Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.79K subscribers
3.83K photos
622 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
​Quyidagilarni shifokorsiz dorixonadan sotib olish MUMKIN EMAS!

⛔️ Xomilador va emiziklilar uchun xar qanday dori turini;
⛔️ Bir yoshgach boʻlgan bolalarga xar qanday dori vositasini;
⛔️ Yurak dorilari, Qon bosimini tushiruvchi dorilar;
⛔️ Koʻzga surtiladigan va tomiziladigan dori vositalarini;
⛔️ Antbiotiklar, Uxlatuvchilar Nootrop dori vositalar. Shuning uchun retsept asosida va retseptsiz beriladigan dori vositalar guruxi ajratilgan.
⛔️Psixotrop dorilar qatiyan mumkin emas.
⛔️Deyarli barcha ukollar.

@endocrinoo
👍31🔥1👏1
Baliq yogʻining foydalari

➥ Depressiya va xavotirni kamaytiradi
➥ Qon bosimini pasaytiradi
➥ Stressning salbiy ta’sirini kamaytiradi
➥ Quruq teriga qarshi kurashadi va psoriaz kasalligini davolashda yordam beradi
➥ Surunkali kasalliklar, yurak kasalliklari, artrit va hatto saraton xavfini kamaytiradi
➥ Butun tanadagi yalligʻlanishni kamaytiradi
➥ Triglitsyeridlarni pasaytiradi
➥ Diqqatni yetishmasligi, giperaktivlik buzilishini davolashga yordam beradi
➥ Tanadagi yogʻni eritadigan genni stimullaydi
➥ Oqsil sintezini ragʻbatlantiradi.

@endocrinoo
👍21🥰1👏1
Forwarded from ENDOKRINOLOGIYA
Rasmda ko‘rib turganingiz tanadan ajratib olingan insonning yuragi. Videoda esa yurakning ishlash mexanizmi (ichki tomondan).

Yurak to‘sh suyagining orqa tomonida joylashgan (ko‘proq qismi chap tomonda joylashganligi uchun yurakni chap tomonda joylashgan deyishadi).

Ayollarda yurak vazni 180-220 gr, erkaklarda 220-300 gr ni tashkil qiladi. Yurak bir kecha-kunduzda 10 tonnaga yaqin qonni qon tomirlarga o‘tkazadi.

Ishonish qiyin bo‘lishi mumkin, ammo yurak ham dam olishi mumkin. Bu o‘rtacha 0.1-0.3 sekundni tashkil etadi. Bu bir kunda 300 yoki 400 sekund degani.
👍32🤔1
🔷Melatonin gormoni haqida bilasizmi ?

🌘Melatonin uyquning chastotasi va sifati uchun javobgardir, endokrin tizim faoliyatini tartibga soladi, immunitetni qo'llab -quvvatlaydi va qarish jarayonini sekinlashtiradi.

Ertalab uning kontsentratsiyasi minimal, kechqurun esa u ko'payib, tanani uyquga tayyorlaydi.

@endocrinoo
👍31🔥1
S–reaktiv oqsil (SRO)
rus: S–reaktivnyy belok (SRB) 

C–reaktiv oqsil — jigarda sintezlanadi va yalligʻlanish jarayoni boʻlmaganida deyarli hamma sogʻlom odamlar (taxminan 1 mkg/ml) qonida boʻladi. Ushbu oqsil 1930-yilda shu nomni olgan, sababi u pnevmokokklarning C–polisaxaridini bogʻlay oladi. 

S–reaktiv oqsil sintezining asosiy stimulyatori interleykin-6, oʻsimta nekroz faktori interleykin-1. Odatda, uning qondagi konsentratsiyasi yalligʻlanish yoki toʻqima shikastlanishi boshlanganidan keyin 6 soat ichida koʻtariladi. Deyarli har qanday genezga ega yalligʻlanish, nekrotik jarayon, oʻsimta oʻsishi bilan qon zardobida CRO miqdori sezilarli darajada oshadi.

CRO darajasining oshishi infeksiyaning dastlabki belgisidir. CRO tarkibining koʻpayishi virusli infeksiyalarda emas, balki bakteriyalarda koʻproq namoyon boʻladi. SRO miqdorining koʻpayishi faol revmatik jarayon, revmatoid artrit, miokard infarkti, oʻtkir pankreatit va me’da osti bezi nekrozi, sepsis bilan qayd etiladi. CRO konsentratsiyasini aniqlash antibakterial terapiyada antibiotiklarni qoʻllashni davomiyligini baholash uchun ishlatiladi. ECHT (eritrotsit choʻkish tezligi) va SRO ortishi oʻrtasida bogʻliqlik bor, lekin CRO ECHT oʻzgarishidan oldin paydo boʻladi va yoʻqoladi.

Miqdorini ortishi:
• Virusli infeksiyalarda, oʻsimta metastazlari, uzoq kechuvchi surunkali va ba’zi tizimli revmatik kasalliklarda CRO konsentratsiyasi 10-30 mg/l gacha ortishi xarakterlidir. 
• Bakterial infeksiyalarda ba’zi surunkali yalligʻlanish kasalliklarining kuchayishida, masalan, revmatoid artrit, toʻqimalarning shikastlanishi (jarrohlik, oʻtkir miokard infarkti) CRO konsentratsiyasi 40–100 mg/l gacha, ayrim hollarda 200 mg/l gacha oshishi mumkin. 
• Ogʻir umumiy infeksiyalar, sepsis, kuyishlar SRO miqdorini yuqori miqdorda ortishiga olib keladi. SRO konsentratsiyasi 300 mg/l va undan yuqori boʻlishi mumkin.

@endocrinoo
👍21🔥1👏1
Metabolik sindrom va nima uchun har kuni piyoda yurish juda muhim

Metabolik sindrom — bu yuqori qon bosimi, qonda qand miqdorini ortiqligi va ortiqcha vaznni oʻz ichiga olgan murakkab sogʻliq muammosi. Ushbu sindrom diabet, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, erta oʻlim elchisi hisoblanadi.

Metabolik sindrom harakatsiz turmush tarzi sabab paydo boʻladi, ammo buni samarali va bepul vosita — ayerobik mashqlar va toʻgʻri ovqatlanish yordamida yengish mumkin!

Kunda piyoda yurish kasalliklar bilan kurashishda ajoyib yechim!

@endocrinoo
👏3👍2🔥1
Shirinliklarni koʻp miqdorda iste’mol qilish jigarni "oʻldiradi"

Ratsiondagi ortiqcha shakar nafaqat tishlarning yemirilishi va ortiqcha vazn, balki alkogolsiz yogʻli jigar kasalligi rivojlanishiga sabab boʻladi. Bu oʻz navbatida jigar sirozi va saraton rivojlanishiga olib keladi.

American journal of clinical Nutrition tomonidan olib borilgan tadqiqotda, shirinliklardan kuniga qoʻshimcha 1000 kaloriya iste’mol qiladigan odamlarning faqat 2% ortiqcha vaznga ega, ammo 27% ida ular xavfli yogʻli jigar kasalligi bilan ogʻrigan.

@endocrinoo
1👍1🔥1
Interval och qolish qanchalik foydali?

AQSH olimlari tomonidan interval och qolish foydalarini bilish uchun tadqiqot oʻtkazildi, natijalar esa hayratlanarli:
Kuniga bir marta ovqatlangan sichqonlar kun davomida past kaloriyali ovqat iste’mol qilganlariga qaraganda taxminan olti oy koʻproq yashagan. Odatda sichqonlarning oʻrtacha umri taxminan ikki yilni tashkil qiladi, lekin birinchi guruhdagi kemiruvchilar 25% koʻproq umr koʻrgan.

Biroq, vazn yoʻqotish uchun kaloriya defitsitini hosil qilish zarurligini ham unutmaslik kerak. "Interval och qolish" aslida Roʻza tutishni hozirgi zamondagi bir koʻrinishidir. Haftaning ma’lum bir yoki ikki kunida roʻza tutish umrni uzaytiradi,qondagi glyukoza miqdori normallashtiradi, organizmni umumiy holati yaxshilaydi.

Paygʻambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam hazratlari ham dushanba va payshanba kunlari roʻza tutganlar. Yani bu bizga sunnat amal xisoblanadi.
Butun olam topayotgan tilsimlarni bundan 1400 yil muqaddam sayyidimiz qoldirgan aslida

@endocrinoo
1👍1🔥1👏1
SEMIRISH UCHUN NIMA QILAY ?

Eng avvalo, gastroenterolog shifokor koʻrigidan oʻtib, oshqozon va ichaklarni tekshirtiring.
✔️ Har kuni ichingiz ravon kelib turishini nazorat qiling. Insonning ichi kelmasa ovqat yegisi kelmaydi.
✔️ Uygʻongan zahotingiz bir stakan qaynagan suv iching.
✔️ Har kuni nonushtada sariyogʻli non, sutli shirin choy, tuxum yoki mannali boʻtqalar taomnomangizdan oʻrin olishi kerak.
✔️ Semirish uchun kun davomida kamida 300 gramm non, smetana yoki qaymoq, somsa, osh, yogʻli taomlar, qovun-tarvuz, hoʻl mevalar, turshak yeyishingiz darkor.
✔️ Qizil lavlagili salatlarga yongʻoq, mayiz qoʻshib iste’mol qiling. Imkon qadar koʻproq ovqat yeng.
✔️ Nazarimda, sizni nevroz, ya’ni asabiylashish xastaligi qiynaydi. Asabiylashmang, ana shunda ham semirasiz, ham hayotingiz yanada zavqli boʻladi.

@endocrinoo
👍32🔥1
Vitamin D yetishmasligi ogʻir turidan kelib chiqqan Raxit kasalligi koʻrinishi

@endocrinoo
👍2🔥1
Ilizarov aparati orqali boʻy oʻstirish natijasi ( Avval va keyin )

@endocrinoo
🔥2👍1👏1
TUXUMDONLAR POLIKISTOZI NIMA VA U QANDAY DAVOLANADI?

Tuxumdonlar polikistozi sindromi – 15-44 yoshdagi ayollarda koʻp uchraydigan endokrin buzilish xisoblanadi. Ayrim ma’lumotlarga koʻra tugʻish yoshidagi ayollarning 26,7 foizida ushbu kasallik kuzatilib, xayz siklini ogʻriqli kelishi va yuzdagi xusnbuzarlar bilan namoyon boʻladi. Tuxumdonlar polikistozi nima? Bunga aniqlik kiritish uchun anatomiyani yodga olamiz. Tuxumdonlar – bu juft a’zo boʻlib, bachadonning ikki tomonida joylashadi. Ularda ayollarning jinsiy (tuxum) xujayralari yetilib, odatda xayz siklini oʻrtasida «yoriladi» va buni ovulyatsiya deyiladi. Undan tashqari tuxumdonlar endokrin funksiyani xam bajaradi – ularda jinsiy gormonlar yetilib, qonga  quyiladi. Bu juda murakkab va aniq jarayonlar boʻlib, ayrim xollarda ularda buzilish ketadi.         Tuxumdonlar polikistozida gormonlar va tuxum xujayralar xosil boʻlishi buziladi. Tuxumdonlar koʻproq androgenlar – erkak gormonlari sintezlashni boshlaydi. Tuxum xujayralar esa yetilib ulgurmaydi, tuxumdondan ajralib yorilmaydi, ya’ni ovulyatsiya kuzatilmaydi.     Oyma-oy tuxumdonlarda yorilmay qolgan diametri 8 mm gacha boʻlgan tuxum xujayralari toʻplanib qolib, tuxumdon oʻlchami va xajmi kattalashadi. Shu tariqa tuxumdonda koʻpgina kistachalar xosil boʻladi.    Tuxumdonlar polikistozini qanday belgilari bor? Tuxum xujayralarning yetilishi va gormonlar sintezini buzilishi bir qator klinik belgilarni namoyon qiladi: •    Xayz koʻrishning nomuntazamligi yoki yoʻqolishi. •    Xayz kunlari kindik pastida tortishib ogʻrish va odatdagidan kuchliroq qon ketishlar. •    Ovulyatsiya buzilishi xisobiga xomilador boʻlishni qiyinlashishi. •    Androgenlar koʻpayishi xisobiga maskulinizatsiya belgilari (erkaklarga xos tuklanish). •    Boshdagi sochlarni toʻqilishi. •    Gormonal buzilishlar xisobiga semirish. •    Yuz va tananing boshqa qismlariga xusnbuzarlar toshishi (akne).

Tuxumdonlar polikistozi nimasi bilan xavfli? Yosh oʻtgan sayin endokrin buzilishlar ogʻirlashishi, oy surish va aknedan boshqa sogʻliq uchun yana bir qator salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bular quydagilar: •    xolesterin miqdorini ortib ketishi; •    qandli diabetning 2-tipini rivojlanishi; •    depressiya; •    xomilador boʻlgan taqdiringizda xam gestoz rivojlanishi (qon bosimi ortishi, shishlar, xomiladorlik tushishi kabi asoratlar); •    ovqatlanish xulqini buzilishi; •    apnoe – uyqu paytida nafasni toʻxtashi; •    alkogolli steatogepatit – jigarni yalligʻlanishi va yogʻlanishi; •    bachadondan anomal qon ketishlar; •    bachadon shilliq qavati saratoni. Tuxumdonlar polikistozi qaydan rivojlanadi? Endokrin buzilishlar va tuxumdonlar polikistozi rivojlanishiga olib keladigan sabablar quyidagilar boʻlishi mumkin: 1. Insulinning ortiqchaligi Insulin – qonda qand miqdorini boshqaradigan gormon. U organizmdagi boshqa gormonlar bilan chambarchas bogʻliq. Masalan, insulinni ortishi - androgenlarni koʻpaytiradi. U esa oʻz navbatida tuxumdonlar polikistoziga sabab boʻladi. 2. Androgenlarning ortiqchaligi Tuxumdonlar ma’lum sabablarga koʻra ortiqcha erkaklar gormonini ishlab chiqaradi va ular kistalarga olib keladi. 3. Irsiy moyillik Polikistoz sindromiga olib keluvchi aniq bir genni aniqlashmagan boʻlsada uning rivojlanishida irsiyat muxim rol oʻynaydi va bu kasallik onadan bolaga uzatiladi. 4. Xronik yalligʻlanishlar Organizmda kuchsiz kechuvchi yalligʻlanish jarayonlari immun tizimini zoʻriqtirib doimiy shay xolatida ushlab turadi. Masalan xronik yalligʻlanishlar, choʻzilgan stress xolatlari, tez-tez qaytalanuvchi tumov kabi xolatlar androgenlar ortishiga olib keladi.    Tuxumdonlar polikistozi qanday davolanadi? Agar Siz oʻzingizda aytib oʻtilgan belgilarning kamida 2-3 tasini topgan boʻlsangiz, ginekologingizga murojaat qiling. Ular sizni tinglab, koʻrikdan oʻtkazadi. Aniq tashxis qoʻyish uchun qon taxlillarini topshirish va ultratovushli tekshirishga xam yuborishi mumkin.
👍3🔥1
  Agar gap polikistoz sindromi xaqida gap ketganda mutaxassislar quyidagi preparatlarni buyurishi mumkin: •    oral kontratsyeptivlar – xayz siklini tiklash uchun; •    gormonal preparatlar – androgen yoki insulin darajasini kamaytirish uchun; •    androgenlarning teriga ta’sirini bloklaydigan preparatlar (masalan, akneda); •    bepushtlikka qarshi dorilar – xomilador bulishni istaganlarda. Ovulyatsiyani tiklash uchun kichik operativ muolajalar xam qoʻllanishi mumkin. Undan tashqari vrachlar xayot tarziga bir qator oʻzgartirish kirgizish kerakligini tavsiya qiladi: •    Ovqatlanish rejimini korreksiyalash – oddiy uglevodlar (shirinliklar, yarimfabrikatlar) ni chegaralash. Bu maxsulotlar qonda insulin miqdori oshiradi. •    Koʻproq xarakatlanish: jismoniy yuklamalar birinchidan insulin miqdorini kamaytirsa, ikkinchidan ortiqcha vaznni yoʻqotadi. •    Kamroq asabiylashish - stress xronik yalligʻlanishga olib keladi. •    Uyqu rejimiga rioya qilish - 8 soatdan kam uxlamaslik.

@endocrinoo
👍21🔥1👏1
LUQMONI HAKIMDAN

• Vujudning sogʻligi din amrlariga rioya qilish bilandir.

• Xasta boʻlmay tabib chaqirgin.

• Kasal boʻlmaslik uchun:
1. Koʻp yemang.
2. Issiq yemang.
3. Xom yemang.

• Hammomdan soʻng bir daqiqa boʻlsa-da uxlang.

• Jimodan keyin bir tomchi boʻlsa-da peshob qiling.

• Ovqatlangandan soʻngra bir qadam boʻlsa ham yuring.

@endocrinoo
2👍2👏1🎉1
«DORI-DARMONGA ISHIM TUSHMASIN DESANGIZ...»

Naql qilishlaricha, bir kishi tabibdan soʻradi:
– Dori-darmonga ishim tushmasligi uchun nima qilishim kerak?

Tabib unga dedi:
➥ Behuda dori ichma;
➥ Pishib yetilmagan mevalarni yema;
➥ Ovqatni yaxshilab chayna;
➥ Faqat oʻzingga yoqqan narsalarni yegin;
➥ Ovqatdan keyin sovuq suv ichma;
➥ Qorning toʻq boʻlsa, ustiga ovqat yema;
➥ Kunduzi ovqat yegandan keyin uxlama;
➥ Kechasi ovqatlangandan keyin bir oz toza havoda sayr qil.

@endocrinoo
👍21👏1🎉1
1👍1🔥1👏1🎉1
G’ilaylik o’zi nima?, davolasa bo’ladimi

G‘ilaylik – bu faqat tashqi ko‘rinish muammosigina emas, balki bolaning ko‘rish qobilyatini buzilishidir. Ya’ni bemor bola bitta buyumni 2 ta qilib ko’radi. Bu mo’ljal olishga katta to’sqinlik qiladi, to’gridan kelayotgan shaxslar 2 ta bo’lib ko’rinadi va qaysi biri haqiqiyligini faqatgina bitta ko’zini yumib qaraganda aniqlay oladilar👁️

G‘ilaylik tug’ma, nerv kasalliklari natijasida, xomiladagi intoksikatsiyalar va boshqa ko‘z kasalliklarining oqibatida ham yuzaga kelishi mumkin: miopiya, gipermetropiya, astigmatizm.🟡

Bu asosan maktabgacha bo’lgan davrda davolatilishi eng yaxshi variant hisoblanadi, chunki maktabga chiqqandan so’ng atrofdagilari tomonidan og’ir psixologik holat qabul qilish ehtimoli yuqori, qancha kech shifokorga olib borilsa shuncha qiyin bo’ladi, chunki vaqt o’tishi bilan ko’z bu narsaga moslashib boradi va uni to’g’irlash qiyin bo’ladi🔴

@endocrinoo
👍1🔥1
O'sish gormoni

O'sish gormoni ( somatotropin) olimlar, klinisyenler, sportchilar va shunchaki xayolparastlarning eng qiziqarli fikridir. U haqiqatan ham juda ko'p sehrli xususiyatlarga ega, lekin siz uni juda ehtiyotkorlik bilan ishlatishingiz kerak, chunki hayotingizga katta zarar etkazishi mumkin.

Bu gormon o'z nomiga mos holda birinchi navbatda, bolalar, o'smirlar va yoshlarda uzun suyaklarning o'sishiga yordam beradi. Bu o'sish zonalari suyaklarda ishlaganda sodir bo'ladi. Ular hamma uchun har xil tarzda yopiladi. Maksimal 22 yoshgacha.

Somatotropin o'zining anabolik ta'siri uchun sportchilar tomonidan juda yaxshi ko'riladi: u mushak to'qimalarining o'sishiga yordam beradi, oqsil sintezini oshiradi va shu bilan birga uning parchalanishini bostiradi. Shu bilan birga, u yog 'massasining miqdorini kamaytiradi.
Shuningdek, u qondagi glyukoza darajasini ko'tarish orqali to'yishni rag'batlantiradi.
Uning suyak to'qimalariga ijobiy ta'siri ma'lum, bu kaltsiyning suyak to'qimalariga kirib borishini oshirish orqali mustahkamlanadi.

Har qanday gormon singari, somatotropin ham doimiy ravishda ishlab chiqarilmaydi, lekin impulslarda, O'sish gormoni sintezi maksimal vaqti - chuqur uyqu fazasi boshlanganidan taxminan bir yoki ikki soat o'tgach, boshlanadi.Shuning uchun, bolalar o'sishi uchun uxlashlari kerakligi aytilganda, bu mutlaq haqiqatdir.
Somatotropin kunduzgi uyqu paytida ham ko'tariladi, lekin juda kichikroq hajmlarda.
Yoshi ortgan sayin o'sish gormoni darajasi pasayadi va bu keksalik sarkopeniyasi (mushak massasining pasayishi), zaiflik va boshqalarning sabablaridan biridir.
Gormonni tashqaridan kiritish bazan, u siz xohlagandek bo'lmagan hujayralarni uyg'otishi va shish paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, keksa yoshdagi o'sish gormoni in'ektsiyalari mushaklarning o'sishiga olib kelmasligi, faqat suvni ushlab turishni boshlaganligi haqida tadqiqotlar mavjud.

Nima qilsa bo'ladi?

Somatotropin imkon qadar uzoq vaqt davomida tabiiy ravishda ishlab chiqarilishi uchun tanangizdagi barcha sharoitlarni yarating.
Ya'ni:
1. Tungi uyquni iloji boricha saqlang, chunki u ushbu gormon ishlab chiqarishni rag'batlantiradi
2. Nihoyat jismoniy tarbiya bilan shug'ullaning.
3. Ratsiondagi oddiy uglevodlar miqdorini kamaytiring, chunki yuqori shakar miqdori o'sish gormonlari sinteziga hissa qo'shmaydi.

Aslida, ushbu uchta qoida sizga sog'liq muammolarining 2/3 qismini engishga yordam beradi

@endocrinoo
1👍1🔥1
Soʻngi Sifilis bilan kasallangan inson, penicilin yaratilgunga qadar 1890.

@endocrinoo
👍2🔥21