Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.78K subscribers
3.84K photos
623 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
💡SEMIZLIKDAN QUTULISH UCHUN BESH MASLAXAT!

“Doʻmpaygan qorin homilador ayolga yarashur”, deydi donolar. Kanalimiz muxlislari orasida semizlikdan aziyat chekib, ortiqcha vazndan xalos boʻlishni rejalashtirib yurganlar uchrashi mumkin. Quyida ozish uchun maslahatlarni havola etamiz. Tavsiyalarimizning oʻziga xosligi shundaki, ular kechki payt bajarishga moʻljallangan.

1.Natriydan parhez qiling.

“Agar ertalab qorinni qappaytirib uygʻonishni istamasangiz kechki ovqat mahali tuzdan voz keching”, deydi amerikalik taniqli parhezshunos, toʻgʻri ovqatlanish boʻyicha maʼruzachi va Small Change Diet kitobi muallifi Keri Gans (Keri Gans). Ortiqcha tuz organizmda suvni tutib qoladi, bundan qorin va oyoq shishishi kelib chiqadi. Yaxshisi, kech mahali sabzavot yoki yogʻsiz goʻsht yegan maʼqul. Taʼkidlaymiz: tuz yoki tarkibida tuz boʻlgan ziravorlarsiz.

2.Tunda mashq qiling.

Ozish uchun terlab-pishib mashq qilishning nafi katta. Odatda, ertalab mashq qilish kerak, degan fikr keng tarqalgan. Saharlab turib mashq qilish haqida xayol surish maza, ammo vaqtli turib jismoniy mashq qiluvchilarning oʻzi barmoq bilan sanoqli boʻlsa kerak. Qolaversa, ishga borish uchun vaqt tigʻiz.Kechqurun mashq qilsa, boʻlmaydimi? Boʻladi, ammo ayrimlar kechki payt mashq qilsa uyqu qochadi, deb oʻylaydi. Bu fikrni yigʻishtiring, ertalab ulgurmasangiz, jismoniy mashq fursatini kechga koʻchiring. AQSHning National Sleep Foundation tashkiloti oʻrganishicha, kunning qaysi qismida jismoniy mashq qilganlariga qaramasdan 60 foiz insonlar tunda maza qilib uxlar ekan. Ortiqcha vazn bilan tunda kurashing.

3. Koʻp suv iching.

Suv ajratuvchi aʼzolar faoliyatini meʼyorlashtiradi va ishtahani boʻgʻadi. Turli yoshdagi kishilar ustida oʻtkazilgan tajriba ovqatdan oldin “nikko” ichilsa, tanovul kamroq boʻlishini koʻrsatdi. Kam yesangiz, ozishingiz turgan gap. Kichik eslatma: issiq koʻrpadan turib oy yorugʻida hojatga chiqmaslik uchun yotishdan bir soat oldin suv ichishni toʻxtating.

4.Qorongʻu xonada uxlang .

Qorongʻulikda organizm melatonin ishlab chiqaradi. Melatonin gormonini tibbiyotchilar qattiq uyqu bilan bogʻlashadi. Shuningdek, melatonin yetishmovchiligi ortiqcha vazn toʻplanishiga olib keladi. Koʻpchilik parhezshunoslar qorongʻu xonada orom olib uxlashni maslahat berishlari bejiz emas.

5.Salqin joyda hordiq chiqaring.

AQSH biotexnologik axborotlar Milliy markazi tadqiqoti qiziq fakt keltirdi: 18 daraja haroratda uxlaganlar 24 daraja haroratda uxlaganlarga nisbatan 7 foiz ortiq kaloriya yoʻqotgan. Ha, bu koʻp emas, ammo ozishga bir oz yordam beradi.

@endocrinoo
👍53🔥1
Osh tuzi nima uchun yodlangan boʻlishi zarur?

Yod — inson organizmining me’yoriy faoliyati uchun lozim boʻlgan element. U tabiiy ravishda faqat ma’lum iqlim sharoitida, koʻpincha dengizga yaqin mintaqalarda hosil boʻladi.

Yod kam miqdorda uchraydigan hududlarda esa odamlarning bu moddaga ehtiyojini yetarli darajada qoplash uchun qoʻshimcha choralar koʻrish talab etiladi.

Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi direktori Nodira Alixanova bilan suhbatimiz yod yetishmovchiligi oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar va ularning profilaktikasi mavzusida boʻldi.

— Yod tanqisligi aqliy zaiflikning asosiy omilidir, — deydi N. Alixanova. — Ma’lumotlarga koʻra, har yili dunyoda 38 millionga yaqin bola yod tanqisligi xavfi bilan tugʻiladi. Qolaversa, bu modda yetishmasligi qalqonsimon bez va ovqat hazm qilish organlari faoliyati bilan bogʻliq turli jiddiy kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Bundan tashqari, tirnoqlarning tabaqalanishi, soch toʻkilishi, teri quruqlashuvi, uyquchanlik, charchoq ham organizda yod taqchilligi alomatlaridandir. Shu sababli bu kabi muammolarning oldini olish maqsadida dunyoda osh tuzini yodlash amaliyotidan keng foydalaniladi.

Organizm uchun kerakli boʻlgan yodni turli dengiz mahsulotlarini iste’mol qilish yoʻli bilan olish mumkin. Bizning mintaqamizda bunday ne’matlar serob boʻlmagani sababli osh tuzini yodlashga ehtiyoj tugʻiladi.

Osh tuzining asosiy tarkibiy qismi natriy boʻlib, u qon aylanishi va qon bosimini boshqarish, asab tizimi hamda mushaklar orasidagi uzviy aloqani ta’minlash vazifasini bajaradi. Uning ikkinchi elementi boʻlgan xlor esa ovqat hazm qilishga yordam beradi.

Organizmdagi moddalar almashinuvini me’yorlashtirish uchun kuniga bir choy qoshiq – 5 gramm osh tuzi iste’mol qilish tavsiya etiladi. Qolaversa, u yod tanqisligi kasalligining oldini olishga ham xizmat qiladi.

Mamlakatimizda yodlangan osh tuzi “Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonun asosida ishlab chiqariladi. Davlat standarti talablariga koʻra, osh tuzi tarkibida yod miqdori tonnasiga 40 gramm miqdorda boʻlishi belgilab qoʻyilgan.

Sifatli osh tuzining qadogʻida ishlab chiqargan tashkilot nomi, tovar belgisi, mahsulot nomi, uning navi va yanchilish darajasi, ishlab chiqarilgan sanasi, normativ hujjat nomi, yaroqlilik muddati, yodlash qoʻshimchasi nomi hamda yod ulushi kabi bir qancha ma’lumotlar aks etgan boʻlishi kerak.

Osh tuzlarining saqlanish harorati 28 darajadan oshmasligi lozim. Qotib qolgan, nam tortgan, begona hidlarga ega boʻlgan, yaroqlilik muddati oʻtgan, qadoqlari buzilgan osh tuzlarining foydali xususiyatlari yoʻqolgan boʻladi. Bunday mahsulotlarni iste’mol qilmaslikni tavsiya qilamiz.


@endocrinoo
👍1
SIGARETANING FOYDALARI!

🚬Sigareta chekuvchi qarilik kasalligiga chalinmaydi.
Chunki u, yoshlik paytidayoq vafot topadi.

🚬Doim yangi doʻstlarni orttiradi. Chunki, har kuni yangi doktor bilan uchrashadi.

🚬 Sigareta chekuvchining uyiga oʻgʻrilar kirmaydi. Chunki u, tun boʻyi yoʻtalib chiqadi.

🚬 Uni odamlar xadeb bezovda qilishmaydi.
Chunki uning hidi yoqimsiz va jirkanchli boʻladi...!

(chekadiganlarga yuboramiz 😉)

@endocrinoo
👍1
🌱SHU RETSEPTNI QOʻLLANG VA "XAYIR SEMIZLIK"🌱

📋RETSEPT;
1/3 st. suv
1 choy qoshiq maydalangan zanjabil ildizi
1 oʻrtacha bodring
1 kichik maydanoz(petrushka)
1/2 limon

📖Qoʻllash usuli;
💡Bodring va maydanozni yuvib, blenderga soling.
💡Zanjabil va limondan siqib olingan sharbatni xam qoʻshing, soʻng suv quying.
💡Barchasini blenderda aralashtiring
💡Shirinroq qilish uchun, ozgina asal qoʻshing!
1-2 hafta davomida iching!

@endocrinoo
👍2
Homiladorlik testi haqida koʻp beriladigan 10 ta savol

Demak, siz testda orziqib kutilgan ikkita chiziqchani koʻrdingiz, biroq xayolingizga shubha keladi – xato boʻlsa-chi? Biz homiladorlik testi haqidagi 10 ta eng koʻp tarqalgan savollarga javoblarni toʻpladik.

1. Homiladorlik testi qanday ishlaydi?
Homiladorlik testi bitta prinsip boʻyicha ishlaydi – siydikda (uyda foydalanish uchun testlarda) yoki qonda (laboratoriya testlarida) odamning xorionik gonadotropini (OXG) nomli maxsus gormonni aniqlaydi. U faqat homiladorlik vaqtida ishlab chiqariladi. Homilador boʻlmagan ayolda uning boʻlishi mumkin emas. Urugʻlangan tuxum bachadon devoriga birikkan paytdan boshlab organizmda OXG darajasi taxminan har 2-3 kunda ikki baravar koʻpayadi hamda homiladorlikning 7–12 haftalariga kelib eng yuqori miqdorga yetadi. Qonda va siydikda uning mavjudligi bola tugʻilgandan keyin taxminan uch haftagacha saqlanadi.

2. Homiladorlik testini kunduzi oʻtkazsa boʻladimi? Sutkaning qaysi vaqtida oʻtkazgan ma’qul?
Odatda homiladorlik testini oʻtkazish uchun ertalabki siydikdan foydalaniladi, chunki u ancha konsentratsiyalangan boʻladi. Biroq ham kunduzi, ham kechqurun oʻtkazsa boʻladigan test mavjud – aniq vaqt ahamiyatga ega emas. Bu oqimli test. Ular oʻta sezuvchan boʻladi (oʻramda 10 mMe/ml belgisini izlang) hamda ulardan foydalanishda siydikni hech qayerga toʻplash zarur emas – oqim ostiga qoʻyilsa kifoya.

3. Homiladorlik testi yanglishishi mumkinmi?
Barcha yoʻriqnomalarda homiladorlik testlari 95–99% aniq deb yozilgan. Shunday ekan, natija notoʻgʻri chiqishi ehtimoli mavjud. 
Demak, soxta manfiy natija (boʻyida boʻlsa ham test homiladorlikni koʻrsatmaydi) quyidagi hollarda boʻlishi mumkin, agar:
🔹 siz testni juda erta oʻtkazgan boʻlsangiz hamda siydikda OXG darajasi hali nihoyatda past;
🔹 testning yaroqlilik muddati oʻtgan (testni xarid qilishdan oldin oʻramni diqqat bilan oʻrganing);
🔹 testni notoʻgʻri oʻtkazgan boʻlsangiz (yoʻriqnomani diqqat bilan oʻqing, unda hammasi imkoni boricha sodda yozilgan);
🔹 test oʻtkazish arafasida koʻp miqdorda ichilgan suyuqlik siydikka aralashib OXG konsentratsiyasini pasaytirib yuborgan boʻlsa.

Test soxta musbat natijani ham koʻrsatishi mumkin (boʻyida yoʻq, test esa bor deydi):
🔹 agarda siz tarkibida OXG boʻlgan bepushtlikka qarshi preparatlarni qabul qilayotgan boʻlsangiz (odatda ular in’yeksiya koʻrinishida boʻladi);
🔹 xavfli oʻsmalar mavjud boʻlsa;
🔹 musbat test natijasi vaqtidan ilgari tugʻish yoki homila tushishidan keyin bachadonda urugʻlangan tuxum qoldiqlari saqlanib qolganligini ham bildiradi.

4. Hayz kechikishining nechanchi kuni test oʻtkazgan ma’qul? Hayz kechikishigacha homiladorlik testini oʻtkazishdan ma’no bormi?
Homiladorlik testlarining sezuvchanligi katta rol oʻynaydi. Odatda, aksariyat testlar 20–25 mMe/ml sezuvchanlikka ega (ml ga xalqaro birliklar). Ular hayz kechikishining faqat birinchi kunidan homiladorlikni aniqlash qobiliyatiga ega. Vaholanki, hayz kechikishigacha homiladorlikni aniqlaydigan ancha sezuvchan (10 mMe/ml) va shu bilan birga qimmatroq testlar mavjud, ular taxminan boʻyida boʻlgan paytdan boshlab 7–10 kundan keyin uni aniqlaydi. Hayz kechikishidan bir hafta oʻtgach esa homiladorlikni (agar u mavjud boʻlsa) har qanday test koʻrsatadi. Qonda OXG darajasi siydikdagiga qaraganda tezroq oshadi, shu bois homiladorlikni hatto hayz kelishidan oldin OXG uchun qon tahlili yordamida aniqlash mumkin (biroq, taxminiy boʻyida boʻlgan sanadan 7 kun oʻtgan boʻlishi kerak). Tahlilni ayollar maslahatxonasi yoki tijorat laboratoriyalarida oʻtkazish mumkin.

5. Homiladorlik testidan qanday toʻgʻri foydalaniladi?
Homiladorlik testlari turli xil boʻladi va ulardan yoʻriqnomaga muvofiq foydalanish lozim. Masalan:

Strip-testlar
Bu eng oddiy, arzon va eng tarqalgan testlardir. Chiziqchani ertalabki siydik solingan idishga muayyan belgigacha 10-20 soniyaga tushirish kerak. Shundan soʻng testni gorizontal yuzaga qoʻyish lozim, bir necha daqiqadan keyin natijani baholash mumkin.
Bitta chiziqcha boʻlsa – siz homilador emassiz, test ikkita chiziqchani koʻrsatsa – homiladorlik roʻy bergan.

@endocrinoo
❤️‍🔥Aspirin oʻrniga, Malina iste’mol qiling!❤️‍🔥

Foydali xususiyatari;
malina tarkibi, aspirin tarkibiga oʻxshash;
yalligʻlanishga qarshi kurashadi;
Vitamin A, E, PP, B2 ga boy;
Antidepresant xususiyatga ega;
qon aylanishini yaxshilaydi;
xomilador ayollar uchun foydali xisoblanadi...

@endocrinoo
👍3
​​YOD (J) haqida

"Dunyoda 2 milliarddan ziyod aholi yod tanqisligidan, shundan 50 millioni yod tanqisligi oqibatida yuzaga keladigan bosh miyani turli xil shikastlanishidan aziyat chekadi" — JSST ma’lumoti.

Yod – qalqonsimon bez gormonlari (tiroksin, tetrayodtironin, triyodtironin) tarkibiga kiradi. Qalqonsimon bez gormonlari oqsillar biosintezida, toʻqimalar oʻsishida, ayniqsa bosh miya shakllanishi va rivojlanishida muhim oʻrin tutadi. Yod elementi oʻsmirlar, bolalar va homila bosh miyasini rivojlanishida juda muhim hisoblanadi.
Bolalik va homilalik vaqtida nerv tizimi aktiv shakllanadi. Agar shu vaqtda yod yetishmasa aqliy zaiflik rivojlanadi, eng yomoni ushbu kasallikni amaliy jixatdan davolab boʻlmaydi. Shuning uchun yod tanqisligini profilaktikasi juda muhim!

Homiladagi yod tanqislik – onadagi yod tanqisligi bilan bogʻliq. Yod yetishmasligida bolani oʻlik tugʻilishi, erta tugʻruq, abortlar, tugʻma nogironlik xolatlari yuzaga keladi.
Yod tanqisligi oʻgʻil bolalarga nisbatan qiz bolalarda koʻproq uchraydi. Ayniqsa 8–14 yoshlar oʻrtasida bu koʻrsatkich maksimumga yetadi. Bu vaqtda bolani tengdoshlariga nisbatan aqliy va jismoniy jixatdan ortda qolishi, oʻz vaqtida darslarni oʻzlashtira olmaslik, xotirani susayishi bilan boradi. 
Yod tanqisligida buqoq kasalligi paydo boʻladi. Bunda bezni kattalashib, tomoq qismini oldinga boʻrtib chiqishi kuzatiladi. 

Yod tanqisligini aniqlash usullari:
– Qalqonsimon bezni UTT (UZI) qilish;
– Siydikdagi yod miqdorini aniqlash (sutka davomida yigʻilib, aniqlanadi)
– Qondagi tiroksin gormonini (T4) yoki tireotropinni (TTG) konsentratsiyasini aniqlash.

Profilaktikasi:
Yodlangan tuzlardan foydalanish. Tuzdagi yod miqdorini maksimum saqlab qolish uchun imkon qadar ovqat tayyor boʻlganda qoʻshish kerak.
Oʻzbekiston tuproqlari va suvlarida yod miqdori kamligi uchun oʻsimliklar tarkibida xam uning miqdori yetarli emas. 
Shuning uchun homiladorlik, bolalik davrlarida yod tanqisligini oldini olish uchun har xil oʻzida yod saqlovchi preparatlarni qabul qilish tavsiya qilinadi.

Sutkalik ehtiyoj:
• 11 yosh va undan kattalarga — 150 mkg
• Homiladorlik va laktatsiya davrida — 150–200 mkg
• Bolalarga — 100 mkg

@endocrinoo
Bir yoshgacha boʻlgan bolalarda kalsiy yetishmasligi belgilari:

— Tishlar chiqishini kechikishi;
— Liqildoqlarni oyiga mos ravishda bitmasligi;
— Suyaklanish jarayonini kechikishi

Kalsiyga sutkalik ehtiyoj:
0—3 oylikda: 400 mg
4—6 oylikda: 500 mg
7—12 oylikda: 600 mg
1—3 yosh: 800 mg
3—7 yosh: 900 mg
7—11 yosh: 1100 mg
11—18 yosh: 1200 mg

Bolalar uchun kalsiyni asosiy manbalari: sut va sut mahsulotlari hisoblanadi. Agar ona suti bilan oziqlansa, onasiga qoʻshimcha kalsiy preparatlarini ichirish kerak, sut bilan albatta boradi yoki pediatr-nevropatolog tavsiyasiga koʻra bolaga (400 mg dan) ichiriladi.

@endocrinoo
1
Shifokor:
- Hammasiga sigaret bilan aroq aybdor!

Bemor:
- Xayriyat-e, doʻxtir, ayb mendamikin deb oʻylabman...

@endocrinoo
😁4👍1
Ayol

Ayol tugunni chap qoʻliga koʻtardi. Bolasini oʻng qoʻliga oldi.
— Bolam, endi biz bu yerlardan ketamiz.
Ortiqchalik qilib qoldik.
Koʻzlari, yuzlari koʻkargan ayol ogʻriqlardan oqsab oqsab qadam bosdi.
Darvozaga yaqin kelganida bolasini yerga qoʻyib, hali ham spirtli ichimlikdan oʻziga kelmasdan uyquda yotgan erining yoniga kosada suv, boshiga yostiq qoʻydi.
Keyin yana yoʻlida davom etdi.

©Nuriddin Ziyo

@endocrinoo
👍2👏21🤔1😢1
Tepdimmi qorningizni to'qqiz oy,
Yuzingizdan ketdimi yo chiroy?
Yo'qmidi bag'ringizda menga joy,
Nega bunday qildingiz, Onajon?!

📌 @sanjarshamss 📌

📌@endocrinoo📌
😢3👍2
Onadan qiziga, nasliy oʻtadigan kasalliklar

🗯Osteoporoz ( suyaklarning darz ketishi, sinishi, moʻrd boʻlib qolishi)

🗯Revmatoid artrit ( boʻgʻimlar yalligʻlnishi)

🗯Erta qarish Depressiya

🗯Glaukoma ( koʻz kasalligi, koʻz bosimining oshishi)

🗯Yurak-qon tomir kasalliklari( insult, infarkt)

🗯Migren Uyqusizlik

🗯Alsgeymer kasalligi (oliy ruhiy faoliyatning kuchayib boruvchi buzilishi bilan kechuvchi kasallik)

🗯Koʻkrak va tuxumdon saratoni.

@endocrinoo
👍1👏1
📋 Diabetga qarshi dorilar taʼsir mexanizmi

@endocrinoo
🔥1
Barcha kasalliklarni onasi — nosogʻlom ovqatlanish

Shunchaki, sogʻlom ovqatlanish bilan 90% kasallikni oldini olish mumkin!

Jumladan:
✓ oshqozon-ichak yalligʻlanish, yara, saraton kasalliklari;
✓ jigar kasalliklari: gepatoz, gepatit, sirroz;
✓ yurak-qon tomir kasalliklari: ateroskleroz, stenokardiya, infarkt;
✓ gormonal kasalliklar: qandli diabet, tireotoksikoz;
✓ ruhiy va yana boshqa koʻplab kasalliklarni oldini olish mumkin.

Kech boʻlmasidan sogʻlom ovqatlanish prinsiplariga rioya qiling!

@endocrinoo
👍2🔥1
Xaddan tashqari koʻp kaloriyaga ega maxsulotlar TOP–10 taligi:
(100 grammda)

1. Tozalangan paxta moyi–899 kkal.
2. Eritilgan sariyogʻ, qoʻy yogʻi, mol yogʻi, ilik yogʻi–887 kkal.
3. Margarin–746 kkal.
4. Mayonez–627 kkal.
5. Yongʻoq magʻzi–631 kkal.
6. Bodom magʻzi–606 kkal.
7. Kungaboqar pistasi–578 kkal.
8. Yer yongʻoq–548 kkal.
9. Tuxum poroshogi–542 kkal.
10. Shokolad–540 kkal.

👆USHBU MAXSULOTLARNI OZMOQCHI BO'LGANLAR CHEKLASHI VA SEMIRMOQCHI BO'LGANLAR KO'PAYTIRISHI LOZIM ‼️‼️‼️

@endocrinoo
1👍1🔥1
⚡️Oyoqlardagi varikozlarni butunlay davolash mumkinmi?

Venalarning varikoz kengayishi bu tomir devorini mustaxkam ushlab turuvchi oqsillar yoʻqolishi, parchalanishi bilan bogʻliq. Oqsillarini yoʻqotgan tomir devori boʻshashadi va tarangligi yoʻqoladi. Bu oʻz oʻzidan tomirdagi qonni yuqoriga uzatilishini kechiktiradi.

⚡️Natijada:
-Oyoqlarda toliqish
-Ogʻirlik
-Qichishish va toshmalar
-Tomir koʻkarishlari paydo boʻladi.

Varikoz kasalligi davolanishi qiyin. Tomir avvalgi xolatiga qaytib kelmaydi. Shunchaki muammo ikki xil usulda yoʻqotiladi.

1. Kasallangan tomir olib tashlanadi
2. Kasallangan tomir ichiga parafin yoki boshqa modda yuborib qotirib qoʻyiladi.

Boshqa davolanish usullarini samarasi juda kam. Boʻlsa xam juda erta davolanishni boshlash kerak.

@endocrinoo
👍2🔥1👏1
​​⚡️Nega modellarni yuzlari tiniq va terisi toza boʻladi?

Terini toza boʻlishiga asosiy sabab bu ichaklarning xar xil shlaklardan, ortiqcha chiqindilardan toza turishidir.

Kinolarda koʻrganingiz yapon, koreys goʻzallari aynar shu qoidaga amal qilishadi. Goʻzallik siri Sorbentlarda.

Sorbentlar bu ichilganda faqat ma’lum narsalarni oʻziga biriktirib organizmga ta’sir oʻtkazmaydigan moddalardir. Sizlarga yaxshi tanishi Aktivniy ugol ya’ni aktivlangan koʻmir.

⛺️Ta’sirlari

-Ichaklarni mikrob, chiqindi, bakteriyalardan tozalaydi.
-kerakli narsalarga esa tegmaydi
-aktiv koʻmirdan soʻrib olish yuzasi 100 barobarga katta. Bu degani aktiv ugol davri tugadi degani.

Yangi davrda kremniyli sorbentlar ishlatilmoqda.

@endocrinoo
👍2🔥1🤔1
Sorbentlar beshtaligi

1. Atoksil
2. Polifepan
3. Xolestiramin
4. Polisorb
5. Sorbeks

Qolgan firmalarnikini ham yomon emas. Muximi toʻgʻri tarzda foydalana bilishda.

@endocrinoo
👍1🔥1
📣Zamonaviy tibbiyot xaqida negativ fikr bildirish notoʻgʻri

Ayniqsa, tabobat bilan shugʻullanuvchi va shuni yoqlovchilar tibbiyotga loy chaplaydi.

Toʻgʻri, Oʻzbekistondagi tibbiyot haminqadar rivojlangani rostdir ammo bu zamonaviy tibbiyotning umumiy kuch qudratini belgilamaydi.

GuanChjou misolida koʻrdikki, xech qanday moʻjizakor xalq tabobati yoʻq. Naf boʻlmagach firib yoʻliga oʻtish bor.

Tibbiyot va tabobatni aloxida qilib tarafkashlik qilish notoʻgʻri. Ular bir biriga yordam berishlari kerak. Ammo shunda ham birinchi oʻrinda Tibbiyot turishi va undan keyin tabobatga murojaat qilinishi kerak.

@endocrinoo
👍2🤔1
📣 Semirganing sari xar xil xazillar avj oladi.

Shunaqa tarozi boʻlsa - siz qaysi xayvon boʻlardingiz? 😁

@endocrinoo
😁2👍1🔥1