Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
616 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Bizning gormonlarimiz

Melatonin — uyqu.
Adenozin — toliqish neyromediatori.
Endorfin — organizmning tabiiy anestetigi.
Serotonin — sening yaxshi kayfiyating.
Dofamin — sening xoxish va istaklaring.
Anandamid — kuchli baxtlilik xissi.
Feniletilamin — sening sevging.
Noradrenalin — tetiklik, jahl va faollik.
Adrenalin — qo‘rquv.
Atsetilxolin — e’tiborni jamlash.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
7👍2
FOLIKULA YETILMASLIGI VA YORILMASLIGI (ANOVULYASIYA) NIMA?


Anovulyatsiya – hayz siklining buzilishi oqibatida me’yordagi tuxum hujayra yetilmasligi va follikula yorilmasligidir. Bepushtlikning eng koʻp uchraydigan sabablaridan biri hisoblanadi.

Tibbiyotda fiziologik va patologik anovulyatsiya tushunchasi bor.

📎Fiziologik anovulyatsiyada tabiiy sabablar mavjud. Misol uchun, tugʻruqdan keyingi va emizish davrida ovulyatsiya boʻlmaydi. Undan tashqari jinsiy yetilish davrida va erta klimaks boʻlganda ham shunday holat yuz beradi. Har bir ayolda yilda 1−2 hayz davri an’anaviy follikula yorilishi va tuxum hujayraning chiqishi bilan tugallanmaydi. Bu sogʻlom ayol uchun me’yordagi holat sanaladi. Fiziologik anovulyatsiya 45−50 yoshdan oshgan ayollarda ham kuzatiladi. Biroq reproduktiv yoshdagi ayollarda ovulyatsiyaning muntazam boʻlmasligi – patologik jarayon alomati hisoblanadi.
 
OVULYATSIYA FAOLIYATI BUZILISHINING KECHISH JARAYONI

Tuxumdon gipotalamus va gipofiz tizimi faoliyatiga ta’sir etuvchi steroid gormoni ishlab chiqaradi. U esa oʻz navbatida tuxum hujayraning yetilishi va follikuladan chiqishi uchun zarur boʻlgan LG va FSG gormoni ishlab chiqarilishini muvozanatlaydi. Bu tizim mexanizmining bitta “halqasi” ishdan chiqsa yoki notoʻgʻri ishlasa anovulyatsiya roʻy beradi.

Agar ayol kishida endokrin tizimda muammolar boʻlsa, tuxumdonlarda buyrak usti bezida, qalqonsimon bezda surunkali kasalliklar boʻlsa, modda almashinuvi buzilgan boʻlsa, ovulyatsiya boʻlmaydigan sikllar koʻpayib surunkali hol olishi mumkin. 

Gormonlar muvozanati buzilishiga nazoratsiz dorilar ichish, infeksion kasaliklar, tana vazni oʻzgarishi sabab boʻlishi mumkin.
 
❗️FOLIKULA YETILMASLIGI SABABLARI VA ALOMATLARI

Hayz siklining buzulishiga olib keluvchi asosiy omil ayol reproduktiv faoliyati gormonal boshqaruvida uzilish boʻlishidir. Buning sabablari juda koʻp.

Davolashni tayinlashdan oldin anovulyatsiya sababini aniqlash muhim.

Anovulyatsiyaning koʻp tarqalgan sabablariga quyidagilar kiradi:

📌Tuxumdonlarning polikistoz sindromi;
📌Giperprolaktinemiya;
📌Tuxumdonlarning barvaqt yaroqsizlanishi;
📌Gipofiz va gipotalamus faoliyatida me’yordan chetlashuv;
📌Qalqonsimon bezda yoki buyrakusti bezi poʻst qatlamida funksional oʻzgarishlar (buqoq);
📌Ayrim ginekologik kasalliklar (endometrioz, tuxumdonda xavfli oʻsmalar);
📌Kichik tos a’zolarida surunkali yalligʻlanish va infeksiya;
📌Androgen (erkak jinsiy gormonlari) gormonlar miqdorining me’yordan ortiqligi;
📌Asabiy−ruhiy buzulishlar;
📌Zaharlanishlar;
📌Vitamin yetishmovchiligi yoki oziqlanish xarakteridagi buzilishlar;
📌Reproduktiv tizimdagi turli nuqsonlar;
📌Jinsiy yetilishning kechikishi;
📌Irsiy (genetik) kasalliklar;

📎Ba’zida ravon hayz siklida ham anovulyatsiya alomatlari koʻrinmasdan ham kechishi mumkin. Bunda faqat bepushtlik boʻyicha tekshiruv oʻtkazgandan keyin aniqlanishi mumkin.

‼️Anovulyatsiyaning asosiy alomatlari – davriy ravon boʻlmagan hayz sikllari ( 21 kundan kam yoki 36 kundan koʻp) va bachadondan qon kelishi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5
#bepushtlik
Gipotireoz va bepushtlik qanday bogʻliq?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Nega gipotireoz sababli bepushtlik kelib chiqadi? Inglizcha patogenezi tushuntirilgan boʻlsada juda oddiy va aniq yozilgan.

Progesteron kamayishi
Esterogen ortishi soʻngi sabab boʻladi

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3
#hazil_time

Qayerga borasiz siz 😁

@endocrinoo
😁5
Juma muborak 🌙

@endocrinoo
👍2
Rasulimiz siyratlaridan❤️
Sayyidimiz shunday edilar...

@endocrinoo
8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu filmni ramazon oyida toʻliq yuklab chiqqanman.
Koʻrmaganlar albatta koʻring.

Bu turli turk seriallari va xech bir foyda bermas oʻzbek seriallaridan ming chandon foydali va mazmunli.

@endocrinoo
👍6😁2
Bo‘yin osteoxondrozi qanday kasallik?

Osteoxondroz umurtqalar, ularning tog‘aysimon disklari va boylamlarini degenerativ-distrofik o‘zgarishlari bo‘lib, joylashuviga ko‘ra bo‘yin, ko‘krak va bel-chanoq turlari farqlanadi.

Bo‘yin osteoxondrozi, asosan, 35 yoshdan oshgan insonlarda kuzatiladi.

🟥 Agar osteoxondroz sababli umurtqa arteriyasi bosilsa, bemorda bel va bosh miya ishemiyasi kuzatilishi ehtimoli bor.

Bo‘yin osteoxondrozi bor insonda bosh sohasida kuchli va davomli og‘riq, bosh aylanishi, ko‘z xiralashishi, qo‘l  barmoqlarida sanchiqlar, stenokardiyaga o‘xshash, ammo bir necha soat davom etadigan yurak sohasidagi og‘riqlar, eshitish qobiliyatining pasayishi, tilning karaxt bo‘lishi, holsizlik, hansirash, arterial qon bosimining o‘ynashi kabi belgilar kuzatilishi mumkin. Mazkur simptomlar arteriyaning shikastlanganidan dalolat beradi.

💊 Ko‘pincha davolash konservativ usullar yordamida amalga oshiriladi. Shifokor tomonidan dori-darmonlar, kerakli mashqlar turlari buyuriladi.

@endocrinoo
👍1👏1
#hazil_time

Farzandingiz koʻp telefon oʻynasa unga mushuk olib bering, balki chalgʻishi mumkin yoki aksincha....😁

@endocrinoo
😁5
Qandli diabetda oyoqlar uchun mashqlar jamlanmasi

Piyoda yurish , jismoniy mehnat, mashqlar oyoqlarda qon aylanishini yaxshilaydi diabetik angiopatiya asoratini oldini oladi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

Kanal👉👉👉@endocrinoo

Guruh👉👉@endokrinolog_maslaxatii
👍3
🥛Kalsiyni kamaytiruvchi moddalar

🔸Qahva. Ko'p qahva ichish tanadan kalsiyni va boshqa minerallarni ham chiqarib tashlaydi.

🔸Shakar. Agar siz me'yoridan ko'p miqdorda shirinlik iste'mol qilsangiz, ichak mikroflorasi buziladi va so‘rilish jarayoni izdan chiqadi.

🔸Spirtli ichimliklar. Spirtli ichimliklar ham kalsiyning so'rilishiga salbiy ta'sir qiladi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥2
#analiz Qonda qand

🔷Qondagi qand miqdorini tekshirishdan oldin , nimalarni bilish kerak

▶️Tashxisdan 24 soat oldin spirtli ichimliklarni ichmang.

▶️Tahlildan oldin 8 soat davomida ovqat qabul qilmagan bo'lishingiz zarur.

▶️Qon berishdan oldin tishlaringizni yuvmang, chunki tish pastasida og'izning shilliq qavati orqali so'rilishi mumkin bo'lgan shakar bo'lishi mumkin. Xuddi shu sababga ko'ra, saqichni chaynash kerak emas.

▶️Analiz topshirishdan oldin iloji boricha 1 - 2 kun shirinlik iste'mol qilmang.

▶️Iloji boricha analizni ertalab topshiring .

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2
#hazil_time

Savodingga ot sakrab tepgurlar ruknidan😂😂

@endocrinoo
😁5😢2
Oilada farzandsizlikka kim sababchi bo‘ladi?


🔹JSST ma’lumotlariga ko‘ra, oiladagi befarzandlikka 50 foiz erkaklar va 50 foiz ayollar sababchi deyiladi. 2019 yilda ifodalash shakli o‘zgardi - 1/3 erkak muammolari, 1/3 ayollardagi muammolar, 1/3 har ikkisidagi muammolar sababli deyila boshlandi.

🔸O‘zini sog‘lom deb hisoblab yurgan erkaklarning taxminan 15 foizining oilasida uylanishdan keyin homiladorlik kuzatilmaydi.

Bir oilada homiladorlik kuzatilmayotgan bo‘lsa, birinchi qadam, birinchi shart – erkak kishini tekshirish; sababi oddiy, tez va arzon yo‘l, agar muammo chiqmasa, keyin ayollar bilan bemalol shug‘ullansa bo‘laveradi.

@endocrinoo
👍2
📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Tiosianatlar - qalqonsimon bezga yod kirishini kamaytirib , gormonlar biosintezini susaytiradi.

Bunday modda ega meva va sabzavotlar: karam , sholgʻom, turp , loviya.

Elementlardan esa : ftor , mis , kobalt kabilar yod yetishmasligi sharoitida strumogen effektga ekanligi haqida maʼlumotlar bor

Yani sodda qilib aytganda bu mahsulotlar tarkibida yodni soʻrilishiga toʻsqinlik qiluvchilar mavjud.

Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing
Kanalga aʼzo boʻling

Kanal manzili👉 https://t.me/endocrinoo


Guruh manzili👉 https://t.me/endokrinolog_maslaxatii
👍5
Nedir, halovatni yo'qotdim tubdan,
Umr borasida qochdi uquvim.
Jasadim haqida o'ylasam obdon,
Sochim tolasidan ko'proq qo'rquvim.

Ey, meni titratgan ilohiy qasam,
Bas, yetar, orom ham asabga tegar.
Uyg'otgin agarda uxlagan bo'lsam,
O'ldir uyg'oqlim shu bo'lsa agar!

©️Xayrulla Hamidov

@endocrinoo
👍5