Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Botulizm haqida juda kerakli maʼlumotlar

Habarni yaqinlarga yuborish esdan chiqmasin

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1👏1
Botulizm - clostridium botulinum bakteriyasi ishlab chiqaradigan toksin tufayli yuzaga keladigan kam uchraydigan, ammo jiddiy kasallik.

Toksin mushaklar harakatini boshqaruvchi nervlarga tasir qilib, falajga olib kelishi mumkin. Agar o'z vaqtida davolanmasa, botulizm o'limga olib kelishi mumkin.

Botulizmning uchta asosiy turi mavjud:

Oziq-ovqat botulizmi: Bu botulizmning eng keng tarqalgan turi bo'lib, ifloslangan ovqatni iste'mol qilish natijasida yuzaga keladi. Toksin odatda noto'g'ri konservalangan yoki qayta ishlangan ovqatlarda rivojlanadi.

-Yara botulizmi: Botulizmning bu turi Clostridium botulinum bilan yara infektsiyasidan kelib chiqadi. Bakteriyalar teridagi jarohat orqali tanaga kirishi mumkin.

Chaqaloqlarda botulizm: Botulizmning bu turi Clostridium botulinum sporalari bilan ifloslangan asal yoki makkajoʻxori siropidan kelib chiqadi. Sporalar chaqaloqning ichaklarida unib chiqishi va toksin ishlab chiqarishi mumkin.

Botulizm belgilari odatda zararlangan ovqatni iste'mol qilgandan keyin 18-36 soat o'tgach boshlanadi, bazan 4 soatdan 8 kungacha boʻlgan vaqtda ham boshlanishi mumkin.

Simptomlar quyidagilarni o'z ichiga olishi mumkin:
❗️ Buyumlarni ikkita ko'rish
❗️Hira ko'rish
❗️Osilgan ko'z qovoqlari
❗️Yutish qiyinligi
❗️Duduqlanish
❗️Mushaklar kuchsizligi
❗️Falajlik
❗️Ko'ngil aynishi
❗️Qusish
❗️Qabziyat
❗️Diareya

Qish va konserva bankalar mavsumi. Bu kasallik tez tez uchrab turadigan kunlardamiz.

Kasallik belgilari aniqlanganda zudlik bilan yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qiling

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2🔥1👏1
#hazil_time

Alyooo bemor...
Kovid boʻlishdan avval sogʻlom boʻlganmisiz?

@endocrinoo
😁142👍1
Qandli diabet kasalligida ishlatiladigan dorilar.

1) Biguanidlar (metforminlar)
--- Metforminlar (Siofor, asformin, insufor, metfogamma, glyupa, glyukofaj, diaformin, metformin).

2) Sulfanilmochevina (SM)
---Diaglizid (diaglizid, diabeton MR, genezis, glikilazid, glikada).
---Glibenklamid (glibenklamid, maninil, glibeks).
---glimepirid (amaril, glimepirid, insuprid, oltar, glimaks).
---glipizid (minidiab, glibiniez).
---glikvidon (glyurenorm).

3) Tiozolidindionlar (TZD)
TZD larning nojo'ya ta'sirlari ko'pligi uchun O'zbekistonda deyarli ishlatilmaydi.

4) Dipeptidilpeptidaza-4 (DPP-4) ingibitorlari.
---sitagliptin (yanuvia, siglip)
---vildagliptin (galvus)
---saksagliptin (trajenta)
---alogliptin (vipidiya).

5) Glukopodopniy peptid-1 (GPP-1) agonistlari.
---liraglutid (viktoza)
---eksenatid (baeta )
---liksesenatid (liksumiya)
---dulaglutid (trulisiti)
---albiglyutid (empezan)

6) Natriy-glyukoza transporteri-2 (SGLT-2) ingibitorlari (gliflozinlar)
---empaglofilazin (djardins, diampa, emflazin)
---kanagloflozin (invokana)
---dapaglofilozin (forsiga)

7) Meglitid analoglari
---repaglind (novo Norm)
---nateglinid (starliks)


8) Kombinatsiyali dorilar
---amaril M (amaril-metformin)
---glimekomb (gliklazid-metformin)
--glibomer (glibenklamid-metformin)
---yanumet, siglip-M (sitagliptin-metformin)
---galvus-met ( vildagliptin-metformin)
---gliksambi (linagliptin-empaglofilozin)
---sinjardi (empaglifilozin-metformin)
---djentdueto (linagliptin-metformin)
---ksigdo prolong (dapaglofilozin-metformin)

P. S. Qandli diabet 1-tur va gestatsion (homiladorlik) diabetlarda bu dori vositalarini qo'llash mumkin emas.
Ular faqat insulin terapiya qilinadi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5👏1💯1
Qandli diabetda parxez uchun tavsiyalar

Dori vositasi tasir qilishi uchun albatta parxez boʻlishi shart

@endocrinoo
3👍1👏1🎉1
Yomg'ir suv holida bug'ga aylanib,
Ko'kdan suv holida qaytib tushyapti.
O'zgarmas qo'shiqdek sokin kuylanib,
Dardimni shitirlab aytib tushyapti.

Kunlar, unlar endi yotdir quyoshga,
Xatarli bir joyda xayollar surmoq.
Qizig'-a, g'amlaring quyilsa boshga,
Zo'r-a, dardlaringning ostida yurmoq?!

© Xayrulla Hamidov

@endocrinoo
👍7🎉3👏1😁1
Noto‘g‘ri uyqu rejimi shirinlikka bo‘lgan ehtiyojni oshiradi

Tadqiqotlarga ko‘ra, uyqusizlik va muntazam tartibsiz hayot rejimi tanadagi leptin va grelin muvozanatini buzilishiga olib keladi, bu esa shakarga bo‘lgan ishtiyoqni bir yarim baravar oshirishi mumkin

Yetarli uxlamaslik — kortizol va melatonin muvozanati buzilishiga olib keladi

Yechimi juda oddiy — har kuni kamida 6 soat ko‘pi bilan 8 soat va eng asosiysi 23:00 gacha uxlash kerak!

@endocrinoo
👍3👏2
Juma muborak boʻlsin 🌙

@endocrinoo
👍31
Tana faoliyatini nazorat qiluvchi 10 ta eng muhim gormonlar

Ular haqida qisqacha ⬇️

📌1. Qalqonsimon bez gormonlari
Qalqonsimon bez asosan tanadagi metabolizmni boshqarishga yordam beradigan ikkita gormonni chiqaradi (T4-T3)
U tanadagi ko'plab hayotiy jarayonlarni tartibga solishda muhim rol o'ynaydi.

📌2. Insulin
Ushbu gormon oshqozon osti bezi tomonidan chiqariladi.
Organizmga energiya uchun oziq-ovqat tarkibidagi uglevodlardan glyukoza yoki shakarni ishlatishga imkon beradi.
Bundan tashqari, qon shakar darajasini ushlab turishga yordam beradi.

📌3. Progesteron
Progesteron tuxumdonlarda, homiladorlik davrida platsentada va buyrak usti bezlarida ishlab chiqariladi.
U homiladorlikni saqlab qolishda muhim rol o'ynaydi, chunki u tanani kontseptsiya va homiladorlikka tayyorlashga yordam beradi va hayz davrini tartibga soladi.

📌4. Estrogen
• Ayol jinsiy gormoni ♀️
•U tuxumdondan chiqariladi
Ko'payish, hayz ko'rish va menopauza uchun javobgardir.
Tanadagi estrogenning ko'payishi ko'krak saratoni, bachadon saratoni va depressiya xavfini oshiradi.
Uning past darajalari akne, terining ingichkalashi va soch to'kilishiga olib keladi.

📌5. Testosteron
•Erkak gormoni‍♂️.
•Erkak jinsiy to'qimalarining rivojlanishida muhim rol o'ynaydi.
Ikkilamchi jinsiy xususiyatlarni yaxshilaydi, masalan, mushak va suyak massasining ko'payishi, tanadagi soch o'sishi va boshqalar.

📌6. Prolaktin
Bu gormon bola tug'ilgandan keyin gipofiz bezidan chiqariladi.
• Homiladorlik davrida prolaktin darajasi oshadi.

📌7. Serotonin
• Kayfiyatni ko'taruvchi gormon 🧠.
Bu o'rganish va xotira, uyqu, ovqat hazm qilish, kayfiyatni tartibga solish va mushaklarning ba'zi funktsiyalari bilan bog'liq.
Serotoninning past darajasi depressiya, migren, kilogramm ortishi va uyqusizlikka olib keladi.

📌8. Kortizol
Bu gormon buyrak usti bezlari tomonidan ishlab chiqariladi.U jismoniy va ruhiy stressni nazorat qilishga yordam beradi.
•Xavf tug‘ilganda yurak tezligini, qon bosimini va nafas olishni oshiradi.

📌9. Adrenalin
•Buyrak usti bezining medullasida va ayrim nerv hujayralarida ajralib chiqadi.
• Favqulodda gormon, chunki u tez reaktsiyani boshlaydi, metabolizm tezligini oshiradi va yurak va miyaga boradigan qon tomirlarini kengaytiradi.
Stressli vaziyatda adrenalin tezda qonga chiqariladi va organlarga o'ziga xos reaktsiya yaratish uchun signallar yuboradi.

📌10. O'sish gormoni
•Somatotropin gormoni sifatida ham tanilgan.
• Asosan 190 ta aminokislotadan iborat protein gormoni.
• Old gipofiz bezining hujayralari tomonidan chiqariladi.
•Reproduktiv hujayralarning o'sishini, yangilanishini va metabolizmni yaxshilaydi

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5👏1💯1
#analiz

IFR-1 nima?
(Somatomedin-C)

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

IFR-1 (insulinopodobny faktor rosta) insulinsimon oʻsish omili. 70 ta aminokislotadan iborat 7.6 kDa boʻlgan jigarda oʻsish gormoni taʼsirida sintezlanuvchi modda.
Tasiri: suyakning uzunasiga oʻsishini taʼminlash, shuningdek ichki organlarni ham.
Uning qondagi mavjudligi somatotrop gormonga nisbatan uzoq davom etadi va kun davomida ovqatdan soʻng oʻzgarmaydi. Miqdori yosh ortgan sari ortib boradi. 40 yoshda maksimalga yetadi.

IFR-1 miqdori kamayishi:
Somatostatin miqdori kamayadi
Somatotropin miqdori ortadi

IFR-1 miqdori ortishi:
Somatostatin miqdori ortadi
Somatotropin miqdori kamayadi

Insulin, androgen va estrogenlar IFR-1 miqdorini oshiradi.

Glukokortikoidlar esa IFR-1 miqdorini kamaytiradi.

Tajribalar shuni koʻrsatadiki IFR-1 miqdorini ortishi saraton xavfini oshiradi.
IFR-1 + ERITROPOETIN birgalikda esa insult xavfini kamaytiradi.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
👍5👏2
Naslimizda diabet yoʻq, menda ham boʻlmaydi !

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Albatta diabetda nasliylik faktori muhim rol oʻynaydi, lekin bu degani toʻliq shunga bogʻliq degani emas.

Masalan naslingizda diabet bor deylik, lekin siz sogʻlom turmush tarzida hayot kechirsangiz, semizlikka qarshi tura olgan holda semirmasangiz sizda diabet kelib chiqish havfi juda past boʻladi.

Meni naslimda diabet yoʻq degan holatda vazn yigʻishda davom etsangiz oʻsha naslda yoʻq diabetni aynan siz buzib berasiz.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5👏1💯1
Qandli diabetda qaysi ov...
Dr.Dilshod Tursunov
Qandli diabetda nimalar yeyish mumkin yoki nimalar mumkin emas ?

Shu savollarga qisqa javob va yoʻnalish

@endocrinoo
👍6👏1💯1
#hazil_time

Ahir dori ichsak tuzalib qolamizda😁

@endocrinoo
😁14
Toshkentda maktab oʻquvchilarining 2 nafarida sil kasalligi aniqlangan.

Ularda aniqlangan sil BK+ holatda (aktiv) boʻlib yaqinlariga hali yuqmagan boʻlgan.

Kasallik maktabda oʻtkazilgan rentgen tekshiruvida aniqlangan.

Hulosa:
Kasallik yosh tanlamaydi.
Har doim tekshiruvlardan qochmang.

@endocrinoo
💯8👍1
Birgina bizning tumanda 220 000 dan ortiq insonlar yashaydi va yiliga 150 ta atrofida sil aniqlanadi.

Oʻtgan yil davomida 96 nafar sil aniqlangan boʻlsa shulardan 46 nafarida BK+ (aktiv) holatda boʻlgan.

@endocrinoo
👏1💯1
#asorat

Oʻpka sili uchrashi ehtimoli 2-tip diabetda 4-11 barobar yuqori boʻlsa, 1-tip diabetda 5 barobar yuqori xisoblanadi sogʻlom insonlarga nisbatan.

O'pka sili uchrashi ehtimoli 1-tip diabet bilan kombinatsiyasi ko'proq erkaklarda, 2-toifa diabet bilan esa ayollarda uchraydi.

Qandli diabet bilan og'rigan erkaklar ayollarga qaraganda 3 baravar ko'proq sil kasalligini rivojlanish xavfiga ega.

Ko'pincha sil kasalligi og'ir holatlarda va diabetning uzoq muddatli dekompensatsiyasida rivojlanadi.
Qandli diabet o'rtacha 82% hollarda sildan oldin, ikkala kasallik bir vaqtning o'zida bemorlarning 8 foizida namoyon bo'ladi, 10% bemorlarda sil kasalligi diabetdan oldin boshlanadi.
Sil kasalligi ko'pincha 5 yildan ortiq diabet bilan og'rigan bemorlarda kuzatiladi.

Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing
Afsuski bu fakt

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1👏1🤔1💯1
#hazil_time

Bittasi "Gaz bo'lmasa benzin quyishsin!" desa, ikkinchisi "Gaz o'rniga elektr toki ishlatishsin" deydi.

Xaloyiq, pullaringiz boʻlmasa, dollar ishlating!

@endocrinoo
😁12🥰1
#hazil_time

Yeyishga noningiz yoʻq boʻlsa kolbasaga sariyogʻ surtib yeng

@endocrinoo
😁9👍41
Suzishning oʻsishdagi roli

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Suzish paytida butun tananing mushaklari ishlatiladi. Ular cho'ziladi va mustahkamlanadi. Muntazam jismoniy mashqlar bilan bolalarda ham, kattalarda ham o'sishi kuzatiladi.

Ushbu mashqning boshqa afzalliklari bor: umurtqa pog'onasini mustahkamlash, orqa, qo'l va oyoq mushaklarini rivojlantirish.

@endocrinoo
👍3🔥1
#hazil_time

Komentsiz 🔇 kulgu😁

@endocrinoo
😁9👍2