Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Shuningdek cheksizlik ham mavjud bizda.

🛍Deylik diabet bilan hasta boʻlsangiz diabetik paypoq, diabetik choy yoki shu kasallik uchun qoʻllanma yoki kitob ham yuborishimiz mumkin.

Ikki dunyoyingiz uchun manfaatli deb bilgan holda roʻyxatdan oʻtgan va ilm sohiblari tavsiya qilgan diniy, tarixiy kitoblar ham sovgʻa qilishimiz mumkin.

🪄Xech bir kanal yoki guruhda bu darajada imkoniyat berilmagani aniq.

Ishga kirishing😉

@endocrinoo
👍7🔥1😁1
Diabetda mandarin🍊 mumkinmi?

📝Endokrinolog : Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Mandarin bayramlarda sevimli meva hisoblanadi.

100 gr mahsulot tarkibida
0.8 gr oqsil
0.2 gr yogʻ
7-13 gr uglevod

Bu glukoza toza shakar emas va fruktoza tolalari shaklida boʻladi. Manba

Kaloriyalikligi 35-40 kkal

Glikemik indeks 30 - 35
Qonda qandni sekin koʻtaradi. Manba

Koʻplab mineral va vitaminlarga boy
Vitamin C , A , B
Kaliy, molibden, kobalt

Kuniga 2-3ta yeyish mumkin. Manba

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4🔥1
#Ozishda_33

Shakar iste’molini kamaytiring

Shakar iste’mol qilishda me’yorni bilish juda muhim, eng yaxshi holatda esa undan butunlay voz kechish zarur. Bu ozishning eng tezkor usullaridan biri. Avvalo, oziq-ovqatning 90 foizida shakar mavjudligini tushunish lozim va bu bir qarashda beziyon mahsulot ortiqcha vazn olishga ulkan hissa qo’shadi.

Tushlik vaqti ichilgan gazlangan ichimlik, kechki ovqatdagi makaron yoki nonushta uchun yorma o’z tarkibida yuqori miqdorda shakar saqlaydi. Shu sababli har safar do’konga borganda mahsulotning shakar darajasini tekshirib ko’ring va u kam bo’lgan mahsulotlarni tanlashga harakat qiling.

Hech kim shakar iste’molini butunlay bekor qila olmaydi va buni amalga oshirish kerak ham emas. Tabiiy shakarni iste’mol qilish organizm uchun normal holatdir, ammo tozalangan shakar sog’liq uchun zararli hisoblanadi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
1👍1🔥1👏1
QIMMAT DORILARNING ARZON ANALOGLARI

•Kreon - Pankreatin
•Omez - Omeprazol

•Azimak - Azitroromitsin
•No-shpa - Drotaverin

•Futsis - Flukanazol
•Rotatsef - Seftriakson

• Lioton- Geparin
• Ambrosan - Ambroksol

❗️Yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍9👏1💯1
Diabetda sitrus mevalar haqida

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Barcha insonlarga yoqqanidek sitrus mevalar diabetiklarga ham yoqadi.
1 dona apelsin, 2 dona mandarin, yarimta greypfrut barchasi bir hil miqdorda yani 1 non birligi saqlaydi.

Sitruslar tarkibida vitamin A,C,E va mikroelementlar Selen , sink, temir, marganes saqlaydi.

Bular haqida maqolalar

Sitrusning semizlik, yalligʻlanish, ateroskleroz, neyrodegenativ kasalliklardagi foydasi haqida
Manba

Sitrus flavonoidlarning qonda glukozani pasaytirish va insulin ajralishini oshirishdagi roli
Manba

Sitrus mevalarning qandli diabetdagi nerv tolalari tiklashdagi roli
Manba

Sitrus mevalarning muskul toʻqimalarga insulin sezgirligini oshirishi , qonda glukozani tushirish va xolesterinni tushirishdagi roli haqida
Manba

Manbalar orqali bular naqadar foydali ekanini oʻzingiz oʻqishingiz mumkin.
Eng keng tarqalgan sitruslarga: laym, apelsin, mandarin, limon, greypfrut

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2👏2🔥1
Bolalarda tungi enurez(siyib qoʻyishi)ni davolashning asosiy turlari:

❗️Tartib: yotishdan oldin qo'rqinchli kitoblarni o'qish va faol o'yinlarni kamaytirish. Zo'ravonlik elementlari bo'lgan filmlar va kompyuter o'yinlari ham bolaning hali ham zaif ruhiyatiga salbiy ta'sir qiladi.

🥗Parhez: oxirgi ovqat 18.00 gacha tavsiya etiladi. Uyqudan oldin ko'p suyuqlik ichmaslik kerak, peshob haydovchi vositalarni chiqarib tashlash zarur: sut, sharbatlar, choy, kofe, bodring, tarvuz.

🚴‍♂Mashq: tos suyagi mushaklarini kuchaytirishga qaratilgan. Suzish, velosiped haydash siydik chiqarishda qatnashadigan orqa, toz va bel mushaklarini kuchaytiradi. Agar bola hali besh yoshga to'lmagan bo'lsa, yotoqda tunda siyish haftada ikki martadan ko'p bo'lsa, u holda davolanish tushuntirishli xotirjam suhbat ko'rinishida bajarilishi mumkin. (Bu o'yin shaklida bo'lishi mumkin). Kattaroq bolalarni (5-8 yosh) tunda uyg'otish mumkin. Davolashning kalendar usulini qo'llang. Agar bir oydan keyin yaxshilanish bo'lmasa, usulni bekor qiling yoki muvaffaqiyatli bo'lsa davom eting. Taglik ishlatmang.

🧘‍♀Qovuqni tayyorlash usuli. Siydik chiqarish istagini iloji boricha uzoqroq ushlab turishdir. Bola kun davomida xojatga kamroq borishga harakat qiladi. Yetti yoshdan boshlab ushbu usul tavsiya etiladi, samaradorlik -50%.

📆Kalendar usuli. O'yinga o'xshab o'tkaziladi. Bolada taqvim o'rnatiladi, u yerda "quruq tunlar" va "nam ko'rpa" kunlari belgilanadi. "Quruq tun" uchun rag'batlantiruvchi sovrin (konfet, hayvonot bog'iga sayohat) yoki ball beriladi. Usulning samaradorligi 25-35% ni tashkil qiladi.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3🔥1👏1
Assalomu alaykum hurmatli Endokrinolog maslahati 📄✍️ kanali aʼzolari.

💌Ajoyib yangilik va chellenj bilan sizlarga murojaat qilayapman.

📌Siz uchun qadrli va albatta manfaatli boʻlgan kitob 📖 o'ynaladigan kichik chellenj e'lon qilmoqchiman.

🟢22-dekabrdan 31-dekabr tungi soat 23:59 ga 🔴 qadar @endocrinoo kanali ssilkasini 20 ta yaqin insoningizga va 4 ta guruhga yuboring. Yuborganingiz haqidagi skrinshot 📰 (ekran rasmini) @Md_Jahongir manziliga yuboring.

Shartni bajargan insonlar uchun alohida guruh tashkil qilaman va gʻolibni aniqlaymiz. Gʻolibning qiziqishi , ish faoliyatiga daxldor boʻlgan bestseller kitobni sovgʻa qilamiz.(Yani kitob hali aniq emas lekin gʻolib bundan albatta mamnun boʻladi) Yetkazib beramiz ham albatta.📩

Shart juda oddiy ☝️ ekanini bildingiz. Xech narsa bermaydigan turli kiyim kechak yoki soxta bank kredit guruhlarga aldanuvchilar koʻplab topiladi. Bizda esa aldash yoʻq ekanini kanal aʼzolari allaqachon biladi.

Skrinshotni yuboring va guruh uchun ssilkani oling. Agar shart bajaruvchilar soni 100 dan ortib ketsa gʻoliblar soni 3 tadan 7 tagacha deb belgilab va har biriga alohida kitob sovgʻa qilamiz.

Yangi yilga ajoyib sovgʻa 🎁 bilan kiring. Barchaga omad

@endocrinoo
👍3👏1
Bestseller qanday kitob deguvchilar uchun. Eng koʻp sotilgan va eng koʻp mutolaa qilingan. Dunyo tan olgan kitoblardir.

Yil bestsellerlari 2024:

1. Jeyms Klir: Atom odatlar

2. Jorj Oruell: Molxona 

3. Mey Mask: Rejali ayol. Baxtli hayot qoidalari 

4. Javlon Jovliyev: Qo‘rqma 

5. Jorj Oruell: 1984 

6. Brayan Treysi: Samaradorlikning 21 yo‘li

7. Kel Nyuport: Diqqat: Chalg‘ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari  

8. Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson: Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag‘allik manbalari

9. Mark Menson: Beparvolikning nozik san’ati

10. Jon G. Miller: SOS! Savol ortidagi savol


@endocrinoo
👍2👏1
11. Piter Hopkirk: Katta o‘yin. Ikki imperiya to‘qnashuvi  

12. Devid Bax, Jon Devid Mann: Latte omili. Moliyaviy mustaqillik va erkin hayot sari

13. Malkolm Gladuell: Zukkolar va landavurlar

14. Barbara Oukli: Raqamlar uchun yaralgan idrok. Matematika va tabiiy fanlarni qanday qoyillatsa bo‘ladi

15. Rey Bredberi: Farengeyt bo‘yicha 451º

16. Hans Rosling: Factfulness 

17. Allan Dib: Bir varaqli marketing reja 

18. Ernest Xeminguey: To‘qchilik va yo‘qchilik 

19. Devid Nikolls: Bir kun. Bir muhabbat tarixi

20. Charlz Uilan: Yalang‘och iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi

@endocrinoo
👍1👏1
Shuningdek cheksizlik ham mavjud bizda.

🛍Deylik diabet bilan hasta boʻlsangiz diabetik paypoq, diabetik choy yoki shu kasallik uchun qoʻllanma yoki kitob ham yuborishimiz mumkin.

Ikki dunyoyingiz uchun manfaatli deb bilgan holda roʻyxatdan oʻtgan va ilm sohiblari tavsiya qilgan diniy, tarixiy kitoblar ham sovgʻa qilishimiz mumkin.

🪄Xech bir kanal yoki guruhda bu darajada imkoniyat berilmagani aniq.

Ishga kirishing😉

@endocrinoo
🔥2👍1
Shakarli gazlangan ichimliklar depressiya xavfini oshiradi.

Janubiy Koreyada o'tkazilgan tadqiqot shuni ko'rsatdiki, yuqori shakarli alkogolsiz ichimliklarni haddan tashqari iste'mol qilish, odamning vazni va qonda shakar darajasidan qat'i nazar, depressiya belgilari bilan kuchli bog'liqdir.
O'rtacha yoshi 39,5 yosh bo'lgan 87 115 kishining ma'lumotlari tahlil qilindi.

Mavzular ovqatlanish va ruhiy salomatlik haqidagi savollarni o'z ichiga olgan so'rovnomani yakunladilar. Boshqa ko'plab ma'lumotlar ham hisobga olindi, masalan, spirtli ichimliklarni iste'mol qilish va chekish, jismoniy faoliyatning chastotasi, tana massasi indeksi, qon bosimi, qonda shakar darajasi.

Tadqiqot ishtirokchilarining taxminan uchdan bir qismi (28,9%) haftada bir martadan ko'proq shakar bilan boyitilgan alkogolsiz ichimliklar (ShBBAI) ichgan. Baholashni o'tkazgandan so'ng, tadqiqotchilar ShBBAI iste'moli oshgani sayin, depressiv simptomlarni rivojlanish xavfi sezilarli darajada oshganini aniqladilar. Bundan tashqari, ShBBAI dan foydalanganda, sub'ektlar metabolik jihatdan sog'lommi yoki yo'qmi, depressiya darajasi bir xil edi.

Olimlarning ta'kidlashicha, bu munosabatlar ichak mikrobiotasi va stressga javob berish tizimidagi o'zgarishlar, shuningdek surunkali yallig'lanish bilan izohlanadi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1🔥1👏1
Bissinoz - kasbiy kasallik bo'lib, uzoq muddat paxta, zig'ir yoki kanop tolalarini nafas yo'llariga tushib turishi natijasida yuzaga keladi. Bunda etiologik agent vazifasini tolalardagi bakteriya endotoksini bajaradi.

Belgilar: Bronxial astmadagi kabi ko'krak qafasida siqilish va nafas qisishi.

Davolash: tashqi ta'sirotni to'xtatish va bronxolitiklar.

@endocrinoo
🔥1👏1
Bachadon miomasi (fibromioma, leyomioma) - bachadonning mushak qavatidan o'sib chiquvchi yaxshi sifatli o'sma.

Miomaning har bir tuguni - bo'linishi izdan chiqqan bitta silliq mushak hujayrasidir.

Mioma gormonga tobe rivojlanuvchi o'sma hisoblanadi.

@endocrinoo
👍1🔥1👏1
#bepushtlik

Erkaklar bepushtligiga xavf soluvchi omillar

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Stress 🤬
Yogʻli mahsulotlar 🍛
Alkogol 🍺
Kofe ☕️
Kamharakat hayot tarzi 🦦
Yuqori harorat 🌡
Mevalar va vitaminlar isteʼmoli kamligi 🥑
Semizlik 🦥
Fast-foodlar 🫔🌮🥪
Transyogʻlar 🥫

Bularning barchasi sperma sifatiga va shu yoʻl bilan bepushtlikka sabab boʻladi.

Barchasi haqida alohida toʻxtalib oʻtamiz Insha Alloh

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥1👏1
2025-yilda tibbiyot xodimlarining oylik lavozim maoshlari oshiriladi

Bu haqda prezident huzurida o‘tkazilgan sog‘liqni saqlash sohasida qilingan ishlar va 2025-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar bo‘yicha yig‘ilishda ta’kidlandi.

@endocrinoo
👏3🔥1
Semizlikga sabab boʻluvchi eng koʻp faktorlar !

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

🌚Eng ko'p sabab bo'luvchi holat,kechki ovqat kaloriyasi yuqoriligidir.

🦦Ikkinchi sabab, jismoniy xarakat kamligi hisoblanadi.

📌Yana muhim jihatlardan
hisoblanuvchi, yog' to'qima gormoni- leptin energetik balans regulyasiyasida
qatnashib,gipotalamik neyropeptidlar bilan integrasiyaga kirishadi.

📎Undan tashqari, insulin, holesistokinin, noradrenalin, serotonin ham ochlik va to'yish markazlari regulyatorlari hisoblanadi.

❗️Ovqat termogenezi mexanizmi regulyasiyasida tireoid gormonlar ham qatnashadi.AKTG, Beta-lipotropin, endorfinlar ham yog' mobilizasiyalovchi faollikka ega. O'sish gormoni visseral semizlikka to'sqinlik qiladi

👫Oilaviy ovqatlanish stereotipiga ham ahamiyat beriladi.Notug'ri ovqatlanish,
shirinliklarga ruju qo'yish kabi ovqatlanish ruhiy faollik bilan bog'liq, bunda serotonin almashinuvi va endorfinlar resepsiyasi buzilishi orqali aks etadi.Aynan shu paytda uglevodli mahsulotlar o'ziga xos doping vazifasini bajaradi.Semizlik bu
holatda alkogol va narkomaniya kabi kasalliklar bilan o'xshashlikka ega bo'lib qoladi.

😡Ba'zi kishilar turmushda uchraydigan qiyin damlarda, ovqat qabul qilishdek yoqimli holatdan panoh topadilar (stressga nisbatan giperfagik reaksiya)qiladi.( Asabiylik semirtiradimi degan savolga javob)

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥2👍1
💠BO'Y O'SISHIGA TA'SIR QILUVCHI 3ta OMIL 👇

1 ) Irsiyat -- uzun kishilarning farzandlari, odatda, baland bo’yli bo’lishadi.
2) Kasalliklar -- bo’y o’sishiga buyrak, jigar, o’pka, endokrin va boshqa tizimlar kasalliklari salbiy ta’sir qilishi mumkin.

3 ) Hayot tarzi -- Ratsional muvozanatli oziqlanish, faol hayot tarzi, yaxshi tiklanish genetik xususiyatlarni maksimal darajada ro’yobga chiqishiga yordam beradi.

Umuman olganda, taxminan bo’y o’sishining 80 foizi irsiyatga bog’liq bo’lib, 20 foizi esa hayot tarzi va tashqi omillar ta’sirida shakllanadi. Ikkala jins qomatining uzunligi o’rtasidagi farq suyaklarning shakllanishiga ta’sir qiluvchi genlarning faolligi bilan bog’liq. Ushbu genning faolligi qancha yuqori bo’lsa, insonning bo’yi shunchalik past bo’ladi. Ushbu gen X-xromosomada mavjud bo’lganligi uchun, gen ko’proq ayollarda faol bo’ladi. Shuning uchun ayollar odatda erkaklarga nisbatan 10-12 sm pastroqdir

BO'Y O'STIRISH UCHUN QILINADIGAN MASHQLAR QAYSILAR 👇

-- Turnikda tortilish va tortilib osilib turish. Albatta bu mashqni biroz yugurib qizib keyin amalga oshirish kerak.
-- Suzish sport turi juda yaxshi samara beradi.
-- Basketbol va voleybol sportiga qatnashish .
-- Velosiped haydash . Ya'ni kursisini baland ko'tarib oyoqni zo'rg'a pedalga tekkizib haydash.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2👏2🔥1