Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
SEMIZLIK NIMA?

▶️Semizlik bu – organizmda ortiqcha miqdorda yogʻ toʻplanishidir.
Semizlikning kelib chiqishi asosan kamharakat hayot tarzi, yuqori kaloriyali va yengil hazm boʻluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini surunkali tarzda va ortiqcha miqdorda iste’mol qilish bilan bogʻliq!

▶️SEMIZLIKNI BARTARAF ETISH UCHUN NIMALARNI OʻZGARTIRISH KERAK?

1⃣ Har kuni imkoniyatga qarab, kamida 3-5 km faol tarzda piyoda yurish zarur (qarshi koʻrsatmalar boʻlmasa, albatta). Shuncha masofaga yugurish yana ham yaxshi boʻladi.

2⃣ Glikemik indeksi (iste’mol qilinganidan keyin qondagi qand miqdorini oshirish darajasi) past boʻlgan va ozuqaviy tolaga boy oziq-ovqat mahsulotlarini koʻproq iste’mol qilish kerak.

3⃣ Semizlikka olib keluvchi va biz koʻp iste’mol qiladiganimiz yana bir zararli mahsulot bu shakar va shakar qoʻshilgan yeguliklardir. U iste’mol qilingandan keyin ovqat hazm qilish traktida tez singadi, tezda qonga soʻriladi hamda qondagi qand miqdorini tez va koʻproq oshiradi. Biz shakar iste’molini keskin kamaytirib, uning oʻrniga koʻproq steviya iste’mol qilishimiz kerak.

▶️Bundan tashqari, ovqatlanish ratsionining asosini donli-dukkakli ekin mahsulotlari, meva-sabzavotlar, yogʻsizlantirilgan yoki yogʻi kamaytirilgan sut-qatiq, koʻkatlar, yongʻoq, pista, bodom, goʻsht, tovuq goʻshti, baliq kabi mahsulotlar tashkil qilishi maqsadga muvofiqdir.

▶️Hayvon yogʻi mahsulotlari, oʻta qovurilgan ovqatlar, energetik ichimliklar, koʻp tuz qoʻshilgan oziq-ovqat maxsulotlarini doimiy tarzda iste’mol qilib yurish ham semizlik rivojlanishiga olib keladi va bu inson salomatligi uchun favqulodda xavflidir.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
Normal follikula o'sib yorilishini buzilishini bir necha turlari bor.

Follikula arteziyasi bu dominant follikula o'sib yorilmasligi.

Follikula persistensiyasi follikulani o'sib ketib yorilmasdan o'lchamlarini katta bo'lib ketishi va multifollikulalar yani bir vaqtni o'zida bir necha 10ga yaqin yoki ko'proq follikula o'sishi bilan kuzatiladi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
#hazil_time

Men bilan ichasizmi?
- Xursand bo'lardim, lekin shifokor taqiqlab qo'ydi.

- Qaniydi, shunday ajoyib shifokorlar ko'paysa! Shunda aroq iste'molchi talabining keskin pasayib ketishi tufayli arzonlashgan bo'lardi.😝


@endocrinoo
😁12
Ozishda jismoniy mashqlarni oʻrni

Vazn yoʻqotishdagi muvaffaqiyatning 70 foizi toʻgʻri ovqatlanishga bogʻliq boʻlsa, 30 foizi jismoniy faoliyatga bogʻliq.

Dinamik yurish.
Buyuk Britaniyaning universiteti oʻtkazgan tadqiqotda ma’lum boʻlishicha: atigi bir soatlik piyoda yurish ishtahani tartibga soluvchi ikkita gormonning miqdorini oʻzgartiradi:
• Grelin — ishtahani qoʻzgʻatuvchi gormon.
• "PYY” — toʻyish gormoni.

Bir soatlik ayerobik mashgʻulotdan soʻng qondagi "grelin" darajasi keskin pasayadi va "PYY" darajasi oshadi va birgalikda ishtahaning pasayishiga olib keladi!

Jismoniy mashqlar paytida faqat burun orqali nafas olish va ogʻiz orqali nafas chiqarish muhimdir, bu yurak tezligini barqarorlashtiradi, qonni kislorod bilan toʻyintiradi.

Shunday qilib, hujayra oksidlanish rejimi — yogʻ oksidlanishiga oʻtadi. Mashgʻulotning samaradorlik siri ularning muntazamligida!

Yugurish mashqi.
Yugurish, yurish kabi, maxsus simulyatorlar va sport zali talab qilmaydi. Biroq, bu bilan birga, boʻgʻimlarga va umurtqa pogʻonasiga yukni oshiradi. Bundan tashqari, yurishdan farqli oʻlaroq, u maxsus forma, poyabzal va yaxshi yoʻlakni talab qiladi.
Arqon bilan sakrash mashqi.
Eng yaxshi ayerobik mashqlardan biri.
10 daqiqalik sakrash ikki kilometrlik yugurish, 10 daqiqalik velosiped poygasi kabi effekt beradi. Arqon mashqlari sizga bel, yelkalar, qoʻl va qorin mushaklarini samarali ishlashga imkon beradi.

Quyida bir soatlik mashgʻulotlarda qancha kaloriya (kkal) sarflanishi keltirilgan:
▪️yurish — 250
▪️poygada yurish — 416
▪️yugurish (8 km/soat) — 500
▪️kross yugurish — 600
▪️yugurish (16 km/soat) — 1170
▪️muntazam kuch mashqlari — 210
▪️intensiv kuch mashqlari — 420
▪️aerobik fitnes mashgʻulotlari — 500
▪️interval kardio mashgʻulotlari — 600
▪️ aylanma trening — 500
▪️arqon bilan sakrash (intensiv) — 750
▪️suzish (0,4 km/soat) — 210
▪️suzish (2,4 km/soat) — 460
▪️futbol — 450
▪️velosipedda (9 km/soat) — 185
▪️velosiped (15 km/soat) — 320


@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2🔥1
Qandli diabetda TARVUZ🍉

📝Endokrinolog:Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Avval ham yozgan edim bu haqida, hozi ayni mavsum ekanini hisobga olib qayta yozmoqchiman.

Oʻrtacha tarvuz 7-8 kgni tashkil qilsa.
Uni isteʼmol qilish uchun boʻlaklarga boʻlamiz. Deylik 1ta tarvuzni 1 qismi (rasmda chapda) 150 gramm boʻladi, undan kichikroq qismi (rasmda oʻngda) 100 gramm chiqadi.

100 gram 🍉 tarvuzda
8-9 gr shakar mavjud

Qandli diabetda esa mumkin boʻlgan miqdor maksimum 1 boʻlakdir.

Diabeti yoʻqlar uchun esa koni foyda mahsulot.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍41
Chorla mudom meni haq yo'lga,
Gunohlardan qaytargin zimdan.
Ketsam hamki hattoki go'rga,
Ey vijdonim, qolma izimdan.

Meni kuzat, uxlab yotsam ham,
Qalbimga pok imorat qurgin.
Azoblanib, gunoh ish qilsam,
Borligingni bildirib turgin.

© Botirjon Ergashev

@endocrinoo
👍6👏21
Pokiza muhabbat kuni ​​— Juma muborak !🌙

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
1🔥1
Muoz ibn Jabaldan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kuni qo‘limni tutib: "Ey Muoz, men seni Alloh yo‘lida yaxshi ko‘raman", dedilar. "Ota-onam sizga fido bo‘lsin, Allohga qasamki, men ham sizni yaxshi ko‘raman", dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Ey Muoz, barcha namozlarning ortida "Allohumma a’inniy a’la zikrika va shukrika va husni ibadatik" ("Allohim) Seni zikr qilishimda, Senga shukrona keltirishimda va Senga chiroyli ibodat qilishimda menga yordam bergin!"), deyishni tark etma!" dedilar".

Musnadi Keshiy kitobidan

@endocrinoo
👍2
O‘t suyuqligining qandli diabetga aloqasi bormi?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )


🔍O't yo'llari oshqozon osti bezi orqali o'tadi va uning kanali bilan birga o'n ikki barmoqli ichakka chiqadi. Ammo ba‘zida bu kanalni o‘t qopida hosil bo‘lgan toshchalar to‘sib qo‘yishi mumkin

⭕️Agar oshqozon osti bezi kanali tiqilib qolsa, agressiv fermentlar bezning o'ziga zarar etkaza boshlaydi. Bu pankreatitga olib keladi.

🔰Insulin gormoni faqat oshqozon osti bezida sintezlanadi. Pankreatit insulin ishlab chiqarishning pasayishiga va diabetga olib keladi.

Xech bir kasallikka befarq boʻlmang

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2
Rasmda qalqonsimon bez va uni ikki yonidagi 2 juft qalqonsimon bez oldi bezi ko'rsatilgan.

Qalqonsimon bez oldi bezi suyak xosil bo'lishi, uni musatahkamligida va kalsiy, fosfor, magniy va vitamin D almashinuvida juda muhim rol o'ynaydi.

Qalqonsimon bez oldi bezini funksiyasi oshishi qonda kalsiy miqdorini oshishi suyaklar yemirilishi, buyraklarda tosh xosil bo'lishi, erta ateroskleroz, pankreatit va gastrit kabi kasalliklarga sabab bo'lishi mumkin.

Bezni faoliyati pasaysa qonda kalsiy, magniy, vitamin D kamayib ketishiga, mushaklarda tirishish, sudorgi va xolsizlik, suyak zichligi pasayishi, yurakda o'tkazuvchanglik buzilishi kabi holatlarga olib kelishi mumkin.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5
Cho'pon qo'ylar sonin bilgani yaxshi
Minbarda olimlar bo'lgani yaxshi
Bog'bonga yarashmas hofizlik, xullas
Hamma o'z ishini qilgani yaxshi

© Xayrulla Hamidov

@endocrinoo
👍11👏4😁1
Nega tomir tortishadi?

Tomir tortishishi (mushaklar tirishishi) - bu bir yoki bir nechta mushaklarning toʻsatdan va koʻpincha beixtiyoriy qisqarishi. Odatda tomir tortishishi oyoqlarda kuzatiladi:

Mushaklarning ortiqcha zoʻriqishi. Koʻpincha tirishishlar sport zalida haddan tashqari kuchli mashqlarni bajarish natijasida kuzatiladi.

Qon aylanishining buzilishi. Bu kompyuter qarshisida koʻp vaqt sarflaydiganlarda kuzatiladi.

Noqulay poyabzal. Gʻayrioddiy baland poshnali, orqa qismi yoʻq oyoq kiyimlar bunga misol boʻla oladi.

Noqulay uyqu holati. Uvushib qolgan qoʻl, oyoq, boʻyin bularning hammasi qon aylanishining buzilishi belgisidir va tunda tomir tortishishiga sabab boʻlishi mumkin.

Mineral yetishmasligi.
Kaliy, kalsiy yoki magniy yetishmasligi mushaklarning boʻshashishiga toʻsqinlik qilishi mumkin.

Asabiy zoʻriqish yoki nevrologik kasalliklar. Bunday sharoitda koʻpincha mushaklar boʻshashishi qiyinlashadi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing


@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3
Shirin gazli ichimliklar homilador ayollarda erta tugʻish xavfini oshiradi

Homilador ayollar gazlangan ichimliklar ichishdan ogohlantiriladi. 2010-yilda Daniyada 60000 nafar ayol oʻrtasida oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, gazlangan va gazsiz shirin ichimliklar ichganlarda erta tugʻish ehtimoli koʻproq.

Homiladorlik paytida kuniga kamida bir marta gazlangan suv ichgan ayollarda erta tugʻish ehtimoli ichmaganlarga qaraganda 38%ga koʻp.


@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
SOGʻLOM FARZAND KOʻRISH UCHUN NIMALARGA ETIBOR BERISH KERAK?

BIRINCHISI. Oilaviy hayotda poklikka, halollikka ahamiyatli boʻling, harom-xarish yeguliklarlardan, nopok narsalar iste’molidan saqlaning.

IKKINCHISI. Qarindoshlar oʻrtasidagi nikoh munosabatlariga yoʻl qoʻymang.

UCHINCHISI. Oʻzingizda, turmush oʻrtogʻingiz yaqin qarindoshlarida nasliy kasallik, tugʻma nogironlik bor-yoʻqligini aniqlash maqsadida genetik maslahatxonalarga murojaat eting.

TOʻRTINCHISI. Har bir ayol farzand koʻrishga layoqatli ekanini, unga tugʻish toʻgʻri kelish-kelmasligini bilish uchun mutaxassisga uchrashing. Afsuski, ayrim ayollar farzand koʻraman, deb oʻzlarini nobud qilishadi yoki jismonan nosogʻlom farzandni dunyoga keltirishadi. Bu bilan hayotlarini ham xatarga qoʻyishadi.

BESHINCHISI. Farzandlar orasidagi farq oʻrtacha 3-yil boʻlishi tavsiya etiladi. Chunki ona organizmi homiladorlik, tugʻish jarayonidan keyin tiklanishi, oʻz holiga qaytishi uchun vaqt kerak.
Shu oʻrinda muhim masalani aytib oʻtamiz: bola ona sutiga toʻysin. Aks holda keyingi farzand kutilganidek sogʻlom boʻlmasligi, avvalgi bola ona sutiga toʻymagani, mehr, parvarish yetarli boʻlmagani uchun turli kasalliklarga chalinishi mumkin.

OLTINCHISI. Homiladorlik davrida tushkunlikdan, siqilishdan, ogʻir mehnatdan, ichkilik, giyohvandlik, turli virusli, yuqumli kasalliklardan, ayollar xastaliklaridan, ovqatlanish, dam olish tartibi buzilishidan, homilaga zarar yetkazuvchi dori-darmonlardan saqlanish lozim .

“Baxtli hayot sari” kitobidan


@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2
Bordim "Ishq" darsiga... Turardi u shay,
Ko'zidan ilg'adim qahrabosini:
"O'rgataman, - dedi kulib turib oy,
Yod oling Muhabbat alifbosini -

Demak, ilk harf "A"! "Armon" degan so'z,
Ilk saboq, - dedi u, - o'rgatay sizga..."
Shu-shu o'rgatmoqda... Hech o'tay demas
"B"dan boshlanajak "Baxt" degan so'zga.

© Xayrulla Hamidov

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍8
Ozgʻin-semiz bular kimlar?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Skinny fat - sarkopenik semizlik ( ozgʻin semiz) bu tashqi tarafdan normal koʻringan insonning aslida semiz ekanligi.
Hozirda tana vazn indeksiga koʻra semizlikka tashxis qoʻyiladi. Bu usulning kamchiligi esa sizda boʻy va vazn xisobga olinadi holos. Rasmdan ham koʻrinadiki ikkala bolada ham vazn bir hil lekin biri tashqi tarafdan semizdek. Tanadagi muskul va yogʻ nisbati va foizini bilmas ekansiz ozgʻin koʻringan hammani normal vaznda deb qabul qilasiz.

Sarkopenik semizlikda muskul miqdori va kuchi pasayadi. Yogʻ miqdori esa ortadi: erkaklarda tananing 25% qismidan, ayollarda 35% qismidan ortishi.

65 yoshdan soʻng erkaklarda 10%, ayollarda 14% sarkopenik semizlik uchraydi.

Kelib chiqish sabablari
•Hayot tarzi( notoʻgʻri ovqatlanish, kam harakatlik)
Vitamin D yetishmasligi
•Nevrologik buzilish (parez,paralich)
•Uzoq vaqt bir joyda yotish

Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
Halqimizda katta vaznli chaqaloq dunyoga kelsa qo'chqordek oʻgʻil yoki pahlavon qiz tugʻildi deb hursand boʻlish holati kuzatiladi.
Hursandchilik oʻz yoʻliga lekin bu boshqa tarafdan signal ham xisoblanadi.
Yani 4kgdan ortiq tugʻilgan bolalarni va onalarni qandli diabetga skrining qilib turish zarur sababi esa quyidagicha:
Homila 9-12 haftagacha meda osti bezi faoliyat olib bormaydi yani endigina rivojlanishda boʻladi. Bu vaqtda ona shirinliklar, glukozaga boy maxsulotlar isteʼmoli bolaga ham glukozani yoʻldosh orqali oʻtishiga sabab boʻladi. Afsuski onaning insulini bolaga oʻtmaydi.
Natijada bolada glukoza xisobiga azolar kattalashishi , gipertrofiya rivojlanadi.
Glukozaning toksik taʼsiri ostida bolada letsitin sintezi yetishmasligi kelib chiqadi va tugʻilgan bolada respirator distress sindromi ham kelib chiqish ehtimoli yuqori boʻladi.

Yuqoridagi suratda☝️ barchasi koʻrsatilgan
Glukoza , keton tanachalar onadan bolaga oson oʻtadi, insulin esa yõq

Kanalga aʼzo boʻling
Yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
👍2