Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.78K subscribers
3.84K photos
623 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
​​​​​​Fastfudlardan voz kechishga 10 ta sabab

1. Semirishga olib keladi. Barcha fastfudlar yuqori kaloriyali hisoblanadi.
2. Bir nechta kasalliklar rivojlanadi. Semizlik, oshqozon-ichak yara kasalliklari, ateroskleroz, gipertoniya, tsellyulit, jigar kasalliklari, immun tizim kuchsizlanishi kabilar.
3. Koʻp miqdorda tuz saqlaydi. Inson oʻrtacha 1500 dan 2300 mg gacha tuz iste’mol qiladi. Agar fastfud qoʻshilsa bu koʻrsatkich 4000 mg gacha ortadi.
4. Koʻp miqdorda xolesterin saqlaydi. Tibbiyotda 300 mg dan ortiq xolesterin iste’mol qilmaslik tavsiya qilinadi. Bir dona sendvich oʻzida xolesterinni kunlik me’yorini 80% ini saqlaydi.
5. Koʻp miqdorda yogʻ saqlaydi. Sutkalik energiyaga boʻlgan extiyojni 25-30% ini yogʻlar ta’minlash yaxshi koʻrsatkich xisoblanadi. Fastfud iste’mol qilinganda bu balansni nazorat qilib boʻlmaydi.
6. Koʻp miqdorda sun’iy qoʻshimchalar qoʻshiladi. 
Jumladan: propilenglikol, natriy fosfat, dimetilpolisiloksan.
7. Gormonal oʻzgarishlarga (disbalans) olib keladi. Estradiol, estriol, progesteron, testosteron gormonlarini deyarli barcha burgerlardan topish mumkin. 
8. Koʻp miqdorda oddiy uglevodlarni (GI yuqori maxsulotlar) saqlaydi. 
9. Tayyorlashda xayvon yogʻlaridan foydalaniladi.
10. Choʻntagingizga zarar. Solishtirib koʻrsangiz, oʻzimizni milliy taomlarga nisbatan qimmat.

@endocrinoo
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Gipertireoz kasalligida kuzatiladigan arteriya pulsatsiyasi...

@endocrinoo
👍1
#Maslahat

90 foiz xollarda organizmni oʻzimiz kasal qilamiz. Tan olishimiz kerak. Tanamizni xurmat qilmaymiz. Uni axamiyati birinchi oʻrinda ekanini bilmaymiz. Tana ogʻrib balki oʻzini axamiyatini sizga tushintirmoqchidir. Ogʻriq qoldiruvchi dori bilar uning ovozini oʻchirib qiynashda davom etamiz.

Shunchaki uni seving, oʻrinli jismoniy yuklama bering, sogʻlom ovqat yegizing. Chiniqtiring.

@endocrinoo
👍1
Ilizarov apparati yordamida oyoq-qoʻllarni uzaytirish natijasi.

Turli miqdorlarda uzaytirish uchun taxminiy sanalar:
3 sm ga - 1,5 oy ichida
4-5 sm ga - 2 oy ichida
6-7 sm ga - 3 oy ichida

@endocrinoo
👍1
🌐Qizning va uning onasining boshidagi kulrang sochlar noyob genetik mutatsiya tufayli yuzaga chiqadi. Mutatsiya ayol tomonidan nasldan-naslga o‘tadi

Mutatsiya oqibatida terida pigment yetishmasligi yuzaga keladi va sochlar kulrang tusga kiradi.l

@endocrinoo
👍1
Kimlarga roʻza tutish mumkin emas?

✍🏻 Shifokor Farrux Shernazarov:

✔️ Masalaning diniy jihatini ilm ahliga qoldirgan holda, faqat tibbiy tomonlarini koʻrib chiqamiz. Roʻza tutishga monelik qiladigan bir nechta kasalliklar bor. Ular quyidagilar:

🔴 Davolab boʻlmaydigan kasalliklar yoki operatsiya oʻtkazilishini va bemorning ovqatlanishini talab qiluvchi kasalliklar.

🔵 Doimiy ravishda dori ichish kerak boʻladigan yurak-tomir tizimi, buyrak va jigar kasalliklari, shuningdek, qandli diabet.

🟣 Ogʻriq sindromi bilan birga kechadigan va muntazam ravishda ogʻriq qoldiruvchi dorilarni qabul qilishni talab etuvchi kasalliklar, masalan, oshqozon yarasi.

🟢 Roʻza tutish oqibatida oʻtkirlashishi mumkin boʻlgan kasalliklar. Masalan, sil kasalligi yoki baland harorat bilan birga kechadigan kasalliklar.

 
@endocrinoo
👍1
TOP–10 boʻy oʻstiruvchi mahsulotlar

Aktiv boʻy oʻsish davri 10–13 yoshdan boshlanib, 18–20 yoshgacha davom etadi. Boʻyning baland-pastligi koʻp jihatdan genga bogʻliq boʻlsada, lekin ba’zi bir roʻzgʻordagi yetishmovchilik sabab boʻy oʻsmay qolishi mumkin. Hayot koʻrsatkichlari yaxshilangan mamlakatlarda 10 sm atrofida boʻy oʻsish kuzatilgan. Demak toʻgʻri va sifatli taomlanish bilan boʻyni oʻstirish mumkin.

1. Suli yormasi — foydali mikroyelementlar: kaliy, magniy, fosfor, yod, ftor, rux, temir, xrom, shuningdek, "A", "V", "Ye" va "K" vitaminlariga boy. Bu moddalarning barchasi suyak va mushak toʻqimalarining rivojlanishini maksimal darajada oshiradi. 

2. Banan — kaliyning eng yaxshi manbalaridan biridir, ya’ni har kuni banan iste’mol qilish bolangizning yaxshi oʻsishiga yordam beradi.

3. Dukkaklilar — oʻsimlik oqsili va V guruh vitaminlari manbai, shuningdek, mushaklar va suyaklarning faol oʻsishiga hissa qoʻshadigan vitaminlar va mikroyelementlar majmuasiga ega.

4. Tuxum — sifatli oqsil va Д vitamini manbai hisoblanadi. Agar siz ularni normal rivojlanishini istasangiz, bolalarga muntazam ravishda berish kerak. Qaynatilgan tuxum bolalar tanasi tomonidan toʻliq hazm boʻladi. 

5. Mol goʻshti — ning tarkibida boshqa mahsulotlardan koʻra koʻproq oqsil, temir va sink mavjud. Bularning barchasi bolaning oʻsishida muhim rol oʻynaydi. Mol goʻshti V12 vitaminiga ham boy.

6. Dengiz mahsulotlari — yuqori sifatli oqsilning yana bir manbai. Bundan tashqari, rekord miqdordagi V12 vitamini miyani ragʻbatlantiradi. Kechqurun har qanday dengiz maxsulotlarini iste’mol qilish tavsiya etiladi, chunki ular juda koʻp oqsil va kam uglevod saqlaydi. Bola uyqu paytida oʻsish gormoni ishlab chiqarishi ragʻbatlantiradi.

7. Yongʻoq — foydalari, xususan, tananing oʻsishi va rivojlanishiga foydali ta’siri Gippokrat davridan beri ma’lum boʻlib, u oʻz risolalarida buni ta’kidlagan.

8. Tvorog — organizm tomonidan oqsillarni hazm qilish qulayligi boʻyicha shubhasiz yetakchi hisoblanadi, shuning uchun u bolalarning ratsionida boʻlishi kerak. Tvorogga boy boʻlgan provitaminlarning quyosh nurlari ta’sirida inson tanasi Д vitamini ishlab chiqaradi. Bu vitamin kalsiy va fosfor almashinuvida faol ishtirok etadi, bu esa suyaklar va tishlarning holatiga ijobiy ta’sir qiladi.

9. Asal — bola organizmini oʻsishi va rivojlanishi uchun zarur boʻlgan mineral elementlar majmuasi bilan ta’minlaydi. Bolaning ratsionidagi asal kalsiy va magniyning yaxshiroq soʻrilishiga imkon beradi, bu esa suyak va tishlarning normal rivojlanishiga yordam beradi. Bir yoshgacha boʻlgan chaqaloqlarga asalni bermaslik kerak — bu chaqaloqning hazm qilishini qiyinlashtiradi va kuchli allergiyaga olib kelishi mumkin. 

10. Olma — ular kaliy, magniy, kalsiy, beta-karotin, V guruh vitaminlari va suyak zichligini sezilarli darajada oshirishi mumkin boʻlgan boshqa koʻplab foydali moddalarga boy. Bundan tashqari, boshqa mevalardan farqli oʻlaroq, faqat olma suyaklarni mustahkamlash uchun eng yaxshi boʻlgan bor va flavonoid floridzinni oʻzida saqlaydi.

@endocrinoo
👍2
Mashxur futbol yulduzlari shifokor bo'lishganida taxminan shunday ko'rinishar edi🧑‍⚕🥼😉

@endocrinoo
👍3🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nonning semirishdagi oʻrni haqida

"Minor" jome masjidi imom-hatibi Sayyid Rahmatulloh Termiziy

@endocrinoo
👍2
Boʻy oʻstirishda ishtirok etadigan asosiy vitaminlar

@endocrinoo
👍2
Qalqonsimon bez bilan bogʻliq muammolarni asosiy belgilari

Qalqonsimon bez tanamizdagi koʻplab jarayonlarni tartibga soladi, shuning uchun uni salomatligiga ahamiyat berish muhimdir.

🔘 Haddan tashqari koʻp terlash — metabolizmni tezlashtiradigan va energiyani oshiradigan qalqonsimon bez gormonlari miqdorining oshishi bilan bogʻliq boʻlib, organizm terlash bilan javob beradi.

🔘 Sochlarning toʻkilishi, zaiflashishi — koʻpincha gipotireoz belgisi hisoblanadi. Bunda endokrinologga murojaat qilishingiz kerak.

🔘 Ichaklardagi muammolar — qalqonsimon bez gormonlari oshqozon-ichak tizimi faoliyatini ham nazorat qiladi. Agar gormonlar miqdori kam yoki aksincha juda koʻp boʻlsa, uning ishi ham buziladi.

🔘 Tana vaznini oʻzgarishi — agar turmush tarzi va ratsioningizni oʻzgartirmagan holda semirishni boshlasangiz, unda qalqonsimon bez holatini tekshirtirish kerak. Gap shundaki, bez faolligi pasaysa — metabolizm sekinlashadi va natijada organizm kamroq energiya sarflaydi. Agar bez faolligi oshib ketsa — ozib ketish kuzatiladi.

@endocrinoo
👍2
Interval och qolish foydalari

1. Organizm oʻzini-oʻzi tozalash mexanizmi ishga tushadi (autofagiya);
2. Aqliy qobiliyat ortadi;
3. Energiya ortadi va kayfiyat koʻtariladi;
4. Ozish jarayoni va metabolizm tezlashadi;
5. Immunitet kuchayib, yalligʻlanish jarayonlari kamayadi;
6. Teri yosharadi, oʻsish gormoni miqdori ortadi;
7. Ovqat-hazm qilish tizimi faoliyati yaxshilanadi;
8. Saraton va boshqa kasalliklar rivojlanish xavfi kamayadi;
9. Insulin, xolesterin, qon bosimini pasaytiradi.

Interval och qolishga eng yaxshi vaqt: 18:00 dan kunduzgi 12:00 gacha.
12:00 — 18:00 yeyish uchun vaqt. 18 soat davomida faqat suv ichish mumkin.

@endocrinoo
👍31