Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
619 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Soch toʻkilishiga qarshi usullar

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

1. Boshda qon aylanishini yaxshilash zarur

2. Zamburugʻ, bakteriyalarga qarshi kurashish kerak

3. Sifatli shampun tanlash kerak

4. Xlorlangan suvdan foydalanmaslik zarur

5. Oqsil mahsulotlar isteʼmolini oshirish kerak

6. Energetiklar ichmang

7. Vitamin komplekslar qabul qiling

8. Qalqonsimon bez ishini meyorlashtirish kerak

9. Mevalar isteʼmol qiling

10. Fast food, shirinliklar va shifokor tavsiyasisiz dorilar qabul qilmang

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2
#hazil_time

Bir shifokor kasal boʻlib qolgan vazirni koʻrib qoʻyish uchun idorasiga boribdi. Eshik tagida navbat kutib turgan muovini shifokorni koʻrib, mensimasdan:
— Senga yoʻl boʻlsin? — debdi.
— Ichkariga, — debdi shifokor ajablanib.
— Biz turgan joyda senga yoʻl boʻlsin!? — debdi oʻdagʻaylab muovin.
Bundan jahli chiqqan shifokor:
— Eʼtiboringiz uchun, siz oʻpadigan joyga men ukol qilaman! — debdi.😆

@endocrinoo
😁4
Soch toʻkilishiga testosteronning taʼsiri

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Testosteron erkak va ayol organizmida ham mavjud boʻlib turlicha miqdorda ekani bilan farq qiladi.

Organizmda uning maʼlum qismi DIGIDROTESTOSTERON (DGT) shakliga aylanadi. Aynan ushbu modda soch folikulasiga tasir qilib soch toʻkilishiga sabab boʻladi.

Odatda testosteron soch xosil qilar edi. Lekin bu shakli toʻkilishiga sababchidir.
Manba:

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4
#hazil_time

Otaga oʻqishda ulkan zafarlar tilaymiz

@endocrinoo
😁14
⚪️ ​​L Arginin xaqida ma’lumot.

🔅Bu dorini kashf qilgan insonlar uchun Nobel mukofoti berilgan.

Xususiyatlari:
➥ Tomirlar ichki qavatini yaxshilab butun organizmda qon aylanishini yaxshilaydi;
➥ Yurakni quvvatlaydi, yoshartiradi. Kuchini oshiradi.
➥ Tos a’zolari foaliyatini yaxshilaydi. Farzandli boʻlish, jinsiy quvvatni yaxshilaydi.
➥ Jigarni tiklaydi. Uni oʻstiradi
➥ Barcha a’zolar faoliyatini yaxshilab ularni tiklaydi.

🔸 Kulturistlar xam qoʻshimcha oziq sifatida ishlatishlari mumkin.


Shifokor bilan albatta maslahatlashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4👏2
Dolzarb

Gijjani aslo klizmachi yoki maktab bergan dorilar bilan davolamang.

Hozirda maktablarda ham gijja uchun deb albendazol 500 tabletkasidan berilishini koʻrganman.

Har bir gijja dorisini nari borsa 8 9 hil gijja turiga tasir qiladi. Gijjani esa mingdan ortiq turi bor. Bu dorilarni esa jigar uchun salbiy tarafi bor bu ayniqsa yosh bolalarda qoʻllansa...

Klizma esa juda eski va qoʻpol usul. Koʻp gijjalar uchun besamar ham. Sababi klizma yoʻgʻon ichakdan nariga oʻtmaydi. Gijjalar esa BUTUN ORGANIZM HASTALIGI uni jigarda , oʻpkada, koʻzda, yurakkacha boruvchi turlarini klizma bilan tushiraman deganlarga psixiatr koʻmagi ham kerak boʻladi.

Har bir gijja uchun 3 bor ahlat taxlili olinadi. Sababi oʻsha tur aniq shu tur ekanini qayta qayta bilish aniqlash uchun.

Har bir ishni oʻz egasi qilgani maʼqul.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥2😁2👍1
Qandli diabetda Anor mumkinmi?

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

100 g anorda quyidagilar mavjud:
-oqsillar - 0,7 g;
-yog '- 0,6 g;
-uglevodlar - 14,5 g;

-suv - 81 g.

Glikemik indeksi - 35

100 g anor urug'ining kaloriya tarkibi 72 kkal.🔥

Bitta mevaning og'irligi o'rtacha 400-500 gr ni tashkil qiladi, vaznning yarmidan ko'pi qobiq xisoblanadi.

Demak 100 gram anor oʻzida oʻrtacha 1 Non birligi saqlaydi. Bu esa 2 ED insulin qabul qilishni bildiradi.

Kuniga 1 ta anor isteʼmoli sizda jiddiy havfga olib kelmaydi !!!
Video manba

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endocrinoo
👍2
Havo shprits = o'limmi? 💉

Yoʻq ,bu afsona! Haqiqat shundaki, shpritsdagi oz miqdordagi havo qabul qilinadi va hech qanday zarar keltirmaydi, havo tomirlar devorlari orqali oddiygina so'riladi;

Havo emboliyasi (tomirning qabariq bilan tiqilib qolishi) xavfi bo'lishi uchun ushbu havoning kamida 7-10 millilitrni yuborish kerak (ba'zilari 20 millilitrni ko'rsatadi), ya'ni aslida , siz sog'lom shpritsni olishingiz, uni havo bilan to'ldirishingiz kerak va keyin bularning barchasini tomir yoki arteriyaga quyishingiz kerak va arteriya bu havoning hammasini so'rish uchun etarlicha katta bo'lishi kerak.

Shunday qilib, kichik havo pufakchasi tomir ichiga kirishi mumkin bo'lgan an'anaviy in'ektsiya bilan havo emboliyasini rivojlanish xavfi yo'q.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4🤔1
Juma muborak boʻlsin azizlar🌙

@endocrinoo
Keyingi postlarni

👍• folikula yorilmasligi
❤️• gastrit: giperatsit va gipoatsit gastrit
🔥• qandli diabetda ishlatiluvchi dorilar turi tasir mehanizmi
🥰• terlash ortishi
👏• hidli terlash

Mavzusida yozishni niyat qilganman
Qaysi mavzuni birinchi boʻlib yozishimni siz hal qiling

Buning uchun smayliklar orqali belgilang

Bundan tashqari nimalar qiziqtirsa komentariyada qoldiring

Biz bilan qoling
Yaqinlaringizga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍11🥰7👏7🔥4
Ko‘zlaring umidvor boqar ziyoda,
Barcha kuch aslida ojiz sukutdir...
Qalbingni ovutgin: «Yorug‘ dunyoda
Alloh so‘nggi emas, tanho umiddir!»

© Xayrulla Hamidov

@endocrinoo
👍12
#bepushtlik

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Endokrinolog bepushtlik tasnifi:
1. Gipotalamo-gipofiz yetishmovchilik
---gipotalamik nazariyadagi gipogonadotrop gipogonadizm
---gipofiz nazariyadagi gipogonadotrop gipogonadizm
---gipogonadotrop gipogonadizm, giperprolaktinemiya sababli

2. Gipotalamo-gipofizar disfunksiya
---normogonadotrop amenoreya,oligomenoreya,sariq tana funktsiyasi yetishmasligi
--- tuxumdon polikistozi sindromi markaziy sababdagi

3. Tuhumdon yetishmasligi
---istosheniya tuhumdon
---tuhumdon rezistentligi sindromi
---gonadalar diskineziyasi
---postovariya ektomiya sindromi
---tuhumdon polikistoz sindromi tuhumdon genezli
---buyrak usti bezi disfunksiyasi

4. Gipotireoz
--- sindrom Van Vik Ros Xenes
--- gipotireoz hayz sikli buzilishi bilan, oligomenoreya , sariq tana funktsiyasi yetishmasligi

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥4👍2
#analiz

🧬Follikulani stimullovchi (yetiltiruvchi) gormon (FSG)

Follikulostimulovchi (yetiltiruvchi) gormon (FSG) -gipofiz bezi ishlab chiqaradi. Organizmda FSG jinsiy bezlar faoliyatini boshqaradi: jinsiy xujayralar paydo boʻlishi va yetilishini (tuxum xujayra va spermatozoidlar) taminlaydi va ayollar jinsiy gormonlarni (estrogenlar) sintezida qatnashadi. Erkaklarda FSG urugʻ yo'llarini o'sishini taminlab qonda testosteron miqdorini koʻpaytiradi, spermatozoidlarni yetilishini va libidonini tezlashtiradi. Ayollarda FSG follikulalar shakllanishiga tasir qiladi. FSG ning yuqori darajasi ovuyatsiyaga olib keladi.

📊FSG me’yori:
Follikulyar boskichi: 3,0-12,0 mBR/l(mЕD/l)
Oʻrtacha bosqichi: 8,0-22,0
Lyutein bosqichi: 2,0-12,0
Menopauzadan so'ng: 35-151

🟢Agar gormon taxlili natijasida FSG me’yordan oshgan bo‘lsa, bu quydagi kasalliklarni bildirishi mumkin:
▪️jinsiy bezlar faoliyatining yetishmovchiligi
▪️alkogolizm
▪️orxit
▪️turli o‘smalar (gipofiz o‘smasi va boshqalar)


🟢FSGni pasayishi quydagilardan dalolat beradi:
▪️gipofiz yoki gipotalamus gipofunksiyasi
▪️amenoreya
▪️tuxumdonlar polikistozi sindromi
▪️semirish

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5
Homiladorlik davrida normodoks , toksidoks kabi tabletkalarni qabul qilsa bo'ladi. Bular ko'ngil aynib qayt qilishda va homiladorlikdagi toksikozda yaxshi ta'sirga ega.

Bunaqa holatlarda yana homiladorlikning birinchi 3 oylik vaqtidan keyin ondansetron tarkibli dori vositalarni ham qabul qilsa bo'ladi ( Masalan ontik tabletkasini )

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1🤔1
Chaqaloq terisidagi tuklar!

🤱🏻 Chaqaloqlar tug'ilgan vaqtlarida peshona va yelka qismlarida tuklar juda ko'p bo'ladi. Bunday tuklar tibbiyotda lanugo deb ataladi.

👶🏻 Chaqaloq terisini qoplagan tuklar ona qornida bola terisini himoyalash vazifasini bajaradi va tug'uruqdan 1-2 hafta o'tib, o'z-o'zidan to'kilib ketadi

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
1
Homiladorlikda taqiqlanuvchi dori vositalari

@endocrinoo
@endokrinolog_maslaxatii
👍6
Ishemik va gemoragik insult differensial diagnostikasi

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
#hazil_time

Sizda ham boʻlganmi😁

@endocrinoo
😁12👍1
Homiladorlikda necha marta UTTdan oʻtish mumkin?

Normal kechayotgan homiladorlik davrida 5-6 martagacha ultratovush tekshiruvidan oʻtish mumkin!

Odamlar orasida ultratoʻlqinlar homilaga zarar yetkazadi, degan gapni koʻp eshitamiz. Ammo bu gaplarda hech bir asos yoʻq. Oʻz vaqtida va toʻgʻri tartibda oʻtkazilgan tekshiruv onaga ham, bolaga ham nojoʻya taʼsir oʻtkazmaydi. Qolaversa, homiladorlikda UTT yordamida homila rivojlanishi, ichki aʼzolarining joylashuvi, turli tugʻma nuqsonlar, qogʻanoq suvining tiniqlik darajasi kabilarni ham aniqlash mumkin.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2🔥1
#Bilasizmi?
#bepushtlik

Nima uchun xalq tilida " buqoq" deb ataluvchi kasallik bepushtlikka olib keladi?

📝Endokrinolog : Fayzullayev Jahongir ( @endocrinoo )

Barcha bo'qoqlar ham bepushtlikka olib kelmaydi.
Asosan gipotireoz, ya'ni qalqonsimon bez funktsiyasini pasayib ketishi bepushtlikka olib kelishi mumkin.

Bunda tiroksin gormonining pastlab ketishi natijasida, gipofiz bezida tireotropin miqdorini oshirish maqsadida gipotalamusdan ajraluvchi tireoliberin gipofizda prolaktin miqdorini ham ortishiga olib keladi. Prolaktin esa, gonadoliberin pasayishiga, bu esa, o'z navbatida follikkulastimullovchi va lyuteinlovchi gormonlarning pastlashiga olib keladi. Bu gormonlarning kamayib ketishi ayollarda tuhum hujayralarni, erkaklarda urug' hujayralarni yetilmasligiga olib keladi.

Shuning uchun, bepushtlikda prolaktinning yuqori miqdori aniqlansa, qalqonsimon bez faoliyatini ham endokrinolog ko'rigidan o'tkazib qo'yish tavsiya etiladi.

Post ma'qul kelgan bo'lsa, foydasi tegishi uchun boshqalarga ham yuboring.

Manba:

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

Kanal manzili👉 https://t.me/endocrinoo


Guruh manzili👉 https://t.me/endokrinolog_maslaxatii
👍4🔥1👏1🏆1
Nega insonlar yoshi o‘tgani sayin bo‘yi pastlab boradi?

Bu tabiiy jarayon. Ushbu holat mushaklar va suyaklarning qarishi oqibatida yuzaga keladi. Jarayon 30 yoshimizdanoq boshlanadi. Mushak massalari kamayib borishi oqibatida qomatimiz ham o‘zgaradi. Chunki kamaygan mushaklar umurtqani to‘g‘ri tuta olmay qoladi.

Suyak to‘qimasi esa biroz kamayib, umurqalar oralig‘i torayib, umurtqa pog‘onasi uzunligi qisqaradi. Natijada kishining bo‘yi “cho‘kadi”.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1🔥1