Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Boʻy oʻsishida sakrash mashqi

Ushbu mashq nafaqat o'sishga yordam beradi, balki kayfiyatni yaxshilaydi, oyoq mushaklarini kuchaytiradi va vazn yo'qotishga yordam beradi. Siz shunchaki joyga sakrashingiz yoki trambolin yoki arqondan foydalanishingiz mumkin.

Sakrashda siz bir vaqtning o'zida oyoqlaringizni yerdan ko'tarib, xuddi shu tarzda yerga tushishingiz kerak.

Ushbu mashq ortiqcha vaznga ega bo'lgan va tizza bo'g'imlari bilan bog'liq muammolarga duch kelgan odamlar uchun qarshi koʻrsatmadir.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2🔥1
#hazil_time

Sizga ham kerakmi 😁

@endocrinoo
👍7😁4🔥1
Oh naqadar yaxshisiz...

Hali hamon koʻplab bemorlar menda ichki buqoq bor shunga dori ichaman degan gapni aytadi.

Ularning taxlillariga qiziqsangiz na ultra tovush tekshiruvi na gormon taxlili bor.

Yanada qiziqib koʻrsangiz bemor shifokorim qoʻlida ushlab bilgan deydi.

Shu payt qani endi meni ham qoʻlim uzi, koʻzlarim rentgen boʻlib qolsa degim keladi.

Shunda men ham qalqonsimon bez oʻlchami, chegarasi, exogenligi, soyalanishi, diffuz oʻzgarishlari, qon oqimini "xis qilgan" bo'larmidim.

Vaqtingiz oʻtdi aziz eksponatlarim

Fikrlar subyektiv © Fayzullayev Jahongir

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍8😁3🔥1
#hazil_time

Xõõõõsh shundaymi aziz ayollar 😁

@endocrinoo
👍7😁5🏆2🔥1
Satellit ekspres glukometri test yaproqchasi (paloska) ishlatish muddati esa ishlab chiqaruvchi tomonidan idish ustki qismiga yozilgan boʻladi

(Rasmda koʻrsatilganidek)

@endocrinoo
👍31
O‘zbekistonda kuniga 10 ming qadam yuradigan fuqarolar yana rag‘batlantiriladi

Bu «O‘zbekiston - 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni muhofaza qilish va «yashil» iqtisodiyot yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi prezident Farmonida nazarda tutilgan. Hujjatga ko‘ra, Ekologiya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligiga 1 iyungacha «Bir million yashil oila» umummilliy harakati doirasida bir kun ichida kamida o‘n ming qadam bosib o‘tishni targ‘ib qilishni nazarda tutuvchi platformani ishga tushirish topshirildi.

Yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan shaxslarga «ekofaol fuqaro» maqomi beriladi. Ularga davlat xizmatlaridan foydalanishda, shuningdek, banklardan iste’mol krediti olishda (davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan) 10 foiz miqdorida chegirmalar taqdim etiladi. Voyaga yetgan barcha a’zolari «ekofaol fuqaro» maqomi berilgan oilalarga har yili lotereya orqali 14 ta elektromobil beriladi.
...................

Bir necha yillar avval bu ilova bor edi. Oʻsha paytlar ancha piyoda yurib davlatni bankrot qilib yuborgan edim. Ilova pul berishdan to'xtagan edi. Yana bankrot boʻlgisi keldi chogʻi 😂

@endocrinoo
😁14👍3🔥1
Boʻy oʻsishida oldinga egilishlar

Boldir-son mushaklarini cho'zish orqali odam oyoqlarini biroz uzaytirishi mumkin.

Boshlang'ich pozitsiyasi: tik turgan, orqa tekis, oyoqlari bir oz ajratilgan. Sekin-asta oldinga egilib, qo'llaringizni yerga tegizishga harakat qiling. Tizlaringizni egmang. Bu holatda 5 soniya turing va boshlang'ich pozitsiyasiga qayting. Bir nechta takrorlashni bajaring.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4🔥1
#hazil_time

Ichganmisiz 😁

@endocrinoo
😁131🔥1💯1
#hazil_time

Navbatchilikda turadiganlar biladi😂

@endocrinoo
😁14💯2👍1🤔1🎉1
Sindrom MEN-1 (Sindrom Vermer)
Ko'plab endokrin neoplaziyalar bo'lib - qalqon oldi bezi o'smasi, meda osti bezi o'smasi, adenoma gipofiz bilan namoyon bo'ladi.
Yaqqol kechganda giperparatireoz 97%,meda osti bezi o'smasi 80%,adenoma gipofiz 54% da uchraydi.

Birlamchi giperparatireoz sababli
Nefrolitiaz, nefrokalsinoz, osteopeniya, dispeptik belgilar, qabziyat, ozish, meda yarasi, depressiya, uyquchanlik kuzatiladi.
Diagnostikasi giperkalsiyemiya, PRT gormoni ortishi, giperkalsiyuriya, gipofosfatemiya.

Meda osti bezi o'smasida
Gastrinoma(25-60%),insulinoma,glukagonoma kuzatiladi.

Adenogipofiz o'smasi
Prolaktinoma, somatotropinoma yoki gormonal noaktiv o'sma uchrasa, kam hollarda kortikotropinoma uchraydi.

Davolash
Sporadik o'smani olib tashlash.
Giperparatireoz agar Zollinger Ellison kasalligi bilan birga kechsa meda sekretsiyasini pasaytirish uchun omeprazol qo'llab shundan so'ng subtotal yoki total paeatireoidektomiya qilinadi.
Shundan so'ng gastrinoma uchun operatsiya o'tkaziladi.
Bazan kasallik holatiga qarab operatsiya ketma ketligi o'zgarishi mumkin.

Kanalga azo bo'ling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
@endokrinolog_maslaxatii
👍1🔥1
🌺Insulin haqida nimalarni bilasiz?

Koʻpchilik “insulin“ soʻzini qandli diabet bilan bogʻlaydi va shu bilan insulin xaqida, tushuncha koʻpchilikda nixoyasiga yetadi. Insulin nima va u nima uchun bizga kerak?

◻️Insulin - oshqozon osti bezining maxsus hujayralarida ishlab chiqariladigan gormon. Insulin organizmga, qonda glyukoza miqdorini pasaytirish uchun kerak.

◼️Insulin ishlab chiqarilishi qondagi glyukoza darajasiga bogʻliq: glyukoza qonda qanchalik yuqori boʻlsa, insulin qonga shunchalik koʻp chiqadi.

◻️Qonda glyukoza miqdori, insulin glyukozalarni xujayra ichiga olib kirishi evaziga pasayadi.

🟧1-toifa qandli diabetda (insulinga bogʻliq) insulin ishlab chiqaradigan oshqozon osti bezi hujayralari tugʻma "yoʻq" boʻladi.

🟧2-toifa qandli diabetda (insulinga bogʻliq boʻlmagan) oshqozon osti bezi hujayralarida muammo boʻlmaydi. Biroq, insulinni sezuvchi toʻqimalarning hujayralari insulinga sezgirligini yoʻqotgan buladi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍82🔥1
🧂​Osh tuzi nima uchun yodlangan bo‘lishi zarur?

◽️Yod tanqisligi aqliy zaiflikning asosiy omilidir. Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili dunyoda 38 millionga yaqin bola yod tanqisligi xavfi bilan tug‘iladi.

◽️Qolaversa, bu modda yetishmasligi qalqonsimon bez va ovqat hazm qilish organlari faoliyati bilan bog‘liq turli jiddiy kasalliklarni keltirib chiqaradi.

🔹Osh tuzlarining saqlanish harorati 28 darajadan oshmasligi lozim. Qotib qolgan, nam tortgan, begona hidlarga ega bo‘lgan, yaroqlilik muddati o‘tgan, qadoqlari buzilgan osh tuzlarining foydali xususiyatlari yo‘qolgan bo‘ladi.

🔹Bunday mahsulotlarni iste’mol qilmaslikni tavsiya qilamiz

@endocrinoo
👍5🔥1
☕️ Maydalangan qahvalarda suvaraklar zarralari topildi — ular deyarli har bir qahva paketida topilgan.

Hasharotlar unga qahva donini yig’ish va qayta ishlash vaqtida tushishadi. AQSh Sog’liqni saqlash vazirligi har bir qadoqdagi qahvaning 10% qismi suvarak yoki boshqa hasharotlar bo’lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Suvaraklar o’zi sog’lom odam uchun zararli emas, ammo agar qisqichbaqasimonlarga allergiya bo’lsa, kasal bo’lish ehtimoli mavjud.

Postni qahva ichib o’qiyotganlarga hamdardlik bildiraman )

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍6🤔2💯1
Nega tungi ovqatlanish xavfli ?

Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Muntazam tungi ovqatlanish diabet xavfini oshiradi: tungi ovqatdan keyin qonda glukoza va insulin miqdori oshadi. Tez-tez qonda glukoza miqdori oshuvchilarda 2-tur qandli diabet rivojlanish xavfi 70% ga ortadi.

Tungi ovqatlanishning yana bir xavfi gipertenziya va yurak qon tomir xavfi oshishi hisoblanadi.

Ayollar uchun tungi turmush tarzi organizmning sirkad ritmini tartibga soluvchi melatonin gormonini buzadi. Yarim tundan keyin atigi 3 soatlik ish koʻkrak saratoni xavfini 12% ga oshiradi.
Agar tungi mehnat 10 soat boʻlsa bu xavf 80% ga yetadi.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2💯2
Sayyid ul ayyom hajjul masokin juma muborak 🌙

@endocrinoo
🔥31👏1
Bugun juma , doʻstlar , tong-la yumushim,
Quyoshning oʻrniga boqishim boʻldi.
Tarqadi jamiki gʻamu tashvishim,
Hammasi joyida, u sharqdan kuldi.

@endocrinoo
🔥5👍21
O‘liklar qabrlarida mahbus hollarida tirikligida qilgan (nojo‘ya) ishlaridan ming pushaymondirlar.

Tiriklar esa dunyoda turib qabr ahllari ming pushaymon qilayotgan ishlarda qirpichoq bo‘lmoqdalar.
O‘liklar qaytmaydilar, tiriklar esa ibrat olmaydilar.

Yo Allohim! Bizni g‘aflatdan uyg‘ot».

Shayx Sha’roviy rahimahulloh

@endocrinoo
14💯2
Tungi ochlikda nimalar qilish kerak ?

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

1. Kechki ovqatni oʻtkazib yubormang. Kuniga 3 mahal ovqatlansangiz shulardan 1tasi taom 2tasi gazak boʻlishi kerak.

2. Koʻp suv iching. Bu chanqoq va ochlikni yengishda yechim boʻlishi mumkin. Kunlik tavsiya 8 stakan suv.

3. Kechki gazak qabul qiling. Kechki ovqatdan soʻng har kuni gazak boʻlishi taminlang. Bunda ochlik paydo boʻlishini kutmang.

4. Nosogʻlom gazakdan yiroq boʻling. Fast-food, shirinliklar, rangli suvlar bunga misol boʻladi.

5. Choy ichish. Bu orqali ochlikni yengish va kayfiyat ulashishi mumkin.

6. Tishlaringizni yuving. Bu orqali siz miyaga yotish vaqti boʻlgani haqida signal yuborasiz.

7. Oziq ovqat jurnalini saqlang. Bu orqali siz zararli ovqatlar haqida maʼlumot olasiz.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍41💯1