Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.8K subscribers
3.83K photos
621 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Oilada farzandsizlikka kim sababchi bo‘ladi?


🔹JSST ma’lumotlariga ko‘ra, oiladagi befarzandlikka 50 foiz erkaklar va 50 foiz ayollar sababchi deyiladi. 2019 yilda ifodalash shakli o‘zgardi - 1/3 erkak muammolari, 1/3 ayollardagi muammolar, 1/3 har ikkisidagi muammolar sababli deyila boshlandi.

🔸O‘zini sog‘lom deb hisoblab yurgan erkaklarning taxminan 15 foizining oilasida uylanishdan keyin homiladorlik kuzatilmaydi.

Bir oilada homiladorlik kuzatilmayotgan bo‘lsa, birinchi qadam, birinchi shart – erkak kishini tekshirish; sababi oddiy, tez va arzon yo‘l, agar muammo chiqmasa, keyin ayollar bilan bemalol shug‘ullansa bo‘laveradi.

@endocrinoo
👍2
📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Tiosianatlar - qalqonsimon bezga yod kirishini kamaytirib , gormonlar biosintezini susaytiradi.

Bunday modda ega meva va sabzavotlar: karam , sholgʻom, turp , loviya.

Elementlardan esa : ftor , mis , kobalt kabilar yod yetishmasligi sharoitida strumogen effektga ekanligi haqida maʼlumotlar bor

Yani sodda qilib aytganda bu mahsulotlar tarkibida yodni soʻrilishiga toʻsqinlik qiluvchilar mavjud.

Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing
Kanalga aʼzo boʻling

Kanal manzili👉 https://t.me/endocrinoo


Guruh manzili👉 https://t.me/endokrinolog_maslaxatii
👍5
Nedir, halovatni yo'qotdim tubdan,
Umr borasida qochdi uquvim.
Jasadim haqida o'ylasam obdon,
Sochim tolasidan ko'proq qo'rquvim.

Ey, meni titratgan ilohiy qasam,
Bas, yetar, orom ham asabga tegar.
Uyg'otgin agarda uxlagan bo'lsam,
O'ldir uyg'oqlim shu bo'lsa agar!

©️Xayrulla Hamidov

@endocrinoo
👍5
Uxlashga oʻz vaqtida yotib ortiqcha tana vaznidan xalos boʻling!

Kech uxlashga odatlanganlar odatda koʻp kaloriya qabul qiladi. Koʻpincha bu holat kech soat 8 dan keyin koʻp yeb qoʻyish bilan bogʻliq. Kam uxlash oddiy uglevodlar iste’molini koʻpaytiradi, bu esa yogʻ yigʻilishiga olib keladi.

32 yoshdan 49 yoshgacha 10 ming kishi ishtirok etgan tadqiqotda ma’lum boʻldiki, sutkasiga 7 soatdan kam uxlaydiganlar semirishga moyil boʻlar ekan.


@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
#hazil_time

Bu aniq sizda boʻlgan 😂

@endocrinoo
👍5😁2🔥1
“Kesarcha” yoʻli bilan farzand koʻrgan ayolga tabiiy tugʻuruq man etiladimi?

🤰Kesarcha kesish amaliyoti orqali farzandli boʻlgan aksariyat ayollar keyinchalik tabiiy tugʻuruqning imkoni yoʻq, deb oʻylaydi.

🔬 Bu notoʻgʻri. Boisi, dunyo tibbiyotida toʻplangan tajribaga koʻra, operativ usul orqali farzand koʻrgan ayollarning aksariyatida keyinchalik tabiiy tugʻuruq meʼyoriy kechishi tasdiqlangan

🩺 Agar ayolda birinchi kesarcha kesish operatsiyasi oʻtkazilgan boʻlsa, ona va homila salomatligi uchun hech qanday qarshi koʻrsatmalar boʻlmasa, tabiiy yoʻl bilan tugʻish mumkin. Ammo bachadonda 1 ta chandiq boʻlgan ayol tabiiy yoʻl orqali tugʻayotganda, homila va onaning holati monitoring qilinishi va shoshilinch akusherlik yordamga tayyor boʻlish lozim.

👶 Yana shuni taʼkidlash kerakki, jarrohlik yoʻli orqali farzand koʻrgandan keyingi homiladorlik ikki yildan soʻng boʻlishi maqsadga muvofiq. Chunki ayni shu muddat ona salomatligining tiklanishi va goʻdakning sogʻlom dunyoga kelishi uchun juda muhim.

@endocrinoo
Selen (Se) yetishmasligi


Selen elementi — qalqonsimon bez va immun tizimini normal ishlashi uchun muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, u Ye vitamini bilan birgalikda organizmni antioksidant himoya qilish jarayonlarida ishtirok etib, hujayralarni shikastlanishdan himoya qiladi. Uning yetishmasligi ateroskleroz, miokard infarkti, saraton kasalligi xavfini oshiradi, temir va yod yetishmasligi kuzatiladi (selen ularning kofaktori hisoblanadi) odatda autoimmun tireoidit bilan birga kechadi.

✓ Selen tanani ogʻir metallar va mishyakdan himoya qiladi (ularni antagonisti hisoblanadi).

✓ Selen ayniqsa, homiladorlik asoratlarini oldini olish uchun farzand rejalashtirishda erkaklarga kerakli element.

📌 Organizmda yaxshi soʻriladigan formalari: selenometionin va se-metil-L-selenosistein (dorixonalardan soʻrang).

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2🔥1
#hazil_time

Ikki shifokor konferentsiyada uchrashib, biri ikkinchisidan so'rayapti:
- Men ginekologman, siz qanday profildasiz?
- Men proktologman.
— Ohh, qo'shni!😆

@endocrinoo
😁7🤔2
Bolalar va o'smirlarda ginekomastiya.

Ginekomastiya - bu sut bez kanallari va biriktiruvchi to'qimalarning giperplaziyasi natijasida yuzaga keladigan erkak bolalar va o'smirlardagi sut bezlarining yaxshi kengayishi. Turli tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, jginekomastiya balog'at yoshidagi o'smirlarning 42-75 foizida kuzatiladi.

Davolash ENDOKRINOLOG shifokori bilan

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
Qandli diabetning asoratlari: erkak va ayollarda

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Avstraliyaliklar qandli diabet bilan og'rigan odamlarda mikro va makrovaskulyar asoratlarning chastotasi bo'yicha jinsiy farqlarni o'rganishdi. Tadqiqot Journal of Epidemiology and Community Health jurnalida chop etildi.

Yakuniy namunaga 45 yoshdan oshgan 25 713 ishtirokchi kirdi. Erkaklarning yuqori qismi ortiqcha vaznga ega (erkaklar uchun 38,7% va ayollar uchun 27,8%), yuqori ma'lumotga ega va yurak-qon tomir kasalliklari bilan kasallangan.

Quyidagi xulosalar chiqarildi:

✔️ Yurak-qon tomir asoratlari bilan kasallanishning umumiy darajasi har 1000 kishiga 37 tani, erkaklarda esa yuqoriroq: 1000 kishiga 43 ta, ayollarda esa 30 tani tashkil etdi.
✔️ Oftalmologik asoratlar bilan kasallanish erkaklarda 57%, ayollarda 60,9% ni tashkil etdi (p<0,001).
✔️ Erkaklarda pastki ekstremita kasalliklarini rivojlanish xavfi ayollarnikiga qaraganda 1,5 baravar yuqori edi.
✔️ Erkaklarda buyrak patologiyasini rivojlanish xavfi ayollarnikiga qaraganda 1,6 baravar yuqori edi.
✔️ 10 yil davomida jami kasallanish erkaklarda yuqori bo'lib, ayollarda 25,3% ga nisbatan 35,2% ni tashkil etdi.

Qandli diabet bilan og'rigan erkaklarda asoratlarni rivojlanish xavfi ko'proq bo'lsa-da, har ikkala jinsda ham asoratlar darajasi yuqori bo'lgan. Muhim kashfiyotlardan biri, olimlar kasallikning davomiyligidan qat'i nazar, erkaklar diabetning #asorat lari xavfi ko'proq ekanligini hisobga olishadi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
#hazil_time

Bemor doktorning xonasiga kiribdi 🤕

Bemor : Assalomu alaykum!
Doktor : Volekum assalom yaxshimisiz?
Bemor : Yaxshi rahmat xudoga shukr
Doktor : Unda keyingi bemorni chaqirib yuboring iltimos. 😂😂😂

@endocrinoo
😁13
Musulmonni chaynay-chaynay
O‘tkazdingiz Ramazonni,
Ko‘p ehtimol shu kor ila
Yutqazdingiz Ramazonni...

©Xayrulla Hamidov

@endocrinoo
👍42🔥1
Ertaga Insha Alloh hozirgi КАЧОК lar qomat uchun qabul qiluvchi testosteron, androgenlar haqida yozaman.

Bu qanchalik foydali va qanday zararlari bor shu haqida boʻladi.

Bizdan uzoqlashmang, eng kerakli va eng dolzarb maslahatlar bizda!!!

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
SPIRAL NIMA VA U QANDAY ISHLAYDI?

Spiral – bu ingichka metall sim bilan o’ralgan, egiluvchan plastik ramkali kichik tuzilishli vosita. Turiga qarab, spiralning shakli va tarkibi turlicha bo’lishi mumkin.

Bachadon ichi kontratseptivlaridan ba’zilari ginekologik muammolarni davolashda ishlatilishi mumkin, ammo har qanday spiralning asosiy vazifasi rejalashtirilmagan homiladorlikdan himoya qilishdir.

❗️Bachadon bo’shlig’iga kiritilgandan so’ng, spiral quyidagicha ishlaydi:

Bachadon bo’yni mukusining qalinlashishiga yordam beradi, bu esa sperma harakatini qiyinlashtiradi; Bachadon naychalarining peristaltikasini kuchaytiradi, shuning uchun tuxum hujayra bachadonga muddatidan oldin kiradi;

Bachadon devorlarini “bezovta” qiladi va urug’lantirilgan tuxum hujayrani ichki qoplamaga yopishishiga yo’l qo’ymaydi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
ИККИНЧИ ТОИФА УЧУН ЖАВОБЛАР 2023 (2).pdf
643.9 KB
Hamshiralar uchun

Toifa savollar va javoblari
2-toifaga boruvchilar uchun

@endocrinoo
@endokrinolog_maslaxatii
👍1
ОЛИЙ ТОИФА УЧУН ЖАВОБЛАР 2023 (1).pdf
4 MB
Hamshiralar uchun

Toifa savollar va javoblari
Oliy toifaga boruvchilar uchun

@endocrinoo
@endokrinolog_maslaxatii
📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

💪💊Hech kimga sir emaski, ba'zi sportchilar qomatini yaxshilash uchun androgenlar va anabolik steroidlardan ( AAS ) foydalanishadi.

Bunda erkaklarda akne,ginekomastiya, erektil disfunksiya paydo boʻlsa.
Ayollarda erkaklik belgilari va libido pasayishi kuzatiladi.

Bular taʼsirida kichik oʻzgarishlardan tortib miokarditgacha va hatto oʻlimgacha olib borishi mumkin.

Barchasi yuqoridagi suratda juda chiroyli koʻrsatilgan.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
📍PIKOLAKS📍

Koʻplab kasalliklarda kuzatiladigan ( Qandli diabet, gipotireoz) ich qotishi(qabziyat)da qoʻllaniladigan dori vositasi haqida

📖Farmakotnerapevtik guruxi;
surgi vosita sifatida

📝Qoʻllanilishi;
Qabziyatlar yoki ichni kelishini yengillashtirishni talab qiluvchi holatlarda qoʻllanadi.

📋Qoʻllash usuli va dozalari:
Kattalarga: 13-27 tomchi (bu 5-10 mg natriy pikosulfatiga mos keladi);
4 yoshdan oshgan bolalar 👶(faqat shifokor koʻrsatmasi boʻyicha): 7-13 tomchi (bu 2,5-5 mg natriy pikosulfatiga mos keladi).

🚫Mumkin emas:
Ichak tutilishi yoki qorin boʻshligʻi aʼzolarining oʻtkir kasalligi, masalan appenditsit.
Koʻngil aynishi va qusish bilan kechuvchi oʻtkir abdominal ogʻriq.
Kuchli suvsizlanishda qoʻllash mumkin emas.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍51🥰1💯1