Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
2015-yildan buyon ilk marotaba sentabrni uyda va ishda boshlayapman.

Shu vaqtga qadar har yili oʻqishda boʻldik. Insha Alloh yana niyatlar bor falsafa fanlari doktori, tibbiyot fanlari nomzodi, tibbiyot fanlari doktori lavozimlari bilan birin-ketin dotsent, professor maqomiga erishish.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍30🏆6👏4
📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Qandli diabet jiddiy kasallik emas uning asoratlari jiddiy. Bugun shu haqida yozilgan postlarni jamlab beraman.🖇

Asoratlar_turlari Bolalardagi_turlari

Statistika Tekshirish

Erkak_Ayollarda


🖇BUYRAK_ASORATLARI

Nefropatiya SBK_Gipoglikemiya

SBK_nazariya SBK_Statistika

Diabetik_nefropatiya DN_Bo'sag'a

SBK_Anemiya

BOSH MIYA VA NERV ASORATLARI🧠

Diabetik_ensefalopatiya

Polineyropatiya_tavsiya. DT_sindrom

DT_Turlari🦶 DPN_Oyoqdagi_yara

Demiyelinizatsiya. Oyoq_massaji🦶

Oyoq_uchun_tavsiya Tavsiya_2

Tavsiya_3 Plakat

🖇OSHQOZON ICHAK ASORATLARI

Gastrointestinal Gastrointestinal_2

🖇KO'Z ASORATLARI 👀

Retinopatiya. Retinopatiya_2

Retinopatiya_3

Diabet_tishlar🦷 Diabet_Sil🫁

🖇QON TOMIR ASORATLARI 🫀

Diabetik_Agiopatiya Angiopatiya_2

JINSIY ZAIFLIK HOLATLARI🫶

Diabet_erektil_disfunksiya

Testosteron_1 Testosteron_2

Sizlar uchun qilingan mehnatni qadrlashni 2 usuli bor
1)Oʻzingiz tavsiyaga amal qiling va sogʻlom boʻling.
2)Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashib ularning sogʻligiga ham yordam bering

#asorat lar haqida esa yozishda davom etaman.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3🔥2
🌺Insulin haqida nimalarni bilasiz?

Koʻpchilik “insulin“ soʻzini qandli diabet bilan bogʻlaydi va shu bilan insulin xaqida, tushuncha koʻpchilikda nixoyasiga yetadi. Insulin nima va u nima uchun bizga kerak?

◻️Insulin - oshqozon osti bezining maxsus hujayralarida ishlab chiqariladigan gormon. Insulin organizmga, qonda glyukoza miqdorini pasaytirish uchun kerak.

◼️Insulin ishlab chiqarilishi qondagi glyukoza darajasiga bogʻliq: glyukoza qonda qanchalik yuqori boʻlsa, insulin qonga shunchalik koʻp chiqadi.

◻️Qonda glyukoza miqdori, insulin glyukozalarni xujayra ichiga olib kirishi evaziga pasayadi.

🟧1-toifa qandli diabetda (insulinga bogʻliq) insulin ishlab chiqaradigan oshqozon osti bezi hujayralari tugʻma "yoʻq" boʻladi.

🟧2-toifa qandli diabetda (insulinga bogʻliq boʻlmagan) oshqozon osti bezi hujayralarida muammo boʻlmaydi. Biroq, insulinni sezuvchi toʻqimalarning hujayralari insulinga sezgirligini yoʻqotgan buladi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2🔥1
Qonda qandni tekshirsam 162 chiqdi endi nima qilaman?😱

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Qonda glukoza miqdori 2 hil o'lchovda aniqlanadi : mg / dL yoki mmol / L

Bunda vahimaga tushmaslik va kerakli matematik usullar bilan aniq natijani bilib olish mumkin. Bu haqida video ham yuklaganman.🎥

1-usul
mg/dL orqali chiqqan sonni 18 ga boʻlish.
Masalan 162 (chiqqan natija) : 18( doimiy son) = 9 ( bu ayni vaqt sizdagi qondagi glukoza )

2-usul
mg/dL orqali chiqqan natijani 0.056 ga koʻpaytirish.
Masalan 162 * 0.056 = 9

Qonda glukoza miqdori NORMADA:
mg / dL : 80-120
mmol / L : 3.3-6.1

3-usul pastda rasmli holatda 👇

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
2👍1
Qonda glukoza miqdorini mg / dL dan mmol / L ga oʻtkazishning yana bir usuli ushbu jadvalda keltirilgan.

3-usul.
Sizda aniqlangan qondagi qand miqdorini jadvaldan topasiz.
Topilgan raqam uchun chapdagi ustundan (tik joylashgan) raqamni bilasiz.
Shundan keyin yuqoridagi qatordan toʻgʻridagi raqamni tanlaysiz.

Masalan sizda qonda qand 283 chiqdi.
Natija 15.7 ga toʻgʻri keladi.(Rasmga qarang)

Rasmni saqlab qoʻying.🖼📥

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍6
2011-yil Syurixda 1265 nafar insonda oʻtkazilgan tajribada aniq boʻldiki.
Inson uchun testosteronning eng yuqori nuqtasi tanadagi yogʻlar 11-17% holatda boʻlganda ekan.

Semizlik ortib borgan sari testosteron kamayib, esterogen esa ortib borgan.

Shunday ekan semirishdan va ortiqcha yogʻlardan saqlanish uchun ham sogʻlom turmush tarziga rioya qiling

©JFI

Maʼlumotni imkon qadar koʻproq yaqinlarga ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2
🔴 Qandli diabet sababli - gangrena.

🔰Qandli diabet hozirda dunyoning eng katta muammolaridan bo'lib turibdi.

📌Bu kasalning qanchalar ko'p insonda uchrashini bilish uchun quydagi statistikani bilish kifoya.

🔹AQSHda har 17 soniyada bitta bemor aniqlanadi.
🔹Xitoyda 116milion kishi ushbu kasalga chalingan.
🔹Hindistonda 77milion kishi bu kasallikdan jabrlanmoqda


O‘zbekistonda qandli diabet bilan kasallanganlar soni 245 mingdan ko‘proq, ulardan 2300 dan ortig‘i – bolalar.

Bu statistika eski yoki hato boʻlish ehtimoli bor
Tajribamda kichkinagina hududda hatto kuniga 3tagacha yangi kasallik aniqlaganman

Hastalikni davolashdan koʻra oldini olgan afzal


@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5
Immunitet uchun uchta asosiy moddalar

✔️ Rux ( sink )
Bir vaqtning o'zida inson immunitet tizimining barcha qismlariga ta'sir qiladi.
U interferon ishlab chiqarishni oshiradi, hujayradagi virus tarqalishini oldini oladi va limfotsitlarni yo'q qilishdan himoya qiladi.

✔️Vitamin D
Tug'ma immunitetni mustahkamlaydi, mikroblar, bakteriyalar va viruslar kabi patogen organizmlarni yo'q qiladigan
antimikrobiyal peptidlarni faollashtiradi. D vitamini hujayra immunitetini mustahkamlaydi, o'pka faoliyatini qo'llab-quvvatlaydi, viruslar keltirib chiqaradigan yallig'lanish reaktsiyasini kamaytiradi.

✔️C vitamini
Viruslarga qarshi kurashadigan birinchilardan bo'lgan interferon oqsillarini ishlab chiqarishni kuchaytiradi.
Yallig'lanishga qarshi xususiyatlarga ega.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5
Juma muborak 🌙

@endocrinoo
👍42
🦋Qalqonsimon bez salomatligini yaxshilaydigan 11 mahsulot

Qalqonsimon bez eng muhim endokrin a’zo boʻlib, uning funksiyasi gormonlarning murakkab tizimi bilan belgilanadi. Bu juda kichik, lekin juda kuchli bez boʻlib, kapalak shakliga ega va boʻyin tagida joylashgan. Uni kayfiyatni, metabolizmni, yurak urishini, haroratni va nafas olishni tartibga soluvchi oʻziga xos nazorat markazi deb atash mumkin.

Gipotireoz — tanada juda kam qalqonsimon gormon ishlab chiqarilganda paydo boʻladi. Ushbu holatning alomatlari har xil boʻlsa-da, charchoq hissi, vazn ortishi, ich qotishi, shishgan yuz va aqliy zaiflik tez-tez uchraydi. Bu yod tanqisligidan tugʻuruqdan keyingi tiroiditgacha boʻlgan turli omillarga bogʻliq boʻlishi mumkin.

Gipertireoz — tanada juda koʻp tiroid gormoni ishlab chiqarilganda paydo boʻladi. Odatda bu holat uyqu, mushaklar kuchsizligi, giperaktivlik, qizib ketish hissi va asabiylashish bilan bogʻliq muammolar bilan ajralib turadi. Shuningdek, ortiqcha yod va qalqonsimon bez yalligʻlanishidan Greyvs kasalligigacha boʻlgan koʻplab anormalliklarga bogʻliq boʻlishi mumkin.

Qalqonsimon bezning holatiga nafaqat genlar, balki atrof-muhit va turmush tarzi, shu jumladan ovqatlanish ham ta’sir qiladi. Qalqonsimon bez funksiyasini qoʻllab-quvvatlashga yordam beradigan ozuqaviy moddalarga boy mahsulotlar mavjud.

Qalqonsimon bez bilan bogʻliq kasalliklar uchun yagona dori vositasi yoʻqligini va hatto ovqatlanish ham ahvolni butunlay oʻzgartira olmasligini yodda tutish kerak. Agar sizda qalqonsimon bez bilan bogʻliq kasallik boʻlsa, turmush tarzini oʻzgartirishni tavsiya etishdan tashqari dori-darmonlar buyuradigan endokrinologga borganingiz ma’qul. Biroq, oʻz vaqtida uxlash, stressni boshqarish, muntazam jismoniy mashq va toʻgʻri ovqatlanishni kundalik tartibingizga kiritish juda muhimdir.

Bundan tashqari, shamollashga qarshi oziq-ovqatlarni iste’mol qilish qalqonsimon bez holatiga ta’sir koʻrsatishi mumkin. Тҳе Caндида Диет kitobi muallifi diyetolog Liza Richardsning soʻzlariga koʻra, shamollashning oldini oladigan oziq-ovqatlarni iste’mol qilish Greyvs kasalligi yoki Hashimoto kabi autoimmun kasalliklarga chalingan odamlarga yordam beradi. «Nosogʻlom yoki nomutanosib ichak koʻplab salbiy oqibatlarga olib keladi, shu jumladan, zaif immunitet funksiyasi ham», — deydi Liza.

Ichak qalqonsimon bezni sogʻlom saqlashda va yalligʻlanishni nazorat qilishda muhim rol oʻynaydi. Antioksidantlar va kletchatkalar kabi ichak uchun foydali oziq moddalarga boy supermahsulotlarni iste’mol qilish qalqonsimon bez kasalliklari va alomatlarini yengillashtirishga yordam beradi.

Yalligʻlanishga qarshi mahsulotlarga quyidagilar kiradi:
– yogʻli baliq (masalan, losos va seld baligʻi)
– yongʻoqlar;
– urugʻlar;
– rezavorlar;
– zaytun moyi.

Qalqonsimon bez uchun eng foydali taomlar qatoriga antioksidantlar, kletchatkalar, A, S vitamini, magniy, kaliy, sink va selenga boy ovqatlar kiradi:
– qovoq urugʻlari;
– Braziliya yongʻogʻi;
– chernika;
– qora shokolad (70-85 foiz kakao);
– olma;
– tuhum.

Kuniga 300 gramm quritilgan qovoq urugʻini iste’mol qilish tiroid gormonlarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan modda — ruxga boʻlgan kunlik ehtiyojni qondiradi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3
#hazil_time

🔵 Kanalni kuzatuvchilar
🟡 Boshqalarga ham ulashuvchilar

@endocrinoo
😁7💯1
O‘zbekistonda ayol shifokorlar qanchaligi ma’lum bo‘ldi.
( @endocrinoo )

Bir yil ichida ayol shifokorlar umuman ko‘paymagan.

2024 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan barcha mutaxassislikdagi ayol shifokorlarning umumiy soni 49,6 ming nafarni tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar qildi.

Ushbu ko‘rsatkich 2019 yilga nisbatan 5,3 ming nafarga ko‘paygan.

Ayol shifokorlar (barcha mutaxassislikdagi) soni:

2019 yil — 44,3 ming kishi;
2020 yil — 44,4 ming kishi;
2021 yil — 44,3 ming kishi;
2022 yil — 47,9 ming kishi;
2023 yil — 49,6 ming kishini tashkil etgan.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥2👍1
Uzilib zil bo'ldi ko'nglimning choki,
Hozir alam bilan bitayapman bayt:
Mensiz ahvolingga yig'laymi yoki
Sensiz ahvolimga kuyayinmi, ayt?

Mashriqlardan kutib olgali bongni,
Dunyo saf tortadi xushro'y shaharda -
Men hali o'nglolmay bu telba ongni,
Quyosh charaqlaydi tong-la saharda!!!

Sening noming bilan oqajak bu qon,
Ollashib bormoqda o'ylagan sarim:
Ko'zlarim qa'rida egizak vulqon
Izhor qila boshlar bor qayg'ularim.

Sensiz on asrlar o'tganga o'xshar,
Yer meni o'ziga yutganga o'xshar.
Sen tomon o'tmoqqa imkonim bor-u,
O'rtada ajdaho yotganga o'xshar.

Nima bo'ldi menga, hayol jontalash,
Majnun belbog'ining yirtig'i menda.
Farhod ko'tarolmay qolgan qo'shbardosh
Menga, faqat menga, ortig'i menga!

Juldur kiyimlarga sanchiq tikanak,
Mening nomim endi mangu telbavor!
Pokiza dunyoga qarayman g'amnok,
Bunda ul sho'rlikning nima aybi bor?

Oh, sensiz yashashlik azobi g'alat,
Bo'rtib chiqqanmi-yey yelkamda tog'lar...
So'ngsiz nigohingni men tomon qarat,
Cho'llagan yuzimda uyg‘onsin bog'lar!

Ayt, meni qutqarsin ilohiy amr,
Sokin tunlariga qaytar yurakni.
Vujudim binosi so'raydi ta'mir,
Kechiktirma, yorim, o'zing darakni!

Buni araz degil va yoki gina,
Mayli, bo'lari - shu... holim parishon.
Sening ovozingni eshitibgina
Yana bu dunyoga qaytaman, ishon!

So'rovim, tilovim, shugina borim,
Dunyoi duningga qaytib qo'y meni.
Hech qursa, hech qursa, hech qursa, yorim,
Ko'rib turganingni aytib qo'y meni!

© Xayrulla Hamidov

@endocrinoo
10👍3
Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichi keskin oshib ketdi. JSST kasallikdan qisman to‘xtatishning yagona yechimini taqdim etdi.

2023 yili dunyo bo‘yicha vabo infeksiyadan o‘lim ko‘rsatkichi 2022 yilga nisbatan 71 foizga, kasallanish holatlari esa 13 foizga oshgan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining vabo epidemiyasi bo‘yicha e’lon qilingan yangi hisobotiga tayanib Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

«O‘tgan yili vabodan 4000 kishi vafot etdi. Iqlim o‘zgarishi, ba’zi mintaqalarda ichimlik suv tanqisligi, qashshoqlik, sanitariya sharoitlari yetishmasligi, urush va harbiy to‘qnashuvlar xastalik kuchayishiga sabab bo‘ldi», degan JSST rahbari Tedros Gebreyesus.

Hisobotga ko‘ra, joriy yilda ham epidemiologik vaziyat murakkab. Xususan, 2024 yil boshidan buyon 342 mingdan ortiq bemorda ushbu infeksiya aniqlangan, ulardan 2,4 ming nafari hayotdan ko‘z yumgan. 22 mamlakatda kasallik avj olishi kuzatilgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, toza ichimlik suvi ta’minoti, sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilish vabo epidemiyasini to‘xtatishning uzoq muddatga mo‘ljallangan yagona barqaror yechimi bo‘lib qolmoqda.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4
#hazil_time

Sizchi vaqt yo'qotyapsizmi yoki vazn😂

@endocrinoo
😁5
Bolalarda semizlikni keltirib chiqaradigan sabablarni bilasizmi?


❗️Bolalar va o'smirlardagi semizlikning asosiy sababi bu - bolani rasional ovqatlantirmaslik, yaʻni kunlik isteʻmol qilingan ovqatdan hosil bo'ladigan energiya uning sarfidan yuqoriligi va oqsil, uglevod, yog'ga bo'lgan kunlik ehtiyojning buzilishidir.

🔶 Bolalarda semizlikka olib keladigan qo'shimcha sabablar:

jismoniy faollikning kamligi;
irsiyat;
metabolik kasalliklar;
endokrin patologiya (gipotiroidizm, ortiqcha adrenal gormonlar);
kun tartibiga rioya qilmaslik;
uzoq vaqt davomida maʻlum dori-darmonlarni qabul qilish (gormonal dorilar, antidepressantlar);
genetik kasalliklar.

 @endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2
Rossiyada 12 yoshli bola energetik ichib insultga uchradi

Sverdlovsk viloyatida 12 yoshla bola ikki banka energetik ichganidan so‘ng kuchli bosh og‘rig‘i va tanasining yarmi falaj bo‘lib, insult xavfi ostida shifoxonaga yotqizildi.

Shifokorlarning fikricha, bola organizmi o‘sishi tufayli, energetik ichimlik kasallik katalizatori bo‘lgan.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1👏1
Qandli diabet bilan kasallangan insonlar albatta jismoniy mehnat qilishi zarur.
Chunki jismoniy mehnat huddi insulindek tasir qiladi va sizning qondagi glukozangiz meʼyorda boʻlishi uchun juda muhim.

Qanday holatlarda jismoniy mehnat cheklanadi 👇👇👇
• Qonda glukoza past boʻlganda 3.5 dan
Qonda glukoza yuqori boʻlganda 15 dan
• insulin qabul qilgandan soʻng ovqatlangungacha boʻlgan oraliqda
• Qonda glukoza normal boʻlgan taqdirda ham agar bemor oʻzini yomon xis qilganda

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2🔥1
#hazil_time

Tishlaringizni sogʻlom saqlashda 3ta yechim

1. Kuniga 2 martta tish pasta bilan yuving
2. Yiliga 2 martta stomatolog koʻrigiga boring
3. Birovlarning ishiga burningizni tiqmang

😂

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
😁11👍5
#analiz

Anti TPO taxlili haqida.

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Tireoperoksidaza - bu har bir inson qalqonsimon bezidan sintezlanuvchi ferment.
Anti TPO - antitelo TPO tireoid gormonlar sinteziga qarshilik qiluvchi, fermnetlarga qarshilik qiluvchi oʻziga xos immunoglobulin.

Taxlil qondan olinadi. Koʻp hollarda TTG , T4 (erkin), T3 (erkin) analizlari bilan birga koʻriladi.
Agar miqdori yuqori koʻrsatkichlarda boʻlsa immun tizim antitelalariga shuningdek zararlangan hujayralar bilan birga sogʻlom hujayralarga ham "xujum qiladi".

AT TPO yuqori miqdorda boʻlsa:
- Autoimmun tireoidit
- Bazedov (zaxarli buqoq-DTB) kasalligi
- Birlamchi gipotireoz
- Homiladorlik
- Yoshi katta ayollar
- Autoimmun kasalliklar: boshqa organlarda ham

Normada
•erkaklar va ayollarda 34 XE/ML
•50 yoshdan soʻng esa koʻrsatkich 50 XE/ML

Taxlil eslatmaga koʻra olinadi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5