Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Juma muborak 🌙

@endocrinoo
👍42
🦋Qalqonsimon bez salomatligini yaxshilaydigan 11 mahsulot

Qalqonsimon bez eng muhim endokrin a’zo boʻlib, uning funksiyasi gormonlarning murakkab tizimi bilan belgilanadi. Bu juda kichik, lekin juda kuchli bez boʻlib, kapalak shakliga ega va boʻyin tagida joylashgan. Uni kayfiyatni, metabolizmni, yurak urishini, haroratni va nafas olishni tartibga soluvchi oʻziga xos nazorat markazi deb atash mumkin.

Gipotireoz — tanada juda kam qalqonsimon gormon ishlab chiqarilganda paydo boʻladi. Ushbu holatning alomatlari har xil boʻlsa-da, charchoq hissi, vazn ortishi, ich qotishi, shishgan yuz va aqliy zaiflik tez-tez uchraydi. Bu yod tanqisligidan tugʻuruqdan keyingi tiroiditgacha boʻlgan turli omillarga bogʻliq boʻlishi mumkin.

Gipertireoz — tanada juda koʻp tiroid gormoni ishlab chiqarilganda paydo boʻladi. Odatda bu holat uyqu, mushaklar kuchsizligi, giperaktivlik, qizib ketish hissi va asabiylashish bilan bogʻliq muammolar bilan ajralib turadi. Shuningdek, ortiqcha yod va qalqonsimon bez yalligʻlanishidan Greyvs kasalligigacha boʻlgan koʻplab anormalliklarga bogʻliq boʻlishi mumkin.

Qalqonsimon bezning holatiga nafaqat genlar, balki atrof-muhit va turmush tarzi, shu jumladan ovqatlanish ham ta’sir qiladi. Qalqonsimon bez funksiyasini qoʻllab-quvvatlashga yordam beradigan ozuqaviy moddalarga boy mahsulotlar mavjud.

Qalqonsimon bez bilan bogʻliq kasalliklar uchun yagona dori vositasi yoʻqligini va hatto ovqatlanish ham ahvolni butunlay oʻzgartira olmasligini yodda tutish kerak. Agar sizda qalqonsimon bez bilan bogʻliq kasallik boʻlsa, turmush tarzini oʻzgartirishni tavsiya etishdan tashqari dori-darmonlar buyuradigan endokrinologga borganingiz ma’qul. Biroq, oʻz vaqtida uxlash, stressni boshqarish, muntazam jismoniy mashq va toʻgʻri ovqatlanishni kundalik tartibingizga kiritish juda muhimdir.

Bundan tashqari, shamollashga qarshi oziq-ovqatlarni iste’mol qilish qalqonsimon bez holatiga ta’sir koʻrsatishi mumkin. Тҳе Caндида Диет kitobi muallifi diyetolog Liza Richardsning soʻzlariga koʻra, shamollashning oldini oladigan oziq-ovqatlarni iste’mol qilish Greyvs kasalligi yoki Hashimoto kabi autoimmun kasalliklarga chalingan odamlarga yordam beradi. «Nosogʻlom yoki nomutanosib ichak koʻplab salbiy oqibatlarga olib keladi, shu jumladan, zaif immunitet funksiyasi ham», — deydi Liza.

Ichak qalqonsimon bezni sogʻlom saqlashda va yalligʻlanishni nazorat qilishda muhim rol oʻynaydi. Antioksidantlar va kletchatkalar kabi ichak uchun foydali oziq moddalarga boy supermahsulotlarni iste’mol qilish qalqonsimon bez kasalliklari va alomatlarini yengillashtirishga yordam beradi.

Yalligʻlanishga qarshi mahsulotlarga quyidagilar kiradi:
– yogʻli baliq (masalan, losos va seld baligʻi)
– yongʻoqlar;
– urugʻlar;
– rezavorlar;
– zaytun moyi.

Qalqonsimon bez uchun eng foydali taomlar qatoriga antioksidantlar, kletchatkalar, A, S vitamini, magniy, kaliy, sink va selenga boy ovqatlar kiradi:
– qovoq urugʻlari;
– Braziliya yongʻogʻi;
– chernika;
– qora shokolad (70-85 foiz kakao);
– olma;
– tuhum.

Kuniga 300 gramm quritilgan qovoq urugʻini iste’mol qilish tiroid gormonlarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan modda — ruxga boʻlgan kunlik ehtiyojni qondiradi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3
#hazil_time

🔵 Kanalni kuzatuvchilar
🟡 Boshqalarga ham ulashuvchilar

@endocrinoo
😁7💯1
O‘zbekistonda ayol shifokorlar qanchaligi ma’lum bo‘ldi.
( @endocrinoo )

Bir yil ichida ayol shifokorlar umuman ko‘paymagan.

2024 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan barcha mutaxassislikdagi ayol shifokorlarning umumiy soni 49,6 ming nafarni tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar qildi.

Ushbu ko‘rsatkich 2019 yilga nisbatan 5,3 ming nafarga ko‘paygan.

Ayol shifokorlar (barcha mutaxassislikdagi) soni:

2019 yil — 44,3 ming kishi;
2020 yil — 44,4 ming kishi;
2021 yil — 44,3 ming kishi;
2022 yil — 47,9 ming kishi;
2023 yil — 49,6 ming kishini tashkil etgan.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥2👍1
Uzilib zil bo'ldi ko'nglimning choki,
Hozir alam bilan bitayapman bayt:
Mensiz ahvolingga yig'laymi yoki
Sensiz ahvolimga kuyayinmi, ayt?

Mashriqlardan kutib olgali bongni,
Dunyo saf tortadi xushro'y shaharda -
Men hali o'nglolmay bu telba ongni,
Quyosh charaqlaydi tong-la saharda!!!

Sening noming bilan oqajak bu qon,
Ollashib bormoqda o'ylagan sarim:
Ko'zlarim qa'rida egizak vulqon
Izhor qila boshlar bor qayg'ularim.

Sensiz on asrlar o'tganga o'xshar,
Yer meni o'ziga yutganga o'xshar.
Sen tomon o'tmoqqa imkonim bor-u,
O'rtada ajdaho yotganga o'xshar.

Nima bo'ldi menga, hayol jontalash,
Majnun belbog'ining yirtig'i menda.
Farhod ko'tarolmay qolgan qo'shbardosh
Menga, faqat menga, ortig'i menga!

Juldur kiyimlarga sanchiq tikanak,
Mening nomim endi mangu telbavor!
Pokiza dunyoga qarayman g'amnok,
Bunda ul sho'rlikning nima aybi bor?

Oh, sensiz yashashlik azobi g'alat,
Bo'rtib chiqqanmi-yey yelkamda tog'lar...
So'ngsiz nigohingni men tomon qarat,
Cho'llagan yuzimda uyg‘onsin bog'lar!

Ayt, meni qutqarsin ilohiy amr,
Sokin tunlariga qaytar yurakni.
Vujudim binosi so'raydi ta'mir,
Kechiktirma, yorim, o'zing darakni!

Buni araz degil va yoki gina,
Mayli, bo'lari - shu... holim parishon.
Sening ovozingni eshitibgina
Yana bu dunyoga qaytaman, ishon!

So'rovim, tilovim, shugina borim,
Dunyoi duningga qaytib qo'y meni.
Hech qursa, hech qursa, hech qursa, yorim,
Ko'rib turganingni aytib qo'y meni!

© Xayrulla Hamidov

@endocrinoo
10👍3
Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichi keskin oshib ketdi. JSST kasallikdan qisman to‘xtatishning yagona yechimini taqdim etdi.

2023 yili dunyo bo‘yicha vabo infeksiyadan o‘lim ko‘rsatkichi 2022 yilga nisbatan 71 foizga, kasallanish holatlari esa 13 foizga oshgan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining vabo epidemiyasi bo‘yicha e’lon qilingan yangi hisobotiga tayanib Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

«O‘tgan yili vabodan 4000 kishi vafot etdi. Iqlim o‘zgarishi, ba’zi mintaqalarda ichimlik suv tanqisligi, qashshoqlik, sanitariya sharoitlari yetishmasligi, urush va harbiy to‘qnashuvlar xastalik kuchayishiga sabab bo‘ldi», degan JSST rahbari Tedros Gebreyesus.

Hisobotga ko‘ra, joriy yilda ham epidemiologik vaziyat murakkab. Xususan, 2024 yil boshidan buyon 342 mingdan ortiq bemorda ushbu infeksiya aniqlangan, ulardan 2,4 ming nafari hayotdan ko‘z yumgan. 22 mamlakatda kasallik avj olishi kuzatilgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, toza ichimlik suvi ta’minoti, sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilish vabo epidemiyasini to‘xtatishning uzoq muddatga mo‘ljallangan yagona barqaror yechimi bo‘lib qolmoqda.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4
#hazil_time

Sizchi vaqt yo'qotyapsizmi yoki vazn😂

@endocrinoo
😁5
Bolalarda semizlikni keltirib chiqaradigan sabablarni bilasizmi?


❗️Bolalar va o'smirlardagi semizlikning asosiy sababi bu - bolani rasional ovqatlantirmaslik, yaʻni kunlik isteʻmol qilingan ovqatdan hosil bo'ladigan energiya uning sarfidan yuqoriligi va oqsil, uglevod, yog'ga bo'lgan kunlik ehtiyojning buzilishidir.

🔶 Bolalarda semizlikka olib keladigan qo'shimcha sabablar:

jismoniy faollikning kamligi;
irsiyat;
metabolik kasalliklar;
endokrin patologiya (gipotiroidizm, ortiqcha adrenal gormonlar);
kun tartibiga rioya qilmaslik;
uzoq vaqt davomida maʻlum dori-darmonlarni qabul qilish (gormonal dorilar, antidepressantlar);
genetik kasalliklar.

 @endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2
Rossiyada 12 yoshli bola energetik ichib insultga uchradi

Sverdlovsk viloyatida 12 yoshla bola ikki banka energetik ichganidan so‘ng kuchli bosh og‘rig‘i va tanasining yarmi falaj bo‘lib, insult xavfi ostida shifoxonaga yotqizildi.

Shifokorlarning fikricha, bola organizmi o‘sishi tufayli, energetik ichimlik kasallik katalizatori bo‘lgan.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1👏1
Qandli diabet bilan kasallangan insonlar albatta jismoniy mehnat qilishi zarur.
Chunki jismoniy mehnat huddi insulindek tasir qiladi va sizning qondagi glukozangiz meʼyorda boʻlishi uchun juda muhim.

Qanday holatlarda jismoniy mehnat cheklanadi 👇👇👇
• Qonda glukoza past boʻlganda 3.5 dan
Qonda glukoza yuqori boʻlganda 15 dan
• insulin qabul qilgandan soʻng ovqatlangungacha boʻlgan oraliqda
• Qonda glukoza normal boʻlgan taqdirda ham agar bemor oʻzini yomon xis qilganda

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2🔥1
#hazil_time

Tishlaringizni sogʻlom saqlashda 3ta yechim

1. Kuniga 2 martta tish pasta bilan yuving
2. Yiliga 2 martta stomatolog koʻrigiga boring
3. Birovlarning ishiga burningizni tiqmang

😂

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
😁11👍5
#analiz

Anti TPO taxlili haqida.

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Tireoperoksidaza - bu har bir inson qalqonsimon bezidan sintezlanuvchi ferment.
Anti TPO - antitelo TPO tireoid gormonlar sinteziga qarshilik qiluvchi, fermnetlarga qarshilik qiluvchi oʻziga xos immunoglobulin.

Taxlil qondan olinadi. Koʻp hollarda TTG , T4 (erkin), T3 (erkin) analizlari bilan birga koʻriladi.
Agar miqdori yuqori koʻrsatkichlarda boʻlsa immun tizim antitelalariga shuningdek zararlangan hujayralar bilan birga sogʻlom hujayralarga ham "xujum qiladi".

AT TPO yuqori miqdorda boʻlsa:
- Autoimmun tireoidit
- Bazedov (zaxarli buqoq-DTB) kasalligi
- Birlamchi gipotireoz
- Homiladorlik
- Yoshi katta ayollar
- Autoimmun kasalliklar: boshqa organlarda ham

Normada
•erkaklar va ayollarda 34 XE/ML
•50 yoshdan soʻng esa koʻrsatkich 50 XE/ML

Taxlil eslatmaga koʻra olinadi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5
1 tur qandli diabetning uchrash extimolligi foizda %:
#⃣ Qarindoshlarda diabet yo'q - 0,2-0,4%
#⃣ Otada diabet bo'lsa farzandda uchrashi 3,6 - 8,5%
#⃣ Onada diabet bo'lsa farzandda 1,1 - 3,6%
#⃣ Aka uka yoki opa singillardan bittasida bo'lsa shu farzandlar orasida boshqasida uchrashi 4%
#⃣ Aka uka yoki opa singillardan ikkitasida bo'lsa shu farzandlar orasida boshqasida uchrashi 9,5%
#⃣ Ota onaning birida va aka uka yoki opa singillardan bittasida bo'lsa shu farzandlar orasida boshqasida uchrashi 12%
#⃣ Ota onaning ikkalasida xam diabet bo'lsa farzandda uchrashi 34%

📚 I.I. Dedov, M.V.Shestakova.
Saxarny diabet tipa 1. Realii i perspektivy. Moskva 2016 yil


@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3
#hazil_time

Mana endi bilib olasiz qayerni oʻqish kerakligini

@endocrinoo
😁6👏2
Nega tomir tortishadi?

Tomir tortishishi (mushaklar tirishishi) - bu bir yoki bir nechta mushaklarning toʻsatdan va koʻpincha beixtiyoriy qisqarishi. Odatda tomir tortishishi oyoqlarda kuzatiladi:

Mushaklarning ortiqcha zoʻriqishi. Koʻpincha tirishishlar sport zalida haddan tashqari kuchli mashqlarni bajarish natijasida kuzatiladi.

Qon aylanishining buzilishi. Bu kompyuter qarshisida koʻp vaqt sarflaydiganlarda kuzatiladi.

Noqulay poyabzal. Gʻayrioddiy baland poshnali, orqa qismi yoʻq oyoq kiyimlar bunga misol boʻla oladi.

Noqulay uyqu holati. Uvushib qolgan qoʻl, oyoq, boʻyin bularning hammasi qon aylanishining buzilishi belgisidir va tunda tomir tortishishiga sabab boʻlishi mumkin.

Mineral yetishmasligi.
Kaliy, kalsiy yoki magniy yetishmasligi mushaklarning boʻshashishiga toʻsqinlik qilishi mumkin.

Asabiy zoʻriqish yoki nevrologik kasalliklar. Bunday sharoitda koʻpincha mushaklar boʻshashishi qiyinlashadi.


@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2
Qandli diabetda statinlar roli o'rganildi.

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Tadqiqotda statinlaring yurak qon tomir kasalliklariga taʼsirini baholadilar.
Tadqiqot Medscape portalida yoritildi.

Tajriba 1- tur va 2-tur diabet bilan kasallangan 7239 nafar bemorda o'tkazildi.

17,7% ishtirokchilar tavsiya etilgan statin terapiyasini o'rtacha 2,7 yilga kechiktirdi.
Statin qabul qilishni vaqtida boshlagan bemorlarga nisbatan 10 yil davomida yurak qon tomir kasalliklari xavfi kuzatildi.

⛔️ Tahlil shuni ko'rsatdiki, keyingi 10 yillik kuzatuv davomida yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfi boshidan tavsiya etilgan statin terapiyasini olganlar orasida 6,4% va dori-darmonlarni qabul qilishni kechiktirganlar orasida 8,5% ni tashkil qiladi.

Kechikish yurak-qon tomir asoratlari rivojlanish ehtimolini 30% ga oshirdi. Mualliflarning ta'kidlashicha, terapiya boshlanishini hatto 1-2 yilga kechiktirish ham farq qilgan.
Manba

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1🔥1
#hazil_time

*Intriga - qanday natija chiqishi nomalum boʻlgan, kutilayotgan natija.

@endocrinoo
😁5🤔3
Foliy kislotasi yoki vitamin B9

🔶 Qon ishlab chiqarishni ragʻbatlantiradi, miya faoliyatini yaxshilaydi, immun tizimi takomilida oʻrni bor. Oshqozon shilliq qavatlarini tiklaydi.

Xomiladorlar va emiziklilar albatta ichishi kerak. Shifokor nazoratida!

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1👏1
Qalqonsimon bez kistasi nima?

📝Endokrinolog : Fayzullayev Jahongir ( @endocrinoo )

Qalqonsimon bezda (QB) odatda 90% holatda tugunlar yaxshi sifatli boʻladi. Shulardan bir turi bu QB kistasi.

Kelib chiqish sabablari:
--Gormonal disbalans
--Selen va yod yetishmasligi
--Nasliy moyillik
--Ekologiyaning yomon taʼsiri
--Toksik zararli taʼsirlar

Shuningdek: stress, immunitet tushishi,endokrin bezlar patologiyasi, autoimmun jarayon.

Diagnostika:
--Dastlab ultratovush tekshiruvi (UTT) qalqonsimon bez uchun
--Biopsiya - agar tugun oʻlchami 10 mm dan katta boʻlganda zarur tekshiruv
--Gormonlar taxlili : TTG, T4(erkin),T3 AT-TPO

Shuningdek: bronxoskopiya, angiografiya, KT

Davolash: 2 turda olib boriladi
-- Konservativ 💊
Qalqonsimon bez gormonlari, yod, so'rdiruvchi terapiya

-- Hirurgik🔪
Bu usul ham 2 turdan boʻladi:

1- maloinvaziv usulda ingichka maxsus igna orqali kista suyuqligi tortib olinadi

2- qalqonsimon bez boʻlagi olib tashlanadi
Gemitireoidektomiya - qalqonsimon bez 1 boʻlagi olib tashlanadi
Subtotal strumektomiya - qalqonsimon bez 2 boʻlagi ham olib tashlanadi

Qalqonsimon bez olib tashlanganda qalqon oldi bezi ham olib tashlanadi.
Natijada keyinchalik vitamin D va kalsiy ham qoʻshimcha sifatida ichib turiladi.
Agar qalqonsimon bez toʻliq olib tashlangan boʻlsa davomiy qalqonsimon bez gormonlari ichib turiladi ( eutiroks, l-tiroksin, levotiroksin natriy)

Kista haqida avvalgi post

Oʻzingizni professionallarga topshiring

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qalqonsimon bez uchun bular nega kerak?
Qisqa lekin ulkan manbaalarni jamlagan video

J² Se Zn Fe A D³ B⁶ B⁹ B¹²

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4