Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.78K subscribers
3.84K photos
623 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Qozog‘iston hukumati 9-may kuni tantanali yurishlar o‘tkazishni taqiqladi

9-may hotira kuni !!! Gʻalaba kuni emas.
👍5🤔2👏1
#homiladorlik #bepushtlik

Chekuvchi erkakning homilador ayolga zararli tasiri

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Erkak chekar ekan uning yonidagi ayoli passiv chekuvchi xisoblanadi va erkakdan kam boʻlmagan zararlarni qabul qiladi.

Tibbiy faktlar bilan:

Passiv chekish homilador ayollarda 35% ko‘proq muddatidan oldin tug‘ish (preterm birth) xavfini oshiradi.

Homilada kislorod yetishmovchiligi chaqaloqda keyinchalik nafas yetishmovchiligi, past vazn va hatto aqliy rivojlanish sekinlashuviga olib kelishi mumkin.

2022 yildagi Lancet jurnalidagi tadqiqotga ko‘ra, passiv chekish homilador ayollarda 30% ko‘proq spontan abort (tushish) xavfi bilan bog‘liq.
---
Xulosa qilib aytsam:
Agar uyda erkak sigaret cheksa, bu nafaqat homilador ayolga, balki bevosita tug‘ilmagan bolaga ham zarar yetkazadi.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3
Pankreatit.pdf.pdf
1 MB
Pankreatit haqida ajoyib qoʻllanma.

@endocrinoo
👍2🔥1
Testosteron darajasi
|
|\
| \
| \
| \
| \
| \
| \
| \
| \
| \____
|
|________
Vazn va tana yogʻi (%) oshishi

Semizlik va testosteron bir birga shu qadar bogʻliq. Vazn ortgan sari testosteron tushib boradi. #bepushtlik muammosi bilan kelgan ayoldan eri haqida soʻralsa semizligi bor ekani aytiladi odatda. Bu haqida yana ham kattaroq post boʻladi. Kelib chiqish mexanizmlari dalillari bilan.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4❤‍🔥1🔥1
#bepushtlik

Semizlik sababli testosteron kamayishi sabablari, mexanizmi bilan.

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

1. Aromataza tasiri

Yog' to'qimalari aromataza fermenti ishlab chiqaradi. Aromataza testosteronni estrogenga (ayol gormoniga) aylantirib yuboradi. Shuning uchun semiz erkaklarda estrogenga aylanish ko'p bo'ladi va testosteron darajasi tushadi.

2. Insulinrezistentlik boʻlishi

Semizlik ko'pincha insulin qarshiligini keltirib chiqaradi. Bu esa testosteron ishlab chiqarishni kamaytiradi.

3. Yalligʻlanish ortishi

Semizlikda organizmda past darajadagi yashirin yallig'lanish bo'ladi. Yallig'lanish gormonlar ishlab chiqarish tizimini (gipotalamus-gipofiz-gonada o'qi) buzadi

4. Leptin ortishi

Yogʻ toʻqimalari leptin ishlab chiqaradi. Leptin gipofizga va moyaklarga tasir qilib testosteron miqdorini tushiradi

5. Uyqu buzilishi

Semizlik sababli tungi apnoe paydo boʻladi. Dam olmaslik esa testosteronni tushiradi.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
❤‍🔥1
Mana bu rasm holatda koʻrinishi.

Testosteron ---> (aromataza) ---> estrogen
Bu #bepushtlik ni katta sababiga aylanadi

@endocrinoo
💯2
#bepushtlik

Semizlikda testosteron tushishi faktlari

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Statistika bilan faktlar:

Semiz erkaklarda testosteron darajasi normal vazndagi erkaklarga nisbatan 30–50% pastroq bo‘lishi mumkin. (Manba: Journal of Clinical Endocrinology and Metabolism, 2019)

TVI (Body Mass Index) har 5 birlikka ortganda testosteron darajasi o‘rtacha 10% pasayadi.

Semiz erkaklarning 40% da klinik darajada past testosteron (gipotestosteronemiya) aniqlangan.


Buni to‘g‘rilash mumkinmi?

Ha, mumkin!
Semiz erkaklar:

Vazn tashlaganda (hatto 5–10% vazn kamayishi bilan ham) testosteron darajasi sezilarli darajada ko‘tariladi.

Sport bilan shug‘ullanish, sog‘lom ovqatlanish, uyquni yaxshilash, va kerak bo‘lsa gormon terapiyasi orqali testosteronni tiklash mumkin.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
1👍1
#hazil_time

- Adasi, eski kiyimlarimni ochlikdan qiynalayotgan bechoralarga beraman.
- Sening kiyimlaring mos kelgan odam aniq ocharchilikda emas.

@endocrinoo
@endokrinolog_maslaxatii
😁11
#hazil_time

Ich qotishi endi muammo emas😅

@endocrinoo
😁7❤‍🔥1
📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Qalqonsimon bez tugunlarning asosiy turlari

1. Kolloid tugunlar

Eng ko‘p uchraydigan yaxshi sifatli tugunlar.

Tugun ichida kolloid modda (qalin oqsilli suyuqlik) to‘plangan bo‘ladi.

Odatda simptom bermaydi, lekin juda kattalashsa, siqish belgilarini keltirib chiqarishi mumkin.

2. Kistalar

Tugun ichida suyuqlik to‘planadi.

Kistalar oddiy (toza suyuqlikli) yoki aralash (suyuqlik va qattiq qismlar bilan) bo‘lishi mumkin.

Ko‘pchiligi yaxshi sifatli, lekin ba’zan tekshirish zarur bo‘ladi.

3. Qalqonsimon bez adenomalari

Bu yaxshi sifatli o‘sma turi.

Ba’zida giperfunksiyalovchi (gormonlar ortiqcha ishlab chiqaradigan) bo‘lib, Bazedov kasalligi yoki toksik tugunli giperterioz keltirib chiqarishi mumkin.

4. Qalqonsimon bez saratoni (karsinoma)

Kam hollarda tugunlar malign (yomon sifatli) bo‘lishi mumkin.

Eng keng tarqalgan shakllari:

Papillyar karsinoma (eng ko‘p uchraydigan va eng yaxshi prognozga ega)

Follikulyar karsinoma

Medullyar karsinoma (genetik bog‘liq bo‘lishi mumkin)

Anaplastik karsinoma (juda agressiv tur)

5. Hashimoto tireoiditi bilan bog‘liq tugunlar

Hashimoto tireoiditi — bu autoimmun kasallik bo‘lib, bez yallig‘lanadi va unda tugunlar paydo bo‘lishi mumkin.

Bu tugunlar ko‘pincha yaxshi sifatli, ammo ular o‘zgaruvchan bo‘lganligi sababli muntazam nazorat talab qilinadi.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
👍2🔥1👏1
#hazil_time

Oʻzbek tili qabristoni

@endocrinoo
😁14🔥1
Bugungi kun zakovat bilan oʻtdi. 20 dan ortiq jamoa ichida 3 likka kirish oson kechmadi.

Zakovat koʻrsatuvini kuzatib borish katta yordam berdi shaxsan oʻzimga
👍21👏3🔥1
Soch oqarishi sabab va davolash usullari haqida

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Soch oqarishi tabiiy qarish jarayonining bir qismi bo‘lishi mumkin, lekin bu jarayon turli sabablarga ko‘ra tezlashishi ham mumkin. Quyida soch oqarishining asosiy sabablari haqida to‘liq ma’lumot beriladi:

1. Genetik omillar

Bu soch oqarishining eng asosiy sababi hisoblanadi. Agar ota-onangiz yoki bobongizda erta oqarish bo‘lgan bo‘lsa, sizda ham bu holat ehtimoli yuqori.

2. Yosh o‘zgarishlari

Odam qarigani sari melanin (sochga rang beruvchi pigment) ishlab chiqarilishi kamayadi. Bu tabiiy oqarishga olib keladi. Odatda:

Oq tanlilarda – 30 yoshdan keyin

Osiyolilarda – 35 yoshdan keyin

Afrikaliklarda – 40 yoshdan keyin boshlanadi


3. Stress

Surunkali stress holati organizmda o‘zgartirishlar keltirib chiqaradi. Bu melanin ishlab chiqaruvchi hujayralarga zarar yetkazishi mumkin. Ayniqsa, psixologik zarbalar, surunkali tashvishlar soch oqarishini tezlashtiradi.


Davomi bor...👇👇👇

@endocrinoo
👏2👍1
Davomi...☝️☝️☝️

4. Vitamin va minerallar yetishmasligi

Quyidagi moddalar yetishmovchiligi soch oqarishini kuchaytirishi mumkin:

Vitamin B12
Vitamin D
Foliy kislotasi (B9)
Rux (Zn)
Temir (Fe)
Mis (Cu)

5. Gormonal o‘zgarishlar

Gipoterioz (qalqonsimon bez faoliyati sustligi) va boshqa endokrin kasalliklar soch oqarishiga sabab bo‘lishi mumkin.

6. Autoimmun kasalliklar

Ayrim holatlarda immun tizimi soch follikulalariga hujum qiladi (masalan, alopecia areata), bu oq sochlar paydo bo‘lishiga olib keladi.

7. Chekish

Nikotin va boshqa zararli moddalarning qon aylanishini buzishi natijasida soch pigmentatsiyasi sustlashadi. Tadqiqotlar chekuvchilarda oqarish erta boshlanishini ko‘rsatgan.

8. Noto‘g‘ri ovqatlanish

Fast-fud, yog‘li ovqatlar va shirinliklarga boy ratsion organizmda foydali mikroelementlarning kamayishiga olib keladi.

9. Kuchli quyosh nuri

Ulatra binafsha nurlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri sochlarga ta’sir qilib, ularni shikastlashi va oqarishiga olib kelishi mumkin.


Qarshi chora-tadbirlar:

Vitamin va minerallar bilan boy parhez.

Stressni kamaytirish (meditatsiya, sport, dam olish).

Zarur bo‘lsa, B12 yoki boshqa vitaminlarni qo‘shimcha tarzda qabul qilish.

Tibbiy tekshiruv (ayniqsa, qalqonsimon bez faoliyatini tekshirish).

Chekishni tashlash.

Sochni UV-nurlardan himoya qilish.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3👏1
Har bir kilogramm ortiqcha vazn organizmda 22 km yangi qon tomirlar shakllanishiga majbur qiladi.

Bu haqiqatni bilib, nima uchun semirish va yurak kasalliklari doimo yonma-yon borishini tushunish oson. Bizning tanamizdagi tomirlarning ko‘pchiligi katta tomirlar va arteriyalar emas, balki barcha organlarni panjara kabi bog‘laydigan mayda kapillyarlardir. Ular yog‘ to‘qimalarida ham mavjud, shuning uchun uning o‘sishi hujayralarni kislorod bilan oziqlantirish uchun tanani yangi tomirlar paydo qilishga majbur qiladi.

Qon tomirlari qanchalik ko‘p bo‘lsa, yurakka tushadigan yuk shuncha ortadi.

Agar siz ortiqcha vaznni yo‘qotsangiz tana keraksiz bo‘lib qolgan tomirlarni yo‘q qiladi. Shunday qilib, hech bo‘lmaganda ozgina miqdorda ortiqcha vazndan xalos bo‘lish yurak ishini osonlashtiradi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥1
1 kg vazn uchun 22 km qon-tomir xosil boʻladimi, bu juda katta koʻrsatkich deganlar uchun FAKT:
Inson tanasida 95 000 km qon-tomir mavjud

Ozish uchun yozilgan postlarni oʻqing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👏3
Qonimda shamollash bor ekan
#analiz

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Halqimiz orasida (bu asosan shifokor gapidan soʻng paydo boʻluvchi) notoʻgʻri termin va tushuncha mavjud. Bu meni qonimda shamollash bor ekan degan gapdir.

Bu termin Eritrotsit choʻkish tezligi (ECHT🇺🇿 , ESR 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿, СОЭ 🇷🇺) aslida.

ECHT – eritrotsitlar cho‘kish tezligi

Eritrotsitlar cho‘kish tezligi – qon analizida qonning ikki qismga ajralish tezligini ko‘rsatadi, ya’ni plazma (yuqorigi) va shaklli elementlar (pastki). Bu ko‘rsatkich eritrotsitlar, globulinlar va fibrinogenlar miqdoriga bog‘liq. Bu qizil qon tanachalari qancha ko‘p bo‘lsa, ular shuncha sekin cho‘kadi degan ma’noni anglatadi. Globulin va fibrinogen miqdori oshishi esa eritrotsitlar cho‘kish tezligini tezlashtiradi.

Unutmang qonda shamollash kuzatilmaydi. ECHT deyarli barcha kasalliklarda ⬆️ ortadi, sanoqli kasalliklardagina kamayishi kuzatiladi.

ECHT pasayadi:⬇️
•Vakez kasalligi
•Surunkali qon aylanishining
yetishmovchiligi
•Virusli infeksiya.

Norma:
Ayollarda 2-15 mm/ soat
Erkaklarda 2-10 mm/ soat

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4
#hazil_time

Miyangizni tekshiramiz😁

@endocrinoo
😁5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qavs bog'larida tun tushayotir,
Yurakni bir sog'inch o'rtadi yomon.
Hech kimga bildirmay, uning yoniga
Borgim kelayabdi, Xudojon!

@endocrinoo
❤‍🔥3