Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Qandli diabet 1-turi bilan hastalanganlarga yuboring. Yaxshi yangilik !!!

Insulinni ingalyatsiya koʻrinishida ishlab chiqarish boshlanishi mumkin

Bu haqida tajribalar ham oʻtkazib boʻlindi.
Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

Bu haqida toʻliq katta post qilaman Insha Alloh

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👏6👍1🔥1
⚡️Magniy B6 (Magne B6) organizm uchun muhim bo‘lgan magniy va vitamin B6 (piridoksin) ni o‘z ichiga oladi. Uning foydalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

1. Nerv tizimini qo‘llab-quvvatlash: Magniy va vit B6 nerv impulslarini uzatishda ishtirok etadi, stress va asabiylikni kamaytiradi.

2. Mushaklarning normal ishlashi: Mg mushaklarning to‘g‘ri qisqarishi va bo‘shashishi uchun zarur. Bu mushak spazmlari va kramplarni kamaytiradi.

3. Energiya ishlab chiqarish: Mg va vit B6 uglevodlar, yog‘lar va oqsillarni energiyaga aylantirishda ishtirok etadi, bu esa umumiy energiya darajasini oshiradi.

4. Yurak-qon tomir tizimini qo‘llab-quvvatlash: Mg yurakning normal ritmini saqlashga yordam beradi va qon bosimini nazorat qiladi.

5. Immun tizimini mustahkamlash: Vit B6 immun tizimini qo‘llab-quvvatlaydi va infeksiyalarga qarshi kurashishda yordam beradi.

6. So‘rilishni yaxshilash. Vit B6 magniyning ichaklardan so‘rilishini yaxshilaydi, bu esa magniyning samaraliroq ishlatilishiga yordam beradi.

@endocrinoo
👍6🔥1
Boʻy oʻstirishda tavsiya va mashqlar jamlanmasi

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

1. Yomon odatlardan voz keching. Ular oʻsish gormonini bloklaydi, organizmda metabolizmni buzadi.

2. Doimiy jismoniy mashq. Mushaklar choʻziladi, qon aylanishini yaxshilanadi, boylamlar rivojlanadi.

3. Toʻgʻri ovqatlanish. Organizm uchun yetarli vitamin va minerallar kirishi kerak

4. Uyquga rioya qilish. Oʻsish gormoni tunda ajraladi. Kechasi 23:00 dan avvalroq uhlash foydali boʻladi

5. Stressdan saqlaning. Butun tana ishiga salbiy tasir qilishi bilan birga oʻsish jarayonini ham sekinlashtiradi

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍7🔥1
Boʻy oʻsishida ovqatlanish boʻyicha tavsiyalar

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Tanani yetarli darajada ozuqalar bilan taminlash va oʻsish jarayonini faollashtirish uchun ratsionga quyidagi mahsulotlar kiritilishi kerak

🥥Yongʻoq. Kuniga 1 hovuch yongʻoqni gazak sifatida isteʼmol qilish yuqori foydali.

🥚Tovuq tuhumlari. Uy tovug'i tuhumlari vitaminlarga juda boy boʻladi. Kuniga 2 dona yeyish yetarli boʻladi

🥩Yogʻsiz goʻsht. Mol, tovuq, baliq, quyon goʻshtini yogʻsiz istemol qilish orqali oqsil, temir, sink qabul qilasiz va oʻsishni faollashtirasiz.

🍚Kasha. Klechatka va sekin hazm boʻluvchi uglevod manbasi boʻlib asosan grechka,yasmiq,tariq va arpada koʻp boʻladi

Vitamin defitsiti sababli boʻy oʻsishi orqada qoladi. Bunda sizga asosan vitamin A , B , C ,D zarur boʻladi. Bu vitaminlarni tabletka yoki kapsula holatda qabul qilishingiz mumkin. Albatta shifokor koʻrsatmasiga koʻra.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2🔥1
Immunitetni pasaytiradi:

1. Kayfiyatsizlik, doimiy stress
2. Uyquni sifatsizligi va davomiyligini kamligi
3. Yetarlicha suyuqlik ichmaslik
4. Quyosh nurlarida toblanmaslik
5. Harakatsizlik (gipodinamiya)
6. Yetarlicha oqsil yemaslik
7. Gipo- yoki avitaminozlar

Ho'sh, nima qilish kerak?
Barakalla, shularni aksini qilish kerak!

1. Fe'lingizni keng qiling, bo'lar-bo'lmasga e'tibor bermang, turli yangilik va xabar kanallarni ko'rmang, kuzatmang. O'zingiz bilan holi qolib turing, ozgina tabiatga chiqib piyoda yuring.

2. Uyquni optimal davomiyligi 6-9 soat. Sifatini oshirish uchun esa xonani ko'zga yorug'lik tushmaydigan, qorong'u qilib uxlash kerak.

3. Kunda kamida 6-7 stakan toza suv iching. Bu yuqori nafas yo'llarini yuqori namligini saqlab, o'sha a'zolardagi mahalliy immunitetni doimiy faol bo'lishini ta'minlaydi.

4. Kunda yarim-bir soat tashqarida, quyosh nurlari tushib turadigan joylarda sayr qilish yoki shunchaki o'tirish, turish mumkin.

5. Faol hayot kechiradiganlar nofaol kishilarga nisbatan 80% gacha yuqumli kasalliklar bilan kasallanmaydi. Kasallansa ham yengil o'tadi. Faol deganda faqat zalga borish tushunish kerak emas, uy ichida ham harakatlarni ko'paytirsa bo'ladi.

6. Oqsilga boy mahsulotlarni ratsionda ko'paytiring. Bular immun tanachalarni shakllanishi uchun eng asosiy qurilish materiali hisoblanadi.

7. Kunda bir mahal bo'lsada meva yoki salatlar yeb turish kerak. Shunda vitamin yetishmasligida muammo bo'lmaydi.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
6👍1🔥1
#hazil_time

Xõõõõsh azizlar bionur oluvchilar bormi😂
Bormi ogʻriq 🤣🤣🤣

Chatgpt orqali tayyorleman endi hazillarni rasm holida 👍😁

@endocrinoo
👍10😁10
Koʻprik mashqi

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Ko'p vaqtini o'tirgan holatda o'tkazadiganlar nafaqat umurtqa pog'onasi bilan bog'liq muammolar, balki past bo'yli bo'lishi ham mumkin. Koʻprik mashqlari tananing noto'g'ri pozitsiyasining salbiy ta'sirini bartaraf etishga yordam beradi. Muntazam bajarilganda, siz o'zingizning holatingizni to'g'rilashingiz va o'sish jarayonini rag'batlantirishingiz mumkin.

Mashq chalqancha yotgan holda, yelkalaringizni erga bosib, qo'llaringizni tanangiz bo'ylab cho'zilgan holda amalga oshiriladi. Sekin-asta tizzalaringizni buking va ularni poldan ko'tarmasdan, 90 daraja burchak hosil bo'lguncha oyoqlaringizni ichki tomon torting. Tos suyagini ko'taring. Bu holatda 30 soniya turishingiz kerak. Boshlang'ich pozitsiyasiga qayting va mashqni yana kamida 9 marta takrorlang.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3🔥1
#asorat

Qandli diabetda bolalarda qanday asoratlar paydo boʻladi?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

📎Spesifik
•Katarakta
•Glomeruloskleroz
•Sindrom Moriaka
•Sindrom Nobekura
•Teri lipoid nekrozi
•Jismoniy va jinsiy infantilizm
•Oyoq qoʻl uchlarida yiringli holatlar

📎Nospesifik
•Piodermiya( teri yuringlashi)
•Furunkulyoz
•Stomatit
•Vulvit, vulvovaginit
•Balanit
•Kandidoz
•Siydik infeksiyasi

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3🔥1
#analiz

C-reaktiv oqsil (SRO) - cho'kma hosil qiluvchi oqsil. Kimyoviy tabiati bilan glikoprotein hisoblanadi. Sog'lom odamning qon zardobida C-reaktiv oqsil mavjud emas va u yallig'lanish va to'qima nekrozi bilan birga kechadigan patologik sharoitlarda paydo bo'ladi, xususan, u birinchi bor krupoz pnevmoniyada aniqlangan.

🔎 SRO mavjudligi kasallikning o'tkir davri uchun xosdir.
SRO ni aniqlash revmatizmning o'tkir davrida, miokard infarkti, pnevmokokk, streptokokk, stafilokok infeksiyalarida diagnostik ahamiyatga ega.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥2
#hazil_time

Damaschilarga yuboramiz😁

@endocrinoo
😁6
Osilish mashqi

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Ushbu mashq butun tananing mushaklarini o'z vazningiz bilan cho'zish orqali bo'yingizni oshirishga imkon beradi.
Oyoqlaringiz yerga tegmasligi uchun uning balandligi sizning balandligingizdan balandroq bo'lishi kerak.

Turnikni mahkam ushlaganingizdan so'ng, siz tanangizni bo'shashtirishingiz va 30 soniya davomida osilishingiz kerak. Mashqni kuniga 3 marta takrorlashingiz kerak.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
Selen (Se) yetishmasligi


Selen elementi — qalqonsimon bez va immun tizimini normal ishlashi uchun muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, u Ye vitamini bilan birgalikda organizmni antioksidant himoya qilish jarayonlarida ishtirok etib, hujayralarni shikastlanishdan himoya qiladi. Uning yetishmasligi ateroskleroz, miokard infarkti, saraton kasalligi xavfini oshiradi, temir va yod yetishmasligi kuzatiladi (selen ularning kofaktori hisoblanadi) odatda autoimmun tireoidit bilan birga kechadi.

✓ Selen tanani ogʻir metallar va mishyakdan himoya qiladi (ularni antagonisti hisoblanadi).

✓ Selen ayniqsa, homiladorlik asoratlarini oldini olish uchun farzand rejalashtirishda erkaklarga kerakli element.

📌 Organizmda yaxshi soʻriladigan formalari: selenometionin va se-metil-L-selenosistein (dorixonalardan soʻrang).

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
Sayyid ul ayyom
Hajjul masokin juma muborak 🌙

@endocrinoo
👍6🔥1
"O‘tganingizdan keyin namozga uyg‘otgan kishilaringiz, shirinso‘zingiz bilan yupanch bo‘lganlaringiz, yashirin nasihat qilganlaringiz yoki samimiylik bilan boqqanlaringiz sizni izlashadi.

Shunday ekan, dunyoda musofir kabi bo‘ling. Ortingizda chiroyli izlar qolsin!".

@endocrinoo
10👍2🔥1
Bir oyoqqa sakrash

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Boʻy oʻsishida foydali mashqlardan yana bir bu bir oyoqda sakrashdir.

Qorin va pastki tananing mushaklarini rivojlantirish va mustahkamlash uchun oyoq mashqlari, ayniqsa sakrash tavsiya etiladi.

To'g'ri turing, qo'llaringizni yuqoriga ko'taring. O'ng oyog'ingizni tizzangizga buking. 10 ta sakrashni bajaring. Keyin o'ng oyog'ingizda turing, chap tizzangizni egib, yana 10 ta sakrashni bajaring.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5🔥1
🐼Semizlik va 💪testosteron

Testosteron — asosiy erkaklik gormoni hisoblanadi. Ushbu gormon etishmasligi oqibatida erkaklarda sababsiz semirish paydo bo'ladi. 
Agar ovqatlanish rejimiga amal qilmay, ortiqcha taomlanilsa semizlik rivojlanadi, qorin va bel sohasida (visseral) yog'lar yig'ila boshlaydi va bu yog'lar testosteronni emiradi, aktivligini va miqdorini kamaytiradi.

Eʻtibor bergan bo'lsangiz, birinchi holatda testosteron etishmasligi sabab semirish kuzatilgan bo'lsa, ikkinchi holatda semirish sabab testoteron miqdori pasaymoqda.

Agar sababsiz semirish, libido pasayishi, jinsiy zaiflik kuzatilsa testosteronni ko'paytiruvchi mahsulotlar isteʻmolini va jismoniy yuklamani ko'paytirish kerak. 

Testosteronni ko'paytiruvchi eng yaxshi mahsulotlar:
• Zanjabil (imbir)
• Ustrisa
• Anor, anjir, banan
• Vitamin D ga boy mahsulotlar 
• Sinkka boy mahsulotlar 
• Achchiq qalampir
• Sarimsoq (chesnok)
• qo'y yog'i va baliq yog'i
• Sholg'om
• Zaytun moyi (olivkovoe)
• Yong'oqlar
• Qora shokolad
• Sut va sut mahsulotlari
• Go'sht va go'sht mahsulotlari

Bundan tashqari:
- Sog'lom uyqu (7-8 soat)
- Stressni kamaytirish

Testosteronni kamaytiruvchi mahsulotlar:
• Qayta ishlangan mahsulotlar
• Konserva mahsulotlari
• Alkogol
• Gazlangan rangli ichimliklar
• Transyog'lar 
• Shakar, tuz
• Fastfudlar

Bundan tashqari:
- Semizlik
- Gipodinamiya
- Stress, tushkunlik
- Nosog'lom ovqatlanish

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3🔥1
Mavzudan tashqari

Fransiyaning Lans klubida toʻp tepa yotgan oʻzbek yigiti Abduqodir Husanov endi Angliya premyer ligasi liderlaridan biri Manchester City sharafini ximoya qiladi.
Futbolchimiz transferi 40 mln yevroga baholandi. Bunaqa narx hali oʻrta Osiyo va nafaqat Osiyoda ham boʻlmagan.

Tabriklaymiz 🎉

@endocrinoo
👍131🔥1
Glikemik indeksi yuqori mahsulotlar haqida poster

Diabet haqida bilimga ega inson unga qarshi kurashishda gʻalaba qila oladi.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3🔥1
Yon tomonga egilish

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Bo'yingizni oshirish uchun siz nafaqat mushaklaringizni kuchaytirishingiz, balki ularning elastikligini ham oshirishingiz kerak. Bunda cho'zish mashqlari yordam beradi.

To'g'ri turing, oyoqlaringizni birlashtiring, qo'llaringizni yuqoriga ko'taring va ularni bir-biriga bog'lang. Sekin-asta tanangizni chapga egib, 20 soniya ushlab turing. Boshlang'ich pozitsiyasiga qayting va keyin o'ngga egilib turing. Mashqni kamida 10 marta takrorlang.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍31👏1
👍3🎉1💯1