Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Juma muborak🌙

@endocrinoo
👍31
Sizda tez tez och qolish xissi mavjudmi. Unda bu maʼlumotlar siz uchun

Doimiy ochlik hissini chaqiruvchi asosiy 7 ta kasallik

1. Gipertireoz
2. Qandli diabet
3. Gipoglikemiya
4. yuqori kislotali gastrit yoki surunkali gastrit
5. Bulimiya
6. Menstruasiya oldi sindromi
6. Prader-Villi sindromi

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
Uzoq vaqt vitamin "D" yetishmasligi quyidagi kasalliklar rivojlanish xavfini oshiradi:

• qandli diabet
• gipertoniya
• semizlik
• surunkali yallig'lanish
• suyak-mushak tizimi kasalliklari
• onkologik kasalliklar
• skleroz
• psoriaz
• og'ir yuqumli kasalliklar
• insult
• miokard infarkti

Quyoshli (yoz faslida) kunlarda vitamin "D" qabul qilishni tekin usuli quyosh ostida kamida 15 daqiqadan 1,5 soatgacha tanani katta qismini ochib yurish. Ertalab soat 10:00 gacha va 17:00 dan keyin toblanish tavsiya qilinadi.

Yeguliklardan: treska balig'i jigarini yog'i, qo'ziqorin, mol jigari, tuhum, sut mahsulotlari asosiy manbalari hisoblanadi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2
Kechasi tez yordamda yurganda koʻramiz qancha oshxona boʻlsa , barchasi erkaklar bilan gavjum.
Bunda 2ta fikr keladi odamga: ayollar ovqatida maza qochdimi, yoki erkaklar uchun koʻchada ovqatlanish odatga aylanib ulgurdimi ?

@endocrinoo
👍5😁3🤔2
#klinik_vaziyat

Bemor qizcha 9 yosh
Isitmasi 38 boʻlgani sabab xususiy klinikachada sistemaga qoʻshib ANALGIN ham qilgan xamshira. Qancha doza qoʻshganini koʻrmagan onasi. Lekin tez yuborganini biladi.

Xozirda puls 156 ta ( yoshiga nisbatan norma 85-90 ta )

Birinchi yordam koʻrsatilib bolalar boʻlimi qabulxonasiga nazoratda turishi uchun yuborildi.

Endi esa ANALGIN va shu kabi dorilardan zaxarlanish haqida...
Analgindan zararlanish - sababli metgemoglobinemiya kuzatiladi. Kislorod yetishmasligi kuzatilishi mumkin.
Aspirindan zaxarlanish - sababli esa eritrotsitlar kamayishi bilan birga leykotsitlar va trombotsitlar ham kamayadi. Suyak iligi gipoplaziyaga uchraydi. Oshqozon yarasi xavfi jiddiy ortadi. Jigar xujayralari zararlanib kislota ishqor muvozanati buziladi(atsidoz-alkaloz)
Paratsetamoldan zaxarlanishda esa yuqoridagi 2 ta dorining belgilari kuzatiladi.

Davolashda esa tabletka xolatda ichgan boʻlsa aktiv koʻmir. Oshqozon yarasini oldini olish uchun simetidin,ranitidin,sukralfat.

Ineksiya qabul qilgan boʻlsa infuzionterapiya, simptomatik davolash, natriy bikarbonat, diuretik qoʻllash.

Xulosa shifokor tavsiyasisiz oʻzingizcha dori yubormang, ayniqsa venadan.( Hamshira boʻlsangiz ham)

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍8
Mustaqilliging abadiy boʻlsin yurtim🇺🇿
🎉7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hazil_time

Tekin yogʻ olish uchun dunyoda 2ta imkoniyat bor.
1- open budjetda ovoz berish
2- usulni videoda koʻrasiz

@endocrinoo
😁5👍3
Yoshing oltidami yoki oltmishda,
Mayli, qay ish bilan mashg'ulsan, bandsan.
Qaysi kenglikdasan, qay muyulishda,
Baribir Vatanga farzandsan.

Barchaga bag'rini ochar shu Vatan,
Munavvar kunduzu qorong'u tunda.
U seni farzand deb olgaymikan tan?
Hamma gap shunda.

© Abdulla Oripov

@endocrinoo
👍2🎉21
"KUZ"

Yomg´irlar osmonda zor yig´lardi, zor,
Muhabbat - nima u?
Shirin tashvishmi?
Menga oshiq edi yoz bilan bahor,
Men kuzni sevardim,
kuz esa - qishni....

Sog´inch - vujudimni olgandi chulg´ab,
"- Yon!" dedi.... ishqida lovullab kuydim.
Sevgimni yurakga tuyguncha chirmab,
Qishda ham, yozda ham bir kuzni suydim!

Ichimda vulqonlar otilar besas,
Kuzning libosiga qoldim tikilib.
Yig´ladim,
o´kindim,
tosh qotdim behas,
Sariq yaproqlarday ketdim to´kilib....

Qanchalar yoqimli bu ishqning ta´mi,
Bu murdak yuragim muhabbatga zor.
Ammoki, bir menda borday alami,
Tuyqus sog´inchlarga etdi giriftor.

Jo´nqishga keltirar yurakni bu ishq,
Sog´inch sohilida kezaman nogoh.
Muhabbat - junjikar,
ko´rganda kuzni -
entikib - entikib "- Voh" uradi!
"Voh!"

Sariq libosini kiygan daraxtlar,
Atrof sariq rangga bo´yalgan - ilkis.
Tentirab - tentirab ko´chani baxtlar,
Kezadi shamolli yomg´irda yolg´iz...

....kuzni sog´ingandim juda ham, juda,
Azobda bu yurak,
sust urmoqda, sust.
Negaki, shu oqshom, shu bugun tunda,
O´ksib, xayrlashib ketmoqda avgust!

Men kuzni sevardim,
kuz esa - qishni....

@endocrinoo
6🔥3👍1
Uyqusizlik qandli diabetda juda xavflidir!

Qandli diabet yoki glyukozaga tolerantligi bo'lgan bemorlarda uyqu etishmasligi kasallikning kuchayish xavfini oshirishi mumkin. Mutlaqo sog'lom odamlarda ham uyqusizlik kun davomida qonda qand miqdorini oshishiga olib kelishi mumkin.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, agar odam kuniga atigi 5 yoki undan kam soat uxlasa, diabetga chalinish xavfi 2,5 baravarga oshadi (agar odam 6 soat yoki undan kam uxlasa, xavf 1,7 barobar ortadi).

Normal uyqu 7–8 soatni tashkil qilishi kerak.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3
Endokrin tizim

Koʻrib turganingizdek har bir azodan gormon ajraladi.

Endokrinologiya nimani oʻrganadi deguvchilar uchun bu albatta.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
5👍1👏1
Isitma jiddiy xavf agar oʻz vaqtida davolanmasa !

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Yaqinda qabulimizga 2 yoshli qizaloq olib kelindi. Onasi soʻzidan shikoyatlari chanqash , siyish tez ekanligiga. Taxlillar shuni koʻrsatdiki bolada qandsiz diabet boshlangan.

Toʻliq soʻrab surishtirishlardan ayon boʻldiki bolada isitma sababli sudorgi kuzatilgan. 1 haftada 3 marotaba.

Qandsiz diabetning 2 turi bor
Markaziy (miya)
Periferik (buyrak)

Oʻtkazilgan kasalliklardan aniqki bolada markaziy qandsiz diabet paydo boʻlgan. Endi bola bir umr desmopressin yoki uropres tomizib yurishi shart boʻladi.
Farzandingizni asrang, xech bir kasallikga yengil qaramang.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
😢6👍4
#hazil_time

Tashqi goʻzallik bilan ovora boʻlib ichki dunyosini unutib qoʻymang 😂😂😂😂

@endocrinoo
😁7🤔2
SLGT ingibitorlarining foydali va nojoʻya taʼsirlari

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

•Dapagliflozin ( Dapa , Dapamet , Forsiga )
•Empagliflozin ( Emflazin , Jardy , Jardins )
•Kanalgliflozin
•Urtugliflozin

Ushbu dorilar yoki ushbu tarkibli preparatlarni qabul qiluvchi bemorlarda siydik yoʻllari infeksiyasi paydo boʻladi va ushbu aʼzolarda qichishish kuzatilishi mumkin.

Bu ushbu dorilarning tasir mehanizmi bilan bogʻliq boʻlib ular qondagi qandni siydik orqali ajratadi. Ichakda glukoza soʻrilishini pasaytiradi. Siydik muhiti glukoza tasirida shirin tabiatga oʻzgarishi infeksiya uchun qulay xisoblanadi.

Foydali tasiri esa :

🫀Kardioprotektiv (yurakni ximoya)
Nefroprotektiv ( buyrakni)
Gepatoprotektiv (jigarni)

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yosh qizil qon hujayralari( Eritrotsitlar) va uning "pensioner" hamkasbi

Yosh eritrotsitlar juda elastik va tomirning "teshiklari" dan o'tishga qodir. Ammo allaqachon 120 kun yashagan "keksa" eritrotsitlar (Eritrotsitlar umri) endi bunga qodir emas.

U tomir yuzasida qoladi, makrofag uni topadi va o'ziga singdiradi☝🏻

Biz bilan tibbiy bilimingiz yuksaklarga yetadi In sha Alloh

@endocrinoo

@endocrinoo
👍6
Qandli diabeti bor bemorlar oyoqlar parvarishida nimalarga eʻtibor berishi kerak?

✔️ Har kuni oyoqlar terisi va tirnoqlarni ko'zdan kechiring;
✔️ Doimo iliq suvda yuvib, barmoqlar orasini ham sochiq yordamida quriting;
✔️ yumshatuvchi kremlardan foydalaning, barmoqlar orasi bundan mustasno;
✔️ Tirnoqlarni jarohat etadigan darajada tagidan olmang;
✔️ Qadoqlarni mustaqil davolamang;
✔️ Paxtali matodan, alohida diabetlar uchun paypoqlardan foydalaning va har kuni almashtiring;
✔️Poyabzalingizni kiyishdan avval uning ichida yot narsalar yo'qligini tekshiring;
✔️ Yalangoyoq yurmang,
✔️ Chekmang.

Shifokoringizga uchrashib, qondagi glyukoza miqdorini nazorat qiling

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
1👏1