Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Qandli diabetda kartoshka qay darajada havfli ?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Savolni tushungan boʻlsangiz havfli deb soʻradim. Chunki chindan ham havfli. Tarkibi bilsangiz tushinib olasiz.

100 gr kartoshkada
-- Uglevod 20 gr
-- Yogʻ 0.05-0.09 gr
-- Oqsil 1.6-2.1 gr
-- Shakar 4.2 gr

Kaloriyalikligi 77-82 kkal 🔥
Qovurilganda 157 kkal🔥ga oshadi.

Glikemik indeksi yuqori (eng yuqori 3 likda turadi)

Kartoshkada asosan kraxmal boʻlib u murakkab uglevod hisoblanadi. Bunday kraxmal non, makaron, no'hot, makkajoʻxorida ham bor.

Kraxmal tez hazm boʻlib qonda glukozani keskin oshiradi.

Kartoshka qovurilgan holatda yanada jiddiy muammo boʻlishi mumkin.
Doimo 1/3 qoidasiga amal qiling. 1 qism kartoshka, 3 qism oqsil mahsulotlari.

Tavsiya: qovurilgan yoki pyure holatda 2 qoshiq kuniga, chips boʻlsa 25 grdan oshmasin.

Manba:

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍7💯2❤‍🔥1👏1
Ilizarov aparati orqali boʻy oʻstirish natijasi ( Avval va keyin )

@endocrinoo
❤‍🔥1👍1👏1
BO'Y O'SISHI UCHUN KERAKLI FOYDALI MA'LUMOTLAR 👇👇👇


-- To'yib to'yib uxlash kerak. Ayniqsa kechasi. Sababi bo'y o'sishiga sababchi bo'lgan gormon kechasi uyquda sintez boladi.

-- Og'ir ko'tarmang.

-- Kamxarakat bo'lmang .

-- To'g'ri ovqatlaning. Sut , tvorog , yogurt va shunga o'xshash kalsiyga boy taomlarni istemol qiling.

-- Shirinliklarni kam istemol qiling va oqsilli taomlar yeng.

-- Sink ( ruh ) tarkibida bo'lgan taomlar istemol qiling.

-- Doim kayfiyat yaxshi bo'lsin. Stress bo'lmaydi.







BO'Y O'STIRISHNING OPERATIV USULLARI QAYSILAR ? 👇

Bo’yni o’stirishning yanada radikal usullari mavjud. Bu oyoqlarni uzaytirish bo’yicha o’tkaziladigan jarrohlik amaliyotlaridir. Bugungi kunda bunday operatsiyalarning asosan ikki turi ishlatiladi.

Ilizarov usuli -- Ilizarov apparatini qo’llash boldirni (maksimal 6 sm) yoki sonlarini (maksimal 10 sm) uzaytirishga imkon beradi. Suyaklarga operativ ta’sir ko’rsatmasdan tez bo’y o’stirishning boshqa iloji yo’q. Odatda jarrohlik boldir yoki sonning yuqori qismida o’tkaziladi. Boldirda ikkita suyak borligi tufayli, ikkalasi ham maxsus sindiriladi. Uzaytirishning butun davri mobaynida Ilizarov apparati o’rnatilgan turadi, uning gaykalarini kuniga bir necha marta burash kerak. Ushbu usul yordamida bir kunda taxminan, 1 mm o’sishga erishiladi. Asoratlarni oldini olish uchun o’sish tezligini 1 mm dan oshirmaslik kerak.

Bliskunov usuli -- Bu birinchi usuldan ko’ra ko’proq jarohatli hisoblanadi, shuning uchun keng tarqalmagan. Bu holda operatsiya faqat son suyagida amalga oshiriladi, suyakka kichik kesish orqali maxsus distraktsion (cho’zuvchi) apparat joylashtiriladi.

@endocrinoo
1❤‍🔥1🔥1
Sog'inch kuydirar oshiq dilimni,
Qalb yig'lar, ko'z yig'lar, topolmas darmon.
Yolg'iz Xoliq bilar g'arib holimni,
Diydor yaqindur, kutaman hamon.

Kamol Shams

@endocrinoo
👍8❤‍🔥1🔥1🎉1💯1
#bepushtlik

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Erektsiya - bu erkak salomatligining ko'rsatkichidir!

U normada boʻlmasa hech qanday romantizm yordam bermaydi.

⚠️ Agar erkak to'satdan ertalabki erektsiyasini yo'qotsa, bu ehtiyot bo'lish uchun jiddiy sababdir. Bunday qo'ng'iroq qon tomirlari bilan bog'liq muammolarni ko'rsatishi mumkin.

Endi ehtiros biokimyosiga o'tamiz!
Jinsiy olatdagi qon tomirlari kengayishi va qon bilan to'lishi uchun azot oksidi (NO) kerak va uni ishlab chiqarish uchun xomashyo arginin aminokislotasidir.

Printsip oddiy:
🔹 Ko'proq arginin➡️ ko'proq azot oksidi➡️ yaxshi qon oqimi➡️ kuchli erektsiya.

Ushbu aminokislota tufayli jinsiy aloqada sezgirlik va hissiyotlar kuchayadi va bu libidoni oshirishga yordam beradi😏

Davomi bor...

@endocrinoo
👍1🔥1👏1
Davomi...

Yaxshi qon ta'minoti nafaqat potentsiya uchun, balki yuragimizning to'g'ri ishlashi uchun ham talab qilinadi

Bu juda muhim, chunki erkaklarda yurak xuruji va qon tomirlari xavfi yuqori.

NO yetishmasligi quyidagi muammolarga olib keladi:
Vazokonstriksiya → bosimning oshishi → yurakning haddan tashqari yuklanishi.
Qon tomirlarining buzilishi potentsiyaning yomonlashuvi sifatida namoyon bo'ladi - shuning uchun ertalabki ereksiyaning yo'qolishi tashvishli qo'ng'iroqdir.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👏2🔥1
Semiz odam va tuya.

Tanadagi ortiqcha yogʻ bu xayotni kritik laxzalari uchun asrab qoʻyiladigan kilokalloriyadir. Oʻrtacha odamda 10 ming kkal energiya zaxirada yogʻ toʻqima shaklida turadi. Semiz odamda bu koʻrsatkich 100 ming kkal va undan oshiqroq boʻladi.

Tuya uzoq safarlardan oldin oʻrkachlariga yogʻ yigʻadi. Maqsad choʻldagi kritik vaziyatda omon qolish.

Agar siz choʻlda yoki ochlik va suvsizlik taxdid qilmayotgan sharoitda yashayotgan boʻlsangiz ozishingiz kerak.

😀

@endocrinoo
😁7👍3👏1💯1
#analiz

Kortizol yuzi, kortizol qorni

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Kortizol buyrak usti bezlaridan ajraluvchi gormon boʻlib. Stres vaqti miqdori ortadi. Qoʻrquv, vahima , operatsiya shu kabi holatlarda miqdori ortishi tabiiy jarayon.

Bunday holatda bemorda tashqi koʻrinishga oʻzgarishlar bilan namoyon boʻlmaydi va jiddiy davolashni ham talab qilmaydi.

Qachonki kortizol ortishi buyrak usti bezi kasalliklari (masalan oʻsma) sabab ortsa uni aniqlash va davolash talab qiladi. Aynan shunday holatdagina "kortizolli yuz" va "kortizolli qorin" paydo boʻladi (rasmda)

Aniqlashda oddiygina qondan taxlil bilan emas sinov testlari (masalan deksametazon bilan) bilan tashxislash kerak.
Davolash asosan operativ boʻladi.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
❤‍🔥2👍21🔥1👏1
#homiladorlik

Savol : menda homiladorlik testi 2ta chiziqcha(musbat) chiqdi lekin keyingi analizda yana 1ta chiziq chiqdi. Shunday boʻlishi mumkinmi?

📝Javob. Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir @endocrinoo

HGG (horion gonadotrop gormon) - bu gormonal faollikka ega bo'lgan oqsil bo'lib, u embrion implantatsiya qilinganidan keyin, tuxum urug'lantirilgandan keyin 6-8 kun o'tgach, to'qima tomonidan ishlab chiqarila boshlaydi va homiladorlikning mavjudligi va muvaffaqiyatli rivojlanishining eng muhim ko'rsatkichlaridan biridir.

HGG homiladorlikning rivojlanishi va saqlanishi uchun zarurdir, u hayzni bloklaydi va homiladorlikni saqlash uchun zarur bo'lgan boshqa gormonlar - estrogen va progesteron ishlab chiqarishni faollashtiradi.

Muhim jihat esa gormon doim ham homiladorlik sababli ortavermaydi, bachadondan tashqari homiladorlik,abortdan keyingi holatda va gormon ajratuvchi oʻsmalarda ham miqdori ortadi.

Diagnostika: HGG uchun qon topshirishga tayyorgarlikda, dieta yoki ovqatlanishda cheklovlar talab qilinmaydi.
Natijani buzadigan asosiy omil qonning gemolizdir.

HGG ortishi sabablari:
--Homiladorlikda 9 haftagacha
--horionepitelioma
--seminoma
--teratoma tuhumdonda
--endokrin kasalliklar
--hgg dorilar qabul qilish
--egiz homiladorlik
--menopauza
--erta toksikoz homiladorlikda
--onada qandli diabet boʻlishi
--daun sindromi

HGG kamligi sabablari:
--bachadondan tashqari homiladorlik
--homila tushish havfi
--homila o'limi
--platsenta zararlanishi

Bazan notoʻgʻri tahlillar ham kuzatiladi bunda natija har hafta takroran oʻtkaziladi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4🔥1👏1
#hazil_time

Siz nima ichsangiz tanangizni har bir qismi undan ichadi

@endocrinoo
😁8👍3🔥1
#hazil_time

Hamma yerda musodara tovarlar
Qayerdan keladi shunaqa musodaralar
Va nega musodara qilingan narsa bunday qilinadi.😂😂😂

@endocrinoo
😁11🔥1💯1
40 #hadis

Balolanish Allohga yaqinlikdir

@endocrinoo
👏32❤‍🔥1👍1
Raxit kasalligi belgilari ☝️☝️☝️

@endocrinoo
❤‍🔥2👍21🔥1👏1💯1
#hazil_time

Alam olindi !

Open budjetga ovoz yigʻib yurgan aka bir loʻli yoniga borib mahallamiz asfaltiga ovoz bering degan ekan.

Hozir sherigingga bervordim depti

@endocrinoo
😁111
Ozishni maqsad qilganlar uchun kerakli rasm.

300, 400, 600, 800, 1000 kkal 🔥 sarflash uchun qanday jismoniy yuklamalar qilish kerak.

Rasmdan koʻrinib 👆turibdiki 1 soat ushbu mashgʻulot bilan shugʻullanish sizda oʻshancha kaloriya sarflashga sabab boʻladi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥41👏1😁1🏆1
📝Endokrinolog : Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Gipersalivatsiya (ptializm , sialoreya) - doimiy yoki vaqtinchalik xarakterdagi normal yoki patologik holat bo'lib, u soʻlak ishlab chiqarishning ko'payishi bilan tavsiflanadi.

Ikkita tur mavjud:
To'g'ri.Tuprikning kunlik hajmi 2,5 litrdan oshadi.
Yolg'on. So'lak sekretsiyasining hajmi kuniga 2,5 litrdan oshmaydigan normal darajalarga to'g'ri keladi.

Gipersalivatsiyaning asosiy sabablari:

Fiziologik omillar. Soʻlakning ortiqcha sekretsiyasi homiladorlik davrida toksikozda soʻlak bezlarining ishlashi ortishi sababli ba'zida ayol kuniga 5 litrgacha suyuqlikni yo'qotadi. Bundan tashqari, sut tishining chiqishi yoki uning shakllanishi paytida bolalar uchun fiziologik normal hisoblanadimi
Mexanik omillar. Vaqtinchalik protezlarga moslashish jarayonida olinadigan normal reaksiya bo'lishi mumkin. Shuningdek, sigaretalar va boshqalar kabi mexanik omillar soʻlak sekretsiyasi kuchayadi.
Tish kasalliklari. O'rtacha gipersalivatsiya - shilliq qavatning M-xolinergik retseptorlariga tirnash xususiyati beruvchi ta'siri tufayli stomatit va kariesda tez-tez uchraydigan hodisa.
Ovqat hazm qilish tizimining kasalliklari: oshqozon yarasi, pankreatit, xoletsistit kabi kasalliklarning alomatidir.
Ko'p soʻlak oqadigan holatlarga yana sinusit, rinit, adenoidlar (bolalik davrida) ham kiradi. So'lak kechalari, uyqu paytida sodir bo'ladi.
Gelmintik invaziyalar periferik nerv retseptorlarini tirnash xususiyati sababli soʻlak oʻqishini keltirib chiqaradi. Simptom tunda tez-tez uchraydi va kunduzi kamroq uchraydi.
Nevrologik kasalliklar.Parkinson kasalligi, miya shishi, insultdan keyingi holatlar va boshqalar bilan birga keladi. Bunday kasalliklarda so'lak bezlarini tartibga solish markazlari ta'sirlanadi
Endokrin kasalliklar - gormonal disbalans , qalqonsimon bez kasalliklari

Patologiyani rivojlanish xavfini minimallashtirish uchun umumiy profilaktika choralariga rioya qilish kerak:

yuqori sifatli og'iz gigienasi;
har olti oyda bir marta tish shifokoriga tashrif buyurish;
tish va milklarni muntazam professional tozalash;
to'g'ri ovqatlanish, ko'p miqdorda yangi meva va sabzavotlarga boy;
faol hayot tarzi;
yomon odatlardan voz kechish.

Davolash

Keltirib chiqaruvchi sababni bartaraf etish (gelmint, endokrin sababni va boshqalarni...)
M - holinoblokatorlar
Trisiklik antidepressantlar

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
1👍1🔥1👏1
Pepsi , Cola , Fanta diabetda mumkinmi?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Gazli ichimliklarning turi koʻp. Men esa sizlarga eng ommabop 3 tasi haqida yozaman.

1. Coca-Cola 🔴
1 litr suyuqlik tarkibida
Uglevod - 106 gr
Shakar - 106 gr
Oqsil
Yog'
Kaloriyalikligi 420 kkal 🔥

2. Pepsi 🔵
1 litr suyuqlik tarkibida
Uglevod - 112 gr
Shakar - 111 gr
Oqsil
Yogʻ
Kaloriyalikligi 450 kkal 🔥

3. Fanta 🟡
1 litr suyuqlik tarkibida
Uglevod - 116 gr
Shakar - 116 gr
Oqsil
Yogʻ
Kaloriyalikligi 470 kkal 🔥

Buncha kaloriyani organizmda chiqarib yuborish uchun aaaanchagina mehnat qilishingiz kerak ekanini tushuning.

Sizda diabet boʻlsa yoki ortiqcha vazn qiynasa bu ichimliklar qay darajada xavfli ekanini anglay olishingiz kerak. Men faqat uglevod va shakarga etibor qaratdim. Agar tarkibidagi boshqa suniy moddalarni oʻrganib chiqsangiz jigaringizga rahmingiz kelishi mumkin.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥4👍21❤‍🔥1👏1