Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Konservalangan gilos 🍒 ko'pincha qo'shimcha shakarni 🧂o'z ichiga oladi.

Siropga solingan 1 stakan konservalangan gilosda taxminan 60 gramm uglevodlar mavjud.

@endocrinoo
👍1🔥1
Kayfiyat tana vazniga taʼsir qiladimi?

Agar kayfiyatingiz tushkun boʻlsa vazn ortishi ehtimoli ortadi, agar yaxshi yoki yuqori boʻlsa ortiqcha vazn chekinadi.

Organizm stress vaqtida boshqa biror narsadan rohatlanishni xohlaydi va bu holatda koʻpincha koʻproq ovqatlanib qoʻyadi, yaʼni shundan lazzat olgisi keladi. Bu esa semirishga sabab boʻladi. Baʼzi ayollarda esa erining eʼtiborsizligi va xohlaganidek sevilmasligi sabab vazn ortish holati kuzatiladi.

Shuning uchun kayfiyatni koʻtaring, miyangizdagi boshqalarga nisbatan nafrat tuygʻusini yaxshi koʻrish, muhabbat tuygʻusiga oʻzgartiring!
Yaxshi koʻrsangiz yaxshi koʻrilasiz ...

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4😁2🔥1
Qandli diabeti bor bemorlar oyoqlar parvarishida nimalarga eʻtibor berishi kerak?

✔️ Har kuni oyoqlar terisi va tirnoqlarni ko'zdan kechiring;
✔️ Doimo iliq suvda yuvib, barmoqlar orasini ham sochiq yordamida quriting;
✔️ yumshatuvchi kremlardan foydalaning, barmoqlar orasi bundan mustasno;
✔️ Tirnoqlarni jarohat etadigan darajada tagidan olmang;
✔️ Qadoqlarni mustaqil davolamang;
✔️ Paxtali matodan, alohida diabetlar uchun paypoqlardan foydalaning va har kuni almashtiring;
✔️Poyabzalingizni kiyishdan avval uning ichida yot narsalar yo'qligini tekshiring;
✔️ Yalangoyoq yurmang,
✔️ Chekmang.

Shifokoringizga uchrashib, qondagi glyukoza miqdorini nazorat qiling

@endocrinoo
👍5🔥1
#asorat

Diabetik retinopatiya

Qandli diabetda rivojlanuvchi koʻz simptomi boʻlib 3 ta darajasi mavjud.

Noproliferativ
Preproliferativ
Proliferativ

Kechishida jarayon oʻgʻirlashib koʻz qon tomirlarida tromb , mikroanevrizmlar hosil boʻlib boradi. Toʻr parda koʻchishi, qon tomirlar yanada ortib borishi sababli hatto ko'rlikka olib boradi.

Oldini olish : qondagi qand miqdorini meʼyorda saqlashga urinish , tashqi taʼsirlardan saqlash zarur boʻladi.

Davolash kechki bosqichlarda lazerkoagulyatsiya qilish va yangi qon tomir va tromb hosil boʻlishini oldini olishga qaratiladi

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5👏1
Tugunli buqoq
Qalqonsimon bez ichidagi patologik hosila boʻlib atrofdagi toʻqimadan parenximasi bilan farq qiladi.

Kelib chiqishi:
Yod yetishmovchiligi eutireoid buqoq rivojlanishining atigi bitta bo'lsada, lekin juda ahamiyatli sabablaridan biri.

Bundan tashqari bu kasallik etiologiyasida quyidagi sabablar ham yotgan bo'lishi mumkin:
--yodning ichakda so'rilishining buzilishi,
--bir xildagi asosan zobogen effektli mahsulotlar bilan ovqatlanish,
--zobogen samarali dori vositalari qabul qilish,
--tireoid gormonlar sintezi va metabolizmida qatnashuvchi fermentlar nuqsoni va boshqalar.

Paypaslab koʻrilganda meyordagidek koʻringan qalqonsimon bez UTT qilinganda 50% hollarda tugun borligi aniqlangan. Yani diagnostikada UTT muhim ahamiyat kasb etadi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1👏1
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni 🇺🇿
Bayramim bilan

@endocrinoo
👍10😁4🔥2
Men Vatanni bir qizday sevdim. Orziqish bilan, qizg'anish, g'uborsiz, goh hirs, goh maqtanchoqlik, goh mudroq, goh uyg'oqlik bilan, neki illatlar bor, neki ezguliklar, bari-bari bilan muhabbat qo'ydim.
Bu g'aroyib sevgi tarixi esa uzundan-uzun hikoyadir.

14-yanvar Vatan himoyachilari kuni 🇺🇿

@endocrinoo
👍62🔥1😁1
Leytenant
Yulduz Abdullayeva
#music_time

Bir qarab oʻting bizga leytenant

@endocrinoo
👍2🔥1
Boʻy oʻsishida "Kobra" mashqi

Orqani mustahkamlash va qorin, ko'krak va elka mushaklarini cho'zish uchun kobra mashqlari tavsiya etiladi. U rasmdagidek holatda amalga oshiriladi.

Sizning kaftlaringiz yelkangiz ostidagi yerga qo'yilishi kerak. Qo'llaringizni cho'zgan holda yuqori tanangizni ko'taring. Shu bilan birga, boshingizni orqaga eging.
Ushbu pozitsiyani 30 soniya ushlab turishingiz kerak. Keyin boshlang'ich pozitsiyasiga qayting va mashqni yana bir necha marta takrorlang.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4🔥1
Accu-chek glukometrida ishlatiluvchi test yaproqcha (paloska) ning ishlash muddati 18-21 oy.

@endocrinoo
🔥1
Boʻy oʻsishda "Osmonga ko'tarilish" mashqi

Cho'zishga asoslangan balandlikni oshirish uchun yana bir samarali mashq. Qo'l, orqa, bo'yin va qorin mushaklari ishtirok etadi.

Oyoqlaringizni birlashtirib, tekis turing. Qo'llaringizni erga parallel qo'ying va ularni asta-sekin oldinga, keyin esa yuqoriga ko'taring. Butun tanangizni osmonga cho'zing, lekin oyoqlaringizni yerdan ko'tarmang. Nafas olishni kuzatish juda muhimdir. Bu tinch va chuqur bo'lishi kerak. Burun orqali nafas oling, og'iz orqali nafas chiqaring. Boshingizni tekis ko'taring, kaftlaringizga qarang. Nafas olayotganda nafasingizni ushlab turing, asta-sekin boshlang'ich pozitsiyasiga qayting va og'zingizdan nafas oling. Keyin mashqni yana bir necha marta takrorlang.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3
Tungi ochlik haqida

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Insonning tabiiy bioritmlari shunday tuzilganki , tun ovqat hazm qilish uchun moʻljallanmagan.
Kechasi odam uhlaganda tana oʻz funksiyalarini tiklaydi, oʻzini tartibga soladi, kasalliklarga qarshi kurashadi.

Miya faoliyati sekinlashadi. Barcha azolar minimal energiya bilan ishlaydi. Siz esa bu vaqtda tanangizni ovqat hazm qilishga majburlashingiz eng kamida yaxshi dam olishingizga qarshilik qiladi. Boshqa zararli taraflari esa aytsa kitob boʻladi

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍8
Endokrinolog maslahati 📄✍️
Andijonda 5 erkak oʻzlariga uzoq umr tilab ichgan aroqlari sababli vafot etibdi... Tugadi ! @endocrinoo
Samarqandda 10 nafar erkak oʻziga sogʻlik tilab aroq ichishgan. Duolari ijobat boʻlmagan

Tugadi...

@endocrinoo
😁11
Boʻy oʻsishida sakrash mashqi

Ushbu mashq nafaqat o'sishga yordam beradi, balki kayfiyatni yaxshilaydi, oyoq mushaklarini kuchaytiradi va vazn yo'qotishga yordam beradi. Siz shunchaki joyga sakrashingiz yoki trambolin yoki arqondan foydalanishingiz mumkin.

Sakrashda siz bir vaqtning o'zida oyoqlaringizni yerdan ko'tarib, xuddi shu tarzda yerga tushishingiz kerak.

Ushbu mashq ortiqcha vaznga ega bo'lgan va tizza bo'g'imlari bilan bog'liq muammolarga duch kelgan odamlar uchun qarshi koʻrsatmadir.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2🔥1
#hazil_time

Sizga ham kerakmi 😁

@endocrinoo
👍7😁4🔥1
Oh naqadar yaxshisiz...

Hali hamon koʻplab bemorlar menda ichki buqoq bor shunga dori ichaman degan gapni aytadi.

Ularning taxlillariga qiziqsangiz na ultra tovush tekshiruvi na gormon taxlili bor.

Yanada qiziqib koʻrsangiz bemor shifokorim qoʻlida ushlab bilgan deydi.

Shu payt qani endi meni ham qoʻlim uzi, koʻzlarim rentgen boʻlib qolsa degim keladi.

Shunda men ham qalqonsimon bez oʻlchami, chegarasi, exogenligi, soyalanishi, diffuz oʻzgarishlari, qon oqimini "xis qilgan" bo'larmidim.

Vaqtingiz oʻtdi aziz eksponatlarim

Fikrlar subyektiv © Fayzullayev Jahongir

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍8😁3🔥1
#hazil_time

Xõõõõsh shundaymi aziz ayollar 😁

@endocrinoo
👍7😁5🏆2🔥1