllab kelishgan.

Bemorga N asetil sistein antidot qilingan. Vitaminoterapiya, plazma, qon oʻrnini bosuvchi suyuqliklar quyilgan va holati yaxshilangan.

Vataniga qaytib ketgan.
Hulosa: bilib bilmasdan yuqori doza ichish shunday oqibatlarga olib keladi.

Case Elbek akadan

@endocrinoo
👍5
#hazil_time

Baho evolyutsiyasi 😁

@endocrinoo
😁13
#klinik_vaziyat

14 oylik 19 kglik bola.

4 kg tugʻilgan boʻlsada juda katta tezlikda yuqori vazn olgan.

Soʻrab surishtirishda nuqtaga urildi. Yana sabab sinaflan. Avval ham 2ta huddi shunday holat aniqlangan edi. Bu safar ham yana sinaflan.

Ishlatish sababi yuzga toshgan diatez va allergiya.

Bolada sinaflan to'xtatilishi kerak.
Eslatma: gormonlar teri orqali yuqori darajada soʻriladi.

Chaqaloq 1 yoshgacha har oyda oʻrtacha 700 grdan vazn yigʻadi.

Surat internetdan olindi

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2👏1
Yangi tugʻilgan chaqaloq 1 yoshgacha bo'lgan davrda vazn yigʻishi quyidagicha bo‘ladi

Tug‘ilgandagi vazn: odatda 2800–4000 g.

4–6 oyga kelib, tug‘ilgan vazn 2 barobarga yetadi.

1 yoshda tug‘ilgan vazn 3 barobarga chiqadi (taxminan 9–11 kg).

Agar chaqaloqning sog‘ligi yaxshi, emishi yoki ovqatlanishi to‘g‘ri bo‘lsa, bu ko‘rsatkichlar normaga mos bo‘ladi. Shu bilan birga, har bir bolaning individual rivojlanish sur’ati farq qilishi mumkin.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1👏1
#hazil_time

Kortikosteroidlar gegemonligi

@endocrinoo
👍4😁2
Qandli diabet bilan olimpiadani zabt etganlar bor

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Tanishing Aleksandr Zverev. 1997-yil Germaniyaning Gamburg shahrida tugʻilgan. Yirik turnirlarda finallarda qatnashgan. Tokio 2020 olimpiadasi oltin medalini qoʻlga kiritgan.

Yoshlikdan qandli diabet 1-tur bilan kurashgan. Tennis vaqtida ham insulin qilib turgan. Raqiblarni ham diabetni ham yenga olgan.

Bizda esa oshda edik, odam koʻp edi deb insulin qilmaydiganlar juda juda koʻp

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍7🔥4👏1
#klinik_vaziyat

Boʻy oʻsishi sustligi bilan murojaat qilgan bolaning onasi qabulimga keldi. Aytishicha farzandi 1.5 oy ichida 3.5 sm o'sibdi. Bu yaxshimi yoki kammi dedi. Juda hayron qoldim. Aslida 3 oyda 1 sm ham katta natija. 3.5sm uchun 1 yil ketardi deb aytdim.

Bemorlarga uyda devorga farzandi bilan rasmga tushirib, chizib qoʻyishi kerakligini aytaman.

Insha Alloh rasmini yuborsa boʻlishaman.

@endocrinoo
👍6🔥1
#klinik_vaziyat

Bazan bunaqasi ham boʻladi.

Odatda qalqonsimon bez tugunlari yoʻq boʻlib ketishi kam uchraydi. Davolashdan maqsad tugunni kattalashishini oldini olish va 50% gacha boʻlsada kichraytirish.

Bu bemorimda esa 7 mm lik tugun yoʻq boʻlib ketgan. Har gal 1ta uzist koʻrishini tavsiya qilaman. Sababi oʻsha uzist, oʻsha koʻz, oʻsha aparat bilan aniqlik yaxshi boʻladi va avvalgi holatiga nisbatan taqqoslash ham boʻladi.

Hozirda bemorda tugunlar yoʻq, qalqonsimon bezda qon aylanishi meyorda (tireoidit yoʻqolgan)

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍53🔥1