Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.8K subscribers
3.83K photos
621 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
D vitamini

☀️Vitamin D faqat suyak to‘qimalari uchun zarur emas,uning boshqa foydali xususiyatlari bor.

Vitamin D 2-toifa diabet xavfini kamaytiradi. Bir qancha tadqiqotlar hujayralar faoliyatining yaxshilanishi, insulin sezuvchanligining yaxshilanishi va D vitamini darajasining oshishi tufayli yallig'lanish jarayonlaridan himoyalanishning isbotini ko'rsatdi.

D vitaminining eng yaxshi manbayi quyoshdir, shuning uchun imkon qadar quyoshda yurishingizni maslahat beramiz.Soat 11:00gacha quyoshda sayr qiling,chunki keyingi nurlar zararli ta‘sir qilishi mumkin

@endocrinoo
👍3
⚡️Eng kеrakli vitaminlardan biri bu Vitamin B12

🩸 U qon yaratilishda, DNK va nеrv tolalari sintеzida, garmonlar ayniqsa mеlotonin ishlab chiqarilishida faol ta'sir ko'rsatadi.

HOTIRA PASAYISHI ham aynan shu еtishmovchiligi tufayli bo'lishi mumkin.

🪴 @endocrinoo
👍3
Hazil vaqti 😄

O'zbеk kasallikka uchrasa ko'proq kimni gapiga ko'proq amal qiladi?

😂😂😂

@endocrinoo
😁5
⚡️ Gormonlar disbalansi haqida

Gormon- organizmdagi biror jarayonni aktiv o'zgartiradigan biologik modda. Gormonlar ma'lum jarayonni tеzlashtirishi, sеkinlashtirishi yoki boshqa yo'nalishga burishi mumkin.

Masalan Somototrop gormoni suyaklar o'sishini tеzlashtiradi va bo'y o'sadi.

Oxirgi paytlar ta'sirchan bo'lib qolgan bo'lsangiz, sal narsaga jaxlingiz chiqsa, kayfiyatingiz tеz ko'tarilib tushib kеtavеrsa - buning zamirida Tiroksin gormonlari o'zgarishi yotadi.

Sеmirish yoki ozib kеtish, soch to'kilishi yoki rеjalanmagan joydan tuk chiqishi, ayol ruxiyatida erkaklik yoki aksincha erkak ruxiyatidagi ayollikni ham aynan gormonal disbalans chaqiradi.

🧨 Yuqoridagi bеlgilar sizda bo'lsa Gormonal fonni tеkshiruvchi analiz topshiring va Endokrinologga uchrang.

@endocrinoo
👍3
⚡️Oyoq tomiri tortishsa.

Ko'pincha bunga sovuq, kalsiy magniy еtishmovchiligi va tomir kasalliklari sabab bo'ladi.

Tomir yoki pay tortishsa o'sha joyni qattiqroq massaj qiling.

Yana bir usul—o'rningizdan turib sovuq yuzada,masalan polda yuring.

@endocrinoo
👍4
⚡️Organizm ovqat emas, aslida suv so'ragan bo'lishi mumkin.

Cho'lda yashovchi ayrim xayvonlar, masalan echkiemarlar umuman suv ichmasligi mumkin. Sababi ularning organizmi suvni tеjashga jiddiy moslashgan va ular suvga bo'lgan extiyojni istеmol qilayotgan maxsulotlaridan ajratib oladi.

Ammo Inson echkiemar emas va suv sarfi bizda juda ko'p. Organizmni istalgan jarayoni normal kеchishi uchun bizga suv zarur. Ammo ba'zan suv еtarli ichilmasa organizm еyilgan ozuqalar tarkibidagi suvdan foydalana boshlaydi.

Natijada organizm aslida suvga bo'lgan extiyojni qondirish uchun ko'proq ozuqa so'raydi. Sеmizlikka qadam shu еrdan boshlanadi.

🧨 Organizmga еtarli suv bеring va suvni ovqat tarkibidan ajratib olishga majbur qilmang.

@endocrinoo
👍4
Nega og‘iz orqali nafas olish zararli?


Burun orqali nafas olganingizda u 4 ta "filtr" dan o'tadi. Filtrlar iflos zarralarni changdan bakteriyalargacha filtrlaydi. Shuningdek, havo harorati burun bo‘shlig‘ida optimallashadi

🔰Havo og‘iz orqali o‘pkaga kirganda filtrlanmaydi. Qishda esa tomoq og‘rig‘iga sabab bo‘lishi mumkin

@endocrinoo
👍3
🥛 Sut mahsulotlari qondagi qand miqdorini barqarorlashtiradi va stressga qarshi ijobiy ta'sir ko‘rsatadi

Lekin sut tarkibida laktoza borligini inobatga olib sal kamroq istemol qilgan ma’qul

@endocrinoo
👍5
❤️🕋Namozni organizmga foydasi...

🌙Namozda bajariladigan harakatlar yengil, oson boʻlgani uchun yurakka zoʻr kelmaydi (toliqtirmaydi) va kunning ma’lum bir vaqtlarida bajarilgani uchun insonni doimo tetik tutadi. 

🌙Bir kunda boshini sakson marta yerga qoʻygan insonning miyasiga muntazam ravishda koʻp miqdorda qon oqib keladi. Miya hujayralarining qon bilan yaxshi toʻyinishi tufayli namoz oʻqiydigan odamlarda xotira sustligi va skleroz kamroq uchraydi. Bunday kishilarning turmush tarzi sogʻlom boʻladi. 

😊

@endocrinoo
🖥Televizor koʻrish qanchalar zararli?

Olimlar muntazam ravishda televizor koʻrish bilan semizlik oʻrtasidagi bogʻliqlikni aniqlash maqsadida 25 yil davomida kuzatishlar olib bordilar. Ulardan biri oʻrtacha yoshdagi 50 ming nafar ayol bilan olib borilgan besh yillik mashhur tadqiqotdir.
📈Unga koʻra, ayol kishi televizor qarshisida oʻtkazadigan har ikki soat natijasida semizlikka duchor boʻlish xavfi 23%, qandli diabetga chalinish xavfi esa 14% ga ortishi aniqlandi.

Ayollar oʻzingizni asrang, televizor pultini eringizga bering!😌

@endocrinoo
😁2👍1
🌜Uyqusizlik sabablari🌛

🍏Organizmda temir moddasi yetishmasligi, uyqusizlikning eng keng tarqalgan sabablaridan biridir.

🍏 Uyqu buzilishida, gemoglobin darajasiga e’tibor qaratish lozim: agar oqsil yetarli boʻlmasa, bu uyqu bilan bogʻliq muammolarga olib keladigan temir tanqisligi anemiyasi rivojlanyotganining belgisi boʻlishi mumkin.

🍏 Temir - dofamin sintezida ishtirok etuvchi modda, u uyquni tartibga soladi. Agar temir yetishmayotgan boʻlsa, u holda uyqusizlik boshlanishi mumkin va “bezovta oyoqlar“ sidromini chaqirishi mumkin...

❗️ Qon analiz topshiring...

@endocrinoo
👏1
​​Sartaroshxona va Goʻzallik salonxonalarida xushyor boʻling!

📂Xozirda, dolzarb mavzuga aylangan yuqumli kasalliklar xaqida bilasizmi? Bular, SPID(VICh) va Gepatit S. SPID xaqida koʻpchilik bilsa kerak. Gepatit S esa, virus tabiatli kasallik boʻlib, vaqtida davolanmasa "Jigar sirroz" kasalligini, keltirib chiqarishi mumkin. Bu ikki kasallikni xam davolash juda qiyin boʻlganligi sababli, inson umrini bir necha yilga qisqartirishi mumkin. Bu kasalliklar "qondan-qonga" kontakt orqali yuqadi.

💡Xoʻsh, sartaroshxona va salonxonalarni nima a’loqasi bor? Aloqasi shunda-ki, koʻp joylarda sochni va soqollarni(erkaklarda)"lezviye" bilan olayotganda va ayollarni "tatuaj" va shunga oʻxshash amaliyotlar qilishayotganda, "bir martalik" instrumentdan foydalanishmaydi( xamma xam emas ayrimlari) va natijada, kasallikni yuqtirib qoʻyishga sababchi boʻlib qolishadi...
Biz, bu kasb egalarini aslo yomonlamoqchi emasmiz, shunchaki oʻz ishlarini, professional darajada qilishlarini soʻrab qolamiz.

📋Qoʻshimcha sifatida aytmoqchimizki, bu kasalliklar "Stomatolog" xuzurida va jinsiy aloqadan soʻng xam yuqib qolish extimoli bor. Shu sababdan, toʻgʻri va xalol boʻlib yurishga xarakat qiling 😊

@endocrinoo
👍1👏1
⚡️Bachadon miomasida operatsiyasiz davo effektlimi?

Ayollar orasida mashxur boʻlgan ushbu xastalikni garmonal vositalar bilan davolashning kichik shartlari bor:

- mioma oʻlchami 2-3 smdan kichik boʻlishi kerak;

-bemorning operatsiyadan oʻta qoʻrqishi;

- menopauza yoshining katta kichikligi.

➡️ Miomada ishlatiluvchi garmonlar mioma oʻsishini sekinlashtirishi, toʻxtatishi va orqaga qaytishini ta’minlaydi.

Ammo shuni yodda tutish kerakki, bu usul har doim ham samarali emas.

@endocrinoo
👍1👏1
📍 Ushbu belgilar namoyon boʻlsa, organizmda gijja boʻlishi mumkin!

◼️ Zaiflik, ma’lum sabablarsiz charchash;
◼️ Kasalliksiz tana haroratining koʻtarilishi;
◼️ Teri va shilliq toʻqimalar odatdagidan koʻra sariqroq koʻrinishi;
◼️ Siz doimiy aloqa qilib turadigan uy hayvoni mavjudligi;
◼️ Zoʻriqish boʻlmaganida ham mushaklar va boʻgʻimlarda ogʻriq;
◼️ Kechki xurrak otish va tishlarni gʻijirlatish;
◼️ Oxirgi bir necha oy ichida siz quritilgan baliq, choʻchqa goʻshti va boshqa yaxshi ishlov berilmagan goʻsht mahsulotlarini tanovul qilganligingiz;
◼️ Siz parxezsiz va turmush tarzingizda hech qanday oʻzgarishsiz vazn yoʻqotishingiz;
◼️ Ba’zan sabzavot va mevalarni toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻdan yoki doʻkondan olib yeysiz va ularni qaynoq suv bilan yuvmaysiz.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
🏥

Vitamin yetishmasligini oldini olish

Gipovitaminozni o’z vaqtida davolashda bemor to’liq tiklanishi mumkin. Bolalar yoki kattalar uchun o’rtacha darajada vitamin yetishmasligi va parhezni normallashtirish bilan qulay prognoz shakllanadi. Vitamin yetishmovchiligining og’ir shakllari har doim ham individual tana tizimlarining normal ishlashini tiklashga imkon bermaydi. E’tiborsiz bo’lgan vitamin yetishmasligi o’limga ham olib kelishi mumkin.

Patologiyaning oldini olish muvozanatli dietaga asoslangan. Bolalar va kattalarda vitaminlar yetishmasligining alomatlari yetarli miqdorda sabzavot, meva, ko’katlarni muntazam ravishda iste’mol qilishda paydo bo’lmaydi. Kuz va qishda sharbatlar, sitrus mevalar va karamni parhezga kiritish kerak.


@endocrinoo
👍2
💉Bolalar gripp vaksinasi(inflyuvak)ni necha yoshdan olsa bo‘ladi?

☑️14 yoshdan katta bolalarga -
0,5 ml(bitta doza) bir marta
☑️3 yoshdan 14 yoshgacha -
0,5 ml bir marta
☑️6 oylikdan 3 yoshgacha -
0,25 ml bir marta.
☑️6 oylikdan kichik bolalarni
onasiga olish tavsiya etiladi. Hosil bo‘lgan gumoral immunitet, ona suti orqali bolaga o‘tadi.

📌Oldin gripp bilan kasallanmagan va vaksinatsiya qilinmagan bolalarga 4 hafta oralig‘ida 2 marta qilinadi.
Preparat himoya effekti inyeksiyadan so‘ng 14 kunda namoyon bo‘ladi. Davomiyligi 6-12 oy.


📌Vaksinani yaroqlik muddati bir yil. Qutisiga “2022-2023 sezon” uchun deb yozilganini xarid qiling.

📌Vaksinatsiya paytida bola mutlaqo sog‘lom bo‘lishi kerak. Shuning uchun muolajani vrach Pediatr bilan maslahatshib keyin amalga oshiring.

@endocrinoo
👍1
📣Prostataga velosipedda uchish foydali deb oʻylaydiganlar xaq emas.

Velosipedda koʻp uchish xattoki prostata rakiga olib boradi deb davo qilguvchilar yoʻq emas. Velosipedda yurish prostata bezi adenomasi yoki prostatitga chalinmasdan avval foydali. Ammo dimlangan ( zastoy) prostatitda velosiped uchish jiddiy zarar beradi.

Ot minish xam prostatitga chalinmasdan avval kichik chanoq boʻshliqlari a’zolari kasalliklari uchun foydali.

Ot minish bilan davolanish Ippoterapiya deyiladi.

@endocrinoo
👍1👏1
KOʻP TUGUNLI BUQOQ NIMA?

Koʻp tugunli buqoq deb, buqoq bezi toʻqimasida ikki va undan ortiq tugunli xosilalar aniqlanganda aytiladi. Tugunlarning kelib chiqishiga koʻra toʻrtta morfologik turlari farqlanadi: •    Kolloid tugunlar; •    Follikulyar adenoma; •    Yomon sifatli oʻsmalar (rak). •    Yolgʻon tugunlar: ular yalligʻlanish natijasida xosil boʻladigan infiltratlar xisoblanadi (masalan, autoimmun va yarim oʻtkir tireoiditda). Kasallik belgilari Koʻp tugunli buqoqning klinik koʻrinishi buqoq bezining endokrin faoliyatini xolatiga bogʻliq. Shunga koʻra uning uchta turi farqlanadi: •    Eutireoz – tireoid gormonlar ajralishi normada boʻladi; •    Gipertireoz – tireoid gormonlar koʻp ajraladi; •    Gipotireoz – tireoid gormonlar kam ajraladi. Buqoq bezi gormonlarini sintezi buzilgunga qadar kasallik yashirin kechadi. Keyinchalik quyidagi klinik belgilar kuzatiladi: •    Yutinishni buzilishi; •    Ovozni xirillashi; •    Buqoq bezini turtib chiqishi natijasida boʻyin soxasidagi kosmetik defekt. Tireoid gormonlarni ortib ketishi quyidagi belgilar bilan namoyon boʻladi: •    Yurak urishini tezlashishi •    Koʻp terlash •    Koʻz soqqasni turtib chiqishi •    Tana vaznini kamayishi •    Tez ta’sirlanuvchanlik va boshqalar. Tireoid gormonlarini kamayib ketishida esa quyidagi belgilar kuzatiladi: •    Tana vaznini ortishi •    Teridagi shishlar •    Sochlar toʻkilishi •    Xarakat va nutqni sekinlashuvi •    Pulsni kamayishi. Kasallik sabablari Eng koʻp uchraydigan tugunli buqoq turi – kolloid buqoq xisoblanib, uni quyidagilar keltirib chiqaradi: •    Regionda yod yetishmasligi; •    Yod mikroelementini individual kam iste’mol qilish; •    Irsiyat. Bular natijasida tireotsitlarning mitotik boʻlinishi kuchayib, ular tez boʻlinadi va bir vaqtning oʻzida koʻp miqdorda kolloid ishlab chiqariladi. Yomon sifatli oʻsmalar antionkogen xujayralar faolligining pasayishi va oʻsma xujayralarini tez boʻlinishi natijasida rivojlanadi. Bu jarayon quyidagi omillar ta’sirida rivojlanishi mumkin: •    Radiatsiya •    Xronik yalligʻlanish •    Chekish •    Organizmga turli kantserogen moddalarni tushishi. Diagnostika Koʻp tugunli buqoqni tashxislash quyidagilarga asoslanadi: •    Paypaslash va tugunlarni aniqlash •    Ultratovushli tekshirish •    Ingichka ignali biopsiya va xujayra tarkibini gistologik tekshirish •    Ssintigrafiya orqali tugunlar faolligini aniqlash. Asoratlari Oʻz vaqtida davolamaslik bir qator asoratlarga sabab boʻladi. •    Qoʻshni a’zolar qiziloʻngach, traxeya va xalqumni ishini buzilishi •    Jarayonni yomon sifatliga oʻtib ketishi •    Yomon sifatli oʻsmalarda rakli intoksikatsiya belgilari •    Buqoq bezini endokrin faoliyatini buzilishi va uning natijasidagi asoratlar. Davolash Yaxshi sifatli oʻsmalarda quyidagi xolatlarda operatsiya tavsiya etiladi: •    Tugun ta’sirida boʻyin soxasidagi qoʻpol kosmetik defektda •    Qoʻshni a’zolarni tugun bosib qoʻyganda (kompressiyada) Yomon sifatli oʻsmalarda kompleks terapiya xajmi oʻsma xujayrasining differensiatsiya darajasiga bogʻliq boʻlib quyidagilarni oʻz ichiga oladi: •    Operativ davolash •    Nur terapiyasi •    Ximioterapiya. Parallel ravishda xar bir xolatda buqoq bezining endokrin funksiyasini korreksiyalash talab etiladi. Profilaktika Profilaktik chora tadbirlar quyidagilardan iborat: •    Suv va ovqat tarkibida yetarli miqdorda yod tutuvchi maxsulotlarni boʻlishini ta’minlash; •    Buqoq bezidagi tugunli xosilalarni oʻz vaqtida aniqlash va kerakli davo choralarini qoʻllash; •    Bevosita quyosh nuri ta’siridan ximoyalanish.

@endocrinoo
1👍1
Tanamizning necha foizini suv tashkil qiladi?

Erta tongdan 1 stakan suv ichishni unutmang!

🔶Ibn Sino bobomiz aytganidek, qarilik - bu quruqlik!Suvsizlanish! Inson - bu jonlangan suvdir.

•Qon - 85 foiz
•mushaklar - 75 foiz
•miya - 85 foiz
•yurak - 75 foiz
•oʻpka - 86 foiz
•buyraklar - 83 foiz
•koʻzlar - 95 foiz
•suyaklar - 24 foiz suvdan iborat

@endocrinoo
👏2
Foliy kislotasi yoki vitamin Б9

🔶 Qon ishlab chiqarishni ragʻbatlantiradi, miya faoliyatini yaxshilaydi, immun tizimi takomilida oʻrni bor. Oshqozon shilliq qavatlarini tiklaydi.

Xomiladorlar va emiziklilar albatta ichishi kerak. Shifokor nazoratida!

@endocrinoo