Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.79K subscribers
3.83K photos
622 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Oshqozonda yara paydo boʻlishini asosiy sabablari

• Oshqozonda xelikobakter pilorini koʻpligi;
• Irsiyat;
• Stress;
• Nosogʻlom oziq-ovqatlarning isteʼmoli (gazaklar, fastfud);
• Dori-darmonlar (aspirin, nimesil, diklofenak);
• Haddan tashqari koʻp achchiq ovqatlarni isteʼmol qilish;
• Surunkali gastritning mavjudligi;
• Yomon odatlar (kalyan, sigaret chekish, spirtli ichimliklarni suyisteʼmol qilish

❗️Yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
👍2👏1
📍Immunitetni tushiruvchi odatlar

➥ Koʻp shirinlik iste’mol qilish
➥ Koʻp tuz iste’mol qilish
➥ Kam uxlash
➥ Koʻp yogʻli ovqatlar yeyish
➥ Kam suyuqlik (suv) ichish
➥ Kam kletchatka yeyish
➥ Kam oqsil iste’mol qilish
➥ Kam sabzavot va meva yeyish
➥ Kamharakat hayot tarzi.

▪️Immunitetni koʻtarish uchun nima qilish kerak?

🔺 Yuqoridagilarni aksini qilish kerak!

 @endocrinoo
1
Yurak ishemik kasalligi rivojlanishida 8 ta xavf omillari

🔹 Harakatsiz hayot tarzi
🔹 Chekish⠀
🔹 Stress⠀
🔹 Yuqori qon bosimi
🔹 Ortiqcha vazn
🔹 Qondagi xolesterin miqdori yuqori
🔹 Qandli diabet
🔹 Irsiy moyillik

"Ortiqcha vazn"ni bejizga ajratilmagan, sababi ishemik kasalliklarda semizlik yetakchi oʻrinda turadi.

Ozish kerak doʻstlar, ozish!

@endocrinoo
👍1🔥1
Ovqatdan keyin darhol choy ichmang!

Sayyoramizdagi eng mashhur ichimligi boʻlgan choy, oziq-ovqat orqali tushadigan, organizm uchun zarur boʻlgan vitaminlar va mikroelementlarning soʻrilishini kamaytiradi.

Buyuk Britaniyaning Sogʻliqni saqlash assotsiatsiyasi mutaxassislari shunday xulosaga kelishdi. Ular choyning temir, magniy va eng muhim V vitaminlarini toʻliq soʻrilishiga xalaqit berishini aniqladilar.

Lekin shu bilan birga choy eng foydali ichimlik hisoblanadi. Faqat ovqatdan kamida 1-2 soat oʻtib ichgan yaxshi.

@endocrinoo
🤔1
Hayz sikli nega buziladi?

Hayz sikli - normal faoliyatda 28-32 kunni tashkil etadi. Ba’zan ushbu kunlarda oʻzgarishlar (uzayish, kamayish) kuzatiladi. Bunga sabab:

-Tashqi omillar - stress, surunkali charchash, taomnomadagi oʻzgarishlar, iqlim oʻzgarishlari;
-Ichki a’zolar kasalliklari;
-Tuxumdon kasalliklari;
-Endometriy (bachadon ichki shilliq qavati) polipi;
-Bachadon yalligʻlanish kasalliklari;
-Jinsiy gormonlar faoliyatining oʻzgarishi;
-Abortlar, tugʻuruqdan keyin;
-Saraton kasalligi;
-Menopauza holatlari;
-Qon ivish tizimi kasalliklari sabab boʻladi.

Hayz siklida oʻzgarishlar boʻlganda bee’tibor boʻlmaslik, ginekologga murojaat qilish lozim.

@endocrinoo
👏1
🚶🏻‍♂️Asabiy ish kunining “yuk”laridan xalos bo‘lmoqchimisiz?

♻️Unda har kuni 20 daqiqagina piyoda yuring. Natija sizni albatta xursand qiladi.

@endocrinoo
👏2
♻️ Bu yaponiyaliklar ichadigan Coca-Cola

Muhimi biz ichayotgan Coca-Cola bilan ta'mi bir xil, shunchaki unda bo'yoqlar yo'q.

@endocrinoo
🤔2
⚪️ ​​L Arginin xaqida ma’lumot.

🔅Bu dorini kashf qilgan insonlar uchun Nobel mukofoti berilgan.

Xususiyatlari:
➥ Tomirlar ichki qavatini yaxshilab butun organizmda qon aylanishini yaxshilaydi;
➥ Yurakni quvvatlaydi, yoshartiradi. Kuchini oshiradi.
➥ Tos a’zolari foaliyatini yaxshilaydi. Farzandli boʻlish, jinsiy quvvatni yaxshilaydi.
➥ Jigarni tiklaydi. Uni oʻstiradi
➥ Barcha a’zolar faoliyatini yaxshilab ularni tiklaydi.

🔸 Kulturistlar xam qoʻshimcha oziq sifatida ishlatishlari mumkin.

☑️ Tivomaks aynan shu tarkibli dori.

Shifokor bilan albatta maslahatlashing

@endocrinoo
🔥1
​SOCH TOʻKILISHIGA QARSHI ENG SAMARALI YORDAM BERUVCHI VITAMINLAR.

➥ Retinol atsetat (A vit)
➥ Tokoferola (Vit e)
➥ Vitamin V 3, V2, V6
➥ Foliyevaya kislota
➥ Sink
➥ Biotin

@endocrinoo
👍1
KUN DAVOMIDA YETARLI MIQDORDA SUV ICHASIZMI?

🕰 1 kun davomida inson 8 stakan suv ichishi kerak.

💧8 stakan suv:
➥ Moddalar almashinuvini tezlashtiradi;
➥ Tetiklashtiradi;
➥ Ozdiradi;
➥ Organizmdan toksinlarni chiqaradi;
➥ Teri xolatini yaxshilaydi;
➥ Rak kasallikning rivojlanish xavfini kamaytiradi;
➥ Xazm qilish jarayonini yaxshilaydi;
➥ Charchoqni yechadi;
➥ Organizmning umumiy holatini yaxshilaydi.

🔺 Barcha natijaga oddiy kaloriyasiz suv bilan erishing.

@endocrinoo
👏2
Tanimaydiganlarim, yaxshi ham tanimaysiz meni.
Taniydiganlarim, yaxshi ham bilmaysiz meni...

📌@endocrinoo 📌
👏3👍1
TOP 17 tana vazni yigʻishda (semirishda) yordam beradigan mahsulotlar

1. Sut
2. Guruch
3. Yongʻoqlar
4. Quruq muvalar
5. Goʻsht (mol, qoʻy, tovuq, kurka, ...)
6. Losos va yogʻli baliqlar
7. Kartoshka va kraxmalga boy mahsulotlar
8. Non va un mahsulotlari
9. Avokado
10. Turli xil boʻtqalar (kasha)
11. Sutli shokolad
12. Yogʻli pishloq
13. Tuxum (yogʻda qovurilgani)
14. Sariyogʻ
15. Qoʻshimcha oqsillar, masalan proteinlar
16. Dukkaklilar
17. Marmelad

@endocrinoo
👍1
Bolaning ogʻiz burchagi yorilishiga nima sabab boʻladi?



Ogʻiz burchagi yorilishi tibbiyot tilida angulit deb ataladi.

🔵 Ogʻiz burchagi yorilishiga sabab boʻluvchi omillar quyidagilar:

◽️ Ogʻizni notoʻgʻri parvarishlash;
◽️ Infeksiyalar yoki jarohat;
◽️ Temir tanqisligi anemiyasi;
◽️ Qandli diabet;
◽️ Oshqozon-ichak tizimi surunkali kasalliklari;
◽️ Ogʻiz qurishi;
◽️ Vitaminlar (V guruhi, rux, temir) yetishmovchiligi;
◽️ Allergiya qoʻzgʻatuvchi moddalar (kosmetika, tish pastasi, oziq-ovqat mahsulotlari va saqichda boʻlishi mumkin).

Davolash kompleks tarzda olib boriladi. Mahalliy davo sifatida antiseptik eritmalar, immunitetni oshiruvchi vositalar, fizioterapiya, teri va shilliq pardalar tiklanishini stimullovchi vositalardan foydalanish mumkin.

 @endocrinoo
👍1
Kuchli sovuq qotishdan keyingi angiografiya tasviri

@endocrinoo
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Insulin - hujayralarga glukoza yetkazib beradigan yagona gormon

Agar insulin umuman bo'lmasa yoki yetarli bo'lmasa, glukoza ko'pchilik hujayralarga kira olmaydi va odam diabetga chalinadi.

@endocrinoo
👍3
​​​​FARZAND TALABLARGA IBRAT
(hayotiy voqea)

Uylanganimga yetti yildan oshgan boʻlsa-da, hamon farzandimiz yoʻq edi. Farzandli boʻlish ilinjida er-xotin malakali mutaxassislar koʻrigidan oʻtdik, chet ellarda muolaja oldik. Qayerda bepushtlik muammosi bilan shugʻullanuvchi doktor borligini eshitsam, oʻsha ondayoq uning oldiga oshiqardim.
Axiri farzand koʻrish haqidagi oʻylar meni charchatdi. Kundan-kunga ich-etimni yeb, asabiylashardim, har nimadan jahlim chiqardi. Atrofdagilarning savollari ham battar ezardi.
Bir kun masjiddan peshin namozini oʻqib qaytayotib, yoʻlni kesib oʻtishga qiynalayotgan koʻzi ojiz otaxonni koʻrib qoldim. Yugurib yoniga bordim. Qoʻlidan ushlab, yoʻlning narigi betiga oʻtkazdim. Haqqimga duo qildi. Xayrlashmoqchi boʻlganimda otaxon:
- Bolam, uylanganmisan? - deb qoldi.
- Ha.
- Bolalaring bormi?
- Hali farzandim yoʻq...
Otaxon gapirish ohangimdan nimanidir bilganday boʻldi, shekilli:
- Oʻgʻlim, siqilma, sabrli boʻl. Men ham uzoq yillar farzand koʻrmadim. Xudoga shukr, hozir yettita bolam bor. Oʻgʻlim, farz namozni oʻqiganingdan soʻng "Ey Rabbim, meni yolgʻiz tashlab qoʻyma, Sen Oʻzing vorislarning eng yaxshisisan" (Anbiyo, 89 oyat) oyatini oʻqib, ixlos bilan duo qil, Yaratgan – mehribon Zot, seni ham nasibasiz qoldirmaydi, inshaalloh! - dedi.
Quvonchdan koʻzlarim yoshlandi. Otaxonga minnatdorlik bildirib, uyga shoshdim. Voqeani ayolimga aytib berdim. Ayolim esa, uzoq oʻylanib qoldi va: "Mushkulimizga chora izlab, hamma eshikni qoqibmiz-u, lekin, eng asosiy eshik, Xudoyimning eshigini qoqmabmiz! Shunchalar xatokor boʻlamizmi?!" dedi.
Shu kundan boshlab, ikkimiz Yaratganga yukindik, iltijolar qildik. Tunlari ulugʻ ne’mati - farzand bilan siylashini soʻrab, astoydil duolar qildik.
Shukr, Rabbimiz xatolarimizni kechirib, bizni ham qiz farzand bilan siyladi. Biz yana tinmay duo qilardik:

"Robbanaa hablanaa min azvajinaa, va zurriyyatinaa qurrota a’yun va ja’alnaa lil muttaqina imamaa."

Ma’nosi:
"Ey Rabbimiz, Oʻzing bizga jufti halollarimizdan va zurriyotlarimizdan koʻzimiz quvonadigan narsa hadya et hamda bizlarni taqvodorlarga yoʻlboshchi et".🤲

@endocrinoo
👍4
«Dunyo aholisining har beshinchisi notoʻgʻri ovqatlanish sababidan dunyodan erta koʻz yumadi»
JSST ma’lumoti

Yuqorida keltirilgan yeguliklar tarkibiga koʻp miqdorda turli xil sun’iy rang va konservantlar, transyogʻlar, shakar va tuz qoʻshilgan boʻladi. Bu moddalar odatda jigarda parchalanmaydi va toʻplanib qolish xususiyatiga ega.

@endocrinoo
2
Chipslarning zarari

Gidrogenlangan yogʻlar va koʻp miqdordagi tuz tanaga katta zarar yetkazadi va qon tomirlarda "yomon" xolesterin toʻplanishiga olib keladi.

Chipslarda kanserogen modda — glitsidamid boʻlib, bu saratonni keltirib chiqarishi mumkin.

Bundan tashqari:
• Qandli diabet rivojlanish xavfini oshiradi
• Qonda xolesterin miqdorini oshiradi
• Metabolizmni buzadi
• Erkaklarda testosteron darajasini pasaytiradi
• Gastrit, oshqozon yarasi rivojlanish ehtimolini oshiradi.

@endocrinoo
2👍2
Mineral suv ichib yurishga 3 ta sabab

Mineral suv — bu minerallarga boy boʻlgan maxsus suv.

1. Suv-tuz balansini tartibga soladi
Tanadagi suyuqlik va elektrolitlarning toʻgʻri nisbati shish paydo boʻlishini oldini oladi va barcha tizimlarning toʻgʻri ishlashiga yordam beradi.

2. Metabolizmni qoʻllab-quvvatlaydi
Tarkibdagi faol ionlar va elementlar metabolik jarayonlarni tezlashtiradi, sogʻlom vaznni nazorat qilish va toksinlarni osonroq chiqib ketishiga yordam beradi.

3. Minerallar oʻrnini toʻldiradi
Hush kayfiyat va sogʻliq uchun ichki resurslarni oʻz vaqtida toʻldirish muhimdir.

@endocrinoo
1👍1
Uyqu gormonining tabiiy manbai

Uyqu gormoni — melatonindir. Stress yoki boshqa omillar tufayli uning ishlab chiqarilishi kamayishi mumkin. Bunday vaziyatda esa odam uyqusizlikdan aziyat chekadi.

Melatoninni koʻpaytiradigan manbalaridan biri va yagona narsa gilosdir.

Agarda sizni uyqusizlik qiynasa — gilos yeng.

@endocrinoo
2👍1