Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.79K subscribers
3.83K photos
622 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Bolalar va o'smirlarda ginekomastiya.

Ginekomastiya - bu sut bez kanallari va biriktiruvchi to'qimalarning giperplaziyasi natijasida yuzaga keladigan erkak bolalar va o'smirlardagi sut bezlarining yaxshi kengayishi. Turli tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, jginekomastiya balog'at yoshidagi o'smirlarning 42-75 foizida kuzatiladi.

Davolash ENDOKRINOLOG shifokori bilan

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
Qandli diabetning asoratlari: erkak va ayollarda

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Avstraliyaliklar qandli diabet bilan og'rigan odamlarda mikro va makrovaskulyar asoratlarning chastotasi bo'yicha jinsiy farqlarni o'rganishdi. Tadqiqot Journal of Epidemiology and Community Health jurnalida chop etildi.

Yakuniy namunaga 45 yoshdan oshgan 25 713 ishtirokchi kirdi. Erkaklarning yuqori qismi ortiqcha vaznga ega (erkaklar uchun 38,7% va ayollar uchun 27,8%), yuqori ma'lumotga ega va yurak-qon tomir kasalliklari bilan kasallangan.

Quyidagi xulosalar chiqarildi:

✔️ Yurak-qon tomir asoratlari bilan kasallanishning umumiy darajasi har 1000 kishiga 37 tani, erkaklarda esa yuqoriroq: 1000 kishiga 43 ta, ayollarda esa 30 tani tashkil etdi.
✔️ Oftalmologik asoratlar bilan kasallanish erkaklarda 57%, ayollarda 60,9% ni tashkil etdi (p<0,001).
✔️ Erkaklarda pastki ekstremita kasalliklarini rivojlanish xavfi ayollarnikiga qaraganda 1,5 baravar yuqori edi.
✔️ Erkaklarda buyrak patologiyasini rivojlanish xavfi ayollarnikiga qaraganda 1,6 baravar yuqori edi.
✔️ 10 yil davomida jami kasallanish erkaklarda yuqori bo'lib, ayollarda 25,3% ga nisbatan 35,2% ni tashkil etdi.

Qandli diabet bilan og'rigan erkaklarda asoratlarni rivojlanish xavfi ko'proq bo'lsa-da, har ikkala jinsda ham asoratlar darajasi yuqori bo'lgan. Muhim kashfiyotlardan biri, olimlar kasallikning davomiyligidan qat'i nazar, erkaklar diabetning #asorat lari xavfi ko'proq ekanligini hisobga olishadi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
#hazil_time

Bemor doktorning xonasiga kiribdi 🤕

Bemor : Assalomu alaykum!
Doktor : Volekum assalom yaxshimisiz?
Bemor : Yaxshi rahmat xudoga shukr
Doktor : Unda keyingi bemorni chaqirib yuboring iltimos. 😂😂😂

@endocrinoo
😁13
Musulmonni chaynay-chaynay
O‘tkazdingiz Ramazonni,
Ko‘p ehtimol shu kor ila
Yutqazdingiz Ramazonni...

©Xayrulla Hamidov

@endocrinoo
👍42🔥1
Ertaga Insha Alloh hozirgi КАЧОК lar qomat uchun qabul qiluvchi testosteron, androgenlar haqida yozaman.

Bu qanchalik foydali va qanday zararlari bor shu haqida boʻladi.

Bizdan uzoqlashmang, eng kerakli va eng dolzarb maslahatlar bizda!!!

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
SPIRAL NIMA VA U QANDAY ISHLAYDI?

Spiral – bu ingichka metall sim bilan o’ralgan, egiluvchan plastik ramkali kichik tuzilishli vosita. Turiga qarab, spiralning shakli va tarkibi turlicha bo’lishi mumkin.

Bachadon ichi kontratseptivlaridan ba’zilari ginekologik muammolarni davolashda ishlatilishi mumkin, ammo har qanday spiralning asosiy vazifasi rejalashtirilmagan homiladorlikdan himoya qilishdir.

❗️Bachadon bo’shlig’iga kiritilgandan so’ng, spiral quyidagicha ishlaydi:

Bachadon bo’yni mukusining qalinlashishiga yordam beradi, bu esa sperma harakatini qiyinlashtiradi; Bachadon naychalarining peristaltikasini kuchaytiradi, shuning uchun tuxum hujayra bachadonga muddatidan oldin kiradi;

Bachadon devorlarini “bezovta” qiladi va urug’lantirilgan tuxum hujayrani ichki qoplamaga yopishishiga yo’l qo’ymaydi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
ИККИНЧИ ТОИФА УЧУН ЖАВОБЛАР 2023 (2).pdf
643.9 KB
Hamshiralar uchun

Toifa savollar va javoblari
2-toifaga boruvchilar uchun

@endocrinoo
@endokrinolog_maslaxatii
👍1
ОЛИЙ ТОИФА УЧУН ЖАВОБЛАР 2023 (1).pdf
4 MB
Hamshiralar uchun

Toifa savollar va javoblari
Oliy toifaga boruvchilar uchun

@endocrinoo
@endokrinolog_maslaxatii
📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

💪💊Hech kimga sir emaski, ba'zi sportchilar qomatini yaxshilash uchun androgenlar va anabolik steroidlardan ( AAS ) foydalanishadi.

Bunda erkaklarda akne,ginekomastiya, erektil disfunksiya paydo boʻlsa.
Ayollarda erkaklik belgilari va libido pasayishi kuzatiladi.

Bular taʼsirida kichik oʻzgarishlardan tortib miokarditgacha va hatto oʻlimgacha olib borishi mumkin.

Barchasi yuqoridagi suratda juda chiroyli koʻrsatilgan.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
📍PIKOLAKS📍

Koʻplab kasalliklarda kuzatiladigan ( Qandli diabet, gipotireoz) ich qotishi(qabziyat)da qoʻllaniladigan dori vositasi haqida

📖Farmakotnerapevtik guruxi;
surgi vosita sifatida

📝Qoʻllanilishi;
Qabziyatlar yoki ichni kelishini yengillashtirishni talab qiluvchi holatlarda qoʻllanadi.

📋Qoʻllash usuli va dozalari:
Kattalarga: 13-27 tomchi (bu 5-10 mg natriy pikosulfatiga mos keladi);
4 yoshdan oshgan bolalar 👶(faqat shifokor koʻrsatmasi boʻyicha): 7-13 tomchi (bu 2,5-5 mg natriy pikosulfatiga mos keladi).

🚫Mumkin emas:
Ichak tutilishi yoki qorin boʻshligʻi aʼzolarining oʻtkir kasalligi, masalan appenditsit.
Koʻngil aynishi va qusish bilan kechuvchi oʻtkir abdominal ogʻriq.
Kuchli suvsizlanishda qoʻllash mumkin emas.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍51🥰1💯1
Alloh taolo bir bandasini bemor qilsa

🔶Alloh taolo bir bandasini bemor qilsa, to‘rt farishtasiga buyurar ekan "Sen kuchini ol, sen yuzidan rangini ol, sen ishtaha, og‘iz ta’mini ol, sen butun gunohlarini ol".

🔶Sog‘ayganda, rang kuch, ishtaha-ta’m qaytarilar ekan. Gunohga kelganida Alloh taolo aytar ekan, "Mening nomimga mos emas shuncha dard chekkan bandamga gunohini qaytarib berish. Uning gunohini o‘chirib yuboring".

🔶Shundoq ekan, Alloh bergan dardga ham shukur qilaylik!

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
10💯4👍2😍2🔥1
Gormonlar koʻp ishlab chiqarilsa va yoki aksincha boʻlsa...

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
Papillomalar nima?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Papillomalar bu yaxshi sifatli hosilalar qatoriga kirib , asosan boʻyin, qoʻltiq osti, qovurgʻa osti, jinsiy azolar soxasida koʻp uchraydi.

Kelib chiqish sabablari:
•Semizlik

•Betartib jinsiy aloqa
•Immun tizimi sustligi
•Virusli infeksiyalar bilan koʻp kasallanish
•Gigiena qoidalarini qoʻpol buzilishi

Davolash har holat sababiga koʻra tanlanadi.
Ozish, virusga qarshi davolanish, gigienaga etibor berish, hirurgik aralashuv, lazerkoagulyatsiya, elektrokoagulyatsiya, kriodestruksiya

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
SEMIZLIK NIMA?

▶️Semizlik bu – organizmda ortiqcha miqdorda yogʻ toʻplanishidir.
Semizlikning kelib chiqishi asosan kamharakat hayot tarzi, yuqori kaloriyali va yengil hazm boʻluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini surunkali tarzda va ortiqcha miqdorda iste’mol qilish bilan bogʻliq!

▶️SEMIZLIKNI BARTARAF ETISH UCHUN NIMALARNI OʻZGARTIRISH KERAK?

1⃣ Har kuni imkoniyatga qarab, kamida 3-5 km faol tarzda piyoda yurish zarur (qarshi koʻrsatmalar boʻlmasa, albatta). Shuncha masofaga yugurish yana ham yaxshi boʻladi.

2⃣ Glikemik indeksi (iste’mol qilinganidan keyin qondagi qand miqdorini oshirish darajasi) past boʻlgan va ozuqaviy tolaga boy oziq-ovqat mahsulotlarini koʻproq iste’mol qilish kerak.

3⃣ Semizlikka olib keluvchi va biz koʻp iste’mol qiladiganimiz yana bir zararli mahsulot bu shakar va shakar qoʻshilgan yeguliklardir. U iste’mol qilingandan keyin ovqat hazm qilish traktida tez singadi, tezda qonga soʻriladi hamda qondagi qand miqdorini tez va koʻproq oshiradi. Biz shakar iste’molini keskin kamaytirib, uning oʻrniga koʻproq steviya iste’mol qilishimiz kerak.

▶️Bundan tashqari, ovqatlanish ratsionining asosini donli-dukkakli ekin mahsulotlari, meva-sabzavotlar, yogʻsizlantirilgan yoki yogʻi kamaytirilgan sut-qatiq, koʻkatlar, yongʻoq, pista, bodom, goʻsht, tovuq goʻshti, baliq kabi mahsulotlar tashkil qilishi maqsadga muvofiqdir.

▶️Hayvon yogʻi mahsulotlari, oʻta qovurilgan ovqatlar, energetik ichimliklar, koʻp tuz qoʻshilgan oziq-ovqat maxsulotlarini doimiy tarzda iste’mol qilib yurish ham semizlik rivojlanishiga olib keladi va bu inson salomatligi uchun favqulodda xavflidir.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
Normal follikula o'sib yorilishini buzilishini bir necha turlari bor.

Follikula arteziyasi bu dominant follikula o'sib yorilmasligi.

Follikula persistensiyasi follikulani o'sib ketib yorilmasdan o'lchamlarini katta bo'lib ketishi va multifollikulalar yani bir vaqtni o'zida bir necha 10ga yaqin yoki ko'proq follikula o'sishi bilan kuzatiladi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
#hazil_time

Men bilan ichasizmi?
- Xursand bo'lardim, lekin shifokor taqiqlab qo'ydi.

- Qaniydi, shunday ajoyib shifokorlar ko'paysa! Shunda aroq iste'molchi talabining keskin pasayib ketishi tufayli arzonlashgan bo'lardi.😝


@endocrinoo
😁12
Ozishda jismoniy mashqlarni oʻrni

Vazn yoʻqotishdagi muvaffaqiyatning 70 foizi toʻgʻri ovqatlanishga bogʻliq boʻlsa, 30 foizi jismoniy faoliyatga bogʻliq.

Dinamik yurish.
Buyuk Britaniyaning universiteti oʻtkazgan tadqiqotda ma’lum boʻlishicha: atigi bir soatlik piyoda yurish ishtahani tartibga soluvchi ikkita gormonning miqdorini oʻzgartiradi:
• Grelin — ishtahani qoʻzgʻatuvchi gormon.
• "PYY” — toʻyish gormoni.

Bir soatlik ayerobik mashgʻulotdan soʻng qondagi "grelin" darajasi keskin pasayadi va "PYY" darajasi oshadi va birgalikda ishtahaning pasayishiga olib keladi!

Jismoniy mashqlar paytida faqat burun orqali nafas olish va ogʻiz orqali nafas chiqarish muhimdir, bu yurak tezligini barqarorlashtiradi, qonni kislorod bilan toʻyintiradi.

Shunday qilib, hujayra oksidlanish rejimi — yogʻ oksidlanishiga oʻtadi. Mashgʻulotning samaradorlik siri ularning muntazamligida!

Yugurish mashqi.
Yugurish, yurish kabi, maxsus simulyatorlar va sport zali talab qilmaydi. Biroq, bu bilan birga, boʻgʻimlarga va umurtqa pogʻonasiga yukni oshiradi. Bundan tashqari, yurishdan farqli oʻlaroq, u maxsus forma, poyabzal va yaxshi yoʻlakni talab qiladi.
Arqon bilan sakrash mashqi.
Eng yaxshi ayerobik mashqlardan biri.
10 daqiqalik sakrash ikki kilometrlik yugurish, 10 daqiqalik velosiped poygasi kabi effekt beradi. Arqon mashqlari sizga bel, yelkalar, qoʻl va qorin mushaklarini samarali ishlashga imkon beradi.

Quyida bir soatlik mashgʻulotlarda qancha kaloriya (kkal) sarflanishi keltirilgan:
▪️yurish — 250
▪️poygada yurish — 416
▪️yugurish (8 km/soat) — 500
▪️kross yugurish — 600
▪️yugurish (16 km/soat) — 1170
▪️muntazam kuch mashqlari — 210
▪️intensiv kuch mashqlari — 420
▪️aerobik fitnes mashgʻulotlari — 500
▪️interval kardio mashgʻulotlari — 600
▪️ aylanma trening — 500
▪️arqon bilan sakrash (intensiv) — 750
▪️suzish (0,4 km/soat) — 210
▪️suzish (2,4 km/soat) — 460
▪️futbol — 450
▪️velosipedda (9 km/soat) — 185
▪️velosiped (15 km/soat) — 320


@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2🔥1
Qandli diabetda TARVUZ🍉

📝Endokrinolog:Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Avval ham yozgan edim bu haqida, hozi ayni mavsum ekanini hisobga olib qayta yozmoqchiman.

Oʻrtacha tarvuz 7-8 kgni tashkil qilsa.
Uni isteʼmol qilish uchun boʻlaklarga boʻlamiz. Deylik 1ta tarvuzni 1 qismi (rasmda chapda) 150 gramm boʻladi, undan kichikroq qismi (rasmda oʻngda) 100 gramm chiqadi.

100 gram 🍉 tarvuzda
8-9 gr shakar mavjud

Qandli diabetda esa mumkin boʻlgan miqdor maksimum 1 boʻlakdir.

Diabeti yoʻqlar uchun esa koni foyda mahsulot.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍41