Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
619 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Hech kim qo‘l mehnati bilan topgan taomidan ko‘ra yaxshiroq narsa yegan emas. Allohning nabiysi Dovud alayhissalom qo‘l mehnati bilan kun ko‘rar edi", deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).

Hazrat Umar roziyallohu anhu aytadilar: "Alloh taolo rizq beradi, deb, kasb qilishdan qo‘llaringizni tortmanglar, Alloh taolo tilla tangalarni osmondan yog‘dirmaydi".

@endocrinoo
👍11
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nonushtaga nima yeysiz

Ozishni istovchilar uchun ovqatlanishni reja qilishda oltin qoʻllanma (kerakli video)

Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing
Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo
👍5
Tugʻma gipotireoz!!!
Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda uchrovchi eng ogʻir endokrin kasallik.

Sababi: onaning homiladorlik davrida davolanmagan gipotireozi.(☝️☝️☝️)

Belgilari•
Katta vaznli chaqaloq(4kg)
•Ovqat va suyuqlik isteʼmoliga befarqlik
•Emish refleksi sustligi
•Quvvatsiz, horgʻin,uyquchan
•Mushaklar zaifligi
•Uzoq davom etgan sariqlik
•Skelet shakllanishi sustligi
Puls kamligi(bradikardiya)
Ich qotishi, ishtaxasizlik,yutish qiyinligi
•Tirnoq qalin,teri quruqlashishi
•Teri sovuq va rangpar
•Til kattalashishi(ogʻiz bazan ochiq)
•Yuz va qovoq shishi
•Kindik churrasi(bazan)


Kasallikning eng yomon asorati bu aqliy zaiflik rivojlanishidir. Agar kech aniqlansa ortga qaytmas aqliy zaiflik kuzatiladi.
Qancha erta tashxis qoʻyilsa bolani aqliy rivojlanishini tiklash shuncha oson boʻladi.

Tashxis qoʻyish chaqaloq tugʻruqxonadaligidayoq tovondan qon olib tekshiriladi.

Davolash faqat endokrinolog bilan bajariladi.

Oʻzingizni va farzandingizni asrang
Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
👍7
Oyoq va qo‘llar muzlaydimi? Qalqonsimon bezda muammo bo‘lishi mumkin.

Gipotiroidizm juda keng tarqalgan kasallik bo‘lib, dastlabki bosqichlarda deyarli belgi bermaydi.

Tez charchoq, shishlarga moyillik, vazn ortishi, ich qotishi, quruq teri, qo‘l va oyoqlarni muzlashi metabolizm uchun muhim bo‘lgan gormonlar yetishmasligining dastlabki belgilaridan biridir.

Ko‘pincha gipotiroidizm qalqonsimon bezning autoimmun zararlanishi bilan bog‘liq bo‘ladi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5
Son-chanoq boʻyni yemirilishi

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

🌍Dunyoda nogironlikka sabab boʻluvchi eng koʻp holatlardan biri bu son-chanoq boʻyni yemirilishi(osteoporozi)dir. Ayollar erkaklarga nisbatan 5 barobar koʻp ogʻriydi. AQShda 5% aholida kuzatiladi.

Kelib chiqish sabablari koʻp:

•Semizlik
•Gormonal oʻzgarishlar
•Kalsiy defitsiti
•Vitamin D defitsiti
•Klimaks
•Zararli odatlar
•Ovqatlanish ratsionida minerallar kamligi
•Yosh oʻtib borishi

Kasallik sababli son suyagi boshcha qismidan sinish kuzatiladi. Natijada bemorda harakat butkul cheklanadi.

Davolash Endokrinolog va Travmatolog bilan boʻladi

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2
Ozishni istasangiz bulardan voz keching

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Istemol qilinuvchi mahsulotning hajmi uning kaloriyasi haqida toʻgʻri malumot bermaydi odatda.

Masalan SNIKERS 🍫 shokoladi.
Bilamizki bizning yurtimizda 2 hil snikers farqlanadi. 50 va 100 grammlik.

100 gr snikers tarkibida

Yogʻlar 23 gr
Uglevodlar 60 gr 💥
Shakar 50.7 gr ⚡️
Oqsillar 8.7 gr
Tuz 0.5 gr mavjud.

Kaloriyalikligi 489 kkal 🔥

Demak bundan hulosa qilamizki
--- bu shokolad sababli yuqori kaloriya qabul qilasiz
--- semizlikka qarshi kurashganda sizga qarshi ishlaydi
--- qandli diabetda havfli (60 gr uglevod , 50 gr shakar sababli )
--- ozgʻinlikdan halos boʻlishda qoʻl keladi

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5
Qadrli obunachilar dekabr oyida oʻtkazilgan konkurs gʻolibi sovgʻani oldi mana 🎉🎉🎉

Qalb iffati kitobi yuborildi
Kitobda Qurʼonda 33 bora ismi keltirilgan Maryam onamiz
Ayollar oila qurishda kerakli tavsiyalar
Sabr toqat yoʻlida zarur tavsiyalar keltirilgan boʻlib, mutolaa qilguvchilar faqat va faqat hursand boʻlgan.

Buyursin

@endocrinoo
👏111
Sochingiz to’kilyaptimi? Unda chekishni tashlang )

🔹Sigaret tutunida 5000 dan ortiq zaharli va kanserogen kimyoviy moddalar va og'ir metallar mavjud. Qatronlar, xrom, mishyak, qo'rg'oshin, kadmiy, formaldegid, dioksin, benzol, nitrozaminlar va hokazo.

🔹Ular soch follikulasidagi DNKga zarar yetkazadi, follikulaning yallig'lanishini keltirib chiqaradi va estrogenning o'sishni rag'batlantiruvchi ta'sirini bloklaydi.

🔹Bundan tashqari, soch ildizining qon bilan ta'minlanishi yomonlashadi va natijada soch to'kilishi sodir bo'ladi. Tabiiyki, agar siz chekishni tashlasangiz, sochingizning holati sezilarli darajada yaxshilanishi mumkin.


@endocrinoo
❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️

🔬Yana vahimalarga sabab boʻlayotgan yangi virus METAPNEVMOVIRUS 🦠

Xitoyda koviddan ham havfli deb ovoza qilinayotgan virus, Buyuk Britaniya va Rossiyada ham aniqlangani aytilmoqda.🩸

Qisqa vaqt ichida oʻpkani jiddiy yalligʻlashi mumkinligi eng havfli jihatidir.🩻

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
Pul yetishmovchiligi natijasida yuzaga kelgan stress organizmga yaqinlarning oʻlimi yoki ajralishlardan koʻra yomonroq taʼsir qiladi - ScienceDirect izlanishlari xulosasi

Kam miqdordagi oylik, kreditlar va qarzlar insonning immun hamda nerv tizimlarini ishdan chiqaradi. Bu holatlar hattoki infarkt, migren, uyqusizlik va oʻsma kasalliklarini ham chaqirishi mumkin.

PS: Endi bemorlarni davolashda oyligi yaxshi boʻlgan ish topishniyam buyuramiz shekilli...

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
😁16👍6👏2💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Konsta - Qor (Lyric Video) ❄️

@endocrinoo
2👏21👍1🎉1
Qandli diabet haqida afsonalar

Insulin in'ektsiyalari og'riqli

Ko'p odamlar ineksiyadan qo'rqishadi, shuning uchun bugungi kunda ineksiya uchun shprits qalamlari yoki maxsus insulin shpritslaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Ularning ignalari juda nozik, uzunligi shundayki, preparat teri osti to'qimasidan uzoqqa ketmaydi.
Buning yordamida insulin ineksiyalari og'riqsizdir va vaqt o'tishi bilan ineksiya qo'rquvi yo'qoladi.

Siz shifokoringiz bilan maslahatlashib, insulin pompasini o'rnatish imkoniyati haqida bilib olishingiz mumkin. U mustaqil ravishda insulinni kateter orqali teri ostiga uzoq vaqt davomida kiritadi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1🔥1
KETO - dieta nima o'zi?

Keto - dieta — kam uglevodli diyeta bo'lib, ratsionni asosini oqsil va yog'lar tashkil qiladi. Ya'ni ratsiondagi oqsil, yog' va uglevodlarni 100% deb olsak, shundan uglevodlar 5% ni, oqsillar 25-30% ni, yog'lar 65-70% ni tashkil qiladi.

Bu diyeta turi oxirgi vaqtlarda juda mashxur bo'lgani uchun eshitmagan odam bo'lmasa kerak.

Lekin bu dieta turi kashf qilinganiga 100 yildan oshdi. Uni Rassel Uaylder bolalardagi epilepsiyani davolash uchun ishlab chiqqan. Lekin ko'p o'tmay epilepsiyaga qarshi dorilar ishlab chiqiladi va keyinchalik klinikalarda qo'llanilmay qo'yiladi.

Hozirda modaga kirgan bu dieta haqida turli qarashlar, fikrlar, bahslar mavjud.

Shuning uchun eng to'g'ri yo'l — tasdiqlangan tibbiyot, o'tkazilgan keng ko'lamli (masshtabli) va klinik tadqiqotlar bu diyeta turi bo'yicha qanday xulosalarga kelganini ko'rib chiqsak. Shunda holis yondashgan bo'lamiz.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥1
#hazil_time

Mediklarga yuboramiz 😁

@endocrinoo
😁10🤔1
Sekinroq o'taver bizdan, qahraton.
Qoringni sog'ingan tuproq suyunsin.
Qizdirar shundog'am uch oy saraton,
Ona yer vaslingga intiq, to'yinsin.

Ayamay muzlatgin, azizam, ayoz.
O'tkinchi dunyoda vaqtga o'yinsan.
Sog'inching qalbimda emasdir sayoz,
Ko'proq biz bilan qol, bir bor bo'yinsun.

Bag'ri sovuq, ammo, vasli kumush qish.
Kimga oson fursat, kimga qiyinsan.
Mayli, muzlataver, cheksinlar tashvish.
Ko'klamni qo'msabon ko'ngil kuyunsin.

Oftob urar kunda badan nim ochiq,
Hech yo'qsa, sen borda ko'zlar tiyilsin.
Oyoqlar, yelkalar bo'lmasin yechiq,
Ummatning qizlari yopiq kiyinsin.

@endocrinoo
4🔥1👏1
#hazil_time

Shifokor qabuliga kelgan
semiz odam

Doktor bemordan "Qanday shikoyatingiz bor?" - deb so‘ragan ekan,
— Ertalab turib, ikki qo‘limni pastga qilib egilib, keyin bir oyog‘imni ko‘tarib xakkalab turib, keyin ikkinchi oyog‘imni ko‘tarib turib, keyin ikkalasini ham qo‘yib silkinsam, belim shunaqa og‘riyaptiki, chidab bo‘lmaydi, — debdi.
— Sizga shuncha murakkab mashqlarni bajarish nega kerak!? Qilmang shuni, — desa,
— Iye, unda ishtonimni qanday kiyaman, — dermish.

Shuning uchun tezroq ozish kerak do‘stim

@endocrinoo
😁13👍2
#natija

Suyunchi 🎉🎉🎉

Endi bu oilada 31-dekabrda qoʻshaloq bayram qilinadi.🎄👼

Esingizda boʻlsa may oyida homilador boʻlgan bemorimiz endi farzandini bagʻriga bosdi
Alloh umrini ziyoda qilsin

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥13🥰5👏21
❗️Kattalarda endemik buqoqning davolash usullarida ustunlik va kamchiliklar.

L-Tiroksin

Ustunligi: yuqori samaradorligi
Kamchiligi: dori to'xtatilgach buqoq qaytalanishi

Yod

Ustunligi: arzon va etiopatogenetik davo
Kamchiligi: 45 yoshdan keyin mumkin emasligi, yodindutsirlangan tireotoksikoz rivojlanishi mumkin

L-Tiroksin + Yod

Ustunligi: yuqori terapevtik samara. Nojoʻya tasiri kam. Doza monitoringi oson.
Kamchiligi: dori vositalarini narxi biroz yuqoriligi.

Endi bildingiz a nega kombinatsiyasi bilan ishlatilishini

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍6🔥1
#hazil_time

Shifokorlar suhbatidan:
- qiziq , Amerikalik shifokorlar kabi oylik maosh olsang nimalarga sarflarding?

- bu qiziq emas, ular bizdek oylik olsa nima olardi? Shunisi qiziq😁

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
😁10
Har bir boshliq ishga o'z vaqtida kelgan hodimni hurmat qiladi, ammo negadir ishdan o'z vaqtida ketgan hodimni xushlamaydi.

© Mavlon Marasulov

@endocrinoo
😁25