Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Aspirin (atsetilsalitsil kislotasi) - qon ivish xavfini kamaytiradigan taniqli antiagregant vosita. Amerika Diabet Assotsiatsiyasi (ADA) diabet bilan og'rigan bemorlarda foydalanish bo'yicha tavsiyalarini yangiladi.

Aspirin kimga tavsiya etiladi?

1️⃣Birlamchi profilaktika (birinchi yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish)
Aspirin quyidagi hollarda buyurilishi mumkin:
☑️Yoshi 50+
☑️Kamida bitta qoʻshimcha xavf omili mavjud:
- yurak-qon tomir kasalliklarining oilaviy tarixi
- Arterial gipertenziya
- dislipidemiya (lipid profilining anormalligi)
- Chekish
- Surunkali buyrak kasalligi yoki albuminuriya
- Qon ketish xavfi yuqori boʻlmaganlar

2️⃣ Ikkilamchi profilaktika (agar allaqachon yurak yoki qon tomir kasalliklari mavjud bo'lsa)
Aspirin quyidagi hollarda tavsiya etiladi:
- yurak ishemik kasalligi (yurak xuruji, infarkt miokard )
- Insultga uchragan
- periferik arteriyalarning aterosklerozi

🔤Kimga aspirin ichish tavsiya etilmaydi?

- xavf omillari bo'lmagan 50 yoshgacha bo'lgan odamlar

- 70 yoshdan oshgan bemorlar (qon ketish xavfi > foyda)

- 21 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar (Reye sindromi xavfi)

📥 Dozalash
- 75-162 mg / kun

📥 Muhim xulosalar
- Aspirinni qabul qilish to'g'risida qaror shifokor tomonidan qabul qilinishi kerak - foyda va xavf nisbatini baholash muhimdir.

- Aspirin boshqa dorilarning o'rnini bosa olmaydi - xolesterin, qand va qon bosimini pasaytirmaydi.

- Dori-darmonlarni o'zingiz qabul qilishni boshlamang - har doim mutaxassis bilan maslahatlashing.

Sog' bo'ling!

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2🔥1
Qandli diabetda guruch mahsulotlari qanchalik mumkin?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Halqimiz sevimli taomi va milliy taomi bu palov ( osh ). Ahir oʻldirsa ham osh oʻldirsin a.

Lekin diabetingiz boʻlsa buni sizga tavsiya qilmaymiz. Sababi glikemik indeksi eng yuqori 3 mahsulotdan biri bu guruch.
Lekin uning naviga koʻra indeksi turlicha boʻladi. Masalan:

Oq guruch ( белый рис шлифованный )- glikemik indeksi 70-85 orasida ( yuqori )

Jigarrang guruch ( коричневый неочищенный рис )- glikemik indeksi 50-65 orasida ( o'rta )

Basmati( Hind oq guruchining bir turi ) - glikemik indeksi 50-58 orasida.

Yovvoyi guruch ( дикий рис - технические это не настоящие рис )- glikemik indeksi 35 atrofida ( past )

Shunda sizga tavsiya keyingi 2 turdagi guruchdan istemol qiling ( oz miqdorda ) juda guruchsiz tura olmasangiz. Lekin isteʼmoldan chiqarib yuborsangiz oʻzingizga naf.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥1👏1
Varikoz qanday kasallik?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir ( @endocrinoo )

Venalarning varikoz kengayishi — tez-tez kuzatiladigan patologik jarayon, venalarning (qonni yurakka qayta olib boruvchi tomilar) shikastlanishi bilan ifodalanadi. Patologiya uchun tomir bo’shlig’i diametrining kengayishi, venoz devorlarning ingichkalashishi va anevirzmasimon mahalliy kengaymalar — «tugunchalar» hosil bo’lishi xarakterlidir

Bugungi kunda varikoz eng ko’p uchraydigan kasalliklardan biri bo’lib, u har uchinchi ayol va o’ninchi erkakda qayd qilinadi. Statistikaga ko’ra, bu kasallik ko’pincha 30-40 yoshlik davrda uchraydi.

Sabablari:
Zararli kasb(uzoq vaqt tik turuvchi)
Irsiy moyillik
Semizlik
Stress, zoʻriqish
Sportiv yuklama berish
Noqulay oyoq kiyim

Varikoz alomatlari bevosita kasallik bosqichiga bog’liq.
I va II bosqichlarda

Oyoq, boldir va sonlarda venoz naqshlarning paydo bo’lishi;
Oyoqlarda og’irlik, bosim, o’rtacha og’riqlarni his qilish;
Tortishishlar, ayniqsa kechasi;
Ishdan keyin, kunning oxirida oyoqlarning shishishi;
Tez charchash

III va IV bosqichlarda

Shishlar;
Qon tomirli yulduzlar (telangioektaziyalar);
Turli og’riqlar (pulsli, mushaklarda qichishish, yurish paytida og’riq, vena bo’ylab og’riq, umumiy og’riq va oyoqlarning qaqshab og’rishi);
Boldir va tovon yonlari terisi yuzasida uzun varikoz venalar paydo bo’lishi;
Teri o’zgarishlari — uning qurishi va pigmentatsiyasi, qorayishi va jigarrang dog’lar bilan qoplanishi. Bundan tashqari, bu belgilarga keyinchalik bir qator kasalliklar, xususan dermatit, ekzema va trofik kasalliklar, yaralar qo’shilishi mumkin

Tashxislash
UTT Flebografiya

Davolash
Medikamentoz
Simptomatik
Jarrohlik

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2🔥1👏1
#hazil_time

Professor talabadan imtihonda soʻramoqda

Tugʻruqning qanday turlarini bilasiz?
Talaba: erta, kechki va notoʻgʻri tugʻruq.
Batafsilroq aytingchi?
Talaba: erta bu toʻydan avvalgi tugʻruq, kechki bu eri vafotidan 3 yil oʻtib kuzatiladi, notoʻgʻri tugʻruq bu ayoli emas qoʻshnisi tugʻishi 😂😂😂

@endocrinoo
😁13👍1🔥1
Sigaret 🚬 va #bepushtlik

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Erkaklar bepushtligi va sigaret chekish o‘rtasidagi tibbiy bogʻliqlik aniq va ilmiy jihatdan isbotlangan:

1. Sigaret tutunining tarkibi va uning ta’siri

Sigaret tutunida 7000 dan ortiq kimyoviy modda mavjud. Ulardan ba’zilari:
-Nikotin
-Karbon monoksid
-Formaldegid
-Benzopiren
-Kadmiy, qoʻrgʻoshin, simob

Bu moddalar organizmda oksidlovchi stressni kuchaytiradi, gormonlar tizimini izdan chiqaradi va spermatozoidlar ishlab chiqarilishiga to‘sqinlik qiladi.

2. Sigaret chekishning erkaklar reproduktiv tizimiga ta’siri

A. Spermatogenez (sperma ishlab chiqarilishi) buzilishi

Spermatozoidlar sonining kamayishi: Chekuvchilarda sperma miqdori chekmaydiganlarga nisbatan sezilarli darajada kam bo‘ladi (30–40% gacha).

Spermatozoidlar harakatchanligining pasayishi: Spermatozoidlar tuxum hujayraga yetib bora olmaydi.

Spermatozoidlar morfologiyasining buzilishi: Noto‘g‘ri shakldagi spermatozoidlar urug‘lantirishga yaroqsiz bo‘ladi.

DNK fragmentatsiyasi: Tutun tarkibidagi erkin radikallar spermatozoid DNK sini shikastlaydi, bu esa homiladorlikni qiyinlashtiradi yoki homila tushishiga sabab bo‘ladi.

B. Gormonlar tizimiga ta’siri

Testosteron darajasi pasayadi, bu jinsiy faoliyatni va spermatozoid ishlab chiqarishni kamaytiradi.

FSG va LG (gonadotrop gormonlar) darajasi ham buzilishi mumkin, bu esa moyaklarning faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi.

3. Organlarga va qon aylanishiga ta’siri

Moyak qon aylanishining buzilishi: Nikotin qon tomirlarini toraytiradi, bu moyaklarda kislorod yetishmovchiligiga olib keladi.

Prostata va seminal vezikulalarda surunkali yalligʻlanish xavfi ortadi.

Erektil disfunksiya (impotensiya): Sigaret chekish qon aylanishini yomonlashtirib, jinsiy quvvatni pasaytiradi.

4. Tibbiy tadqiqotlar natijalari

Oxford University (2022): Sigaret chekuvchi erkaklarda DNK shikastlangan spermatozoidlar ulushi 25–30% yuqori.

WHO (JSST) hisobotlari: Chekish bepushtlik xavfini 50% gacha oshiradi.

American Society for Reproductive Medicine: IVF (sun’iy urug‘lantirish) natijalariga sigaret chekish salbiy ta’sir qiladi – spermatozoidlar tuxum bilan birikmaydi.

5. Chekishni to‘xtatishning foydasi

3 oy ichida spermatozoid sifati tiklana boshlaydi.

6–12 oyda reproduktiv salomatlik ancha yaxshilanadi.

DNK shikastlanishi kamayadi, testosteron darajasi normallashadi.

XULOSA
Sigaret chekish erkaklar bepushtligining asosiy xavf omillaridan biridir. Bu nafaqat sperma sifatini, balki gormonal muvozanat, jinsiy quvvat va hatto erkaklarning umumiy sog‘ligiga jiddiy zarar yetkazadi. Shifokorlar bepushtlik bilan murojaat qilgan erkaklarga eng birinchi bo‘lib chekishni to‘xtatishni tavsiya qilishadi.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍42🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nonushtaga nima yeysiz

Ozishni istovchilar uchun ovqatlanishni reja qilishda oltin qoʻllanma (kerakli video)

Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing
Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo
👍1🔥1👏1
#hazil_time

2dan koʻra ogʻir jinoyatda bu

@endocrinoo
😁9👍1🔥1👏1
Oʻsish haqida poster tayyor

@endocrinoo
👍71❤‍🔥1
Hayz vaqtida ogʻriq boʻlishi sabablari

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Hayz (menstruatsiya) vaqtida ogʻriq (dismenoreya) koʻplab ayollar va qizlarda uchraydigan holat bo‘lib, bu odatda bachadonning qisqarishi bilan bogʻliq.

Quyida hayz ogʻrigʻining sabablari

1. Birlamchi dismenoreya (birlamchi hayz ogʻrigʻi)

Bu eng keng tarqalgan tur bo‘lib, sog‘lom ayollarda kuzatiladi. Asosiy sabab — prostaglandinlar deb ataladigan moddalar. Ular hayz paytida bachadon devorining qisqarishini kuchaytiradi, bu esa og‘riqqa olib keladi.

Sabablari:
--Prostaglandinlar darajasining ortishi
--Bachadon mushaklarining kuchli qisqarishi
--Oqsillar va qon aylanishining cheklanishi

Belgilari:
--Hayzdan 1–2 kun oldin yoki birinchi kuni boshlanadi
--Pastki qorin yoki belda ogʻriq
--Ba'zida bosh ogʻrig‘i, holsizlik, koʻngil aynishi kuzatiladi

Davomi bor...

@endocrinoo
🔥4👍2❤‍🔥1🥰1
Davomi...

2. Ikkilamchi dismenoreya (ikkilamchi hayz ogʻrigʻi)

Bu holat boshqa ginekologik kasalliklar fonida yuzaga keladi.

Sabablari:
Endometrioz – bachadon ichki qavati (endometriy) boshqa joylarda rivojlanishi

Miyoma – bachadon devorida paydo bo‘lgan yaxshi sifatli o‘simta

Spaykalar – bachadon yoki tuxumdon atrofidagi to‘qimalarning o‘zaro yopishib qolishi

Yallig‘lanishli kasalliklar – masalan, tuxumdon yoki bachadon yo‘lining yallig‘lanishi

Spiral (IUD) – ayrim hollarda hayz og‘rig‘ini kuchaytirishi mumkin

Belgilari:

Yil osha kuchayib boradigan ogʻriq

Hayzdan tashqari ham og‘riq bo‘lishi

Ko‘p yoki gʻayrioddiy qon ketishi

Bezor qiluvchi jinsiy aloqa yoki bepushtlik

Qoʻshimcha omillar:

Stress va asabiylik
Uyqusizlik
Gormonal nomutanosiblik
Oziqlanish muammolari (masalan, temir yetishmovchiligi)
Jismoniy faoliyat yetishmasligi

Yengillashtirish usullari:

Issiq suv termofori bilan qorin sohasini isitish

Yengil jismoniy mashqlar (yoga, yurish)

Prostaglandinlarni kamaytiruvchi dorilar (NSAIDlar: ibuprofen, naproksen)

Shifokor tavsiyasiga koʻra gormonal dorilar

Dam olish, meditatsiya va stressni kamaytirish

Agar ogʻriq juda kuchli boʻlsa yoki odatdagidan farq qilsa (tovonlab og‘risa, hayz oralig‘ida ham davom etsa, qon ketish juda koʻp boʻlsa), ginekologga murojaat qilish zarur. Bu jiddiyroq sabablar borligidan darak bo‘lishi mumkin.

Davolash Endokrinolog va ginekolog bilan

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5🔥1
Boʻy oʻstirishda ovqatlanish uchun tavsiya

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Bo‘y o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydigan ovqatlanish rejasi yosh, jins, jismoniy faollik va mavjud sog‘liq holatiga qarab farqlanadi. Quyida umumiy, sog‘lom va o‘sishni rag‘batlantiruvchi bir haftalik ovqatlanish rejasini keltiraman. Bu reja asosan 13–25 yosh oralig‘idagi yoshlar uchun mo‘ljallangan.

🟩1-KUN (Dushanba)

Nonushta:

✓ 2 dona tuxum (qaynatilgan yoki qovurilgan)
✓1 bo‘lak qora non
✓1 stakan sut
✓1 dona banan

Peshin:
✓150 g tovuq go‘shti
✓1 piyola guruch yoki grechka
✓1 piyola sabzavotli salat (bodring, pomidor, karam)
✓1 stakan kefir yoki yogurt

Kechki ovqat:
✓100 g baliq yoki tuxumli sabzavotli omlet
✓1 dona qaynatilgan kartoshka
✓1 piyola karam sho‘rva

Uyqudan oldin:
✓1 stakan iliq sut yoki kefir
✓2 dona bodom yoki yong‘oq

🟩2-KUN (Seshanba)

Nonushta:
✓1 stakan jo‘xori yormasi bo‘tqasi (suv yoki sutda)
✓1 dona olma
✓1 dona qaynatilgan tuxum

Peshin:
✓150 g mol go‘shti
✓1 piyola grechka
✓Sabzavotli salat
✓1 stakan yogurt

Kechki ovqat:
✓1 kosa sho‘rva
✓2 dona qaynatilgan tuxum
✓1 bo‘lak qora non

Uyqudan oldin:
✓1 dona banan yoki 1 stakan sut

🟩3–7-KUNLAR:

Boshqa kunlar uchun yuqoridagi menyu tarkiblarini bir oz o‘zgartirib aralashtirib foydalanish mumkin. Quyidagilarni kiritib turing:

Qo‘shimchalar (kun davomida):
✓Yong‘oqlar (bodom, yeryong‘oq) – 1-2 kaft
✓Mevalar – olma, banan, apelsin
✓Sutli mahsulotlar – kefir, tvorog, yogurt
✓Qaynatilgan tuxum – har kuni 1–2 dona
✓Ko‘katlar – kashnich, ko‘kat piyoz, rayhon

Muhim maslahatlar:

1. Har kuni 2–3 litr suv iching.

2. Ovqatni muntazam, 3 asosiy va 2 oraliq ovqat bilan tashkil qiling.

3. Uyqudan kamida 2 soat oldin ovqatlanishni tugating.

4. Har kuni eng kamida 30 daqiqa jismoniy mashq bajaring.

5. D vitaminini quyoshdan olishga harakat qiling (ertalabki quyosh nurlari foydali).

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍6❤‍🔥1🔥1
9 - may necha minglagan vatandoshlarimizning tinchlik yoʻlida jon fido qilgan kunni eslash kuni. Hotira va qadrlash kuni.

Gʻalaba kuni emas! Jangda faqat magʻlubiyat boʻladi. Kimdir oilasidan, otasidan, akasidan, ukasidan , yaqinidan judo boʻladi.

@endocrinoo
👍7💯3
Sayyid ul ayyom
Hajjul masokin juma muborak 🌙

@endocrinoo
5👍2❤‍🔥1🔥1
#hazil_time

Hayrli tong havfsizlar 😂

@endocrinoo
😁12
Tadqiqot:🥭 Mango insulinrezistentlikni kamaytirishga yordam beradi

🔍 Amerikalik olimlar mango iste'mol qilish ortiqcha vaznli va semiz odamlarda insulin darajasiga ijobiy ta'sir ko'rsatishini aniqladilar. Natijalar Nutrients nashrida chop etildi.

Tajriba davomida👍 kuniga ikki marta mango (taxminan 330 gramm) iste'mol qilgan ishtirokchilar,📊 qondagi insulinning o'rtacha kontsentratsiyasining pasayishi va insulin qarshiligi ko'rsatkichlarining nazorat guruhiga nisbatan yaxshilanganligini ko'rsatdi.
Mangoning ijobiy ta'siri uglevod almashinuvini normallashtirishga yordam beradigan o'simlik tolalari va mangiferin tarkibiga bog'liq deb taxmin qilinadi.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3❤‍🔥1🔥1
Eng xavfsiz juma tabrigi 😁

@endocrinoo
😁5🔥1
40 hadisi qudsiy

Qanoatli boʻl, behojat boʻlasan

@endocrinoo
👍32❤‍🔥1🔥1
#hazil_time

Xotiniga aytyapti:
- "Tez tibbiy yordam" chaqir, mazam bo‘lmayapti, o‘lib qolaman.
- Telefoningizning parolini bering, ocholmayapman.
- Bo‘ldi, kerakmas. "Har bir jon o‘lim (sharobi)ni totguvchidir"..
😁😁😁

@endocrinoo
😁11
Axlat qutisiga ega chiqqan it
Shu joyni muqaddas makon biladi.
O'tgan-ketganlarga tish irshaytirib,
Yolg'ondakam hurib, suron qiladi.

Zoti mastga amal tekkandan keyin,
Ko'rasan har qancha tantiqlik bo'lsa.
Nima ham der eding ota betayin,
Onasining kasbi qanjiqlik bo'lsa...

@endocrinoo
👍2❤‍🔥11🔥1
👏6🔥21❤‍🔥1