Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
⚡️Buqoq davolanishi shart kasalliklardan.

Yod bu organizmda juda ko'p vazifalarni bajaradi. Ulardan eng muximi nеrv tolalari orasidan impulsni o'tkazishdir. Agar yod miqdori noto'g'ri taqsimlansa impuls yo tеzlashib yoki sеkinlashib kеtadi.

Buqoq kattalashsa nafas yoki qizilo'ngach yo'lini to'sib xalaqit qiladi. Insonda nafas еtishmovchilik xissi paydo bo'ladi.

🧨 Aksariyat odamlarda buqoq bilinmaydi. Ammo ayrim bеlgilari borki buqoq borligini bildirib turadi.

-- uyquchanlik yoki bеdorlik
-- tеz sеmirish yoki tеz ozish
-- bo'shashish yoki aksincha ta'sirchanlik ortib kеtishi
-- yo'q joydan asabiylashish
-- xotira, intеlеkt pasayib kеtishi
-- bir xayollilik, bitta fikr miyaga kirib chiqmasligi
-- xayolparastlikni xaddan tashqari ko'payib kеtishi

Buqoqning davosi sifatida aksariyat yod prеparatlari buyuriladi. Davolanishda muxim jixat shuki - uzoq va uzluksiz davolanish kеrak.

@endocrinoo
👍6❤‍🔥1👏1
Oilada farzandsizlikka kim sababchi bo‘ladi?


🔹JSST ma’lumotlariga ko‘ra, oiladagi befarzandlikka 50 foiz erkaklar va 50 foiz ayollar sababchi deyiladi. 2019 yilda ifodalash shakli o‘zgardi - 1/3 erkak muammolari, 1/3 ayollardagi muammolar, 1/3 har ikkisidagi muammolar sababli deyila boshlandi.

🔸O‘zini sog‘lom deb hisoblab yurgan erkaklarning taxminan 15 foizining oilasida uylanishdan keyin homiladorlik kuzatilmaydi.

Bir oilada homiladorlik kuzatilmayotgan bo‘lsa, birinchi qadam, birinchi shart – erkak kishini tekshirish; sababi oddiy, tez va arzon yo‘l, agar muammo chiqmasa, keyin ayollar bilan bemalol shug‘ullansa bo‘laveradi.

@endocrinoo
👍3👏1
#hazil_time

ERKAKLAR ORZUSIDAGI AYOL 👍

— Xotinjon! Men bugun maosh oldim! yur, senga qimmatbaho ko'ylak bilan olmos ko'zli uzuk sotib olamiz!
— Voy, dadasi-ey, menga bunday matohlar kerak emas. Undan ko'ra shu pullarni olib o'rtoqlaringiz bilan toqqa borib, dam olib keling!

P.S.: Hurmatli erkaklar, siz hozirgina Konfutsiyning "Orzudagi ayol" asaridan parcha o'qidingiz!🤣🤣🤣

@endocrinoo
😁172👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi pogʻona
Multik ovozlashtirdim...😁

Vitamin D haqida

@endocrinoo
👍16🔥42❤‍🔥1
#hazil_time

Oʻzingizni tanishtirib kirasiz albatta 😁

@endocrinoo
😁11🔥1
Sog‘liqni saqlash vazirligiga yangi vakolatlar berilishi mumkin

Oliy Majlis deputatlari 4 fevral kuni aholi o‘rtasida yod yetishmasligi kasalliklarining oldini olish tizimini takomillashtirilishga qaratilgan qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda qabul qildi.

Ushbu qonun loyihasi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligiga osh tuzini va oziq-ovqat mahsulotlarini yodlash uchun foydalaniladigan tarkibida yod bo‘lgan preparatlarni, ularga qo‘yiladigan talablarni, osh tuzini va oziq-ovqat mahsulotlarini yodlashga, yodlangan tuzni ishlab chiqarishga, tashishga, saqlashga va realizatsiya qilishga qo‘yiladigan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini belgilash hamda uning nazoratini olib borish vakolatlari belgilanmoqda.

Deputatlarning ta’kidlashicha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi aholi salomatligini muhofaza qilish, yod yetishmasligi kasalliklarini profilaktika qilish, o‘sib kelayotgan avlodning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Aholining ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan sifatli va xavfsiz bo‘lgan osh tuzi bilan ta’minoti to‘liq qoplanadi.

Aholi o‘rtasida yod yetishmasligi kasalliklarining oldini olish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi 24 yanvar kuni birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqilgandi.

Yod mikroelementi inson organizmi va salomatligi uchun eng muhim moddalardan biri hisoblanadi. Yod tanqisligi esa qalqonsimon bez va ovqat hazm qilish organlari faoliyati bilan bog‘liq turli jiddiy kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Manba: Daryo uz

@endocrinoo
👍3👏1
Ekologiya ta’siri: dunyoda chekmaydiganlar orasida o‘pka saratoni bilan kasallanish ko‘paydi

O‘pka saratoni onkologik kasalliklardan o‘limning beshinchi eng keng tarqalgan sababidir.

Dunyo bo‘ylab umrida tamaki chekmagan odamlar orasida o‘pka saratoni bilan kasallanish holatlari ortmoqda. Buning sabablaridan biri ekologiya yomonlashuvi va havo ifloslanishi bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda The Guardian.

Xalqaro saratonni o‘rganish agentligi (IARC) ma’lumotlariga ko‘ra, o‘pka saratoni butun dunyo miqyosida onkologik kasalliklardan o‘limning beshinchi eng keng tarqalgan sababidir. 2022 yilda bu kasallik 2,5 million kishida aniqlangan. O‘pka saratoni bilan kasallanishning eng yuqori ko‘rsatkichlari Sharqiy Osiyo mamlakatlarida, ayniqsa Xitoyda qayd etilgan.

Olimlarning ta’kidlashicha, chekmaydigan odamlarda o‘pka saratoni ko‘pincha adenokarsinoma shaklida namoyon bo‘ladi. 2022 yilda bu kasallik erkaklarda o‘pka saratoni holatlarining 45,6 foizini, ayollarda esa 59,7 foizini tashkil etgan. 2020 yilda ushbu ko‘rsatkichlar mos ravishda 39,0 va 57,1 foiz edi.

So‘nggi o‘n yilliklar davomida adenokarsinoma o‘pka saratonining asosiy kichik turiga aylandi. 2022 yilda 200 mingga yaqin adenokarsinoma holati aynan yomon ekologiya tufayli kelib chiqqan. IARC ma’lumotlariga ko‘ra, chekmaydigan odamlar orasida o‘pka saratoni holatlarining 70 foizini adenokarsinoma tashkil etadi.

Tadqiqotchilar, shuningdek, ayollar o‘rtasida o‘pka saratoni bilan kasallanish sezilarli o‘sganini qayd etmoqda. 2022 yilda u butun dunyo bo‘ylab 900 ming ayolda aniqlangan. The Guardian ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda Buyuk Britaniyada kasallangan ayollar soni birinchi marta erkaklar sonidan oshib ketgan.

2024 yil avgust oyida Londonda o‘pka saratoniga qarshi yangi vaksinaning klinik sinovlari boshlangandi. Ushbu vaksina immunitet tizimini saraton hujayralariga qarshi kurashda rag‘batlantiradi. Eksperimental davolash birinchi bo‘lib London kolleji universiteti klinikasidagi bemorlarda o‘tkazildi. Vaksina Germaniyaning BioNTech biotexnologiya kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Preparat immun tizimini sog‘lom to‘qimalarga ta’sir qilmasdan saraton hujayralarini tanib olish va yo‘q qilishga undaydi. Bunday yondashuv bemorlar va sog‘lom hujayralarni zararlaydigan an’anaviy kimyoterapiyadan farq qiladi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5👏1
#hazil_time

Navbatchilar biladi buni👨‍⚕🚑

@endocrinoo
😁171🔥1👏1
Yod ichishni qachon boshlaysiz?

O‘zbekiston hududi tuprog‘ida, yer osti va ichimlik suvida yod miqdori kamligi sababli aholi o‘rtasida yod tanqisligi boshqa hududlarga nisbatan yetakchilik qiladi. Qisqasi, bizning hudud endemik buqoq zonasi ҳисобланади. Тупроқ va suvdagi yod miqdorini kamligi o‘simliklar tarkibida ham o‘z aksini topadi.

Yod — qalqonsimon bez gormonlarini asosi hisoblanadi. Uning yetishmasligi og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Organizmda yod tanqisligi belgilari:
• doimiy charchoq hissi
• immunitetni pastligi
• tanada shishlar paydo bo‘lishi
• menstrual siklni buzilishi
• anemiya
• sababsiz semirish
• gipotoniya (qon bosim pastligi)
• intellekt va qabul qilishni susayib ketishi, diqqatni jamlay olmaslik
• bepushtlik, impotensiya

Yod tanqisligini bartaraf qilishni 3 ta yo‘li bor:
1. Yod preparatlarini ichish. Bu eng maqbul yo‘li hisoblanadi.
2. Yod elementiga boy mahsulotlar: dengiz mahsulotlari, dengiz balig‘i, dengiz karami va o‘tlarini ko‘p-ko‘p iste’mol qilish. Bu qimmatroq va yod preparatlarichalik effekt bermaydi.
3. Faqat yodlangan tuzlardan foydalanish.

📌 yod tanqisligi bilan og‘rigan bemorlarga yodni folat kislota va selen bilan qabul qilish yuqori samara beradi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍7🥰1👏1
Metformin podagra rivojlanish xavfini kamaytiradi

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Tadqiqotchilar metforminni qabul qilishni boshlagan prediabetli kattalardagi podagra bilan kasallanish holatlarini va preparatni qabul qilmaganlarni solishtirdilar. Tadqiqot natijalari BMJ jurnalida chop etildi.

Glikirlangan gemoglobin darajasiga qarab tashxis qo'yilgan 25 064 nafar prediabetga chalingan ma'lumotlar tahlil qilindi. Ulardan 1154 nafar ishtirokchi metformin qabul qilishni boshladi. O'rtacha kuzatuv muddati 3,9 yilni tashkil etdi.

Tahlil shuni ko'rsatdiki, metforminni qabul qilganlarda podagra bilan kasallanish darajasi pastroq bo'lib, 1000 kishiga 7,1 holatni tashkil etgan bo'lsa, preparatni qabul qilmaydiganlarda 1000 kishiga 9,5 holat. Metformin bilan davolashni boshlash podagra rivojlanishining nisbiy xavfini 32% ga kamaytirish bilan bog'liq edi. Metforminni qo'llash va qon zardobidagi urat yoki C-reaktiv oqsil darajasidagi o'zgarishlar o'rtasida hech qanday bog'liqlik topilmadi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3👏1😁1
Metformin tarkibli dori vositalari

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Metformin - biguanidlar guruhiga mansub gipoglikemik dori vositasi boʻlib 500, 850, 1000 mg dozada ishlab chiqariladi.

Metformin tarkibli dori vositalari juda koʻp
Masalan

Asformin Siofor Ridformin
Glukofaj Metfogamma Ulufor
Metfomig Diaformin Panfor
Sofamet Metfor Metlong
Gliformin Formetin Bagomed
Glikomed Aspafaj Glyukonil

Metformin koʻplab kasalliklarda qoʻllaniladi

Semizlikda
Prediabetda yagona vosita
Qandli diabetda 1-liniya preparati
Tuhumdon polikistozida
Giperinsulinemiyada

Hatto rakka qarshi xususiyatlari bor.

Bundan tashqari podagrada va yurak qon tomir kasalliklarida ham katta foydasi bor

Bular haqida ham batafsil yozaman

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥7👍4👏1
Metforminning oʻsma (rak ) ga qarshi ishlash mexanizmi

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Giston atsetilizatsiyasi bu- hujayra yadrosida joylashgan giston oqsilining lizin qoldiqlariga atsetil guruhi birikish jarayoni bo'lib, DNK ning transkripsiya omillariga kirishini modulyatsiya qilish orqali gen ekspressiyasini tartibga soladi

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4❤‍🔥1👏1
Metforminning yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olish va davolashdagi roli haqida

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

❗️Fibrinolizni aktivlash
PAI-1 yoki Plasminogen Activator Ingibitor-1 (qon quyqalarini parchalashda muhum bo'lgan fibrinoliz jarayonini ingibirlovchi oqsil) miqdorini kamaytirish orqali tromboz rivojlanish xavfini kamaytiradi (Miokard infarkti xavfini 10 yil davomida 39% ga, UKPDS)

❗️CIMTni yaxshilaydi. (carotid intima-media thickness) yani ateroskleroz va yurak kasallilari surrogat markeri hisoblangan karotid arteriya intima-media qavatlari qalinligini kamaytiradi

❗️ Vazoreaktivlik (qon tomirning kengayish va torayish qobilyati) ni yaxshilaydi

❗️ Yoğlar betta oksidlanishini kuchaytirish.Mushak va jigar hujayralarida yoğ kislotalari oksidlanishini rağbatlantirish va lipogenezni pasatirish orqali qon plazmasida erkin yoğ kislotalar miqdorini pasaytiradi.Bu esa jigarda yog' tõplanish jarayoniga ijobiy tasir qiladi

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5🔥1👏1
Metforminni qoʻllash boʻyicha koʻrsatmalar

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

📌Qoʻllanishi
Semizlik
Prediabet
Qandli diabet 2-tur
Insulinrezistentlik
Tuhumdon polikistozi

💊Dozalash
Dastlab 500-1000 mg dan 1 yoki 2 mahal ovqatdan soʻng 10 kun.

Agar medada nojoʻya taʼsirlar kuzatilmasa doza oshiriladi.

Kunlik oʻrtacha doza 1500 mg.
2000 mg doza berishda natija avvalgidan yaxshi emasligi isbotlangan.
Kunlik maksimal doza 2550 yani 850 dan 3 mahal

Agar nojoʻya taʼsirlar kuzatilsa metformin tarkibli boshqa doriga oʻtkaziladi.

‼️Nojoʻya taʼsirlari
Koʻngil aynishi, qayt qilish, oshqozon soxada diskomfort, meteorizm, ishtaxa pasayishi, ogʻizda metal tami, vitamin b12 yetishmasligi.

Qonda maksimal konsentratsiyasi 2.5 soat, tasir davomiyligi 6-10 soat

Dori nomiga SR yoki XR qoʻshilsa bu tasiri uzaytirilgan degani

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍82🔥1👏1
#hazil_time

Yosh oʻtganini bilishni oson yoʻli

@endocrinoo
😁19👍2
Isitma jiddiy xavf agar oʻz vaqtida davolanmasa !

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Yaqinda qabulimizga 2 yoshli qizaloq olib kelindi. Onasi soʻzidan shikoyatlari chanqash , siyish tez ekanligiga. Taxlillar shuni koʻrsatdiki bolada qandsiz diabet boshlangan.

Toʻliq soʻrab surishtirishlardan ayon boʻldiki bolada isitma sababli sudorgi kuzatilgan. 1 haftada 3 marotaba.

Qandsiz diabetning 2 turi bor
Markaziy (miya)
Periferik (buyrak)

Oʻtkazilgan kasalliklardan aniqki bolada markaziy qandsiz diabet paydo boʻlgan. Endi bola bir umr desmopressin yoki uropres tomizib yurishi shart boʻladi.
Farzandingizni asrang, xech bir kasallikga yengil qaramang.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥5👍2👏1🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qalqonsimon bez uchun bular nega kerak?
Qisqa lekin ulkan manbaalarni jamlagan video

J² Se Zn Fe A D³ B⁶ B⁹ B¹²

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍8👏1