Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.79K subscribers
3.83K photos
622 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Bolaning ogʻiz burchagi yorilishiga nima sabab boʻladi?



Ogʻiz burchagi yorilishi tibbiyot tilida angulit deb ataladi.

🔵 Ogʻiz burchagi yorilishiga sabab boʻluvchi omillar quyidagilar:

◽️ Ogʻizni notoʻgʻri parvarishlash;
◽️ Infeksiyalar yoki jarohat;
◽️ Temir tanqisligi anemiyasi;
◽️ Qandli diabet;
◽️ Oshqozon-ichak tizimi surunkali kasalliklari;
◽️ Ogʻiz qurishi;
◽️ Vitaminlar (V guruhi, rux, temir) yetishmovchiligi;
◽️ Allergiya qoʻzgʻatuvchi moddalar (kosmetika, tish pastasi, oziq-ovqat mahsulotlari va saqichda boʻlishi mumkin).

Davolash kompleks tarzda olib boriladi. Mahalliy davo sifatida antiseptik eritmalar, immunitetni oshiruvchi vositalar, fizioterapiya, teri va shilliq pardalar tiklanishini stimullovchi vositalardan foydalanish mumkin.

 @endocrinoo
👍1
Kuchli sovuq qotishdan keyingi angiografiya tasviri

@endocrinoo
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Insulin - hujayralarga glukoza yetkazib beradigan yagona gormon

Agar insulin umuman bo'lmasa yoki yetarli bo'lmasa, glukoza ko'pchilik hujayralarga kira olmaydi va odam diabetga chalinadi.

@endocrinoo
👍3
​​​​FARZAND TALABLARGA IBRAT
(hayotiy voqea)

Uylanganimga yetti yildan oshgan boʻlsa-da, hamon farzandimiz yoʻq edi. Farzandli boʻlish ilinjida er-xotin malakali mutaxassislar koʻrigidan oʻtdik, chet ellarda muolaja oldik. Qayerda bepushtlik muammosi bilan shugʻullanuvchi doktor borligini eshitsam, oʻsha ondayoq uning oldiga oshiqardim.
Axiri farzand koʻrish haqidagi oʻylar meni charchatdi. Kundan-kunga ich-etimni yeb, asabiylashardim, har nimadan jahlim chiqardi. Atrofdagilarning savollari ham battar ezardi.
Bir kun masjiddan peshin namozini oʻqib qaytayotib, yoʻlni kesib oʻtishga qiynalayotgan koʻzi ojiz otaxonni koʻrib qoldim. Yugurib yoniga bordim. Qoʻlidan ushlab, yoʻlning narigi betiga oʻtkazdim. Haqqimga duo qildi. Xayrlashmoqchi boʻlganimda otaxon:
- Bolam, uylanganmisan? - deb qoldi.
- Ha.
- Bolalaring bormi?
- Hali farzandim yoʻq...
Otaxon gapirish ohangimdan nimanidir bilganday boʻldi, shekilli:
- Oʻgʻlim, siqilma, sabrli boʻl. Men ham uzoq yillar farzand koʻrmadim. Xudoga shukr, hozir yettita bolam bor. Oʻgʻlim, farz namozni oʻqiganingdan soʻng "Ey Rabbim, meni yolgʻiz tashlab qoʻyma, Sen Oʻzing vorislarning eng yaxshisisan" (Anbiyo, 89 oyat) oyatini oʻqib, ixlos bilan duo qil, Yaratgan – mehribon Zot, seni ham nasibasiz qoldirmaydi, inshaalloh! - dedi.
Quvonchdan koʻzlarim yoshlandi. Otaxonga minnatdorlik bildirib, uyga shoshdim. Voqeani ayolimga aytib berdim. Ayolim esa, uzoq oʻylanib qoldi va: "Mushkulimizga chora izlab, hamma eshikni qoqibmiz-u, lekin, eng asosiy eshik, Xudoyimning eshigini qoqmabmiz! Shunchalar xatokor boʻlamizmi?!" dedi.
Shu kundan boshlab, ikkimiz Yaratganga yukindik, iltijolar qildik. Tunlari ulugʻ ne’mati - farzand bilan siylashini soʻrab, astoydil duolar qildik.
Shukr, Rabbimiz xatolarimizni kechirib, bizni ham qiz farzand bilan siyladi. Biz yana tinmay duo qilardik:

"Robbanaa hablanaa min azvajinaa, va zurriyyatinaa qurrota a’yun va ja’alnaa lil muttaqina imamaa."

Ma’nosi:
"Ey Rabbimiz, Oʻzing bizga jufti halollarimizdan va zurriyotlarimizdan koʻzimiz quvonadigan narsa hadya et hamda bizlarni taqvodorlarga yoʻlboshchi et".🤲

@endocrinoo
👍4
«Dunyo aholisining har beshinchisi notoʻgʻri ovqatlanish sababidan dunyodan erta koʻz yumadi»
JSST ma’lumoti

Yuqorida keltirilgan yeguliklar tarkibiga koʻp miqdorda turli xil sun’iy rang va konservantlar, transyogʻlar, shakar va tuz qoʻshilgan boʻladi. Bu moddalar odatda jigarda parchalanmaydi va toʻplanib qolish xususiyatiga ega.

@endocrinoo
2
Chipslarning zarari

Gidrogenlangan yogʻlar va koʻp miqdordagi tuz tanaga katta zarar yetkazadi va qon tomirlarda "yomon" xolesterin toʻplanishiga olib keladi.

Chipslarda kanserogen modda — glitsidamid boʻlib, bu saratonni keltirib chiqarishi mumkin.

Bundan tashqari:
• Qandli diabet rivojlanish xavfini oshiradi
• Qonda xolesterin miqdorini oshiradi
• Metabolizmni buzadi
• Erkaklarda testosteron darajasini pasaytiradi
• Gastrit, oshqozon yarasi rivojlanish ehtimolini oshiradi.

@endocrinoo
2👍2
Mineral suv ichib yurishga 3 ta sabab

Mineral suv — bu minerallarga boy boʻlgan maxsus suv.

1. Suv-tuz balansini tartibga soladi
Tanadagi suyuqlik va elektrolitlarning toʻgʻri nisbati shish paydo boʻlishini oldini oladi va barcha tizimlarning toʻgʻri ishlashiga yordam beradi.

2. Metabolizmni qoʻllab-quvvatlaydi
Tarkibdagi faol ionlar va elementlar metabolik jarayonlarni tezlashtiradi, sogʻlom vaznni nazorat qilish va toksinlarni osonroq chiqib ketishiga yordam beradi.

3. Minerallar oʻrnini toʻldiradi
Hush kayfiyat va sogʻliq uchun ichki resurslarni oʻz vaqtida toʻldirish muhimdir.

@endocrinoo
1👍1
Uyqu gormonining tabiiy manbai

Uyqu gormoni — melatonindir. Stress yoki boshqa omillar tufayli uning ishlab chiqarilishi kamayishi mumkin. Bunday vaziyatda esa odam uyqusizlikdan aziyat chekadi.

Melatoninni koʻpaytiradigan manbalaridan biri va yagona narsa gilosdir.

Agarda sizni uyqusizlik qiynasa — gilos yeng.

@endocrinoo
2👍1
Vitamin B9 - Sogʻlom avlod garovi...

🔰 Yetishmovchiligida

1. Vitamin B9 yani Foliyevaya kislota tanqisligi bilan bogʻlik anemiyalar.

2. Xomilada tugʻma nuqsonlar.

3. Gidrosefaliya, miya churralari,boʻri ogʻiz, quyon labi.

4. Oligospermiya erkaklarda bepushtlik.

5. Polinevritlar va polinevropatiyalar.

@endocrinoo
1👍1
Kimning g'ami islom bo'lmasa, uning o'zi islom uchun g'amdir.

© Said Chamlija ("Iymon va huzun" kitobidan)

@endocrinoo
👍3
FAROSAT...

U koʻzguning oldida yuzidagi oʻzgarishlarga sinchiklab tikilayotgan ayoliga yaqinlashdi-da, bir gapni aytmoqchi boʻldi. Xayolidan tiliga sirgʻalib chiqishga tayyor soʻzlar quyidagicha edi:
"Bolani oldiraqol, xotin! Shundogʻam 4ta bolamiz bor. Yetar..."
Shu paytda ayoli unga kulimsirab qaradi va erining dilidan oʻtayotgan afkorni anglagandek soʻz qotdi:
- Dadasi, men bu bolamizni boshqacha suysam kerak. Axir, siz ham oyijonimning beshinchi farzandi boʻlgansiz-ku. U, - deb koʻrsatarkan qornini, - sizdek aqlli, farosatli va baxtli boʻlishini istayman...
Yigit behol boʻlib oʻtirib qoldi. 38-yil oldin oʻzi haqida ham shunday qarorga kelishganda nima boʻlardi, degan savol uni oʻtirgʻizib qoʻygandi...

@endocrinoo
👍3
🔰qandli diabetning alomatlari:

▶️Tez och qolish.
▶️Tez chanqash.
▶️Koʻrish yomonlashishi.
▶️Charchash.
▶️Tez-tez siyish.
▶️Qisqa vaqt ichida keskin vazn yoʻqotish.

@endocrinoo
👍1
🔷Qondagi qand miqdorini tekshirishdan oldin , nimalarni bilish kerak

▶️Tashxisdan 24 soat oldin spirtli ichimliklarni ichmang.

▶️Tahlildan oldin 8 soat davomida ovqat qabul qilmagan bo'lishingiz zarur.

▶️Qon berishdan oldin tishlaringizni yuvmang, chunki tish pastasida og'izning shilliq qavati orqali so'rilishi mumkin bo'lgan shakar bo'lishi mumkin. Xuddi shu sababga ko'ra, saqichni chaynash kerak emas.

▶️Analiz topshirishdan oldin iloji boricha 1 - 2 kun shirinlik iste'mol qilmang.

▶️Iloji boricha analizni ertalab topshiring .

@endocrinoo
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔷Insulin ineksiyasi qanday qilinsa to'g'ri bo'ladi ?


Igna sanchilib insulin yuborilgandan so'ng 10 soniya kutib turib keyin sug'urib olish kerak (esda saqlang).


@endocrinoo
👍1
Ignani kiritish burchaklari: 1. 👩‍⚕Mushak orasiga 90 °.2.👩‍⚕Teri ostiga 45 °. 3.👩‍⚕Vena ichiga 25 °. 4.👩‍⚕ Teri ichiga 10 - 15°.

@endocrinoo
👍2
🌼Nima uchun ayollar, erkaklarga qaraganda tezroq qariydi?🌼

🔖Ayollar erkaklarga qaraganda koʻproq yashaydi. Ammo, ayollarda tezroq qarish jarayoni mavjud.

💭Har xil darajadagi gormonlar. Estrogen ayol yuzining yoshligi uchun javobgardir, testosteron esa erkaklarga xosdir. Erkaklarda gʻqori testosteron darajasi qarishni sekinlashtiradi.
💭Erkaklar terisi ayollarnikiga qaraganda 25 foiz qalinroq. Shuning uchun erkaklarda ajinlar kamroq boʻladi.
💭 Kollagen miqdori kamayadi. Menopauza paytida ayollar koʻp miqdorda gormon yoqotishadi, shu jumladan estrogenni xam.
💭 Erkak terisi, terining elastikligini saqlashga yordam beruvchi xususiyatlarga ega boʻlgan koʻproq yog ajralishi tufayli yaxshiroq ximoyalanadi.

@endocrinoo
👍4
Homila 4 hafta va 32 haftada
2👍2🥰1
Tepki kasalligi bepushtlikka sabab boʻladimi?

🔶 Tepki kasalligi ogʻiz boʻshligʻida ovqat hazm boʻlishida ishtirok etuvchi soʻlak bezlari yalligʻlanishi bilan namoyon boʻladi, kasallik tibbiyotda epidemik parotit deyiladi.

🔷 Kasallikni qoʻzgʻatuvchi viruslar bez toʻqimalarida autoimmun jarayonlarni keltirib chiqara oladi, jumladan, oʻgʻil bolalarning jinsiy bezlari - moyaklarga viruslarning hujumi orxit kasalligiga olib keladi.

🔸 10 yoshgacha boʻlgan bolalarda kasallik asoratlarsiz kechadi, undan katta bolalarda ikki moyakning yalligʻlanishi bepushtlikka olib kelishi mumkin!

 @endocrinoo
👍2
👨🏼‍🦳 Sochlar erta oqarishi kasallik belgisi boʻlishi mumkin.

🔖 Soch odatda erkaklarda 35-40 yoshda, ayollarda esa 45-50 yoshda oqarishni boshlashi normal holat.

📍Ammo baʼzan sochlar vaxli oqarishni boshlaydi. Keyingi yillarda 10 yoshli bolada ham kuzatish mumkin boʻlib qoldi. Bu holat ota onani xavotirga solmay qoʻymaydi.

〽️ Erta oqarishga asosiy sabablar:

➥ stress, ruxiy zarbalar
➥ moddalar almashinuvining oʻtkir buzilishi
➥ garmonal fon buzilishi
➥ buyrak, jigar, qalqonsimon bez xastaliklari
➥ miya kasalliklari, oʻsmasi
➥ nasliy omillar

🔰 Agar yuqoridagi omillar boʻlmasa, aniqrogʻi bu nasliy holat boʻlsa kosmetika yechim boʻladi.

🔅 Bolalarni va oʻrta yoshlarni keskin soch oqarishi fonida kasallik boʻlishi mumkinligini yodda tuting.

🧑🏻‍⚕ Aytgancha, soch va tuklar bilan trixologlar shugʻullanadi.

@endocrinoo
👍2
💡SEMIZLIKDAN QUTULISH UCHUN BESH MASLAXAT!

“Doʻmpaygan qorin homilador ayolga yarashur”, deydi donolar. Kanalimiz muxlislari orasida semizlikdan aziyat chekib, ortiqcha vazndan xalos boʻlishni rejalashtirib yurganlar uchrashi mumkin. Quyida ozish uchun maslahatlarni havola etamiz. Tavsiyalarimizning oʻziga xosligi shundaki, ular kechki payt bajarishga moʻljallangan.

1.Natriydan parhez qiling.

“Agar ertalab qorinni qappaytirib uygʻonishni istamasangiz kechki ovqat mahali tuzdan voz keching”, deydi amerikalik taniqli parhezshunos, toʻgʻri ovqatlanish boʻyicha maʼruzachi va Small Change Diet kitobi muallifi Keri Gans (Keri Gans). Ortiqcha tuz organizmda suvni tutib qoladi, bundan qorin va oyoq shishishi kelib chiqadi. Yaxshisi, kech mahali sabzavot yoki yogʻsiz goʻsht yegan maʼqul. Taʼkidlaymiz: tuz yoki tarkibida tuz boʻlgan ziravorlarsiz.

2.Tunda mashq qiling.

Ozish uchun terlab-pishib mashq qilishning nafi katta. Odatda, ertalab mashq qilish kerak, degan fikr keng tarqalgan. Saharlab turib mashq qilish haqida xayol surish maza, ammo vaqtli turib jismoniy mashq qiluvchilarning oʻzi barmoq bilan sanoqli boʻlsa kerak. Qolaversa, ishga borish uchun vaqt tigʻiz.Kechqurun mashq qilsa, boʻlmaydimi? Boʻladi, ammo ayrimlar kechki payt mashq qilsa uyqu qochadi, deb oʻylaydi. Bu fikrni yigʻishtiring, ertalab ulgurmasangiz, jismoniy mashq fursatini kechga koʻchiring. AQSHning National Sleep Foundation tashkiloti oʻrganishicha, kunning qaysi qismida jismoniy mashq qilganlariga qaramasdan 60 foiz insonlar tunda maza qilib uxlar ekan. Ortiqcha vazn bilan tunda kurashing.

3. Koʻp suv iching.

Suv ajratuvchi aʼzolar faoliyatini meʼyorlashtiradi va ishtahani boʻgʻadi. Turli yoshdagi kishilar ustida oʻtkazilgan tajriba ovqatdan oldin “nikko” ichilsa, tanovul kamroq boʻlishini koʻrsatdi. Kam yesangiz, ozishingiz turgan gap. Kichik eslatma: issiq koʻrpadan turib oy yorugʻida hojatga chiqmaslik uchun yotishdan bir soat oldin suv ichishni toʻxtating.

4.Qorongʻu xonada uxlang .

Qorongʻulikda organizm melatonin ishlab chiqaradi. Melatonin gormonini tibbiyotchilar qattiq uyqu bilan bogʻlashadi. Shuningdek, melatonin yetishmovchiligi ortiqcha vazn toʻplanishiga olib keladi. Koʻpchilik parhezshunoslar qorongʻu xonada orom olib uxlashni maslahat berishlari bejiz emas.

5.Salqin joyda hordiq chiqaring.

AQSH biotexnologik axborotlar Milliy markazi tadqiqoti qiziq fakt keltirdi: 18 daraja haroratda uxlaganlar 24 daraja haroratda uxlaganlarga nisbatan 7 foiz ortiq kaloriya yoʻqotgan. Ha, bu koʻp emas, ammo ozishga bir oz yordam beradi.

@endocrinoo
👍53🔥1
Osh tuzi nima uchun yodlangan boʻlishi zarur?

Yod — inson organizmining me’yoriy faoliyati uchun lozim boʻlgan element. U tabiiy ravishda faqat ma’lum iqlim sharoitida, koʻpincha dengizga yaqin mintaqalarda hosil boʻladi.

Yod kam miqdorda uchraydigan hududlarda esa odamlarning bu moddaga ehtiyojini yetarli darajada qoplash uchun qoʻshimcha choralar koʻrish talab etiladi.

Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi direktori Nodira Alixanova bilan suhbatimiz yod yetishmovchiligi oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar va ularning profilaktikasi mavzusida boʻldi.

— Yod tanqisligi aqliy zaiflikning asosiy omilidir, — deydi N. Alixanova. — Ma’lumotlarga koʻra, har yili dunyoda 38 millionga yaqin bola yod tanqisligi xavfi bilan tugʻiladi. Qolaversa, bu modda yetishmasligi qalqonsimon bez va ovqat hazm qilish organlari faoliyati bilan bogʻliq turli jiddiy kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Bundan tashqari, tirnoqlarning tabaqalanishi, soch toʻkilishi, teri quruqlashuvi, uyquchanlik, charchoq ham organizda yod taqchilligi alomatlaridandir. Shu sababli bu kabi muammolarning oldini olish maqsadida dunyoda osh tuzini yodlash amaliyotidan keng foydalaniladi.

Organizm uchun kerakli boʻlgan yodni turli dengiz mahsulotlarini iste’mol qilish yoʻli bilan olish mumkin. Bizning mintaqamizda bunday ne’matlar serob boʻlmagani sababli osh tuzini yodlashga ehtiyoj tugʻiladi.

Osh tuzining asosiy tarkibiy qismi natriy boʻlib, u qon aylanishi va qon bosimini boshqarish, asab tizimi hamda mushaklar orasidagi uzviy aloqani ta’minlash vazifasini bajaradi. Uning ikkinchi elementi boʻlgan xlor esa ovqat hazm qilishga yordam beradi.

Organizmdagi moddalar almashinuvini me’yorlashtirish uchun kuniga bir choy qoshiq – 5 gramm osh tuzi iste’mol qilish tavsiya etiladi. Qolaversa, u yod tanqisligi kasalligining oldini olishga ham xizmat qiladi.

Mamlakatimizda yodlangan osh tuzi “Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonun asosida ishlab chiqariladi. Davlat standarti talablariga koʻra, osh tuzi tarkibida yod miqdori tonnasiga 40 gramm miqdorda boʻlishi belgilab qoʻyilgan.

Sifatli osh tuzining qadogʻida ishlab chiqargan tashkilot nomi, tovar belgisi, mahsulot nomi, uning navi va yanchilish darajasi, ishlab chiqarilgan sanasi, normativ hujjat nomi, yaroqlilik muddati, yodlash qoʻshimchasi nomi hamda yod ulushi kabi bir qancha ma’lumotlar aks etgan boʻlishi kerak.

Osh tuzlarining saqlanish harorati 28 darajadan oshmasligi lozim. Qotib qolgan, nam tortgan, begona hidlarga ega boʻlgan, yaroqlilik muddati oʻtgan, qadoqlari buzilgan osh tuzlarining foydali xususiyatlari yoʻqolgan boʻladi. Bunday mahsulotlarni iste’mol qilmaslikni tavsiya qilamiz.


@endocrinoo
👍1