Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Men Vatanni bir qizday sevdim. Orziqish bilan, qizg'anish, g'uborsiz, goh hirs, goh maqtanchoqlik, goh mudroq, goh uyg'oqlik bilan, neki illatlar bor, neki ezguliklar, bari-bari bilan muhabbat qo'ydim.
Bu g'aroyib sevgi tarixi esa uzundan-uzun hikoyadir.

14-yanvar Vatan himoyachilari kuni 🇺🇿

@endocrinoo
👍62🔥1😁1
Leytenant
Yulduz Abdullayeva
#music_time

Bir qarab oʻting bizga leytenant

@endocrinoo
👍2🔥1
Boʻy oʻsishida "Kobra" mashqi

Orqani mustahkamlash va qorin, ko'krak va elka mushaklarini cho'zish uchun kobra mashqlari tavsiya etiladi. U rasmdagidek holatda amalga oshiriladi.

Sizning kaftlaringiz yelkangiz ostidagi yerga qo'yilishi kerak. Qo'llaringizni cho'zgan holda yuqori tanangizni ko'taring. Shu bilan birga, boshingizni orqaga eging.
Ushbu pozitsiyani 30 soniya ushlab turishingiz kerak. Keyin boshlang'ich pozitsiyasiga qayting va mashqni yana bir necha marta takrorlang.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4🔥1
Accu-chek glukometrida ishlatiluvchi test yaproqcha (paloska) ning ishlash muddati 18-21 oy.

@endocrinoo
🔥1
Boʻy oʻsishda "Osmonga ko'tarilish" mashqi

Cho'zishga asoslangan balandlikni oshirish uchun yana bir samarali mashq. Qo'l, orqa, bo'yin va qorin mushaklari ishtirok etadi.

Oyoqlaringizni birlashtirib, tekis turing. Qo'llaringizni erga parallel qo'ying va ularni asta-sekin oldinga, keyin esa yuqoriga ko'taring. Butun tanangizni osmonga cho'zing, lekin oyoqlaringizni yerdan ko'tarmang. Nafas olishni kuzatish juda muhimdir. Bu tinch va chuqur bo'lishi kerak. Burun orqali nafas oling, og'iz orqali nafas chiqaring. Boshingizni tekis ko'taring, kaftlaringizga qarang. Nafas olayotganda nafasingizni ushlab turing, asta-sekin boshlang'ich pozitsiyasiga qayting va og'zingizdan nafas oling. Keyin mashqni yana bir necha marta takrorlang.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3
Tungi ochlik haqida

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Insonning tabiiy bioritmlari shunday tuzilganki , tun ovqat hazm qilish uchun moʻljallanmagan.
Kechasi odam uhlaganda tana oʻz funksiyalarini tiklaydi, oʻzini tartibga soladi, kasalliklarga qarshi kurashadi.

Miya faoliyati sekinlashadi. Barcha azolar minimal energiya bilan ishlaydi. Siz esa bu vaqtda tanangizni ovqat hazm qilishga majburlashingiz eng kamida yaxshi dam olishingizga qarshilik qiladi. Boshqa zararli taraflari esa aytsa kitob boʻladi

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍8
Endokrinolog maslahati 📄✍️
Andijonda 5 erkak oʻzlariga uzoq umr tilab ichgan aroqlari sababli vafot etibdi... Tugadi ! @endocrinoo
Samarqandda 10 nafar erkak oʻziga sogʻlik tilab aroq ichishgan. Duolari ijobat boʻlmagan

Tugadi...

@endocrinoo
😁11
Boʻy oʻsishida sakrash mashqi

Ushbu mashq nafaqat o'sishga yordam beradi, balki kayfiyatni yaxshilaydi, oyoq mushaklarini kuchaytiradi va vazn yo'qotishga yordam beradi. Siz shunchaki joyga sakrashingiz yoki trambolin yoki arqondan foydalanishingiz mumkin.

Sakrashda siz bir vaqtning o'zida oyoqlaringizni yerdan ko'tarib, xuddi shu tarzda yerga tushishingiz kerak.

Ushbu mashq ortiqcha vaznga ega bo'lgan va tizza bo'g'imlari bilan bog'liq muammolarga duch kelgan odamlar uchun qarshi koʻrsatmadir.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2🔥1
#hazil_time

Sizga ham kerakmi 😁

@endocrinoo
👍7😁4🔥1
Oh naqadar yaxshisiz...

Hali hamon koʻplab bemorlar menda ichki buqoq bor shunga dori ichaman degan gapni aytadi.

Ularning taxlillariga qiziqsangiz na ultra tovush tekshiruvi na gormon taxlili bor.

Yanada qiziqib koʻrsangiz bemor shifokorim qoʻlida ushlab bilgan deydi.

Shu payt qani endi meni ham qoʻlim uzi, koʻzlarim rentgen boʻlib qolsa degim keladi.

Shunda men ham qalqonsimon bez oʻlchami, chegarasi, exogenligi, soyalanishi, diffuz oʻzgarishlari, qon oqimini "xis qilgan" bo'larmidim.

Vaqtingiz oʻtdi aziz eksponatlarim

Fikrlar subyektiv © Fayzullayev Jahongir

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍8😁3🔥1
#hazil_time

Xõõõõsh shundaymi aziz ayollar 😁

@endocrinoo
👍7😁5🏆2🔥1
Satellit ekspres glukometri test yaproqchasi (paloska) ishlatish muddati esa ishlab chiqaruvchi tomonidan idish ustki qismiga yozilgan boʻladi

(Rasmda koʻrsatilganidek)

@endocrinoo
👍31
O‘zbekistonda kuniga 10 ming qadam yuradigan fuqarolar yana rag‘batlantiriladi

Bu «O‘zbekiston - 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni muhofaza qilish va «yashil» iqtisodiyot yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi prezident Farmonida nazarda tutilgan. Hujjatga ko‘ra, Ekologiya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligiga 1 iyungacha «Bir million yashil oila» umummilliy harakati doirasida bir kun ichida kamida o‘n ming qadam bosib o‘tishni targ‘ib qilishni nazarda tutuvchi platformani ishga tushirish topshirildi.

Yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan shaxslarga «ekofaol fuqaro» maqomi beriladi. Ularga davlat xizmatlaridan foydalanishda, shuningdek, banklardan iste’mol krediti olishda (davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan) 10 foiz miqdorida chegirmalar taqdim etiladi. Voyaga yetgan barcha a’zolari «ekofaol fuqaro» maqomi berilgan oilalarga har yili lotereya orqali 14 ta elektromobil beriladi.
...................

Bir necha yillar avval bu ilova bor edi. Oʻsha paytlar ancha piyoda yurib davlatni bankrot qilib yuborgan edim. Ilova pul berishdan to'xtagan edi. Yana bankrot boʻlgisi keldi chogʻi 😂

@endocrinoo
😁14👍3🔥1
Boʻy oʻsishida oldinga egilishlar

Boldir-son mushaklarini cho'zish orqali odam oyoqlarini biroz uzaytirishi mumkin.

Boshlang'ich pozitsiyasi: tik turgan, orqa tekis, oyoqlari bir oz ajratilgan. Sekin-asta oldinga egilib, qo'llaringizni yerga tegizishga harakat qiling. Tizlaringizni egmang. Bu holatda 5 soniya turing va boshlang'ich pozitsiyasiga qayting. Bir nechta takrorlashni bajaring.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4🔥1
#hazil_time

Ichganmisiz 😁

@endocrinoo
😁131🔥1💯1
#hazil_time

Navbatchilikda turadiganlar biladi😂

@endocrinoo
😁14💯2👍1🤔1🎉1
Sindrom MEN-1 (Sindrom Vermer)
Ko'plab endokrin neoplaziyalar bo'lib - qalqon oldi bezi o'smasi, meda osti bezi o'smasi, adenoma gipofiz bilan namoyon bo'ladi.
Yaqqol kechganda giperparatireoz 97%,meda osti bezi o'smasi 80%,adenoma gipofiz 54% da uchraydi.

Birlamchi giperparatireoz sababli
Nefrolitiaz, nefrokalsinoz, osteopeniya, dispeptik belgilar, qabziyat, ozish, meda yarasi, depressiya, uyquchanlik kuzatiladi.
Diagnostikasi giperkalsiyemiya, PRT gormoni ortishi, giperkalsiyuriya, gipofosfatemiya.

Meda osti bezi o'smasida
Gastrinoma(25-60%),insulinoma,glukagonoma kuzatiladi.

Adenogipofiz o'smasi
Prolaktinoma, somatotropinoma yoki gormonal noaktiv o'sma uchrasa, kam hollarda kortikotropinoma uchraydi.

Davolash
Sporadik o'smani olib tashlash.
Giperparatireoz agar Zollinger Ellison kasalligi bilan birga kechsa meda sekretsiyasini pasaytirish uchun omeprazol qo'llab shundan so'ng subtotal yoki total paeatireoidektomiya qilinadi.
Shundan so'ng gastrinoma uchun operatsiya o'tkaziladi.
Bazan kasallik holatiga qarab operatsiya ketma ketligi o'zgarishi mumkin.

Kanalga azo bo'ling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
@endokrinolog_maslaxatii
👍1🔥1
🌺Insulin haqida nimalarni bilasiz?

Koʻpchilik “insulin“ soʻzini qandli diabet bilan bogʻlaydi va shu bilan insulin xaqida, tushuncha koʻpchilikda nixoyasiga yetadi. Insulin nima va u nima uchun bizga kerak?

◻️Insulin - oshqozon osti bezining maxsus hujayralarida ishlab chiqariladigan gormon. Insulin organizmga, qonda glyukoza miqdorini pasaytirish uchun kerak.

◼️Insulin ishlab chiqarilishi qondagi glyukoza darajasiga bogʻliq: glyukoza qonda qanchalik yuqori boʻlsa, insulin qonga shunchalik koʻp chiqadi.

◻️Qonda glyukoza miqdori, insulin glyukozalarni xujayra ichiga olib kirishi evaziga pasayadi.

🟧1-toifa qandli diabetda (insulinga bogʻliq) insulin ishlab chiqaradigan oshqozon osti bezi hujayralari tugʻma "yoʻq" boʻladi.

🟧2-toifa qandli diabetda (insulinga bogʻliq boʻlmagan) oshqozon osti bezi hujayralarida muammo boʻlmaydi. Biroq, insulinni sezuvchi toʻqimalarning hujayralari insulinga sezgirligini yoʻqotgan buladi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍82🔥1