Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Halqimizda katta vaznli chaqaloq dunyoga kelsa qo'chqordek oʻgʻil yoki pahlavon qiz tugʻildi deb hursand boʻlish holati kuzatiladi.
Hursandchilik oʻz yoʻliga lekin bu boshqa tarafdan signal ham xisoblanadi.
Yani 4kgdan ortiq tugʻilgan bolalarni va onalarni qandli diabetga skrining qilib turish zarur sababi esa quyidagicha:
Homila 9-12 haftagacha meda osti bezi faoliyat olib bormaydi yani endigina rivojlanishda boʻladi. Bu vaqtda ona shirinliklar, glukozaga boy maxsulotlar isteʼmoli bolaga ham glukozani yoʻldosh orqali oʻtishiga sabab boʻladi. Afsuski onaning insulini bolaga oʻtmaydi.
Natijada bolada glukoza xisobiga azolar kattalashishi , gipertrofiya rivojlanadi.
Glukozaning toksik taʼsiri ostida bolada letsitin sintezi yetishmasligi kelib chiqadi va tugʻilgan bolada respirator distress sindromi ham kelib chiqish ehtimoli yuqori boʻladi.

Yuqoridagi suratda☝️ barchasi koʻrsatilgan
Glukoza , keton tanachalar onadan bolaga oson oʻtadi, insulin esa yõq

Kanalga aʼzo boʻling
Yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
👍2
Davomi☝️☝️☝️....
Keyinchalik onada qandli diabet paydo boʻlish ehtimolligi esa 25%ga ortadi( jsst statistikasi )

Ps. Insulinning vazifasi glukozani hujayraga kiritishdir.

Respirator distress sindromi esa o'pkalar oʻz vazifasini toʻliq bajara olmaydi , bolada asfiksiya( nafas yetishmasligi ) kuzatiladi. Surfaktant - oʻpkaning alveolalari kengashini taminlovchi modda yetishmasligi paydo boʻladi natijada oʻpka toʻliq kengayib qisqara olmaydi.

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing
Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
Tungi nafas tiqilishi, hurrak otish, uyqu buzilishi, yurak bezovta boʻlishi, kunduzgi uyquchanlik, ish qobiliyati pasayishi, bosh ogʻrishi bularning barchasi TUNGI APNOE SINDROMI boʻlishi mumkin.

Hozir shu haqida...

Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
Tungi apnoe sindromi nima?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

🗣Bu uyqu vaqtida nafasning vaqti vaqti bilan to'xtab turish holatidir. Bu vaqt 5-10 soniya atrofida boʻlishi mumkin.

🌍Hozirda dunyo aholisining 4% erkaklarida va 2% ayollarini bu holat qiynaydi. Ayollarda klimaks paytida bu holat koʻpayadi.

Nafas to'xtashi sabab miyaga kislorod borishi kamayadi, oʻz navbatida karbonat angidrid ortadi bu esa miyaga stimul beradi va uygʻonishga majbur qiladi. Uyqu buzilishi , qon aylanish sistemasi kasalliklari ortadi.

Soatiga 5 tagacha nafas toʻxtashi normal deb qabul qilinadi.
📌Yengil darajada - 5-15 ta to'xtashlar
📌Oʻrta daraja - 15-30 ta
📌Ogʻir daraja - 30 tadan ortiq to'xtashlar.

📎Belgilari
Hurrak otish,Nafas to'xtashi
Uyqu buzilishi,uyquga to'ymaslik
Uyquda harakat ortishi
Ertalapki uyquchanlik, bosh ogʻrishi
Ishchanlik kamayishi
Hotira buzilishlari
Jinsiy faoliyat sustlashishi
Yurak yetishmovchiligi, aritmiya
Stenokardiya, qon bosimi ortishi

Kasallik qon bosimi, bronxial astma, bronxit,yurak ishemik kasalligi mavjud insonlarda koʻproq uchraydi.

Bolalarda esa uyquda terlash, ogʻiz orqali nafas olish, kunduzgi va tungi siydik tuta olmaslik bilan kechadi.

💥Asoratlar:
•Infarkt
•Insult
•Obstruktiv bronxit

👨‍⚕Davolash:
•Endokrinolog( @endocrinoo )
•Lor
•Pulmonolog
•Hirurg

Maʼlumotni manbasi bilan koʻchiring ( qolgan holatlarga rozi emasman )
Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1😁1
Ochlikni qanday nazorat qilish mumkin?

1. Sog‘lom uyqu: uning yetishmasligi ovqatga bo‘lgan ishtiyoqni oshiradi.

2. Kofe iching: Qora kofe ishtahani pasaytiruvchi tabiiy vositadir.

3. Yalpizli ichimliklar: bir dasta yalpizni bir stakan qaynoq suvda damlang. Damlama 2-2,5 soat davomida ochlikni yengillashtiradi.

4. Gazlangan suv iching: pufakchalar oshqozonni to‘ldiradi. Agar siz gazlangan suvni yaxshi ko‘rmasangiz, oddiy suvni tez-tez iching.

5. Ziravor qo‘shilgan taomlar iste’mol qiling: kuchli ta’mlar ovqatni yanada mazali qiladi, bu sizga taomdan lazzatlanishni va ovqatga to‘yinish imkonini beradi‌.

6. Meva va sabzavotlar doim yoningizda bo‘lsin: ular past kaloriyali va oshqozoningizni tez to‘ldiradi. Agar siz sabzavot va past kaloriyali mevalarni iste’mol qilsangiz, uzoq vaqt to‘q yurasiz.

7. Yetarlicha kletchatka iste’mol qiling: Meva va sabzavotlardan tashqari, ratsioningizda donlar, yong‘oq va urug‘lar bo‘lishi kerak.

8. Sog‘lom yog‘larni iste’mol qiling: ular sekin metabollanadi, shuning uchun siz uzoqroq to‘q qolasiz. Ratsioningizga to‘yinmagan yog‘larni qo‘shing — qizil ikra, avakado, yong‘oqlar, zaytun.

9. Har taomlanganda oqsil iste’mol qiling: u ochlikni kamaytiradi va organizmda ko‘proq kaloriyalar yoqilishiga olib keladi‌.

Oziq-ovqatga bo‘lgan ishtiyoqni nazorat qilish — bu ochlik emas, balki tanani doim sog‘lom oziq-ovqat bilan ta’minlashdir.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
#hazil_time

Yana kimda shunday 😂

@endocrinoo
😁9
⚡️Aptekachi sizga maslaxat bersa javobgarlikni oʻziga yuklang.

Oʻzini xurmat qilgan aptekachi vrach yozuviga asosan dori beradi. Retsept bu vrachning aptekachiga murojati.

Ammo koʻp aptekachilar bemorlarga tibbiy tavsiya berishadi. Holbuki, ularning vakolati va saviyasi bunga toʻgʻri kelmasada.

Agar aptekachi sizga oʻzbilarmonlik ila tavsiya bersa - Javobgarlikni boʻyningizga olasizmi deb soʻrang. Olmasa aql oʻrgatishdan oʻzini tiygani ma’qul.

Tajribali aptekachilar dorini oʻxshashini taklif qilishlari mumkin va albatta vrach bilan maslaxatlashishni ta’kidlaydilar.

Yaxshi vrach toping va buyurganini qilishga xarakat qiling. Qoʻshnilar, koʻchadagilar va aptekachilarning tavsiyalarining tagi boʻsh.

Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing


@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍7🤔1
Ko‘rish qobiliyatini yaxshilash uchun eng muhim 6 mahsulot

🗯 Sabzi. Ko‘p miqdorda A vitaminini o‘z ichiga oladi, u ko‘rish o‘tkirligini, ayniqsa, kechasi ko‘rish qobiliyatini saqlashda juda muhimdir.

🗯 Gulkaram. Ko‘rish qobiliyatini yaxshilashga yordam beradi va ko‘z oziqlanishini yaxshilaydi.

🗯 Ismaloq. Ismaloq ko‘zni turli kasalliklardan, xususan, kataraktadan saqlaydi.

🗯 Sitrus mevalar: Kivi, apelsin, limon, mandarin qon tomirlarini, shu jumladan ko‘z tomirlarini mustahkamlaydi.

🗯 Baliq va baliq yog‘i. Omega yog‘ kislotalarining asosiy manbai bo‘lib, ushbu kislotalar ko‘plab ko‘z kasalliklarining oldini olishda juda muhimdir.

🗯 Dukkaklilar. Loviya A vitaminining jigardan to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘r pardaga kirib borishiga yordam beradi

Yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
Tez-tez burun qonashi kasallikmi?

🩸Burun qonashining mahalliy va tizimli sabablari mavjud. Mahalliy sabablar burunning o‘zidagi jarohatlar, yallig‘lanish kasalliklari, anatomik nuqsonlardir.

👉 Tizimli sabablar: qon ivishining buzilishi, vitamin yetishmovchiligi, yuqori qon bosimi, allergiyalar, issiq mavsumda namlikning kamayishi va burun shilliq qavatining qurishi tufayli burun qonashi ko‘p kuzatiladi.

Kam hollarda qon kasalliklari, qalqonsimon bez, jigar va yurakdagi muammolar, ayrim dori vositalarining nojo‘ya ta’siri ham burun qonashiga sabab bo‘lishi mumkin.

💊 Kalsiy qabul qilib yurish, qon bosimini me’yorida saqlash burun qonashini oldini olishga yordam beradi. Burun tez-tez va uzoq qonasa, shifokorga murojaat qilish lozim, bu jiddiy kasalliklar alomati bo‘lishi mumkin!

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1🎉1
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
“Inson qornidan yomonroq idishni to‘ldirmaydi, odam bolasiga belni qoim qiladigan kichik luqma kifoyadir. Bas, qorinning uchdan biri taom, uchdan biri suv va qolgan uchdan biri nafas uchundir”, deb aytdilar.

Imom Termiziy rivoyati.

@endocrinoo
4
Bolalar bosh qismi orqasidagi "yoʻl tushishi" rahitning yaqqol belgisi boʻlib davolash kerak ekanini bildirib turadi.

Uni bizda turli usullar bilan davolamoqchi boʻlishadi. Masalan : non qoʻyib kesish, qoʻchqorga suzdirish va yana koʻplab rasm rasumlari bor😉

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
1
#analiz

AST - bu nima?
Bu qondagi jigar fermentlaridan biri - aspartat aminotransferaza darajasini aniqlash uchun test.

Aspartat aminotransferaza (AST) asosan jigar va yurak hujayralarida joylashgan fermentdir, shuning uchun qonda AST darajasi yuqori bo'lsa, bu jigar va yurak, shu jumladan miokard infarkti bilan bog'liq muammolarni ko'rsatishi mumkin.

AST tahlili ALT tahlili bilan bir qatorda jigar testlari qatoriga kiradi; ikkala test ham jigar kasalligiga shubha qilinganida, shuningdek, ikkala fermentning nisbatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Qon testida AST darajasining oshishi bemorda yurak muammolari bo'lishi mumkinligini anglatadi. Agar ALT yuqori bo'lsa, unda, birinchi navbatda, jigarni tekshirish kerak.

Qachon taxlil uchun yuboriladi
Agar bemor qorin bo'shlig'idagi og'riqlar, meteorizm, ko'ngil aynishi va qayt qilish, ishtahaning buzilishi, terining va ko'z oqlarining qichishi va sarg'ayishi, zaiflik va charchoqdan shikoyat qilsa, AST tahlili ko'rsatiladi. Sargʻaygan siydik va najasning oqarishi ham sinovni buyurish uchun tashvish beruvchi alomatlardir

Taxlil vena qonidan olinadi
Natija 2-3 soatda chiqadi

Taxlildan 12 soat oldin dori va ovqatlanishdan cheklanishi kerak boʻladi. Ogʻizni chayqash,suv ichish taxlilni hato chiqishiga sabab boʻladi

Oʻzingizni nazorat qilish uchun ham doimo shifokorga murojaat qiling

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2
Glikogenoliz - glikogenning glyukoza-6-fosfatga, keyin esa ba'zi hollarda glyukozaga parchalanishining biokimyoviy jarayoni. U asosan jigar va skelet mushaklarida amalga oshiriladi.

Glikogenolizning asosiy vazifasi tanadagi mavjud energiya manbalarini doimiy darajada ushlab turishdir.

Glikogenogenezni tartibga solishda ishtirok etadigan eng muhim gormonlar insulin, glyukagon va adrenalindir

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
Glyukoneogenez - uglevod bo'lmagan birikmalardan (ayniqsa piruvat) glyukoza hosil bo'lishiga olib keladigan metabolik yo'l.
Bu yo'l ko'plab to'qimalar va organlarning, birinchi navbatda, asab to'qimalarining va qizil qon hujayralarining ishlashi uchun zarur bo'lgan qondagi glyukoza darajasini saqlab turadi.
Bu glikogen etishmovchiligi sharoitida, masalan, uzoq muddatli ro'za tutish yoki og'ir jismoniy mehnatdan keyin glyukozaning muhim manbai bo'lib xizmat qiladi.
Glyukoneogenez Cori siklining (rasmda) muhim qismidir, bundan tashqari, bu jarayon alanin va serin aminokislotalarining dezaminlanishi natijasida hosil bo'lgan piruvatni aylantirish uchun ishlatilishi mumkin.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
Glikogenoliz va glyukoneogenez jarayonlari haqida post yozishdan maqsadim
Bu qandli diabetda qoʻllaniladigan dori vositalari aynan shu jarayonlar bilan kuchli bogʻliqdir.
Qand pasaytiruvchi dori vositalari shu jarayonlarga taʼsir qilishi orqali organizmda glukozani normal holatda saqlab turadi.
Qaysi dori vositasini qabul qilishni esa faqat va faqat endokrinolog belgilaydi.
Qaysidir tanish doktoriz, qoʻshniz, taksist aka, mahallani xotinlari yoki *aqlli dorixonachi* emas.

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
Mana sizlarga 10 hil turdagi qand pasaytiruvchi dori vositalari tasnifi

Har bir guruh dori vositasi turlicha taʼsir qiladi
Bemorda insulin bor yoki yoʻqligi, retseptor faolligi mavjudligi va boshqa juda koʻplab kriteriylarga asosan dori tanlanadi .

Shunday ekan chumchuqni ham qassob soʻysin

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing
Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥2
#hazil_time

Hamma yerda aybdor aynan...

@endocrinoo
😁2