Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.79K subscribers
3.83K photos
622 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Barcha kasalliklarni onasi — nosogʻlom ovqatlanish

Shunchaki, sogʻlom ovqatlanish bilan 90% kasallikni oldini olish mumkin!

Jumladan:
✓ oshqozon-ichak yalligʻlanish, yara, saraton kasalliklari;
✓ jigar kasalliklari: gepatoz, gepatit, sirroz;
✓ yurak-qon tomir kasalliklari: ateroskleroz, stenokardiya, infarkt;
✓ gormonal kasalliklar: qandli diabet, tireotoksikoz;
✓ ruhiy va yana boshqa koʻplab kasalliklarni oldini olish mumkin.

Kech boʻlmasidan sogʻlom ovqatlanish prinsiplariga rioya qiling!

@endocrinoo
👍2🔥1
Xaddan tashqari koʻp kaloriyaga ega maxsulotlar TOP–10 taligi:
(100 grammda)

1. Tozalangan paxta moyi–899 kkal.
2. Eritilgan sariyogʻ, qoʻy yogʻi, mol yogʻi, ilik yogʻi–887 kkal.
3. Margarin–746 kkal.
4. Mayonez–627 kkal.
5. Yongʻoq magʻzi–631 kkal.
6. Bodom magʻzi–606 kkal.
7. Kungaboqar pistasi–578 kkal.
8. Yer yongʻoq–548 kkal.
9. Tuxum poroshogi–542 kkal.
10. Shokolad–540 kkal.

👆USHBU MAXSULOTLARNI OZMOQCHI BO'LGANLAR CHEKLASHI VA SEMIRMOQCHI BO'LGANLAR KO'PAYTIRISHI LOZIM ‼️‼️‼️

@endocrinoo
1👍1🔥1
⚡️Oyoqlardagi varikozlarni butunlay davolash mumkinmi?

Venalarning varikoz kengayishi bu tomir devorini mustaxkam ushlab turuvchi oqsillar yoʻqolishi, parchalanishi bilan bogʻliq. Oqsillarini yoʻqotgan tomir devori boʻshashadi va tarangligi yoʻqoladi. Bu oʻz oʻzidan tomirdagi qonni yuqoriga uzatilishini kechiktiradi.

⚡️Natijada:
-Oyoqlarda toliqish
-Ogʻirlik
-Qichishish va toshmalar
-Tomir koʻkarishlari paydo boʻladi.

Varikoz kasalligi davolanishi qiyin. Tomir avvalgi xolatiga qaytib kelmaydi. Shunchaki muammo ikki xil usulda yoʻqotiladi.

1. Kasallangan tomir olib tashlanadi
2. Kasallangan tomir ichiga parafin yoki boshqa modda yuborib qotirib qoʻyiladi.

Boshqa davolanish usullarini samarasi juda kam. Boʻlsa xam juda erta davolanishni boshlash kerak.

@endocrinoo
👍2🔥1👏1
​​⚡️Nega modellarni yuzlari tiniq va terisi toza boʻladi?

Terini toza boʻlishiga asosiy sabab bu ichaklarning xar xil shlaklardan, ortiqcha chiqindilardan toza turishidir.

Kinolarda koʻrganingiz yapon, koreys goʻzallari aynar shu qoidaga amal qilishadi. Goʻzallik siri Sorbentlarda.

Sorbentlar bu ichilganda faqat ma’lum narsalarni oʻziga biriktirib organizmga ta’sir oʻtkazmaydigan moddalardir. Sizlarga yaxshi tanishi Aktivniy ugol ya’ni aktivlangan koʻmir.

⛺️Ta’sirlari

-Ichaklarni mikrob, chiqindi, bakteriyalardan tozalaydi.
-kerakli narsalarga esa tegmaydi
-aktiv koʻmirdan soʻrib olish yuzasi 100 barobarga katta. Bu degani aktiv ugol davri tugadi degani.

Yangi davrda kremniyli sorbentlar ishlatilmoqda.

@endocrinoo
👍2🔥1🤔1
Sorbentlar beshtaligi

1. Atoksil
2. Polifepan
3. Xolestiramin
4. Polisorb
5. Sorbeks

Qolgan firmalarnikini ham yomon emas. Muximi toʻgʻri tarzda foydalana bilishda.

@endocrinoo
👍1🔥1
📣Zamonaviy tibbiyot xaqida negativ fikr bildirish notoʻgʻri

Ayniqsa, tabobat bilan shugʻullanuvchi va shuni yoqlovchilar tibbiyotga loy chaplaydi.

Toʻgʻri, Oʻzbekistondagi tibbiyot haminqadar rivojlangani rostdir ammo bu zamonaviy tibbiyotning umumiy kuch qudratini belgilamaydi.

GuanChjou misolida koʻrdikki, xech qanday moʻjizakor xalq tabobati yoʻq. Naf boʻlmagach firib yoʻliga oʻtish bor.

Tibbiyot va tabobatni aloxida qilib tarafkashlik qilish notoʻgʻri. Ular bir biriga yordam berishlari kerak. Ammo shunda ham birinchi oʻrinda Tibbiyot turishi va undan keyin tabobatga murojaat qilinishi kerak.

@endocrinoo
👍2🤔1
📣 Semirganing sari xar xil xazillar avj oladi.

Shunaqa tarozi boʻlsa - siz qaysi xayvon boʻlardingiz? 😁

@endocrinoo
😁2👍1🔥1
Qandli diabet bemorlarda insulinni bir joyga qayta-qayta qilish yoki uzoq vaqt davomida olish natijasida bemorda lipogipertrofiya (lipodistrofiya) rivojlangan.

Bu esa insulinni yaxshi so'rilamasligi va kosmetik defektga olib kelishi mumkin.

Buni oldini olish uchun inyeksiya joyini almashtirib qilish, ninani tez tez o'zgartirish va insulinni to'gri saqlash lozim.

@endocrinoo
👍2🔥1
🚑
Normal hayz sikli

Hayz sikli davomiyligi joriy hayz kelishining (mensturatsiyaning) birinchi kunidan keyingi hayz kelishining birinchi kunigacha hisoblanadi. Individual fiziologiyaga ko’ra, hayz sikli normada 21 dan 30-35 kungacha bo’lgan muddatni tashkil qiladi, odatda 28 kun. Menstrual funktsiyaning yo’qolishi menopauza davrida — 45-50 yosh oralig’ida sodir bo’ladi.

Hayz siklining regulyatsiyasi miya po’stlog’i, gipofiz, gipotalamus, tuxumdonlar tomonidan amalga oshiriladigan va qin, bachadon va sut bezlari manfaati bilan olib boriladigan murakkab neyrogumoral mexanizm ta’siri ostida yuzaga keladi.

Gipotalamus-gipofiz tizimi tomonidan ajratiladian gonadotrop gormonlar — FSG, LG va LTG tuxumdonlarda o’zgarishlarini keltirib chiqaradi, bu tuxumdon sikli deb ataladi va quyidagi bosiqchlarni o’z ichiga oladi:

Follikulyar faza — follikulning yetilishi jarayoni;

Ovulyatsiya fazasi — yetilgan follikulning yorilishi va tuxum hujayraning chiqishi;

Progesteron (lyuteinli) faza — sariq tananing rivojlanishi jarayoni.

Menstruatsiya davrining oxirida, tuxum hujayra urug’lantirilmagan bo’lsa, sariq tana regressiya qiladi. Tuxumdonlarning jinsiy gormonlari (estrogenlar, gestagenslar) bachadonda tonus, qon ta’minoti, qo’zg’aluvchanlik, shilliq qavatdagi dinamik jarayonlarning o’zgarishini, ya’ni ikki bosqichdan iborat bachadon siklini chaqiradi:

Proliferatsiya fazasi — endometriy funktsional qatlamining tuzalishi, jarohatlangan yuzasi bitishi va uning keyingi rivojlanishi. Bu bosqich follikulning rivojlanish jarayoni bilan bir vaqtda sodir bo’ladi.

Sekretsiya fazasi — bachadon shilliq qavati funktsional qatlamining yumshashi, qalinlashishi va rad etilishi (deskvamatsiya). Funktsional qatlamning rad etilshi hayz ko’rish orqali namoyon bo’ladi. Vaqti bo’yicha bu bosqich tuxumdondagi sariq tananing rivojlanishi va nobud bo’lishiga to’g’ri keladi.

Shunday qilib, hayz sikli, odatda, ikki fazali hisoblanadi: tuxumdon siklining follikulyar va lyuteinli fazalari va ularga mos keladigan, bachadon siklining proliferatsiya va sekretsiya fazalari. Normada yuqorida aytilgan siklik jarayonlar ayol fertil yoshining butun davomida ma’lum vaqt oralig’ida qayta va qayta takrorlanib turadi.

@endocrinoo
1👍1👏1
Nega qon bosimini pasaytiruvchi dorilarni kechqurun ichish tavsiya etiladi?


Buning sababi shundaki, kechqurun qon bosimini tushiruvchi dorilarni qabul qilish bosim koʻtarilishining ertalabki choʻqqisiga toʻsqinlik qilishi mumkin.

Haqiqatan ham, ertalab, uygʻonish chogʻida odamlarda qon bosimi koʻtariladi.

Bundan tashqari, kechqurun antigipertenziv dorilarni qabul qilish yurak xuruji va insult xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.

 @endocrinoo
👍1🥰1
TORCh infeksiyalar

Oila qurganlar, ayniqsa bola koʻrish taraddudida yurgan juftlar TORCh infeksiya va uning homiladorlikka aloqasi haqida ozgina boʻlsa ham eshitishgan.
TORCh infeksiyalari nima ? TORCh infeksiyani bepushtlik va xomiladorlikka qanday aloqasi bor ? Bugun shu haqida gaplashamiz

TORCh infeksiyalari bu toksoplazmoz, qizilcha, gerpes va sitomegalovirus kiradi. Xomiladorlikdan avval va xomiladorlik davrida yana xlamidiya, ureaplazma, brutsyellez xam tekshiriladi. Lekin ular TORCh infeksiya emas.

TORCh infeksiya ayol va erkakda xam boʻlishi mumkin. Erkaklarda TORCh infeksiya spermarivojdanishiga taxsir qilib, sperma koʻrsatkichlarini buzadiki, ular farzand koʻrish extimolligin ancha pasatirishi mumkin. Ayollarda TORCh infeksiya xomila tushib qolishi, tugʻma nuqsonli bola tugʻilishi va koʻp asoratlarga sabab boʻladi.

ODDIY GERPES 1/2 tipi
Oddiy gerpes bilan xomiladorlik davrida birlamchi infeksiyalanish quyidagi asoratlarga olib kelishi mumkin:
• Xomiladorlik buzilishi: suv koʻpayib ketishi, xomiladorlik toʻxtatilishi, xomila tushib qolishi
• Xomila patologiyasi: qorin ichi infeksiyasi,oʻz oʻzidan abort, oʻlik bola tugʻilishi
• Chaqaloq patologiyasi: tugʻma gerpes, chala tugʻilish, tugʻilganda tana vazni pastligi
Gerpes bilan ogʻrish birlamchi epizodida infeksining xomilaga oʻtish xavfi50%, infeksiya qaytalanganda yoki belgisiz kechganda 0-4%.

TOKSOPLAZMOZ
Ayollarning 10 -12 % toksopazmoz bilan xomiladorlik davrida infeksiyalanishadi, yuqtirib olishadi. Infeksiyaning xomilaga oʻtish xavfi 30-40 % .
Agar infeksiya yuqishi xomiladorlik И va ИИ trimestrlarida roʻy bersa oʻz oʻzidan abort yoki vaqtidan erta tugʻilish xavfi 10-15 %. Bunda tugʻma toksoplazmoz xavfi 15-25% boʻladi va chaqaloqlar ogʻir xolatlari (fetopatiyalar) masalan kalla kichik boʻlib qolishi (mikrotsyefaliya), gidrotsyefaliya, xorioretinit, gepatosplenomegaliya, trombotsitopeniya kuzatiladi. Agar yuqish xomiladorlik ИИИ trimestrida roʻy bersa tugʻma toksoplazmoz xavfi 90 %gacha. Lekin bunda kasallik aksari xollarda belgilarsiz kechadi
Toksoplazmozda xam asoratlar gerpesdagiga oʻxshaydi.

SITOMEGALOVIRUS
Xomilador ayollarning 1 - 4 % sitomegalovirusni xomiladorlik vaqtida yuqtirib oladilar. Shu ayollarning 33%da xomilaning infeksiya yuqtirishi va zararlanishi kuzatiladi.

Xomiladorlikda infeksiya yuqishi 12 xaftagacha sodir boʻlsa bola tashlash va tugʻma nuqsonlarag sabab boʻladi :
• Gidro yoki atsyefaliya,
• Serebral falaj
• Koʻz va eshitish a’zolari shikastlanishi

Infeksiya yuqishi Xomiladorlik 12 xaftasidan keyin sodir boʻlsa sitomegaliyaning tarqalgan shakli - jigar shikastlanishi (gepatit), oʻpka kasalligi (pnevmoniya) i koʻz shikastlanishi (retinitga) olib keladi

QIZILCHA
Qizilcha virusi xomiladorlikning 16 xaftasigacha yuqishida odatda quyidagi xolat boʻladi:
• Xomilani qorinda xalok boʻlishi
• Kallada oʻzgarish: makro va mikrotsyefaliya
• Gregg uchligi: koʻz shikastlanishi + karlik (eshitmaslik) + yurak qon tomir tizimi rivojlanishi nuqsonlari

Qizilcha virusi xomiladorlikning 16 xaftasidan keyin yuqqada tugʻma nuqsonlar xavfi sezilarli pasayadi.

Farzand koʻrish va xomiladorlik silliq va muammosiz kechishida oʻz vaqtida tekshirishlar , shu qatorda TORCh infeksiyaga tekshirish oʻtkazilishi xomila va ayol salomatligi va kelajagi uchun xayotiy muxim. Arzimagan bir tekshirish sizni kelajakdagi koʻp tashvish va gʻam anduxdan saqlab qolishi mumkin.

@endocrinoo
👍2🔥1👏1
🧂​Osh tuzi nima uchun yodlangan bo‘lishi zarur?

◽️Yod tanqisligi aqliy zaiflikning asosiy omilidir. Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili dunyoda 38 millionga yaqin bola yod tanqisligi xavfi bilan tug‘iladi.

◽️Qolaversa, bu modda yetishmasligi qalqonsimon bez va ovqat hazm qilish organlari faoliyati bilan bog‘liq turli jiddiy kasalliklarni keltirib chiqaradi.

🔹Osh tuzlarining saqlanish harorati 28 darajadan oshmasligi lozim. Qotib qolgan, nam tortgan, begona hidlarga ega bo‘lgan, yaroqlilik muddati o‘tgan, qadoqlari buzilgan osh tuzlarining foydali xususiyatlari yo‘qolgan bo‘ladi.

🔹Bunday mahsulotlarni iste’mol qilmaslikni tavsiya qilamiz

@endocrinoo
👍1🔥1
🥛Kalsiyni kamaytiruvchi moddalar

🔸Qahva. Ko'p qahva ichish tanadan kalsiyni va boshqa minerallarni ham chiqarib tashlaydi.

🔸Shakar. Agar siz me'yoridan ko'p miqdorda shirinlik iste'mol qilsangiz, ichak mikroflorasi buziladi va so‘rilish jarayoni izdan chiqadi.

🔸Spirtli ichimliklar. Spirtli ichimliklar ham kalsiyning so'rilishiga salbiy ta'sir qiladi.

@endocrinoo
1👍1👏1
💧Suv..

🔹 Uyg'ongandan keyin 2 stakan suv - ichki organlarning faollashishiga yordam beradi.

🔹 Ovqatdan 30 daqiqa oldin 1 stakan suv - ovqat hazm qilishni yaxshilaydi.

🔹 Yotishdan oldin 1 stakan suv - insult yoki yurak xurujiga qarshi kurashishga yordam beradi.

@endocrinoo
1👍1🔥1
🟢 Sog‘lig‘ingizga xavf soladigan omillar

🔹Kamharakatlik. Agar kun bo‘yi o‘tirib ishlasangiz, albatta, piyoda yurishga yoki boshqa jismoniy harakatlar uchun har kuni alohida vaqt ajratishingiz kerak.

🔹Noto'g'ri ovqatlanish. Organizm uchun foydali mahsulotlarni o'z vaqtida, ma'lum rejimda iste'mol qilishga odatlaning!

🔹Uyqusizlik. Uyqusizlik umrni jiddiy ravishda qisqartiradi va bu boshqa kasalliklarni yuzaga chiqarishi bilan bog‘liq. Uyquning doimiy yetishmasligi insult xavfini 4 marta va yurak xuruji xavfini 2 barobar oshiradi.

🔹Stress. Bu esa bugungi kunda dolzarb muammolardan biri. Surunkali stress ko‘plab kasalliklarni rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

@endocrinoo
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🫀Yurak kasalliklariga sabab bo‘luvchi 8 ta omil

• harakatsiz turmush tarzi

• chekish

• stress

• yuqori qon bosimi

• ortiqcha vazn

• qonda yuqori xolesterin

• qandli diabet

• irsiy moyillik

🔹Agar sizda kamida 2 tasi bo‘lsa, yuragingiz haqida o‘ylashingizga to‘g‘ri keladi.

🔹Yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini oldini olish ularni davolashning eng samarali usuli hisoblanadi.

@endocrinoo
🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏃Yugurish jismoniy faoliyatning eng yaxshi turlaridan biridir.

♻️Chunki u tanamizning deyarli barcha mushaklarini ishga soladi.

♻️Bu professional sportchilar uchun ham, shunchaki jismoniy tarbiya bilan shug'ullanuvchilar uchun ham ajoyib mashg'ulotdir.

Siz yugurish bilan shug'ullanib turasizmi?

@endocrinoo
👏1
🔸Ortiqcha vazn xotirani pasaytiradi.

🔸Semirib ketish xotira pasayishi uchun xavf omilidir. Ortiqcha vazn miyadagi xotira bilan bog'liq genlarning o'zgarishiga olib kelishi mumkin, bu esa xotiraga salbiy ta'sir qiladi.

🔸Eksperiment doirasida olimlar 18 yoshdan 35 yoshgacha bo'lgan bir guruh odamlarni kuzatdilar va yuqori tana massa indeksi xotira testlarida yomon natijaga ta'sir ko'rsatishini aniqladilar.

🔹Semirib ketish, shuningdek, Altsgeymer kasalligini rivojlanish xavfini oshiradi.

@endocrinoo
👏2🥰1
​Qondagi qand miqdorini doimiy tarzda kamaytirib yurish uchun nimalarga ahamiyat berish lozim?

— Bemorlar nafaqat qonda qand miqdorining balansiga, balki lipidlar miqdoriga, qon bosimining me’yorda bo‘lishiga va qonning quyuqlashmasligiga e’tibor qaratishlari lozim.

Qondagi qand miqdorini doimiy tarzda kamaytirib yurish uchun sog‘lom turmush tarziga rioya qilish – to‘g‘ri ovqatlanish, serharakat bo‘lish, shifokor nazoratida bo‘lib, dori vositalarni muntazam qabul qilish tavsiya etiladi.

Kundalik ratsiondan yengil singuvchi uglevod saqlovchi mahsulotlar (shakar, asal, shirin konditer mahsulotlari, murabbo, shirin va gazli va sun’iy bo‘yoqli ichimliklar) chiqarib tashlanishi kerak.

Shuningdek, noto‘g‘ri ovqatlanish, kamharakatlilik oqibatida kelib chiqadigan ortiqcha vazn qandli diabetning asosiy sababchisidir. Boisi, kasallikning 2-turi rivojlanishiga inson tanasida mushak to‘qimasining kamayib, yog‘ to‘qimasining ko‘payishi hisoblanadi. Ammo xastalik semiz bo‘lmagan insonlarda ham rivojlanishi mumkin.

Kasallikning dastlabki belgilari kuzatilgandayoq shifokorga murojaat qilish lozim. Har bir kishi o‘zining tanasi vaznini nazorat qilib borishi, uning me’yoriy ko‘rsatkichlardan oshib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi talab etiladi.

Agar insonda diabetga moyillik bo‘lsa va u kuchli qo‘rquvni boshdan kechirsa, bu insonda kasallikka chalinish ehtimoli bor.

Surunkali davom etuvchi stress holatlari, uyqusizlik, gipertoniya kasalligi hamda qandli diabet 2-turiga moyil bo‘lganlarda ayrim dori preparatlarini muntazam qo‘llanishi (ayniqsa, glyukokortikoid guruhiga kiruvchi) ushbu kasallikning rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Me’yordan ortiq ovqat iste’mol qilish va energiyani sarf qilmaslik natijasida organizmda energiya balansi buziladi. Odatdagidek sarf bo‘lmayotgan energiya organizmda glikogen va yog‘lar ko‘rinishida to‘planib boradi.

Bu jarayon kuchayib borgani sari organizmda insulinga sezuvchanlik kamayib boradi va bu holat uglevodlar almashinuvining buzilishiga olib keladi.
Ya’ni, qandli diabet 2-turining paydo bo‘lishi ijtimoiy holatga emas, balki kamharakatlik, nosog‘lom va ortiqcha ovqatlanishga bog‘liq.

@endocrinoo
👍21😁1🤔1
Bolada juda kam uchraydigan Idioapatik gipoparatiroz tashhisi aniqlagan.

Kasallikni asosiy belgisi bemorlar vitamin D va kalsiy istemol qilishlariga qaramay qondagi kalsiy miqdori pasayib ketishi va mushaklarda kuchsizlik, uvishish, tirishish, bazan sudurgi va rahitga hos belgilar kuzatilishi mumkin.

Gipokalsemiyani belgilarini bazan oddiy ko'z va sinamalar bilan ham aniqlash mumkin.

Davolash esa oddiy vitamin D yetishmovchiligi yoki alimentar gipokalsemiyadan farq qiladi.

Rasmda - gipoparatireoz sabab, tirishish hisobiga “akusher qo’li” simptomi vujudga kelgan (chap qo’lda)

@endocrinoo
1👍1🔥1🥰1
Semizlik anemiyani (kamqonlik) birinchi sababi

Amerikada oʻtkazilgan tadqiqotlarda ortiqcha tana vazniga ega boʻlgan bolalar va oʻsmirlarda normal tana vazniga ega boʻlganlarga nisbatan plazmadagi temir miqdori normadan 2 barobar past boʻlgan.

Sabablari:
1. Alimentar yetishmovchilik. Semizlikda ichaklarda temirni yaxshi soʻrilmasligi.
2. Tana massasini ortishi, qon miqdorini oshishiga olib keladi, bu esa plazmadagi temir konsentratsiyasini kamayishiga olib keladi.
3. Semizlikda yogʻ toʻqimalarida koʻplab kichik yalligʻlanish oʻchoqlari paydo boʻladi. Yalligʻlanishga javoban makrofaglarni koʻplab safarbar etilishi ham temir taqchilligiga olib keladi.

@endocrinoo
1👍1🥰1