Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
619 videos
23 files
1.28K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
🥛Kalsiyni kamaytiruvchi moddalar

🔸Qahva. Ko'p qahva ichish tanadan kalsiyni va boshqa minerallarni ham chiqarib tashlaydi.

🔸Shakar. Agar siz me'yoridan ko'p miqdorda shirinlik iste'mol qilsangiz, ichak mikroflorasi buziladi va so‘rilish jarayoni izdan chiqadi.

🔸Spirtli ichimliklar. Spirtli ichimliklar ham kalsiyning so'rilishiga salbiy ta'sir qiladi.

@endocrinoo
👍3🔥2👏2
Onamga qimmatga tushdi
G'aybulla Tursunov
#music_time

Gʻaybulla Tursunov - onamga qimmatga tushdi ❤️‍🔥

@endocrinoo
❤‍🔥3🥰3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#music_time

Ozod Shukrullayev - qum qasr

( Ozod uncha muncha xonanda yillar davomida yarata olmaydigan kompozitsiya yaratish qobiliyatiga ega )

@endocrinoo
👍81👏1
🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩

Bugun 14:00 da Insha Alloh
Ovozli chat

🔊🔊🔊🔊🔊🔊🔊🔊🔊🔊🔊🔊
👍8🎉3🔥1
Tayyormisiz!!!!
👍4😁1💯1
Live stream finished (48 minutes)
Sizlar bilan oʻtkazilgan 1-ovozli chatimiz 48 daqiqa davom etdi

Kelasi safar bundanda foydali va manfaatli boʻladi deb oʻylayman

Sogʻ bo'lilar ❤️
👍11🥰2🤔2🔥1👏1💯1🏆1
#hazil_time

Har hil hayol kelmasin😂

@endocrinoo
🤔1
Eng yuqori tana harorati – 46,5 daraja Selsiy, 1980 yil AQSHda amerikalik Uil Jonsda qayd etilgan. Bemorni issiq urgan va kasalxonaga yetkazilgan, u yerda temperatura rekordi qayd etilgan.

Bemor vafot etmagan va davolanish kursini o‘tib, uch haftadan keyin kasalxonadan chiqarilgan.

@endocrinoo
👍6
#hazil_time

Sizga qaysi biridan 😁

@endocrinoo
👍4😁3🤔1
OQ LIBOS

Inson bu dunyoga kelib, ko'z ochgan chog'i boshida turgan oq libosli odamni ko'radi.
Inson bu dunyoni tark etib, ko'z yumayotgan chog'i boshida turgan oq libosli odamni ko'radi.
Doktorlarga ta'zim qiling!

"Daftar hoshiyasidagi bitiklar" O'tkir Hoshimov

@endocrinoo
12👍1
🌿 Qon bosimini tabletkalarsiz tushirishning 8 ta tabiiy usuli 🌿

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

1. Chuqur nafas oling 🧘
5 daqiqalik chuqur nafas olish (4 marta nafas olish, 6 marta nafas olish) stressni kamaytiradi va qon tomirlarini kengaytiradi.

2. Yurish 🚶
Kuniga 30 daqiqa yurish, yoga yoki raqsga tushish - va qon bosimingiz "rahmat" deydi.

3. "To'g'ri" taomlarni iste'mol qiling 🥑
- Lavlagi va anor qon tomirlari uchun tabiiy "nitratlar" dir.
- Banan, ismaloq, avakadolar kaliyga boy.
- Qora shokolad (70%+) - qutqarish uchun flavonoidlar.

4. Choy qaynatib oling 🌺
Hibiskus, yalpiz yoki do'lana choyi yurakning tabiiy "do'stlari" dir.

5. Tuzni kamaytiring 🧂
Uni o'tlar, limon sharbati yoki sarimsoq bilan almashtiring.

6. Mushukni quchoqlang 🐈
Uy hayvonlari stressni kamaytiradi. Mushuk yo'qmi? Tasalli beruvchi musiqani yoqing yoki iliq vanna oling.

7. Bolalardek uxlang 👶🏼
Salqin xonada 7-8 soatlik uyqu qon tomirlari uchun eng yaxshi "retsept" dir.

Muhim: Agar qon bosimingiz muntazam ravishda 140/90 dan yuqori bo'lsa, albatta shifokorga boring! Bu usullar davolash o'rnini bosuvchi emas, balki profilaktika hisoblanadi.
👍3
#hazil_time

Klient bemorga 103 dan javob😉

@endocrinoo
👍5🔥2
Ayollarimizga faqat ayol doktor istaymiz ammo ayol doktor qanday paydo boʻlishi haqida oʻylamaymiz.

Ayol doktor boʻlish erkak doktor boʻlishdan oʻn karra qiyinroq ekanini koʻpchilik tushunmaydi.

Ayol bu kasbda boʻlish uchun juda koʻp narsani qurbon berishi kerak.

Doktor boʻlish uchun kamida 10-yil oʻqishi kerak. Bu orada u qachon turmush qurib qachon bolali boʻlib, qachon unga vaqt ajratadi?
Doktorning hayoti ertalab 9 da ketib kech 6 da qaytish emas.

U baʼzan tuni bilan ishda boʻlishga majbur. Ertalab ruhan va jismonan charchab keladi, eri esa ishga bolalari maktabga ketishi kerak.

U ishida faqat qon, jarohat, oh-voh, ingrashlar va oʻlimni koʻradi.

U 12 soat oyoqda turib charchaydi, koʻpincha hatto ovqatlanishga fursat boʻlmaydi.

Avvalo, doktorlikka oʻqish qiyin, ishlash undan ham qiyinroq chunki oilali ayol koʻp narsani qurbon qilishi kerak.

Agar doktor ayolni oilasi tushunmasa uning ishlashi doimiy janjalga sabab boʻladi.

Bir qoʻshnimiz qizini doktor qilib bir doktor yigitga berdi. Ammo yigitning ota-onasi fermer edi. Kelinni mutlaqo tushunmadi. Doktor ayoldan boshqa qishloq ayollari qatori molga qarash va ketmon chopishni ham talab qilardi. Ajrashib ketishiga sal qoldi.

Doktor ayollar sizning qizingiz, xotiningiz va onangiz uchun oʻzini qurbon qilgan, ularni qadrlash kerak.

Doktor ayol ishdan kelib hech narsa qilmay xonasiga kirib ketishi, toʻyib uxlashi kerak, u ishdan charchab kelib yana uy ishlari bilan mashgʻul boʻlishi juda ogʻir yuk boʻladi ammo aksariyat oʻzbek doktor ayollari uchun bu oddiy hol.

Saudiyada esa doktor ayollarning xizmatkori boʻladi, u faqat ishga borib keladi.

Doktor boʻlish osonmas, doktor ayol boʻlish esa undan ham qiyinroq.

Ayolingizga ayol doktor qidirganingizda shularni ham bir eslab qoʻying. Siz uchun boshqalar naqadar rohatini va oilaviy hayotini qurbon qilayotganini oʻylang. Menga ayol doktor kerak deb katta ketishdan osoni yoʻq.

@endocrinoo
🔥16👍9
#hazil_time

Lekin hozirda oilaviy shifokorlarga ham ish defitsiti yuzaga kelmoqda

@endocrinoo
😁2🥰1
Oʻsishda aminokislotalar roli haqida

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Bo‘y o‘sishida aminokislotalarning ahamiyati juda katta, chunki ular oqsillar (proteinlar) tarkibiy qismi bo‘lib, tana hujayralari, mushaklar, suyaklar va boshqa to‘qimalarning o‘sishi va tiklanishini ta’minlaydi. Quyida bo‘y o‘sishida muhim rol o‘ynaydigan asosiy aminokislotalar haqida to‘liq ma’lumot:

1. Arginin (L-Arginine)

Vazifasi:
O‘sish gormoni (HGH) ajralishini rag‘batlantiradi.

Qon aylanishini yaxshilaydi, bu orqali ozuqa moddalari va kislorod tezroq yetkaziladi.
Manbalari: Tovuq go‘shti, baliq, yong‘oqlar, tuxum, loviya, sut mahsulotlari.

2. Lizin (L-Lysine)

Vazifasi:
Oqsillar sintezi va suyak to‘qimasining o‘sishida ishtirok etadi.

Kaltsiyning so‘rilishini yaxshilaydi, bu esa suyaklarning mustahkamligi va o‘sishiga yordam beradi.
Manbalari: Go‘sht, sut mahsulotlari, baliq, tuxum, soya.

3. Glitsin (Glycine)

Vazifasi:
Kollagen ishlab chiqarishda ishtirok etadi (suyak va teri tarkibida mavjud oqsil).

Uyqu sifatini yaxshilaydi, bu esa o‘sish gormoni sekretsiyasini kuchaytiradi.
Manbalari: Jelatin, go‘sht suyak sho‘rvalari, baliq, tovuq.

4. Glutamin (L-Glutamine)

Vazifasi:
Hujayralarning bo‘linishini tezlashtiradi, mushak massasini oshiradi.

Immun tizimni qo‘llab-quvvatlaydi.
Manbalari: Yog‘siz go‘sht, tuxum, bug‘doy, karam, sut.

5. Leysin, Izoleysin, Valin (BCAA – Branched Chain Amino Acids)

Vazifasi:
Mushak massasini oshirishda va tiklashda muhim.

Jismoniy harakatlar natijasida yuzaga kelgan to‘qima shikastlanishlarini tez tiklaydi.
Manbalari: Tuxum, go‘sht, baliq, sut mahsulotlari, dukkaklilar.

6. Tirozin va Triptofan

Vazifasi:
Neyrotransmitterlar ishlab chiqarilishi uchun zarur, bu esa stressni kamaytiradi va uyquni yaxshilaydi.

Uyqu vaqtida o‘sish gormoni ishlab chiqarilishi kuchayadi.
Manbalari: Tuxum, banan, sut, yong‘oqlar, shokolad.

Bo‘y o‘sishi uchun tavsiyalar (aminokislotalardan tashqari):

1. Yaxshi uyqu (kamida 7–9 soat) – o‘sish gormoni asosan tunda ajraladi.

2. To‘g‘ri ovqatlanish – oqsil, vitamin D, rux (Zn), magniy va kaltsiyga boy ovqatlar.

3. Mashqlar – cho‘zilish (stretching), barfiks, basketbol, suzish bo‘y o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

4. Stressdan qochish – surunkali stress o‘sish gormonini kamaytiradi.

Boʻy uchun jamlangan postlar

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥6👍31
Maktab va bog‘chaga shifokordan yozma qog‘oz "spravka" olish bekor qilinibdi

Endilikda maktab va bog‘cha uchun spravkalar onlayn tarzda kasallik varaqasi kabi olinar ekan.

Agarda bola kasal bo‘lsa zudlik bilan poliklinikaga xabar berilishi kerak bo‘ladi. Shunda hamshira bolaning kasalligi haqida bazaga registratsiya qilib qo‘yadi. Bazaga orqa sana bilan registratsiya qilib bo‘lmas ekan.

Barcha ota-onalarga yuborib, ogohlantirib qo‘yamiz.

@endocrinoo
👍101🔥1
#homiladorlik da nima uchun yod preparatlari qabul qilinadi!!!!

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir ( @endocrinoo )

📌📌 Agarda yod yetishmasa📌📌

1. Bolada aqliy rivojlanishda orta qolish. Nerv sistemasi shakllanishidagi kamchiliklar yuzaga kelishi mumkin.

2. Homilaning òzidan òzi tushishi yoki muddatdan avval tug'ruq yuzaga kelishi mumkin.

3. Bolada qalqonsimon bez yetishmovchiligi, jizzakilik, tushkunlik, uyquchanlik, xotira yomonlashishi.

4. Homilador ayolda bosh aylanishi, lanjlik, ba'zan yod yetishmasligi kuchli toksikozlarga olib kelishi ham mumkin.


Demak farzandimiz kelajakda yuksak aql egasi bòlishi uchun homilador ayollarimiz shifokor maslahati bilan yod qabul qilishi kerak.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3🔥1
#homiladorlik da qoʻllaniladigan elevit pronatal dori vositasi haqida

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Barcha ayollar tugʻilajak farzandi sogʻlom, benuqson boʻlishini xoxlaydi. Bu yoʻlda ayolga sogʻlom ovqatlanish, kasalliklarga chalinmaslik, kerakli vitamin va minerallar zarur boʻladi.

Shulardan biri aynan elevit pronataldir.

Koʻplab vitaminlarni saqlaydi ( Rasmdan koʻrishingiz mumkin )

Agar sizda kamqonlik mavjud boʻlsa qoʻshimcha temir preparatlari qabul qilishingiz zarur. Tarkibida yod saqlanmaganligi uchun uni alohida ichasiz. Shuningdek 12 haftalikkacha foli kislotani ham alohida qoʻshimcha sifatida ichsangiz albatta faqat foydali boʻladi

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5🔥3