Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.79K subscribers
3.83K photos
622 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
💥Onadan oʻgʻilga, nasliy oʻtadigan kasalliklar...💥

Gipertoniya
Qandli diabet
Kariyes
Psoriaz
Osteoporoz
Allergiya
Gemofiliya

Bu kasalliklarni oldini olish uchun, xar 6 oyda 1 marotaba siz;
▪️Umumiy qon analiz;
▪️UZI;
▪️Rentgen;
▪️Siydik va axlat analizlarini topshirib turishingiz kerak!

@endocrinoo
👍2
Qatiqli grechkani organizmga qanday foydalari bor?

✓ Immunitetni oshiradi
✓ Shishlarni ketkazadi
✓ Tanadan toksinlarni chiqarib tashlaydi
✓ Yurak-qon tomir tizimi faoliyatini yaxshilaydi
✓ Metabolizmni yaxshilaydi
✓ Soch va teri holatini yaxshilaydi
✓ Qabziyatni oldini oladi va davolaydi
✓ Qoningizni koʻpaytiradi
✓ Ozdiradi

Biz bilan barchasi oson. Maʼlumotni yaqinlaringiz bilan ulashing‼️‼️

@endocrinoo
1👍1👏1
​UNUTMANG!

🔰Antibiotiklar olishdan avval albatta sinama (проба) oʻtkazing.

➥ Seftriaksonni xar xil firmalar ishlab chiqaradi. Boshqa - boshqa firmada ishlab chiqarilgan seftriakson sizga reaksiya berishi mumkin. Shuning uchun bir kurs davolanish uchun bir xilini oling ( bir xil deganda - etiketka rangi, flakoni, karobkasi, ishlab chiqarilgan sanasi va eng muhimi bitta manzilga ega boʻlgan firma nomi ).

@endocrinoo
👍3
Homiladorlikning nechanchi haftasidan KALSIY qabul qilish kerak?

Homiladorlikda har bir daqiqa ahamiyatli boʻladi. Buning sababi bola tinimsiz rivojlanishda boʻladi. Ushbu davrda bola rivojlanish uchun barcha vitamin va minerallarni, qurilish materiali hisoblangan oqsil moddalarini ona organizmidan oladi. Shu sababli ushbu davrda ona sogʻlom boʻlishi, turli kasalliklar yuqtirmasligi, toʻgʻri ovqatlanishi juda muhim hisoblanadi.

☑️ Ushbu holatlarni hisobga olib shifokorlar tomonidan homiladorlik davrida turli tavsiyalar beriladi. Kalsiy preparatlarini qabul qilish qancha erta boshlansa, shuncha foydali hisoblanadi. Chunki birinchi uch oylikda homila suyak toʻqimalarining rivojlanishi kuzatiladi.

🧀 Homiladorlik davrida faqatgina kalsiy preparatlariga ishonib qolmasdan, ovqat ratsioniga ham kalsiyga boy mahsulotlarni kiritish lozim. Sut mahsulotlari, qatiq, tvorog, pishloq, tuxum, dukkaklilar va dengiz mahsulotlari kalsiyga boy hisoblanadi.

@endocrinoo
👍3
BACHADON MIOMASI

Mioma - bu bachadon devori mushak qavatining patologik oʻsishi.

📌 U xavfsiz, gormonga bogʻliq oʻsma boʻlib, gormonal fon normallashgandan keyin oʻz holiga qaytishi mumkin.

📌 Ayol qonida estrogenlarning oshiqcha miqdorda boʻlishi miomani paydo qiladi. Bu gormon ta’sirida bachadon devori hujayralari oʻsadi va oʻsmaga oʻxshash tugunlar shakllanadi.

📌 Ammo, normal gormonal fonda ham mioma paydo boʻlish hollari uchrab turadi.

📌 Klimaks boshlanishi bilan ayol jinsiy gormonlarining darajasi pasayadi. Bu esa oʻz navbatida miomaning toʻliq orqaga qaytishiga olib keladi.

@endocrinoo
👍3
FOLI KISLOTASI!

Tugʻilajak farzandingning barcha a’zolari sogʻlom va toʻliq rivojlangan boʻlishini xohlasang, bunga homilador boʻlishingdan oldin tayyorgarlikni boshla!

❗️Homila rivojlanishida eng zarur vitaminlardan biri - bu Foli kislotasi boʻlib, uning boshqacha nomi - vitamin B9.

Homiladorlikning dastlabki 3 oyligida embrion organlari paydo boʻladi. Barcha organlar rivojlanishida, ayniqsa nerv sistemasi shakllanishida foli kislotasi bevosita ishtirok etadi. Uning yetishmasligi bolaning nuqsonli tugʻilishiga olib keladi.

📌 Vitamin B9 ga kunlik ehtiyoj:
• Katta odamda - 400 mkg.
• Homilador ayolda - 1 mg.

Ayol kishi homilador boʻlishni rejalashtirgan paytdanoq, ya’ni homiladorlik boshlanmasidan foli kislotasini profilaktik dozada, kuniga 1 mg dan qabul qilishni boshlashi kerak. Kurs davomiyligi homiladorlikning 4-oyigacha.

✔️ Profilaktik doza: kuniga 1 mg.
✔️ Davolovchi doza: kuniga 5 mg.

📌 Chiqarilish shakli: 1 mg va 5 mg lik tabletka koʻrinishida alohida. 200 yoki 400 mkg dan vitamin komplekslar tarkibida.

Vitamin B9 ning tabiiy manbalari va shu mahsulotning 100 g miqdorida qancha foli kislotasi boʻlishi rasmda koʻrsatilgan 👇👇👇

@endocrinoo
👍4
Foli kislota miqdori meva va sabzavotlarda

@endocrinoo
👍3
MAGNIY TANQISLIGI

Magniy kun davomida yuz beradigan 300 dan ortiq biokimyoviy reaksiyalar uchun zarurdir. Magniy yurak urish tezligini saqlashda, yurakni oziqlantirish uchun muhim hisoblanadi.
🔸Yurak urishini yaxshilash bilan birga, magniy asab va mushaklarning funksiyalarini, immun-tizimining ishlashini qoʻllab-quvvatlaydi.
🔸Qonda glyukoza miqdorini tartibga solishda yordam beradi.
🔸Suyak mustahkamligini saqlashda kalsiy bilan hamkorlikda ishlaydi.

🔷 Magniy yetishmasligi ishtaha yoʻqolishi, stress, xotira pasayishi va diqqatni jamlashga salbiy ta’sir qiladi.

💊 Magniyning kunlik miqdori katta yoshdagi ayol va erkaklarda har bir kg tana vazniga oʻrtacha 4,5 mg ni tashkil qiladi. Homilador va emizikli ayollarda bu miqdor biroz yuqori, 15 yoshgacha boʻlgan bolalarning suyaklari yaxshi rivojlanishi uchun har bir kg vazniga 6 mg miqdorida magniy qabul qilish lozim.

@endocrinoo
👍3
📜SISTIT

Sistit - bu siydik pufagi va siydik yo'llarining yallig'lanishidir. Afsuski, sistit tez-tez uchrab turadigan kasallik bo'lib, ayolga ko'plab muammolar yaratib berishi mumkin. Aslida jiddiy bo'lmagan bu kasallik tezda surunkali shaklga o'tib qolish xavfi borligi tufayli uni vaqtida davolashga jiddiy yondashish talab etiladi.

Alomatlari:
• Siyish jarayonida achish;
•Tez-tez siyish qistashi;
•Siyishning qistashi kuchli bo'la turib, bir-ikki tomchidan ko'proq siya olmaslik;
•Siydikka qon aralashishi.

♻️Sababi:
•Siydik pufagini yetarlicha bo'shatmay, siydikni uzoq vaqt mobaynida ushlab yurish;
•Tozalikka rioya qilmasdan yurish. Ichki kiyim, tualetning kirligi va noto'g'ri gigiena;
•Shikast: jinsiy a'zolardagi arzimagan shikastlanish, timdalanish natijasida bakteriyalar ko'payib sistitga olib kelishi mumkin;
•Jinsiy aloqaning haddan tashqari ko'pligi;
•Homiladorlik: homiladorlik davrida ayolning asab tizimi va immuniteti pasaygan bo'lishi mumkin, bu esa sistitga olib kelishi mumkin;
•Klimaksdan so'nggi davr boshlanishi, bu davrda ayol organizmida keskin gormonal o'zgarishlar sodir bo'ladi;
•Asablarning buzulishi, stress, charchov.

💊Davolanishi:

Sistit davolanishning asosiy tamoyili tez-tez ko'p miqdorda siyish orqali siydik pufagini tozalash. Buning uchun siydik chiqaruvchi vositalardan damlab ichish tavsiya etiladi:

Namatak damlamasi;
Maxsus buyrak choylari;
Tarvuz;
Ko'k choy;
Brusnika barglari damlamasi (nafaqat siydik chiqaradi balki antibakterial xususiyatga ham ega);
Klyukva sharbati (sistitni davolashda uni oldini olishda eng yaxshi vosita).
Odatda sistit belgilari ko'ringanidan boshlab yuqoridagi damlamalardan kuniga kamida 3 litr ichilib, oyoq issiq yung paypoq yoki adyolga o'ralib, qorin past qismiga dumba yog' surilib dam olinsa, kasallik 3-4 kunda yo'q bo'ladi.

 @endocrinoo
👍5
Jeyms Harrison — Ginnes rekordlar kitobiga kirgan qon donori.

— Uning qonida yangi tug'ilgan chaqaloqlarni o'limdan himoya qiluvchi noyob antikor mavjud. Uning qonidan vaksina yaratilgan.

— Jeyms Harrison 1173 marta qon topshirgan va 2,5 million kishining hayotini saqlab qolgan ekan.

P/s: Qoyil!👏


@endocrinoo
👍4
📕Ayollarimiz 45 yoshdan keyin bir yilda bir martta mammografiya qilib yurishlari kerak.

Koʻkrak saratoni oxirgi yillarda naqd 12 foizga koʻtarilgan. Ayniqsa, 45 yoshdan oshgan ayollar orasida bu koʻp uchraydi.

Eng asosiysi, aksariyat bemorlar xech narsadan shikoyat qilmaydi.

Ayolingizni, onangizni va yaqinlaringizni ushbu ma’lumot bilan xabardor qiling.
Kasallikni erta aniqlash eng yaxshi yechimdir.

@endocrinoo
👍4
✍🏻Barvaqt qarishga olib keluvchi odatlarimiz

Ba’zi odatlar odamning erta keksayishiga sababchi boʻlishi mumkin.

‼️Kam uxlash

Me’yoridan kam uxlash terida barvaqt qarish belgilari paydo boʻlishiga va muhitning zararli ta’sirini qayta tiklash qobiliyatining pasayishiga olib keladi.

‼️Shirinlikni koʻp yeyish
Shirinlikni me’yoridan koʻp iste’mol qilish – umrni qisqartiruvchi eng zararli odatlardan biri hisoblanadi.
‼️Quyoshda koʻp yurish

Yoshlikni saqlab qolishni xohlaysizmi? Quyoshli paytlarda SPФ-15 kremidan foydalaning, quyoshdan himoya qiluvchi koʻzoynak taqing, shlyapa kiying.
‼️Terini skrablash

Skrab yoki terini tozalashning boshqa usullarini suiiste’mol qilish terining barvaqt qarishining tezlashuviga olib keladi. Ayniqsa ayollar uchun terini qoʻpol ravishda tozalash – qarilikni tezlashtiruvchi yoʻl hisoblanadi.

‼️Kam harakatlanish
Muntazam ravishda kam harakatlanish – yurak-tomir, saraton, diabet kasalliklarining kelib chiqish xavfini kuchaytiruvchi omil hisoblanadi.

 @endocrinoo
👍4
🚫Uyquchanlik ko'pincha vitamin D, B12, shuningdek, temir, magniy yoki kaliy yetishmasligini tufayli yuzaga keladi

🔰Yuqorida keltirilgan vitamin va elementlarning barchasi energiya almashinuvida muhim rol o'ynaydi.

@endocrinoo
👍3
D vitamini

☀️Vitamin D faqat suyak to‘qimalari uchun zarur emas,uning boshqa foydali xususiyatlari bor.

Vitamin D 2-toifa diabet xavfini kamaytiradi. Bir qancha tadqiqotlar hujayralar faoliyatining yaxshilanishi, insulin sezuvchanligining yaxshilanishi va D vitamini darajasining oshishi tufayli yallig'lanish jarayonlaridan himoyalanishning isbotini ko'rsatdi.

D vitaminining eng yaxshi manbayi quyoshdir, shuning uchun imkon qadar quyoshda yurishingizni maslahat beramiz.Soat 11:00gacha quyoshda sayr qiling,chunki keyingi nurlar zararli ta‘sir qilishi mumkin

@endocrinoo
👍3
⚡️Eng kеrakli vitaminlardan biri bu Vitamin B12

🩸 U qon yaratilishda, DNK va nеrv tolalari sintеzida, garmonlar ayniqsa mеlotonin ishlab chiqarilishida faol ta'sir ko'rsatadi.

HOTIRA PASAYISHI ham aynan shu еtishmovchiligi tufayli bo'lishi mumkin.

🪴 @endocrinoo
👍3
Hazil vaqti 😄

O'zbеk kasallikka uchrasa ko'proq kimni gapiga ko'proq amal qiladi?

😂😂😂

@endocrinoo
😁5
⚡️ Gormonlar disbalansi haqida

Gormon- organizmdagi biror jarayonni aktiv o'zgartiradigan biologik modda. Gormonlar ma'lum jarayonni tеzlashtirishi, sеkinlashtirishi yoki boshqa yo'nalishga burishi mumkin.

Masalan Somototrop gormoni suyaklar o'sishini tеzlashtiradi va bo'y o'sadi.

Oxirgi paytlar ta'sirchan bo'lib qolgan bo'lsangiz, sal narsaga jaxlingiz chiqsa, kayfiyatingiz tеz ko'tarilib tushib kеtavеrsa - buning zamirida Tiroksin gormonlari o'zgarishi yotadi.

Sеmirish yoki ozib kеtish, soch to'kilishi yoki rеjalanmagan joydan tuk chiqishi, ayol ruxiyatida erkaklik yoki aksincha erkak ruxiyatidagi ayollikni ham aynan gormonal disbalans chaqiradi.

🧨 Yuqoridagi bеlgilar sizda bo'lsa Gormonal fonni tеkshiruvchi analiz topshiring va Endokrinologga uchrang.

@endocrinoo
👍3
⚡️Oyoq tomiri tortishsa.

Ko'pincha bunga sovuq, kalsiy magniy еtishmovchiligi va tomir kasalliklari sabab bo'ladi.

Tomir yoki pay tortishsa o'sha joyni qattiqroq massaj qiling.

Yana bir usul—o'rningizdan turib sovuq yuzada,masalan polda yuring.

@endocrinoo
👍4
⚡️Organizm ovqat emas, aslida suv so'ragan bo'lishi mumkin.

Cho'lda yashovchi ayrim xayvonlar, masalan echkiemarlar umuman suv ichmasligi mumkin. Sababi ularning organizmi suvni tеjashga jiddiy moslashgan va ular suvga bo'lgan extiyojni istеmol qilayotgan maxsulotlaridan ajratib oladi.

Ammo Inson echkiemar emas va suv sarfi bizda juda ko'p. Organizmni istalgan jarayoni normal kеchishi uchun bizga suv zarur. Ammo ba'zan suv еtarli ichilmasa organizm еyilgan ozuqalar tarkibidagi suvdan foydalana boshlaydi.

Natijada organizm aslida suvga bo'lgan extiyojni qondirish uchun ko'proq ozuqa so'raydi. Sеmizlikka qadam shu еrdan boshlanadi.

🧨 Organizmga еtarli suv bеring va suvni ovqat tarkibidan ajratib olishga majbur qilmang.

@endocrinoo
👍4
Nega og‘iz orqali nafas olish zararli?


Burun orqali nafas olganingizda u 4 ta "filtr" dan o'tadi. Filtrlar iflos zarralarni changdan bakteriyalargacha filtrlaydi. Shuningdek, havo harorati burun bo‘shlig‘ida optimallashadi

🔰Havo og‘iz orqali o‘pkaga kirganda filtrlanmaydi. Qishda esa tomoq og‘rig‘iga sabab bo‘lishi mumkin

@endocrinoo
👍3