Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Osilish mashqi

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Ushbu mashq butun tananing mushaklarini o'z vazningiz bilan cho'zish orqali bo'yingizni oshirishga imkon beradi.
Oyoqlaringiz yerga tegmasligi uchun uning balandligi sizning balandligingizdan balandroq bo'lishi kerak.

Turnikni mahkam ushlaganingizdan so'ng, siz tanangizni bo'shashtirishingiz va 30 soniya davomida osilishingiz kerak. Mashqni kuniga 3 marta takrorlashingiz kerak.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
Selen (Se) yetishmasligi


Selen elementi — qalqonsimon bez va immun tizimini normal ishlashi uchun muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, u Ye vitamini bilan birgalikda organizmni antioksidant himoya qilish jarayonlarida ishtirok etib, hujayralarni shikastlanishdan himoya qiladi. Uning yetishmasligi ateroskleroz, miokard infarkti, saraton kasalligi xavfini oshiradi, temir va yod yetishmasligi kuzatiladi (selen ularning kofaktori hisoblanadi) odatda autoimmun tireoidit bilan birga kechadi.

✓ Selen tanani ogʻir metallar va mishyakdan himoya qiladi (ularni antagonisti hisoblanadi).

✓ Selen ayniqsa, homiladorlik asoratlarini oldini olish uchun farzand rejalashtirishda erkaklarga kerakli element.

📌 Organizmda yaxshi soʻriladigan formalari: selenometionin va se-metil-L-selenosistein (dorixonalardan soʻrang).

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
Sayyid ul ayyom
Hajjul masokin juma muborak 🌙

@endocrinoo
👍6🔥1
"O‘tganingizdan keyin namozga uyg‘otgan kishilaringiz, shirinso‘zingiz bilan yupanch bo‘lganlaringiz, yashirin nasihat qilganlaringiz yoki samimiylik bilan boqqanlaringiz sizni izlashadi.

Shunday ekan, dunyoda musofir kabi bo‘ling. Ortingizda chiroyli izlar qolsin!".

@endocrinoo
10👍2🔥1
Bir oyoqqa sakrash

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Boʻy oʻsishida foydali mashqlardan yana bir bu bir oyoqda sakrashdir.

Qorin va pastki tananing mushaklarini rivojlantirish va mustahkamlash uchun oyoq mashqlari, ayniqsa sakrash tavsiya etiladi.

To'g'ri turing, qo'llaringizni yuqoriga ko'taring. O'ng oyog'ingizni tizzangizga buking. 10 ta sakrashni bajaring. Keyin o'ng oyog'ingizda turing, chap tizzangizni egib, yana 10 ta sakrashni bajaring.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5🔥1
🐼Semizlik va 💪testosteron

Testosteron — asosiy erkaklik gormoni hisoblanadi. Ushbu gormon etishmasligi oqibatida erkaklarda sababsiz semirish paydo bo'ladi. 
Agar ovqatlanish rejimiga amal qilmay, ortiqcha taomlanilsa semizlik rivojlanadi, qorin va bel sohasida (visseral) yog'lar yig'ila boshlaydi va bu yog'lar testosteronni emiradi, aktivligini va miqdorini kamaytiradi.

Eʻtibor bergan bo'lsangiz, birinchi holatda testosteron etishmasligi sabab semirish kuzatilgan bo'lsa, ikkinchi holatda semirish sabab testoteron miqdori pasaymoqda.

Agar sababsiz semirish, libido pasayishi, jinsiy zaiflik kuzatilsa testosteronni ko'paytiruvchi mahsulotlar isteʻmolini va jismoniy yuklamani ko'paytirish kerak. 

Testosteronni ko'paytiruvchi eng yaxshi mahsulotlar:
• Zanjabil (imbir)
• Ustrisa
• Anor, anjir, banan
• Vitamin D ga boy mahsulotlar 
• Sinkka boy mahsulotlar 
• Achchiq qalampir
• Sarimsoq (chesnok)
• qo'y yog'i va baliq yog'i
• Sholg'om
• Zaytun moyi (olivkovoe)
• Yong'oqlar
• Qora shokolad
• Sut va sut mahsulotlari
• Go'sht va go'sht mahsulotlari

Bundan tashqari:
- Sog'lom uyqu (7-8 soat)
- Stressni kamaytirish

Testosteronni kamaytiruvchi mahsulotlar:
• Qayta ishlangan mahsulotlar
• Konserva mahsulotlari
• Alkogol
• Gazlangan rangli ichimliklar
• Transyog'lar 
• Shakar, tuz
• Fastfudlar

Bundan tashqari:
- Semizlik
- Gipodinamiya
- Stress, tushkunlik
- Nosog'lom ovqatlanish

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3🔥1
Mavzudan tashqari

Fransiyaning Lans klubida toʻp tepa yotgan oʻzbek yigiti Abduqodir Husanov endi Angliya premyer ligasi liderlaridan biri Manchester City sharafini ximoya qiladi.
Futbolchimiz transferi 40 mln yevroga baholandi. Bunaqa narx hali oʻrta Osiyo va nafaqat Osiyoda ham boʻlmagan.

Tabriklaymiz 🎉

@endocrinoo
👍131🔥1
Glikemik indeksi yuqori mahsulotlar haqida poster

Diabet haqida bilimga ega inson unga qarshi kurashishda gʻalaba qila oladi.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3🔥1
Yon tomonga egilish

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Bo'yingizni oshirish uchun siz nafaqat mushaklaringizni kuchaytirishingiz, balki ularning elastikligini ham oshirishingiz kerak. Bunda cho'zish mashqlari yordam beradi.

To'g'ri turing, oyoqlaringizni birlashtiring, qo'llaringizni yuqoriga ko'taring va ularni bir-biriga bog'lang. Sekin-asta tanangizni chapga egib, 20 soniya ushlab turing. Boshlang'ich pozitsiyasiga qayting va keyin o'ngga egilib turing. Mashqni kamida 10 marta takrorlang.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍31👏1
👍3🎉1💯1
Konservalangan gilos 🍒 ko'pincha qo'shimcha shakarni 🧂o'z ichiga oladi.

Siropga solingan 1 stakan konservalangan gilosda taxminan 60 gramm uglevodlar mavjud.

@endocrinoo
👍1🔥1
Kayfiyat tana vazniga taʼsir qiladimi?

Agar kayfiyatingiz tushkun boʻlsa vazn ortishi ehtimoli ortadi, agar yaxshi yoki yuqori boʻlsa ortiqcha vazn chekinadi.

Organizm stress vaqtida boshqa biror narsadan rohatlanishni xohlaydi va bu holatda koʻpincha koʻproq ovqatlanib qoʻyadi, yaʼni shundan lazzat olgisi keladi. Bu esa semirishga sabab boʻladi. Baʼzi ayollarda esa erining eʼtiborsizligi va xohlaganidek sevilmasligi sabab vazn ortish holati kuzatiladi.

Shuning uchun kayfiyatni koʻtaring, miyangizdagi boshqalarga nisbatan nafrat tuygʻusini yaxshi koʻrish, muhabbat tuygʻusiga oʻzgartiring!
Yaxshi koʻrsangiz yaxshi koʻrilasiz ...

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4😁2🔥1
Qandli diabeti bor bemorlar oyoqlar parvarishida nimalarga eʻtibor berishi kerak?

✔️ Har kuni oyoqlar terisi va tirnoqlarni ko'zdan kechiring;
✔️ Doimo iliq suvda yuvib, barmoqlar orasini ham sochiq yordamida quriting;
✔️ yumshatuvchi kremlardan foydalaning, barmoqlar orasi bundan mustasno;
✔️ Tirnoqlarni jarohat etadigan darajada tagidan olmang;
✔️ Qadoqlarni mustaqil davolamang;
✔️ Paxtali matodan, alohida diabetlar uchun paypoqlardan foydalaning va har kuni almashtiring;
✔️Poyabzalingizni kiyishdan avval uning ichida yot narsalar yo'qligini tekshiring;
✔️ Yalangoyoq yurmang,
✔️ Chekmang.

Shifokoringizga uchrashib, qondagi glyukoza miqdorini nazorat qiling

@endocrinoo
👍5🔥1
#asorat

Diabetik retinopatiya

Qandli diabetda rivojlanuvchi koʻz simptomi boʻlib 3 ta darajasi mavjud.

Noproliferativ
Preproliferativ
Proliferativ

Kechishida jarayon oʻgʻirlashib koʻz qon tomirlarida tromb , mikroanevrizmlar hosil boʻlib boradi. Toʻr parda koʻchishi, qon tomirlar yanada ortib borishi sababli hatto ko'rlikka olib boradi.

Oldini olish : qondagi qand miqdorini meʼyorda saqlashga urinish , tashqi taʼsirlardan saqlash zarur boʻladi.

Davolash kechki bosqichlarda lazerkoagulyatsiya qilish va yangi qon tomir va tromb hosil boʻlishini oldini olishga qaratiladi

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5👏1
Tugunli buqoq
Qalqonsimon bez ichidagi patologik hosila boʻlib atrofdagi toʻqimadan parenximasi bilan farq qiladi.

Kelib chiqishi:
Yod yetishmovchiligi eutireoid buqoq rivojlanishining atigi bitta bo'lsada, lekin juda ahamiyatli sabablaridan biri.

Bundan tashqari bu kasallik etiologiyasida quyidagi sabablar ham yotgan bo'lishi mumkin:
--yodning ichakda so'rilishining buzilishi,
--bir xildagi asosan zobogen effektli mahsulotlar bilan ovqatlanish,
--zobogen samarali dori vositalari qabul qilish,
--tireoid gormonlar sintezi va metabolizmida qatnashuvchi fermentlar nuqsoni va boshqalar.

Paypaslab koʻrilganda meyordagidek koʻringan qalqonsimon bez UTT qilinganda 50% hollarda tugun borligi aniqlangan. Yani diagnostikada UTT muhim ahamiyat kasb etadi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1👏1
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni 🇺🇿
Bayramim bilan

@endocrinoo
👍10😁4🔥2
Men Vatanni bir qizday sevdim. Orziqish bilan, qizg'anish, g'uborsiz, goh hirs, goh maqtanchoqlik, goh mudroq, goh uyg'oqlik bilan, neki illatlar bor, neki ezguliklar, bari-bari bilan muhabbat qo'ydim.
Bu g'aroyib sevgi tarixi esa uzundan-uzun hikoyadir.

14-yanvar Vatan himoyachilari kuni 🇺🇿

@endocrinoo
👍62🔥1😁1
Leytenant
Yulduz Abdullayeva
#music_time

Bir qarab oʻting bizga leytenant

@endocrinoo
👍2🔥1