Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
616 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Semirib ketayapman lekin kam yeyman.

Bu 90% semiz insonning fikri.
Semizlikning aynan 90% sababi aslida alimentar. Yani ovqatlanish bilan bogʻliq. Agar kaloriyani xisoblashni bilganda edi bu gaplarni aytmagan boʻlarmidi balki.

10% sabab esa semizlikka bu simptomatik semizlik. Yani qaysidir kasallik natijasida yoki qaysidir dori fonida semirish xisoblanadi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
3👍1
Suniy intelekt asosida yaratdim
Bu boʻy oʻstirishda eng foydali sport va mashgʻulotlar

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👏6👍3
#iqtibos

Yaqin insonlaringiz soʻzi barcha shifokorlardan koʻra yaxshiroq davolaydi. Va barchadan koʻra tezroq oʻldiradi ham.

Al Pachino

@endocrinoo
👍8🤔1
#hazil_time

3 ogʻayni suhbatidan.

- Meni ayolim homiladorlik payti " ikki eshik orasi " romanini oʻqib egizak farzandlik boʻldi.

- Toʻgʻri aytasan meni ayolim ham " uch mushketyor " asarini oʻqib 3 egizak tuqqan edi.

- Meni ayolim " Alibobo va qirq qaroqchi " ni oʻqiyotgan edi. Endi nima boʻlarkina 😕

@endocrinoo
😁18👍1
Oʻsish gormoniga tasir qiluvchi omillar.

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

⬆️Oʻsish gormonini oshiradi:
Gipoglikemiya
Oqsil mahsulotlar isteʼmoli
Qonda aminokislotalar (arginin)
Uyqu(8 soat)
Stress
Glukagon
Grelin, Testosteron, Esterogen
Katexolamin,Dofamin,Serotonin
Kichik doza glukokortikoidlar

⬇️Oʻsish gormonini kamaytiradi:
Giperglikemiya
Erkin yogʻ kislotalari
Kortizol
Semizlik
Gipotireoidizm
Homiladorlik
Yuqori doza glukokortikoidlar
Somatostatin
(Ekzogen) oʻsish gormoni
Betta adrenergik blokatorlar

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3
Shou biznes vakili jurnalist Jasur Hamroyev vafot etdi.

Jasur Hamroyev 42 yoshda edi. U qandli diabet kasaliga chalingani va so‘nggi oylarda buyrak yetishmovchiligi dardi bilan og‘rib kelgani ma’lum qilinmoqda.

«Agar biz oddiyroq yashashni va Allohga tavakkal qilishni o‘rgansak, ko‘p tashvishlardan xalos bo‘lamiz. Keling, birgalikda hayotimizga ko‘proq iliqlik kiritaylik, shunda biz ham, yaqinlarimiz ham o‘zlarini xotirjam his qilishlari mumkin. Zero, Alloh taolo bizni har qadamda asraydi, har qanday to‘siqlarni olib tashlaydi va hayotimizni cheksiz rahmatiga to‘ldiradi...» deb yozgan edi u ijtimoiy tarmoqdagi so‘nggi postlaridan birida.

Diabetga sizning kim ekaningiz muhim emas.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3
#hazil_time

4 qator sher
🦁
🦁
🦁
🦁

@endocrinoo
😁17
Asal oyi 🍯📈📉

1-tip diabetli bemorlarda koʻpincha (60%) hollarda davolash boshlangandan keyin insulinga boʻlgan talab bazan kamayadi.

Bu davr remissiya yoki "asal oyi" deb ataladi

Remissiya qisman yoki toʻliq boʻladi.
Bu holat davolash boshlangandan 3 oydan keyin kuzatilib 1 oydan 13 yilgacha davom etishi mumkin.

Bu holat kelib chiqishini tushintirib beruvchi kuchli dalillar yoʻq boʻlsa-da nazariyalar mavjud.
Masalan tashqaridan kiritilgan insulin xisobiga glukozaning toksikligi kamayadi va meda osti bezi betta hujayralarining yangilari hosil boʻla boshlaydi.

Qisman remissiyaga ega bemorlar insulin miqdorini kamaytirishi kerak, toʻliq remissiya esa kam uchraydi.

Agar giperglikemiya nazorat qilinsa autoimmun jarayonning meda osti beziga tasiri ham kamayishi kuzatiladi.

Jismoniy mehnat orqali insulinga sezgirlikni orttirish orqali asal oyini uzoqroq muddatga olib borish mumkin.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
3👍2
#hazil_time

Ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisining uyiga oʻgʻri tushdi.

-- Pullaring qayerda ?

-- Boloxona toqisining ostidagi ravoq chaspagining orqasida

@endocrinoo
😁7👍2
Achchiq haqiqat

Gippokrat qasamyodi deb ayyuxannos solavermang.
Avval Gippokrat qasamyodini bir o‘qib chiqing, keyin sayraysiz.

Asl Gippokrat qasamiyodida Gippokratning shunday jumlalari bor:
Tekinga davolama, tekinga davolanma. Nimaiki tekin bo‘lsa, uning qadri bo‘lmaydi!

Nimadir odamni moliga zarar yetkazsa o‘sha odam qaytib zarar yetmasligi uchun bor imkonini ishga soladi. Bu inson tabiatidagi qonuniyat! Mol achchig‘i jon achchig‘i.

Vrachlarga osilayotganlar yaxshilab bilib oling: Sizning baxtingizga O‘zbekiston vrachlari Gippokrat qasamini ichishmaydi.
Alkogol ichayotganingizda, sigareta chekayotganingizda, zino qilib venerik kasalni yuqtirayotganingizda esingizga ham kelmagan o‘z sog‘ligingizga bo‘lgan mas’uliyatni, kasal bo‘lib bo‘lganingizdan so‘ng vrachni gardaniga yuklamang.
Sog‘ligingiz uchun avvalo o‘zingiz mas’ulsiz. Shuni esdan chiqarmang!

Manba: Feysbuk saxifalari

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍12🔥6👏4
🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉

Qalqonsimon bezda gipotireoz
Koʻkrak bezida fibroadenoma va kista tashxisi bilan ham homilador boʻlsa boʻladi.

Tavsiyalar va dorilarni oʻz vaqtida qoʻllash aslida katta jasorat.

Eson omon qoʻliga olish nasib qilsin
Ota onasiga mehribon farzand boʻlsin

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍62
Qonda glukoza ortishi va tushishiga rasm tayyorladim

Gipoglikemiy Giperglikemiya

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
12👍2
Glikemik indeksi yuqori mahsulotlar haqida poster

Diabet haqida bilimga ega inson unga qarshi kurashishda gʻalaba qila oladi.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
4👍3
#iqtibos

Biz kasallikni davolamaymiz. Biz insonlarni davolaymiz, kasallik asoratlaridan davolaymiz

Ibn Sino

@endocrinoo
👍6
👨‍⚕Asal , shakar, novvot , kompot(shakarsiz boʻlsa ham), fanta-kola va rangli suvlar, yoz kelayapti qovun tarvuz uzum ham , muzqaymoq ham mumkin emas !

👵Iyeee unda nima yeymiz xech narsa qomadiyu.

👨‍⚕Hali non, guruch , kartoshkani aytmadim

👵Iyee yashame qoʻyo'relik ekanda a

Suhbat tanishmi?

Butun dunyo neʼmatlarini sanab yubordimmi?

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
😁10🔥2👏1🤔1
Tavsiya

Televizordagi turli xil sedana va shunga oʻxshash moylar, dengiz maxsulotlari, qaysidir hayvonning qaysidir qismidan olingan deb iddao qilinadigan maxsulotlar zamirida faqat biznes yotadi.

Unutmang , xech bir dori yoki shunga tenglashtirilgan narsalar 3 yoki undan ortiq turli sistematik kasallikka davo deyildimi bu YOLGʻON .

Sirli retseptni oʻzi yoʻq.

Uyingizga bepul yetkazib beramiz degan maxsulotlar raqamiga telefon qilganda soʻrangchi shu dori sizni tuzatadimi, deylik shu doridan keyin siz insulin olmasangiz ham boʻladimi. Men bu dorini olgan unga qattiq ixlos qilgan va hamma *kurs davo*sini olgan insonlarni bilaman, ular vaqt va pulga *kuyganini* tan oladi

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring

Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing
Kanalga aʼzo boʻling


@endocrinoo
👍10
Nedir, halovatni yo'qotdim tubdan,
Umr borasida qochdi uquvim.
Jasadim haqida o'ylasam obdon,
Sochim tolasidan ko'proq qo'rquvim.

Ey, meni titratgan ilohiy qasam,
Bas, yetar, orom ham asabga tegar.
Uyg'otgin agarda uxlagan bo'lsam,
O'ldir uyg'oqlim shu bo'lsa agar!

©️Xayrulla Hamidov

@endocrinoo
❤‍🔥6
Kaliy yurakka quvvat boʻladi deb oʻrik yeyapman

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Halqimizda bu gapni aytuvchi va amalda bajaruvchilar juda koʻp topiladi.
Chindan ham oʻrik koʻplab minerallar, vitaminlarga boy.

100 gr oʻrik tarkibida
259 mg kaliy
10 mg magniy
96 mg vitamin A
10 mg vitamin C
3 mg vitamin K
23 mg fosfor mavjud.

Shuningdek 100 gr oʻrik oʻzida
86 gr suv
11 gr uglevod saqlaydi

Avval ham aytganimdek mevani yangi pishgan holatda yeyish diabet uchun ham jiddiy yuk bermasligi mumkin.

Lekin mavzu aslida boshqa edi. Undagi kaliy chindan ham yuqorimi yani 259 mg bu boshqa mevalarda yoʻqmi. Bor albatta undan anchagina koʻp saqlovchi shunday mevasini bilaman. Hatto u mevani koʻp istemol qilish sizda kaliyni meyordan ham oshirib yuborishi mumkin. Bu haqida alohida post boʻladi Insha Alloh.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍9
#hazil_time

Sizchi vaqt yo'qotyapsizmi yoki vazn😂

@endocrinoo
😁4
Bolalarda semizlikni keltirib chiqaradigan sabablarni bilasizmi?


❗️Bolalar va o'smirlardagi semizlikning asosiy sababi bu - bolani rasional ovqatlantirmaslik, yaʻni kunlik isteʻmol qilingan ovqatdan hosil bo'ladigan energiya uning sarfidan yuqoriligi va oqsil, uglevod, yog'ga bo'lgan kunlik ehtiyojning buzilishidir.

🔶 Bolalarda semizlikka olib keladigan qo'shimcha sabablar:

jismoniy faollikning kamligi;
irsiyat;
metabolik kasalliklar;
endokrin patologiya (gipotiroidizm, ortiqcha adrenal gormonlar);
kun tartibiga rioya qilmaslik;
uzoq vaqt davomida maʻlum dori-darmonlarni qabul qilish (gormonal dorilar, antidepressantlar);
genetik kasalliklar.

 @endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
Rux (sink) tanqisligining 6 ta asosiy belgisi

Organizmda sink yetishmovchiligi juda keng tarqalgan boʻlib, sogʻliq bilan bogʻliq muammolarga olib keladi. Aholining deyarli 70% ida rux yetishmaydi.

1. Immun tizimi zaiflashadi
Agar siz tez-tez kasallanishga moyil boʻlsangiz, immunitet tizimi bilan bogʻliq muammolarga duch kelsangiz yoki har qanday turdagi surunkali allergiyaga ega boʻlsangiz, bu sizda rux yetishmasligidan jiddiy ogohlantiruvchi belgidir. Rux sizning immunitetingiz uchun juda muhimdir.

2. Ichak ta’sirlanish sindromi
Ichakning ta’sirlanishi tizimli yalligʻlanishni keltirib chiqaradigan holat boʻlib, oziq-ovqat allergiyalari, qalqonsimon bez muammolari va buyrak usti bezining ishdan chiqishi bilan bogʻliq.

3. Diareya
Agar siz muntazam ravishda diareya bilan kurashsangiz, bu rux yetishmasligining eng keng tarqalgan belgilaridan biridir. Bundan tashqari qorin tez-tez dam boʻlib turadi. Rux qoʻshimcha ravishda bolalarga berish diareyani davolashi isbotlangan.

4. Sochlarni toʻkilishi, jilosini pasayishi
Sochlar ingichka boʻlib qoladi yoki toʻkiladi. Agar sochlaringiz nozik boʻlsa yoki tez-tez toʻkilsa, rux soch qalinligini oshirishga va toʻkilmasligi uchun yordam beradigan muhim ozuqa hisoblanadi. Nozik sochlar yoki kallikni sabablarini izlashda rux yetishmovchiligi koʻpincha e’tibordan chetda qoladi. Rux ovqat qoʻshimchasi sifatida soch toʻkilishi uchun tabiiy vositadir.

5. Terini yalligʻlanish kasalliklari
Ayniqsa akne, ekzema, dermatit yoki psoriaz kasalliklari rux yetishmasligining asosiy belgilaridan hisoblanadi.

6. Erkaklarda bepushtlik, past libido, jinsiy zaiflik
Rux erkaklik gormoni — testosteron tarkibiga kiradi. Rux yetishmasligi ushbu gormonni miqdorini va aktivligini kamayishiga sabab buladi

@endocrinoo
👍3