Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
616 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Qiziqarli lekin ayanchli fakt

Oʻtgan asrda diffuz toksik buqoq kasalligi haqida toʻliq maʼlumot mavjud emas edi. Patogenezi toʻliq aniqlanmagan edi.

Shu sababli kasallik sababi sifatida TTGni aybdor deb topishgan, endokrin orbitopatiya ( ekzooftalm ) sababi sifatida esa gipofizni aybdor deb bilishgan.

Shu sababli kasallikni davolaymiz deb gipofizni olib tashlashgan.
Yakunda bemor vafot etgan.

Endi bemorning muammosi koʻz emas boshqa narsa edi...

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1🔥1👏1💯1🎄1
#klinik_vaziyat

Bemor 1963-yilda tugʻilgan erkak. 13-noyabrda qonda qand miqdori 18.7 holatda keldi.
BVI 31.
3 oylik glukoza natijasi 20.4 edi.

1 oy uchun 2 ta tabletka va toʻgʻri ovqatlanish va harakat(piyoda yurish) evaziga qonda glukoza 6.5 ga tushgan.
Eng muhimi bemor 1 oy avvalgi chanqash, siyish tezligi,oyoqdagi ogʻriq, ich qotishlar, qon bosimidan halos boʻlgan.

Piyoda yurish naqadar foydali ekanini juda koʻp takidladi. Kuniga 5kmdan ortiq yurayotgani va bu hayotiga juda ijobiy taʼsir qilganini aytib hursand boʻldi.

"Oltin 3 lik"
•Dorilar
•Harakat
•Parxez

Bular birga ekan sizda diabetni yengish uchun katta potensial bor.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍8👏5💯21🔥1🎉1🎄1
#hazil_time

Ich qotishi endi muammo emas😅

@endocrinoo
😁7🤔61👍1🎉1💯1🎅1
Bolalar intellektini (IQ) "o‘ldiradigan" 6 ta "qotil"

1. Yod tanqisligi.
Homiladorlik oldi va homiladorlik davrida ona organizmidagi yod tanqisligi bolalar IQ sini 12,4 darajaga pasaytiradi. Homiladorlikni rejalashtirayotgan va homiladorlarga tavsiya: har kuni 200 mg yod preparatlarini qabul qilishi kerak. Yod elementi folat kislota (vitamin B9) (400 mkg sutkalik ehtiyoj) ishtirokida yaxshi so‘riladi.

2. Ko‘krak suti bilan oziqlantirmaslik.
Bolalar uchun kerakli barcha vitamin va minerallar ona sutida bor. Bolani ham jismonan, ham aqlan rivojlanishi uchun ona suti juda muhim. Tavsiya: bolani kamida 6 oy, eng yaxshisi 2 yoshgacha emizish kerak. Turli xil kimyoviy qo‘shimchalarni bermagan ma’qul.

3. Qandli diabet 1-tipi.
Bu autoimmun kasallik bo‘lib
, bolani aqliy rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Bunda insulinrezistentlik va gipoglikemiya rivojlanadi va bosh miya normadan kichik bo‘lib qolishi kuzatiladi.

4. B12 vitamini yetishmasligi.
Bu vitamin markaziy va umumiy nerv tizimi rivojlanishi uchun juda muhim

5. Ovqat qo‘shimchalarida yoki kundalik ratsionida shakarni ko‘p iste’mol qilish.
Insulinrezistentlikka, qonda insulinni ortishiga olib keladi va bosh miyada glyukoza yetishmasligi kuzatiladi.

6. Turli kimyoviy moddalar bilan kontakt.
Asosan sifatsiz plastik idishlarga issiq taom solinganda o‘zidan zararli kimyoviy moddalar (ftalat) ajratadi. Yoki sifatsiz plastik o‘yinchoqlarni bolalar og‘ziga solganda va tishlaganda ajraladi.

Emizikli onalar ratsionida yod, folat (B9), B 12 vitaminlarga boy mahsulotlar bo‘lishi kerak. Agar dori ko‘rinishida iste’mol qilinsa yanada yaxshi, sababi doim ham yeguliklardan sutkalik ehtiyojni qondirib bo‘lmaydi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4🔥32👏1💯1
#asorat

Shiatsu usulida Marutakuning oyoq massaji

Ushbu mashqlar diabetda rivojlanuvchi asorat boʻlgan diabetik toʻpiq sindromi va angiopatiyani oldini olish uchun foydali hisoblanadi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3🔥3👏1🏆1
⚠️Sogʻligingiz haqida koʻp narsalarni aytib beradigan 7 ta qon koʻrsatkichi:

1⃣ Gemoglobin.
Qizil qon hujayralarida topilgan qon pigmenti. Asosiy vazifasi kislorodni va SO2 ni tashish.

2⃣ Qizil qon tanachalari.
Ortiqcha yurak nuqsonlari, bronxlar, oʻpkalar, buyraklar va jigar kasalliklarida namoyon boʻladi.

3⃣ Leykotsitlar
Haddan tashqari infeksiya va yalligʻlanish mavjudligini koʻrsatadi.

4⃣ Trombotsitlar
Qon ivishini ta’minlaydi. Agar ular me’yordan ortiq boʻlsa, unda sizda sil kasalligi, yarali kolit, jigar sirrozi boʻlishi mumkin.

5⃣ Glyukoza
Ortiqcha - notoʻgʻri ovqatlanish, gormonal kasalliklarda qonda miqdori koʻpayadi.
Salbiy tomoni diabetdir.

6⃣ Umumiy protein
Jigar, buyraklar, notoʻgʻri ovqatlanishning yomonlashishi bilan uning miqdori normadan kamayadi.

7⃣ Umumiy bilirubin.
Jigar koʻrsatkichi. Gepatit, oʻt qopi tosh kasalliklarida yoki qizil qon hujayralari kamayishi bilan bilirubin miqdori koʻtariladi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍31🔥1👏1
Parvo qilmang, bo'lmaganni bo'ldiramiz.
Paymonasi to'lmaganni to'ldiramiz.
Avvallari otar edik, osar edik...
Endi esa majlis qilib o'ldiramiz.

@endocrinoo
😁12
#asorat

Qandli diabetda bemorlarning koʻpida oyoqda qizish bor ekani maʼlum.
Bu diabetik polineyropatiyaning bir turi boʻlib davolash talab qiladigan holatdir.

Davolashda qonda qand miqdorini meʼyorda saqlab yurish bilan bir qatorda dori vositalari ham talab qiladi.

Qizishning eng katta sababi esa nerv tolasi qobigʻi mielinning yemirilishi yani demielinizatsiyadir.

Sizda ham ushbu holatlar kuzatilsa endokrinologga murojaat qiling

@endocrinoo

Guruh manzili 👉 @endokrinolog_maslaxatii
👍72👏2
QORA QUTI

Samolyot samoda sochilib ketsa,
Yo dengiz tubiga sho‘ng‘ir bo‘lsa chin,
Qidirib qolamiz «qora quti»ni,
Axir, unda mavjud neki yashirin.

Sayyora ham bugun uchib bormakda,
Qaysi tayyoradan farqi bor, axir?
Unda ham ne-neki sinoat, sirlar,
«Qora qutilar»ga naqadar og‘ir:

Ularning barisi bir kun to‘planar
Katta bir maydonda. Hamma tinglagay.
Umr bo‘yi topilmagan chistonlar
Yechimin ko‘rsatgay. Avom anglagay.

Hali hech tuyg‘ular bo‘lmagan barbod,
Barisidan bir-bir chetlab o‘tilar.
O‘hho‘, nimalarni tinglar odamzot
Hali tilga kirsa o‘sha qutilar.

© Hayrulla Xamidov

@endocrinoo
👍32👏1
Yosh bolalari bor ayollar va homiladorlar uchun tavsiya va zaruriy maʼlumot

Bolalarning virusli kasalliklar, gripp, qizamiq, qizilcha,tepki,koksaki virusi bilan kasallanishi , homilador ayolning ham kasallanishi bolalarda Qandli diabet 1-turi paydo boʻlish ehtimolligini oshiradi

Qandli diabet 1-turi deyarli nasliyligi past xisoblanadi
Yani ota ona Diabet bilan ogʻrisa ham bolada paydo boʻlish ehtimoli kam

Lekin ona homiladorlik davrida qizilcha bilan kasallansa tugʻilgan bolada 10 yil ichida qandli diabet paydo boʻlish ehtimoli 25% . Bu katta koʻrsatkich.

Oʻzingizni va farzandingizni asrang aziz ayollar

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4🔥3👏1
❗️1 porsiya kartoshka fri 2,5 quti sigaret zarariga tenglashtirildi

Kartoshka frida akrilamid — isbotlangan kanserogen modda bor. Bir quti sigaretda 20 mkg akrilamid moddasi bor. Bir porsiya kartoshka frida esa shu modda 50 mkgni tashkil qilishi aniqlandi. Ko‘rib turganingizdek 2,5 barobar ko‘p.

Bundan tashqari kartoshka fri (chipslar) o‘zida ko‘p miqdorda transyog‘lar saqlaydi. Oz-ozdan iste’mol qilsa bo‘ladi. Bolalarga ehtiyot bo‘lingani, berilmagani yaxshi.

@endocrinoo
👍7👏1💯1
QOR YOQQAN KUN

Qandayin so‘z topay tasvirlash uchun
Maysalar rangini qor yoqqan kuni,
Qordan chiqib turgan maysalar uchin,
Yulduzlar sovuqdan muzlagan tunni.

Oy bilan sayr etib yurgan chog‘imda
Yo‘lakdagi muzning qisir-qisirin,
Ko‘rpaga o‘rangan tungi bog‘imda
Qari daraxtlarning mahzun shivirin.

Sirg‘adek osilgan alvon do‘lana
Yulduzdek yonadi yo‘lak chetida,
Qorning uchqunlari go‘yo parvona
Qo‘naru eriydi bo‘sh hovuchimda
Qor yog‘ar…

Hayajon misli shamchiroq
Yoritib turadi yuragim ichin,
Barchasin sirini bilaman, biroq
So‘z topa olmayman tasvirlash uchun…

Xurshid Davron

@endocrinoo
👍3🥰31👏1🎅1🎄1
⁠Alisher va Gripp (virusi) suhbati

Alisher o‘z xonasi devorida o‘rmalab yurgan g‘aroyib maxluqchani ko‘rib qoldi. Yaqinlashib qarasa, gripp ekan. Chaqqon bola emasmi, oshxonadan tezda shisha idish olib kelib, grippni qamab qo‘ydi.
– Ushlab oldimmi?! Ana endi, singlim Nargizani kasal qilganing uchun ta’ziringni beraman!
– U men emas, boshqa gripp edi. Men yaqinda ish boshladim, hali ko‘p narsani bilmayman, – dedi qo‘rqib ketgan maxluqcha.
– Unda bu yerda nima qilyapsan? – so‘radi Alisher qovog‘ini uyib.
– Haligi... Seni kasal qilgani keluvdim, – dedi gripp uyalib.
– Hali shunaqami?! – Alisherning jahli chiqib ketdi.
U idishga qaynoq suv quyib grippni yo‘q qilmoqchi bo‘ldi.
– To‘xta, meni jazolama. Balki, kelisharmiz?.. – ko‘zlari yoshlanib iltimos qildi u.
– Kelishamiz, gripp bilan-a?!
– Nima qipti? Meni qo‘yib yuborsang, kasallikdan saqlanishning hech kim bilmaydigan sirlarini aytib beraman.
– Mayli, roziman, lekin shunda ham boshqalarni kasal qilmaslik sharti bilan, – dedi Alisher.
– Unda, eshit. Biz, asosan, havo orqali yuqamiz. Gripp bo‘lmaslik uchun quyidagi maslahatlarimga amal qil.
💊 Maktabda va avtobusda, albatta, dokali niqob taqib yur. Chunki bunday joylarda biz judayam ko‘p bo‘lamiz.
💊 Qo‘ling bilan burning va og‘zingni ko‘pam ushlayverma. Biz ko‘proq bolalarning qo‘llariga yopishib olamiz. Shu uchun ham qo‘lingni tez-tez sovunlab yuv.
💊 Kasal bo‘lib qolgan o‘rtoqlaring bilan masofa saqla. Chunki ular aksa urganda menga o‘xshagan grippchalar senga ham yopishib oladi.
💊 Xonangni tez-tez shamollatib tur. O‘shanda devor va buyumlarga joylashib olgan viruslar uzoqlarga uchib ketadi.
💊 Vaqtida ovqatlanib, vaqtida uxlashni unutma. Charchagan va qorni och bolalarni biz osongina kasal qilib qo‘yamiz.
– Agarda shu qoidalarga amal qilsang, hech qachon gripp bo‘lmaysan!
– Tushunarli. Albatta, bularga amal qilaman. Sen-chi, endi nima qilasan? – so‘radi Alisher.
– Ishdan bo‘shayman. Bolalarni kasal qilish o‘zimga ham yoqmaydi. Keyin esa sayohatga chiqaman. Kichkinaligimdan asalariga o‘xshab guldan gulga qo‘nib yurishni orzu qilardim. Sen esa, hech qachon kasal bo‘lma! Xayr, do‘stim.
Alisher bilan xayrlashgan gripp oyna orqali tashqariga chiqib, ko‘zdan g‘oyib bo‘libdi.

Qadrli onalar! Ushbu hikoyani bolalaringizga o‘qib bering! Va ularni grippdan asrang!

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍9🥰2💯1🎅1🎄1
Eslatma!!!

Qon taxlil olinishi kerak boʻlganlar uchun.
Har qanday qon taxlili (agar u to'q qorin uchun zaruriy boʻlmasa) ertalab och qoringa olinishi zarur. Bunda bemor ogʻizni chayqamasligi , suv yoki choy ichmasligi zarur. Hattoki ayollar lab boʻyogʻi ham bazi gormonlarni aniqligiga taʼsir qiladi. Tish pastasi tarkibidagi ftor qonda oʻzgarishlar chaqiradi. Suv ichish esa hazm trakti ishlashiga sababchi boʻladi.

Jismoniy mehnatni kuchli bajarish , stress , siqilish (jinsiy aloqa) ham taʼsirini oʻtkazadi.

Chekuvchilar chekmasligi , kunlik dori qabul qiluvchilar oʻsha kungi ertalabgi imkoni boʻlsa bir kun avval kechki dorilarni ham qabul qilmasligi zarur.

Yani demoqchi boʻlganim har doim och qoringa analiz qiling.

Taxlil aniqligi yarim diagnoz degani !!!

Kanalda👉 #analiz 👈 xeshtegi ustiga bosib taxlillar bilan tanishib chiqing.

Kanalga aʼzo boʻling.
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing .

@endocrinoo
@endokrinolog_maslaxatii
👍6🔥2💯1
Surunkali kasalligi bor insonlarda uchrovchi shish haqida
Koʻp hollarda 2 hil shish farqlanadi buyrak va yurakka aloqador

Buyrak shishi:

Tez rivojlanadi, keng tarqaladi.
Yuz soxadan boshlanadi
.
Asosan ertalab paydo boʻladi.
Rangi oq, suvli harakatchan boʻladi.
Yuzi oqargan , so'liqqan.
Kamdan kam hollarda jigar ham shishadi

Yurak shishi:

Sekin asta rivojlanadi.
Oyoqdan boshlanadi.
Kun ohirida paydo boʻladi.
Qattiq, harakatsiz, koʻkargan.
Yuzi ko'kargan.
Ortopnoe holati hos.
Jigar hamma vaqt kattalashadi.

Kanal manzili👉 https://t.me/endocrinoo


Guruh manzili👉 https://t.me/endokrinolog_maslaxatii
👍5🔥1👏1
#analiz
#bepushtlik

Prolaktin gormoni- erkak va ayollarda mavjud bo'lgan 300 dan ortiq vazifa bajaradigan gormon. Gipofiz bezidan ajraladi.
Uning ajralishi kun davomida ham o'zgarib turadi. Infektsion kasallik, harorat ortishi sababli ortadi va kamayib turadi.
Gormonning vazifasi ayollarda sut bezi shakllanishi, sut sekretsiyasini taminlaydi.
Miqdori ortishi 2 hil ko'rinishda bo'ladi
Fiziologik
Patologik

Erkaklarda fiziologik ortishi sababi:
Kuchli jismoniy mehnat
Stress
Oqsilli mahsulotlar istemoli
Sport zalida ishlash
Uyqu
Jinsiy aloqa

Erkaklarda patologik ortishi sababi:
Gipofiz o'smasi
Gipotireoz
Jigar sirrozi
Buyrak yetishmasligi

Erkaklarda ushbu gormon ortishi sababli kelib chiquvchi holatlar
Psixoemotsional buzilish
Metobolik o'zgarishlar
Jinsiy sistema tarafdan
Erektil disfunksiya
Bepushtlik
Ginekomastiya
Insulin ortishi
Semizlik
Osteoporoz
Uyqusizlik

Shuningdek medikamentoz giperprolaktinemiya (dorilar sabab kelib chiquvchi) turi ham bo'lib quyidagi dorilar sababli paydo bo'ladi - neyroleptik, antidepressant, trankvilizator, oral kontraseptiklar(esterogen), kalsiy kanali blokatorlari, qon bosim pasaytiruvchilar, dofamin ingibitorlari, sudorgiga qarshi dorilar.

Bazan chekish va narkotik ham oshirishi aniqlangan.

Davolash faqat endokrinolog bilan

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍43👏1
#hazil_time

Bemorga ham vaqt ajratish uchun qogʻozlardan voz kechishga yana necha asr kerak boʻlar ekana

Hazil achchiq haqiqati bilan

Kanal manzili👉 https://t.me/endocrinoo


Guruh manzili👉 https://t.me/endokrinolog_maslaxatii
😁7💯3👏2
🧷Bugun ozishni boshlamayapsizmi, buginingiz xam orzuga aylanadi.

Aytaylik, bugun 80 kg siz. Bir oy yoki 20 kundan keyin 85 kgga aylanasiz. Bugun 75 kgni orzu qilib turgan boʻlsangiz, 20 kundan keyin 80 kg ni orzu qila boshlaysiz.

Juda koʻpchiligimiz internetdagi dorilar ozdirmaganidan noliydi. Menga xam yuzlab maktublar shular toʻgʻrisida fikr soʻrashadi.

Aslida, hamma kalit oʻzingizda. Faqat buni tan olmaysiz.

@endocrinoo
👍2🔥1
🔗Bepushtlik haqidagi postlar jamlanmasi.

Bugunning global muammolaridan biri boʻlgan bu holatda nimalar qilish kerak, nimalarni bilish kerak

Bu jamlanma #bepushtlik deb yozilgan postlarni jamlab beradi.

@endocrinoo
👍1
👍1
#hazil_time

- Adasi, eski kiyimlarimni ochlikdan qiynalayotgan bechoralarga beraman.
- Sening kiyimlaring mos kelgan odam aniq ocharchilikda emas.

@endocrinoo
@endokrinolog_maslaxatii
😁12