Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Juma muborak 🌙

@endocrinoo
8
Shayton bir insonni bomdod uchun uygʻotar ekan. U kim deb oʻylaysiz?

Bir kuni Umar ibn Hattob raziyallohu anhu bomdod namoziga uhlab qoladilar. Uhlab qolganlari uchun Allohga shunday ibodat qiladilarki Alloh uning ibodatini qabul qilib aytgan ekan agar yana bomdod namoziga uhlab qolsa 70 ming musulmon gunohini kechiraman degan ekan.

Bunday boʻlmasligi uchun shayton Umarni oʻzi uygʻotgan ekan.

Juma muborak boʻlsin dindoshlarim🌙

@endocrinoo
👍4🔥1
Bir kun keladi insonlar faqat oʻzim deydi. Shu kunga tayyor boʻling

@endocrinoo
👍11
Sink (rux) yetishmovchiligining belgilari qanday?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir ( @endocrinoo )

•o'sishni sekinlashishi yoki to'xtashi
•zaif immun tizimi
•kechiktirilgan yoki to'liq bo'lmagan jinsiy yetuklik
•hissiy buzilish
•ishtahaning yo'qolishi
•uzoq muddatli diareya
•zotiljam (pnevmoniya)
•teri toshmasi
•soch to'kilishi yoki ingichka bo'lishi
•ruhiy charchoq

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4❤‍🔥2
KORTIZOL miqdorini kamaytirish usullari

1. Sogʻlom uyqu (6 yoki 7,5 soat);
2. Nafas olish mashqlari;
3. Meditatsiya qilish;
4. Nimalarnidir ustida ishlang, masalan biror narsa yasash mumkin;
5. Hayolingizga kelgan narsalarni yozing (bunga alohida to'xtalamiz);
6. Sport bilan shugʻullaning, chunki bunda qonda adrenalin koʻpayadi va kortizolni parchalaydi;
7. Albatta kunda 1 soat o'zingiz yoqtirgan ishga (hobby) vaqt ajrating;
8. Tabiat qoʻynida sayr qiling;
9. Tez-tez tabassum qilib turing, oynaga qarab tirjaying;
10. Ratsionda kortizol miqdorini kamaytiradigan mahsulotlar ulushini koʻpaytiring.

Qaysi mahsulotlarni isteʼmol qilish qiziq boʻlsa reaksiya qoldiring

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍9🤔2😁1
#hazil_time

Dorilarning qimmat va arzon shakllari😁

@endocrinoo
😁11
Qanday uglevodlar qonda qandni yuqori oshirmaydi?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir ( @endocrinoo )

Uglevodlar 2 turga boʻlinadi. Tez so'riluvchi va sekin so'riluvchi.

🔺Tez uglevodlar tezda so'riladi va qon glukozasini tezda oshiradi.Qandli diabetda ular cheklanishi kerak (kunlik kaloriyalarning 10% dan ko'p bo'lmagan).Insulin terapiyasi paytida bunday uglevodlarni iste'mol qilsangiz insulin miqdorini oshirishingiz kerak.

🔺Tez uglevodlarga shakar, asal, meva sharbatlari, pishirilgan mahsulotlar, shirin ichimliklar, uzum va boshqa shirin mevalar va boshqalar kiradi.

🔻Sekin uglevodlar sekin so'riladi va shu sababdan qonda qandni sekinlik koʻtaradi.

🔻Grechka, arpa, butun donli jo'xori uni (don emas), jigarrang guruch, qattiq bug'doy makaron shular jumlasidan

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3
Nega menga shifokor insulinga oʻtishni buyuryapti???

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Hozirda koʻplab diabetik bemorlar insulinga oʻtishni juda vahima bilan qabul qiladi , insulin soʻngi chora deb biladi
Aslidachi aslida qanday?

Hozir shu haqida batafsil

Insulin qachon buyuriladi
* 1-tur qandli diabet bemorlar
* Homiladorlik diabeti bilan hastalangan insonlar ( agar parxez bilan kompensatsiyaga erishib boʻlmasa
* 2-tur diabetik bemorlar agar peroral qand pasaytiruvchi dorilar naf bermaganda
* Qoʻshimcha surunkali kasalliklar mavjud boʻlganda masalan Miokard infarkti, Insult
* Operatsiya zarurati boʻlganda
* Kuchli vazn yoʻqotishlarda ( ozib ketishda )
* Qandli diabetning oʻtkir asoratlari paydo boʻlganda - Giperglikemik , gipoglikemik , giperosmolyar , giperlaktatsidemik , giperatsid komalarda
* Yiringli xirurgik kasalliklarda

Bir narsani yaxshi tushunib olish zarur insulin bu sizda kam boʻlgan yoki umuman yoʻq boʻlgan insulinni tashqaridan kiritishdir.
Undan qoʻrqish sizda diabetning asoratlarini paydo qilishi mumkin.

Maʼlumotni yaqinlarga ulashing
Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍6🔥1👏1
Ajoyib va koʻp beriluvchi savol.
Nimaga qandli diabet koʻpayib ketdi?
Oldin bu kasallik yoʻq ediyu

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Savol bir tomondan toʻgʻri ham. Tibbiyotdan yiroq inson bu savolni berishi tabiiy.

Qandli diabet avval yozganimdek Misr ehromlari davridan mavjud. Undan soʻng ham yo'qolib qolgani yoʻq.

Bernard Shou aytganidek: sogʻlom odam yoʻq, tekshirilmagan odam bor.

Zamonaviy diagnostika sababli barcha kasalliklarni tashxislash endi odatdagidan oson. Bu birinchi faktor.

Ikkinchi faktor esa hayot sifatining keskin oʻzgarishi. Notoʻgʻri ovqatlanishlar, kamhararak hayot tarzi,stresslar. Aholining yarmida semizlik, ortiqcha vazn mavjud. Bu diabetning katta sababi aslida. Avvalgi insonlarda jismoniy mehnat hozirgidan ancha koʻp boʻlgan.

Uchinchi faktor esa aholining oʻsish tezligi. Tabiiyki aholi soni koʻp boʻlsa kasallik ham koʻp boʻladi. Bu avval 100 tadan 3 ta uchragan boʻlsa xozir million ichida mingta degani.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
❤‍🔥6👍2👏1
#hazil_time

Sizda ham shundaymi ?

@endocrinoo
😁10👍1
⚡️Buqoq davolanishi shart kasalliklardan.

Yod bu organizmda juda ko'p vazifalarni bajaradi. Ulardan eng muximi nеrv tolalari orasidan impulsni o'tkazishdir. Agar yod miqdori noto'g'ri taqsimlansa impuls yo tеzlashib yoki sеkinlashib kеtadi.

Buqoq kattalashsa nafas yoki qizilo'ngach yo'lini to'sib xalaqit qiladi. Insonda nafas еtishmovchilik xissi paydo bo'ladi.

🧨 Aksariyat odamlarda buqoq bilinmaydi. Ammo ayrim bеlgilari borki buqoq borligini bildirib turadi.

-- uyquchanlik yoki bеdorlik
-- tеz sеmirish yoki tеz ozish
-- bo'shashish yoki aksincha ta'sirchanlik ortib kеtishi
-- yo'q joydan asabiylashish
-- xotira, intеlеkt pasayib kеtishi
-- bir xayollilik, bitta fikr miyaga kirib chiqmasligi
-- xayolparastlikni xaddan tashqari ko'payib kеtishi

Buqoqning davosi sifatida aksariyat yod prеparatlari buyuriladi. Davolanishda muxim jixat shuki - uzoq va uzluksiz davolanish kеrak.

@endocrinoo
👍6❤‍🔥1👏1
Oilada farzandsizlikka kim sababchi bo‘ladi?


🔹JSST ma’lumotlariga ko‘ra, oiladagi befarzandlikka 50 foiz erkaklar va 50 foiz ayollar sababchi deyiladi. 2019 yilda ifodalash shakli o‘zgardi - 1/3 erkak muammolari, 1/3 ayollardagi muammolar, 1/3 har ikkisidagi muammolar sababli deyila boshlandi.

🔸O‘zini sog‘lom deb hisoblab yurgan erkaklarning taxminan 15 foizining oilasida uylanishdan keyin homiladorlik kuzatilmaydi.

Bir oilada homiladorlik kuzatilmayotgan bo‘lsa, birinchi qadam, birinchi shart – erkak kishini tekshirish; sababi oddiy, tez va arzon yo‘l, agar muammo chiqmasa, keyin ayollar bilan bemalol shug‘ullansa bo‘laveradi.

@endocrinoo
👍3👏1
#hazil_time

ERKAKLAR ORZUSIDAGI AYOL 👍

— Xotinjon! Men bugun maosh oldim! yur, senga qimmatbaho ko'ylak bilan olmos ko'zli uzuk sotib olamiz!
— Voy, dadasi-ey, menga bunday matohlar kerak emas. Undan ko'ra shu pullarni olib o'rtoqlaringiz bilan toqqa borib, dam olib keling!

P.S.: Hurmatli erkaklar, siz hozirgina Konfutsiyning "Orzudagi ayol" asaridan parcha o'qidingiz!🤣🤣🤣

@endocrinoo
😁172👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi pogʻona
Multik ovozlashtirdim...😁

Vitamin D haqida

@endocrinoo
👍16🔥42❤‍🔥1
#hazil_time

Oʻzingizni tanishtirib kirasiz albatta 😁

@endocrinoo
😁11🔥1
Sog‘liqni saqlash vazirligiga yangi vakolatlar berilishi mumkin

Oliy Majlis deputatlari 4 fevral kuni aholi o‘rtasida yod yetishmasligi kasalliklarining oldini olish tizimini takomillashtirilishga qaratilgan qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda qabul qildi.

Ushbu qonun loyihasi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligiga osh tuzini va oziq-ovqat mahsulotlarini yodlash uchun foydalaniladigan tarkibida yod bo‘lgan preparatlarni, ularga qo‘yiladigan talablarni, osh tuzini va oziq-ovqat mahsulotlarini yodlashga, yodlangan tuzni ishlab chiqarishga, tashishga, saqlashga va realizatsiya qilishga qo‘yiladigan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini belgilash hamda uning nazoratini olib borish vakolatlari belgilanmoqda.

Deputatlarning ta’kidlashicha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi aholi salomatligini muhofaza qilish, yod yetishmasligi kasalliklarini profilaktika qilish, o‘sib kelayotgan avlodning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Aholining ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan sifatli va xavfsiz bo‘lgan osh tuzi bilan ta’minoti to‘liq qoplanadi.

Aholi o‘rtasida yod yetishmasligi kasalliklarining oldini olish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi 24 yanvar kuni birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqilgandi.

Yod mikroelementi inson organizmi va salomatligi uchun eng muhim moddalardan biri hisoblanadi. Yod tanqisligi esa qalqonsimon bez va ovqat hazm qilish organlari faoliyati bilan bog‘liq turli jiddiy kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Manba: Daryo uz

@endocrinoo
👍3👏1
Ekologiya ta’siri: dunyoda chekmaydiganlar orasida o‘pka saratoni bilan kasallanish ko‘paydi

O‘pka saratoni onkologik kasalliklardan o‘limning beshinchi eng keng tarqalgan sababidir.

Dunyo bo‘ylab umrida tamaki chekmagan odamlar orasida o‘pka saratoni bilan kasallanish holatlari ortmoqda. Buning sabablaridan biri ekologiya yomonlashuvi va havo ifloslanishi bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda The Guardian.

Xalqaro saratonni o‘rganish agentligi (IARC) ma’lumotlariga ko‘ra, o‘pka saratoni butun dunyo miqyosida onkologik kasalliklardan o‘limning beshinchi eng keng tarqalgan sababidir. 2022 yilda bu kasallik 2,5 million kishida aniqlangan. O‘pka saratoni bilan kasallanishning eng yuqori ko‘rsatkichlari Sharqiy Osiyo mamlakatlarida, ayniqsa Xitoyda qayd etilgan.

Olimlarning ta’kidlashicha, chekmaydigan odamlarda o‘pka saratoni ko‘pincha adenokarsinoma shaklida namoyon bo‘ladi. 2022 yilda bu kasallik erkaklarda o‘pka saratoni holatlarining 45,6 foizini, ayollarda esa 59,7 foizini tashkil etgan. 2020 yilda ushbu ko‘rsatkichlar mos ravishda 39,0 va 57,1 foiz edi.

So‘nggi o‘n yilliklar davomida adenokarsinoma o‘pka saratonining asosiy kichik turiga aylandi. 2022 yilda 200 mingga yaqin adenokarsinoma holati aynan yomon ekologiya tufayli kelib chiqqan. IARC ma’lumotlariga ko‘ra, chekmaydigan odamlar orasida o‘pka saratoni holatlarining 70 foizini adenokarsinoma tashkil etadi.

Tadqiqotchilar, shuningdek, ayollar o‘rtasida o‘pka saratoni bilan kasallanish sezilarli o‘sganini qayd etmoqda. 2022 yilda u butun dunyo bo‘ylab 900 ming ayolda aniqlangan. The Guardian ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda Buyuk Britaniyada kasallangan ayollar soni birinchi marta erkaklar sonidan oshib ketgan.

2024 yil avgust oyida Londonda o‘pka saratoniga qarshi yangi vaksinaning klinik sinovlari boshlangandi. Ushbu vaksina immunitet tizimini saraton hujayralariga qarshi kurashda rag‘batlantiradi. Eksperimental davolash birinchi bo‘lib London kolleji universiteti klinikasidagi bemorlarda o‘tkazildi. Vaksina Germaniyaning BioNTech biotexnologiya kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Preparat immun tizimini sog‘lom to‘qimalarga ta’sir qilmasdan saraton hujayralarini tanib olish va yo‘q qilishga undaydi. Bunday yondashuv bemorlar va sog‘lom hujayralarni zararlaydigan an’anaviy kimyoterapiyadan farq qiladi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5👏1