Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
#hazil_time

Bittasi "Gaz bo'lmasa benzin quyishsin!" desa, ikkinchisi "Gaz o'rniga elektr toki ishlatishsin" deydi.

Xaloyiq, pullaringiz boʻlmasa, dollar ishlating!

@endocrinoo
😁12🥰1
#hazil_time

Yeyishga noningiz yoʻq boʻlsa kolbasaga sariyogʻ surtib yeng

@endocrinoo
😁9👍41
Suzishning oʻsishdagi roli

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Suzish paytida butun tananing mushaklari ishlatiladi. Ular cho'ziladi va mustahkamlanadi. Muntazam jismoniy mashqlar bilan bolalarda ham, kattalarda ham o'sishi kuzatiladi.

Ushbu mashqning boshqa afzalliklari bor: umurtqa pog'onasini mustahkamlash, orqa, qo'l va oyoq mushaklarini rivojlantirish.

@endocrinoo
👍3🔥1
#hazil_time

Komentsiz 🔇 kulgu😁

@endocrinoo
😁9👍2
Nelson sindromi

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Nelson sindromi surunkali buyrak usti yetishmovchiligi, terining, shilliq qavatlarning giperpigmentatsiyasi va gipofiz o'simtasining mavjudligi bilan tavsiflangan kasallikdir.

Ushbu sindrom Kushing kasalligini ikki tomonlama adrenalektomiya yoki xloditan bilan uzoq muddatli terapiya bilan davolashdan keyin o'ziga xos asorat sifatida qaralishi mumkin.

Kasallikni doktor Nelson 1958-yili Kushing kasalligi sababli 2 tomonlama adrenalektomiya oʻtkazgan bemorda aniqlagan.

Kasallik adrenalektomiyadan keyin bir necha oydan 20 yilgacha boʻlgan vaqt orasida paydo boʻladi.

Kortikosteroidlaring (kortizol) adenogipofiz kortikotroflariga ingibirlovchi tasiri natijasida paydo boʻladi. BUB olib tashlangandan soʻng gipotalamo-gipofizar soxa tomondan BUBni fiziologik tartibga oluvchi kunlik(sirkad) ritm buziladi. AKTG Kushing kasalligiga nisbatan ham baland boʻladi. Deksametazonning yuqori dozasida ham tushmaydi


@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2🔥1
Davomi...

❗️Nelson sindromi klinikasi:

- kasallikda Addisondagi kabi teri va shilliq qavatlarda giperpigmentatsiya kuzatiladi
- surunkali adrenal yetishmovchiligi
- AKTG ishlab chiqaruvchi gipofiz oʻsmalari (kortikotropinoma)
- oftalmologik va nevrologik kasalliklar

🔬Diagnostika
- 2 tomonlama adrenalektomiya oʻtkazilganligi
- gipofiz mikro-makroadenomasi
- AKTG darajasi ( adrenalektomiyadan avvalgiga nisbatan oʻsganligi )
- AKTG ning sutkalik sirkad ritmi yoʻqligi
- AKTG 200 - 3000 pg/ml boʻlishi

🩺Dif-diagnostika
Addison kasalligi bilan

📌Davolash

💊Dorilar bilan:

1.Serotonin blokatori - siprogeptadin
2.Dofamin sekretsiyasi stimulyatori - bromokriptin
3.Gipotalamusdagi GAMK sintezi stimulyatori - konvuleks

🧬Radiatsion davolash

Gamma, proton nurlari bilan nurlantirish

🔪Hirurgik davolash

Mikroadenomalarda asosan transfenoidal kiriladi
Makroadenomalarda esa transfrontal yondashuv qoʻllanadi.
Jarrohlikdan keyin ham kasallik qaytalanishi mumkin.

❄️Krioterapiya
Suyuq azot bilan qilinadi

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3🔥1🤔1
"Qayin" mashqi

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Bo'y o'stirishning oddiy, ammo juda samarali usuli - oyoqlarni ko'tarish. Bu son va umurtqa pog'onasining orqa qismini cho'zadi.

Yerga yoting, qo'llar tanangiz bo'ylab. Oyoqlarini yuqoriga ko'taring. Ular tekis bo'lishi kerak. Oyoq barmoqlarini shiftga yo'naltiring. Bunday holda, vazn tananing yuqori qismiga o'tishi kerak. Qo'llaringiz yerga, kaftlaringiz pastga tushishi mumkin, lekin siz ularni orqangizni qo'llab-quvvatlash uchun ham ishlatishingiz mumkin.

Ushbu pozitsiyani taxminan 1 daqiqa ushlab turishingiz kerak. Jami 10 ta takrorlash tavsiya etiladi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3🔥1
Juda zoʻr bilsam-da o'z sohamni men,
Devona yuragim bir o'git dedi:
"Havaskor yasagan Nuh kemasini...
"Titanik" - ustalar mahsuli edi!"

© Xayrulla Hamidov

@endocrinoo
👏5👍3💯1
Taekvondo usuli

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Ushbu o'sish mashqi Koreya taekvondo jang san'atidan olingan. U himoyaviy harakatga asoslangan. Uni amalga oshirish insondan yaxshi muvozanat va cho'zilishni talab qiladi.

To'g'ri turing, oyoqlaringizni birlashtiring, qo'llaringizni ko'kragingiz yaqinida mushtlarga bog'lang. Butun tanangizni yuqoriga cho'zing, bir vaqtning o'zida tizzada egilgan bir oyog'ingizni ko'taring. Oldinga siljiting. Harakatlarni 30 soniya davomida takrorlang. Shundan so'ng, xuddi shunday harakatlarni boshqa oyoq bilan bajaring.

@endocrinoo
👍2
Kalsiy almashinuvi fiziologiyasi

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Kalsiy organizmda asosiy minerallar bo‘lib, suyaklar va tishlarning shakllanishi, nerv impulslarini o‘tkazish, mushaklarning qisqarishi va boshqa ko‘plab fiziologik jarayonlarda muhim rol o‘ynaydi.

Bu minerallarning almashinuvi tanada murakkab tartibga soluvchi tizimlar orqali boshqariladi.

📌Kalsiyning asosiy funksiyalari quyidagilar:

🦴Suyak va tish to‘qimalari: Kalsiyning 99% suyaklarda va tishlarda saqlanadi.

🔗Nerv va mushak funksiyalari: Kalsiy nerv impulslarini o‘tkazishda va mushaklarning qisqarishida ishtirok etadi.

🩸Qon ivishi: Kalsiy trombotsitlar faoliyatini va ivish jarayonini ta'minlaydi.

Kalsiy almashinuvi quyidagi organlar orqali boshqariladi:

Ichaklar: Kalsiyning oziq-ovqatdan so‘rilishi.

Buyraklar: Kalsiyni qayta so‘rilishi va chiqarilishi.

Suyaklar: Kalsiy zaxiralarining saqlanishi yoki mobilizatsiyasi.

Regulyator gormonlar:

Paratgormon (PTG): Suyaklardan kalsiyni ajratadi va buyraklarda qayta so‘rilishini kuchaytiradi.

Kalsitonin: Suyaklardan kalsiy chiqishini kamaytiradi.

D vitamini: Kalsiyning ichakda so‘rilishini oshiradi.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3
Stomatitda hamma uchun qisqa va tushunarli retsept qoldiraman.

1.DIETA (shirin va qizil asosiysi)

2.Ramashka 0.5 stakan +
Stomatidin rastvor 5.0 ml
2-3 mahal tomoq chayish 5 kun

3.Dentashan gel
2-3 mahal ogizga ishlov beriladi

4.Protivovirusniy(Atsiklovir,anaferon) 1 tab 3 mahal ichadi 5 kun

5.Futsiz 50 (yoshiga qarab)
1 ta 1 mahal 3 kun

Qõshimcha agar ichi buzilgan bõlsa (kõp kuzatiladi) probiotik beramiz

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
3👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hazil_time

Yil erkagi😁😁😁

Buyuraman. Hamma qishloqqa shunday odamlardan tarqatilsin. Hurmat bilan tez yordam shifokori😁

@endocrinoo
😁8🔥1
Qalqonsimon bez nimani "yoqtirmaydi"

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Qalqonsimon bez nimalarni "yomon koʻradi"

Lor azolari kasalliklari masalan tish kasalliklari, sinusit, gaymorit va boshqa ogʻiz boʻshligʻi kasalliklarini.

Ushbu kasalliklarni darhol davolash kerak boʻladi.
Chunki bu organlar va qalqonsimon bez bitta umumiy limfa xovuzidan taminlanadi.

Qalqonsimon bez nimalarni "yaxshi koʻradi"

• Yod
• Temir
• Vitamin D
• Selen
• Vitamin A
• Magniy
• Sink

Ushbu mikroelement va vitaminlar defitsiti sababli autoimmun tireoidit, endemik buqoq, gipotireoz, gipertireoz, oʻtkir yoki nim oʻtkir tireoidit kelib chiqishi mumkin.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍7🔥1👏1
Birlamchi giperaldosteronizm ( Konn sindromi )

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Buyrak usti bezining oʻsmasi va giperplaziyasi sababli aldosteron sekretsiyasining oshishi.

🟥Buyrak usti aldosteromasi- BUB da oʻsma sababli (80%) paydo boʻladi.
0.3-1% hollarda karsinoma ham kuzatiladi.

🟥Idiopatik giperaldosteronizm - 2 tomonlama giperplaziya sababli kelib chiqadi.

🟥1 tomonlama BUB giperplaziyasi- kam uchraydi.

🟥Aldosteronning ektopirlangan ishlab chiqarilish shakli. BUB dan tashqari soxada qalqonsimon bez, tuxumdon, meda osti bezi, ichaklarda xosil boʻladi.

📌Patogenezi:

Aldosteron⬆️
Qonda Na⬆️ -o'ziga suv tortadi, AB ortadi
Qonda K⬇️ -siydikda esa K⬆️
Gipokaliyemiya sabab buyrak kanalchalari zararlanadi, poliuriya, polidipsiya, gipostenuriya rivojlanadi.

Davomi bor...

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
Davomi....

🟥Klinikasi:

1⃣Arterial gipertenziya
2⃣Gipokaliyemiya
3⃣Yurak va buyrak tomondan ortga qaytmas oʻzgarishlar kuzatiladi
4⃣Mushaklarda ogʻriq, xolsizlik, paresteziya, tirishish
5⃣Charchoq, ish qobiliyati pasayishi

🟦Diagnostika:

🩻KT, MRT
🩸Qonda kaliy 3.5-3.6 bazan 3 va 2 dan ham past boʻladi
🩸Qonda renin ⬇️ , aldosteron ⬆️

🟩Davolash:

💊Idiopatik BGA da dorilar bilan
1. Spironolakton
2. APF ingibitor
3. Ca kanal blokatori
4. Alfa 1 adrenoblokator
5. Glukokortikoid yetishmasligi boʻlsa deksametazon 0.5-1 mg/sutka tunda berishga

Qolgan turlarida davolash operativ

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
#analiz

🧬Follikulani stimullovchi (yetiltiruvchi) gormon (FSG)

Follikulostimulovchi (yetiltiruvchi) gormon (FSG) -gipofiz bezi ishlab chiqaradi. Organizmda FSG jinsiy bezlar faoliyatini boshqaradi: jinsiy xujayralar paydo boʻlishi va yetilishini (tuxum xujayra va spermatozoidlar) taminlaydi va ayollar jinsiy gormonlarni (estrogenlar) sintezida qatnashadi.

🙋‍♂Erkaklarda FSG urugʻ yo'llarini o'sishini taminlab qonda testosteron miqdorini koʻpaytiradi, spermatozoidlarni yetilishini va libidonini tezlashtiradi.

🙋‍♀Ayollarda FSG follikulalar shakllanishiga tasir qiladi. FSG ning yuqori darajasi ovuyatsiyaga olib keladi.

📊FSG me’yori:

Follikulyar boskichi: 3,0-12,0 mBR/l(mЕD/l)
Oʻrtacha bosqichi: 8,0-22,0
Lyutein bosqichi: 2,0-12,0
Menopauzadan so'ng: 35-151

🟢Agar gormon taxlili natijasida FSG me’yordan oshgan bo‘lsa, bu quydagi kasalliklarni bildirishi mumkin:
▪️jinsiy bezlar faoliyatining yetishmovchiligi
▪️alkogolizm
▪️orxit
▪️turli o‘smalar (gipofiz o‘smasi va boshqalar)


🟢FSGni pasayishi quydagilardan dalolat beradi:
▪️gipofiz yoki gipotalamus gipofunksiyasi
▪️amenoreya
▪️tuxumdonlar polikistozi sindromi
▪️semirish

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
2👍1
#analiz

Lyuteinlovchi gormon nima?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

LG - peptid gormon boʻlib gipofiz oldingi boʻlagidan sintezlanadi. FSG bilan birgalik reproduktiv tizim ishlashi uchun javobgardir.

🙋‍♀Ayollarda tuhumdonda esterogen stimulyatsiya qiladi, ovulyatsiya payti eng yuqori koʻrsatkichlarga yetadi.

🙋‍♂Erkaklarda Leydig hujayralari orqali testosteron ishlab chiqarilishini oshiradi.

Lg ortishi:⬆️
📌Erta menopauza
📌Gonada disgeneziya, Sindrom Turner
📌Sindrom Suayra
📌Kastratsiya
📌Tugʻma buyrak usti bezi giperplaziyasi
📌Tuhumdon gipofunksiyasi

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
2👍1