Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Davomi...☝️☝️☝️

4. Vitamin va minerallar yetishmasligi

Quyidagi moddalar yetishmovchiligi soch oqarishini kuchaytirishi mumkin:

Vitamin B12
Vitamin D
Foliy kislotasi (B9)
Rux (Zn)
Temir (Fe)
Mis (Cu)

5. Gormonal o‘zgarishlar

Gipoterioz (qalqonsimon bez faoliyati sustligi) va boshqa endokrin kasalliklar soch oqarishiga sabab bo‘lishi mumkin.

6. Autoimmun kasalliklar

Ayrim holatlarda immun tizimi soch follikulalariga hujum qiladi (masalan, alopecia areata), bu oq sochlar paydo bo‘lishiga olib keladi.

7. Chekish

Nikotin va boshqa zararli moddalarning qon aylanishini buzishi natijasida soch pigmentatsiyasi sustlashadi. Tadqiqotlar chekuvchilarda oqarish erta boshlanishini ko‘rsatgan.

8. Noto‘g‘ri ovqatlanish

Fast-fud, yog‘li ovqatlar va shirinliklarga boy ratsion organizmda foydali mikroelementlarning kamayishiga olib keladi.

9. Kuchli quyosh nuri

Ulatra binafsha nurlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri sochlarga ta’sir qilib, ularni shikastlashi va oqarishiga olib kelishi mumkin.


Qarshi chora-tadbirlar:

Vitamin va minerallar bilan boy parhez.

Stressni kamaytirish (meditatsiya, sport, dam olish).

Zarur bo‘lsa, B12 yoki boshqa vitaminlarni qo‘shimcha tarzda qabul qilish.

Tibbiy tekshiruv (ayniqsa, qalqonsimon bez faoliyatini tekshirish).

Chekishni tashlash.

Sochni UV-nurlardan himoya qilish.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3👏1
Har bir kilogramm ortiqcha vazn organizmda 22 km yangi qon tomirlar shakllanishiga majbur qiladi.

Bu haqiqatni bilib, nima uchun semirish va yurak kasalliklari doimo yonma-yon borishini tushunish oson. Bizning tanamizdagi tomirlarning ko‘pchiligi katta tomirlar va arteriyalar emas, balki barcha organlarni panjara kabi bog‘laydigan mayda kapillyarlardir. Ular yog‘ to‘qimalarida ham mavjud, shuning uchun uning o‘sishi hujayralarni kislorod bilan oziqlantirish uchun tanani yangi tomirlar paydo qilishga majbur qiladi.

Qon tomirlari qanchalik ko‘p bo‘lsa, yurakka tushadigan yuk shuncha ortadi.

Agar siz ortiqcha vaznni yo‘qotsangiz tana keraksiz bo‘lib qolgan tomirlarni yo‘q qiladi. Shunday qilib, hech bo‘lmaganda ozgina miqdorda ortiqcha vazndan xalos bo‘lish yurak ishini osonlashtiradi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥1
1 kg vazn uchun 22 km qon-tomir xosil boʻladimi, bu juda katta koʻrsatkich deganlar uchun FAKT:
Inson tanasida 95 000 km qon-tomir mavjud

Ozish uchun yozilgan postlarni oʻqing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👏3
Qonimda shamollash bor ekan
#analiz

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Halqimiz orasida (bu asosan shifokor gapidan soʻng paydo boʻluvchi) notoʻgʻri termin va tushuncha mavjud. Bu meni qonimda shamollash bor ekan degan gapdir.

Bu termin Eritrotsit choʻkish tezligi (ECHT🇺🇿 , ESR 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿, СОЭ 🇷🇺) aslida.

ECHT – eritrotsitlar cho‘kish tezligi

Eritrotsitlar cho‘kish tezligi – qon analizida qonning ikki qismga ajralish tezligini ko‘rsatadi, ya’ni plazma (yuqorigi) va shaklli elementlar (pastki). Bu ko‘rsatkich eritrotsitlar, globulinlar va fibrinogenlar miqdoriga bog‘liq. Bu qizil qon tanachalari qancha ko‘p bo‘lsa, ular shuncha sekin cho‘kadi degan ma’noni anglatadi. Globulin va fibrinogen miqdori oshishi esa eritrotsitlar cho‘kish tezligini tezlashtiradi.

Unutmang qonda shamollash kuzatilmaydi. ECHT deyarli barcha kasalliklarda ⬆️ ortadi, sanoqli kasalliklardagina kamayishi kuzatiladi.

ECHT pasayadi:⬇️
•Vakez kasalligi
•Surunkali qon aylanishining
yetishmovchiligi
•Virusli infeksiya.

Norma:
Ayollarda 2-15 mm/ soat
Erkaklarda 2-10 mm/ soat

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4
#hazil_time

Miyangizni tekshiramiz😁

@endocrinoo
😁5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qavs bog'larida tun tushayotir,
Yurakni bir sog'inch o'rtadi yomon.
Hech kimga bildirmay, uning yoniga
Borgim kelayabdi, Xudojon!

@endocrinoo
❤‍🔥3
Soqov (belgilarsiz rivojlanadigan) kasalliklar

🔹Qandli diabet: har ikki bemordan birini belgilarga qarab emas, tasodifan tibbiy tekshiruvlar vaqtida aniqlashar ekan.

🔹Gepatit: Ushbu virus inson tanasida bir necha yil davomida rivojlanib, organizmni ich-ichdan yemirishga qodir.

🔹Gepatoz (jigarni yogʻ bosishi): Kishi uzoq vaqt davomida jigarni yogʻ bosishi xastaligi bilan ogʻriganini payqamaydi ham.

🔹Yoʻgʻon ichak saratoni: shunisi bilan xavfliki, erta bosqichlarda hech qanday alomatlarsiz namoyon boʻladi.

@endocrinoo
👍42🔥1
2011-yil Syurixda 1265 nafar insonda oʻtkazilgan tajribada aniq boʻldiki.
Inson uchun testosteronning eng yuqori nuqtasi tanadagi yogʻlar 11-17% holatda boʻlganda ekan.

Semizlik ortib borgan sari testosteron kamayib, esterogen esa ortib borgan.

Shunday ekan semirishdan va ortiqcha yogʻlardan saqlanish uchun ham sogʻlom turmush tarziga rioya qiling

©JFI

Maʼlumotni imkon qadar koʻproq yaqinlarga ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥1
Gipoglikemiya va giperglikemiya

Belgilarga asosan farqlaymiz

@endocrinoo
👍2🔥2
Azroil diydori poylar fursatin,
Yamlamay yutishga mushtoqdir tuproq.
Chegachiga borib qalbim ko'rsatdim,
Iymonim nafs ila tinmay qirpichoq.

Yillarni tan olmas kuydirgi ko'ngil,
Nomusin pulladi gohida g'urur.
Ba'zida armonni ayladim singil,
Va yoki haromdan oldim ham surur.

Ko'rgan kunlarimni kitob qilsa gar,
"Gunohi kabira" bo'lardi nomi.
Shayton bir chavandoz, nafsimga egar,
Cho'ktirishni istar xatolar domi.

Orzular - xo'jayin, maqsad - sarkarda.
G'alabaga odim muqaddas bir dard.
So'zlarim sifati ko'proq beparda,
Aqlimni hijoma aylamog'im shart.

Oq bayroq ko'tardim qaysidir kuni,
Qolmog'im shart edi o'shal on tirik.
Vijdonim soqovdir, chiqmaydi uni.
Sabrimning bir cheti mog'or yo chirik.

Yo'qchilik - bo'ynimga osilgan tumor,
Asrab kelayabdi kattaroq g'amdan.
Biroq boylik ham ko'p qilgaydir xumor,
Axir men ham odam, men ham odamman.

Pulsizlik - tajriba yangidan yangi,
O'zimga osiy deb qo'yurman tashxis.
Soqolimdek qora kunlarim rangi,
Miyamni egovlar ayqash-uyqash his.

Quvonchmas, qayg'uga moyilman ko'proq,
Qaniydi shaytonim biroz tursa tin.
Yamlamay yutishga mushtoqdir tuproq,
Azroil diydori poylar fursatin.

Sanjar Shams

@endocrinoo
👍6❤‍🔥1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bepushtlik

Semizlik va erektil disfunksiya haqida

@endocrinoo
👍1🔥1
Terlashda yoqimsiz hid kelishi nimadan?

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Hidli terlash (gipergidroz + gidrozis) — bu terning haddan tashqari ko‘p ajralishi va u bilan birga yoqimsiz hid paydo bo‘lishi holatidir. Bu holat inson hayot sifatiga jiddiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Quyida hidli terlash sabablari, davolash usullari va profilaktikasi haqida to‘liq ma’lumot beraman.

I. HIDLI TERLASH SABABLARI

1. Fiziologik sabablari (normal holatlar)

Issiq iqlim, jismoniy ish yoki sport bilan shug‘ullanish

Stress, hayajon, qo‘rquv

Achchiq, issiq yoki ziravorli ovqatlar

Gormonal o‘zgarishlar (balog‘at yoshi, hayz, menopauza)

2. Patologik sabablari (kasallik bilan bog‘liq)

Gipergidroz: Ter bezlarining ortiqcha faolligi (yog‘li terlash)

Gormonal buzilishlar: Qandli diabet, qalqonsimon bez kasalliklari (gipertireoz)

Neyropsixik buzilishlar: Asabiylik, nevroz, depressiya

Infeksiyalar: Sil, OITS, surunkali infeksiyalar

Genetik moyillik: Oila a'zolarida kuzatilsa, irsiy bo‘lishi mumkin

Baʼzi dorilar: Antidepresantlar, baʼzi antibiotiklar, og‘riq qoldiruvchi dorilar

Ter bezlarining bakterial ifloslanishi: Ayniqsa, qo‘ltiq va oyoq sohalarida

Davomi bor...👇👇👇

@endocrinoo
👍3🔥1
Davomi...☝️☝️☝️

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

HIDLI TERLASHNI DAVOLASH USULLARI

1. Uy sharoitida gigiyena va parvarish

Har kuni dush olish, ayniqsa ter ajraladigan joylarni (qo‘ltiq, oyoq, qorin osti)

Yengil, tabiiy matoli kiyimlar kiyish (paxta, zig‘ir)

Sintetik kiyimlardan saqlanish

Antibakterial sovun va gel ishlatish

2. Dezodorant va antiperspirantlar

Antiperspirantlar ter bezlarini vaqtincha toraytirib, ter ajralishini kamaytiradi (aluminiy tuzlari asosida)

Antibakterial dezodorantlar yoqimsiz hidni keltirib chiqaruvchi bakteriyalarni yo‘q qiladi

3. Tabiiy vositalar

Olma sirkasi: Qo‘ltiq yoki oyoqqa surtib quritish

Limon: Bakteriyalarga qarshi xususiyatga ega

Choy daraxti moyi: Antiseptik ta’siri bor

Adaçay (shalfey) choyi: Ichilsa ham, surtib qo‘llansa ham foyda beradi

4. Dorivor davolash

Ter ajralishini kamaytiruvchi dorilar: antixolinergiklar (faqat shifokor tavsiyasi bilan!)

Bakterial infektsiyalar bo‘lsa — antibiotiklar (tashxis asosida)

Gormon muvozanatini tekshirish va davolash (endokrinologga murojaat qilish zarur)

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
👍5🔥1
Miya qachon qarishni boshlaydi

AQSH ning ScienceAlert jurnalida chop etilgan maqolada aqliy qobiliyat pasayishi 44 yoshdan boshlanishi va 67 yoshda choʻqqiga chiqishini isbotlashdi. Bunda 20 000 nafar insonlarda kognitiv testlar va mrt hulosalaridan foydalanishdi.

@endocrinoo
👍41🔥1
Sayyid ul ayyom
Hajjul masokin juma muborak 🌙

@endocrinoo
🥰41
40 hadisi qudsiy

Qazoga rozilik moʻminning sifati

@endocrinoo
👍51❤‍🔥1
Semizlik yuqumlimi?

Agar do'stlaringiz semirib ketsa, sizda ham vazn ortishi ehtimoli ortadi. Yaqinda nashr etilgan tadqiqotlar natijalari huddi shu fikrni tasdiqladi.

Agar shunchaki do'stlarda semizlik bo'lsa, semirish ehtimoli deyarli 60% ga oshgan. Agar juda yaqin do'stlar bo'lsa, unda ehtimollik 170% ga oshadi!

Inson ijtimoiy muhitdan alohida bo'la olmaydi. Buning ajablanarli joyi yo'q, biz boshqalarning ovqatlanish xatti-harakatlarini nusxalashga moyilmiz. Do'stlaringizga sog'lom ovqatlanish tamoyillarini muloyimlik bilan o'rgatishga harakat qiling. O'zingizni misol qilishingiz esa yanada samaraliroq taʻsir qiladi.

Demak, semizlar bilan do'st bo'lmang yoki do'stlaringizni ozdiring 😃

@endocrinoo
🔥2
Taxminan 11 yoshlarda qizlar bolalardan o‘sishda va rivojlanishda o‘zib ketishadi.

Bu tezlik ham jismoniy ham aqliy jihatdan kuzatiladi va 14 yoshgacha davom etadi

@endocrinoo
👍6🔥1
Afrikada gaz narxi 4100 yirtiqdan 5200 yirtiqqa oshdi. ( Yirtiq- Afrika pul birligi )

Damashda keldik
( Damash - Afrikani pul topar 1 tiyinli mashinasi )

Mahalladan 4-sinflar bola chiqdi va damash yurmasdan tushgisi kep qoldi.
Shopir soʻradi ha qayerga?
Sheriklarim ham boriydi ( aslida yoʻl kira narxi 5000 yirtiqdan 7000 yirtiqqa oshganini koʻrib qolgandi )

Shopir tushinmadi va chiq op kelamiz sheriklaringni ham dedi.
Bola chiqdi.

Endi uyidan chiqayotgan 2 ta oʻrtogʻini ham op keldik.

Ular ham chiqishi bilan iye narx oshibdi. Meni 10 000 yirtiq pulim bor dedi. Sherigi ham menda ham shu holos dedi.
(Borish va kelishga yetadi (eski narxda) )

Sherigi aytdi qaytishda uzoqda (uyidan 5 km) tuship qolamiz.
Iyee piyoda kelasanmi dedi doʻsti.
Ha dedi
Barbir u yergacha ham 7000 yirtiq.

Unda domladan qarz olamizmi? ( Ular repititorga borishadigan domlasi )

Yoki qaytishda eski narxda kelib shopirga ertaga beramiz deymizmi?

3 lasi ham jim...

Gaz narxi 4100 ---> 5200 (25% oshgan)
Yoʻl kira narxi 5000 ---> 7000 (40% oshgan)

Afrikada islohotlar oʻlaroq yangi Afrika nomini oldi. Lekin....

@endocrinoo
😁5👍21❤‍🔥1🔥1💯1