Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.78K subscribers
3.84K photos
623 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
#hazil_time

— Tila tilagingni, chol!
— Shu desang, men O‘zbekistonda o‘qituvchilarga 1000$ oylik beriladigan kunga yetmoqchiman...
— Ha pismiq chol! Abadiy umr tilayapsanmi!?

@endocrinoo
😁15👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qandli diabetda ovqatlanish tartibi

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2
E’zozda hamisha mashshoqlar,
Kundan kun ko‘payar qashshoqlar,
Somondan pastdadir boshoqlar,
Olimlar mardikor bo‘lganda...

Go‘daklar zahardan o‘larkan,
Maosh kam, narx qimmat bo‘larkan,
O‘g‘rilik, qalloblik to‘larkan,
Olimlar mardikor bo‘lganda...

Jaholat tobora kengayar,
Avom ham hokimga enkayar,
Mansabga chiqadi to‘nkalar,
Olimlar mardikor bo‘lganda...

O‘g‘rilik sharaf deb qaralar,
To‘g‘rilik bag‘ri qon, yaralar,
Maddohlik tinmasdan taralar,
Olimlar mardikor bo‘lganda...

Qonunga itoat qilishmas,
Muslimlar ibodat qilishmas,
Halolu haromni bilishmas,
Olimlar mardikor bo‘lganda...

Insonlar bunda xor bo‘larkan,
Hamiyat, nomus, or o‘larkan,
Millat ham mardikor bo‘larkan,
Olimlar mardikor bo‘lganda...

©️ Devonayi Haqgo‘y

@endocrinoo
👍5👏3
Sayyid ul ayyom hajjul masokin juma muborak 🌙

@endocrinoo
🔥1
#hazil_time

Ayoli 3 oydan beri fitnesga qatnab vazn tashlolmayotganidan shikoyat qilgan erga murabbiy mana bu rasmni yuboribdi 😂

 
@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
😁11👍1
Qandli diabetda hurmo mumkinmi?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Hurmo ramazon oyida dasturxonimiz bezagiga aylanishi sir emas. Qancha miqdorda yeyish bizga foyda va zarar?

1ta hurmo tahminan 24 gr boʻlib 67 kkal🔥 hosil qiladi. Shu hurmo tarkibida 18 gr uglevod bor.

Glikemik indeksi - 44-53 orasida ( oʻrtacha )

Qo'shma Shtatlarda keng tarqalgan xurmo turi bo'lgan 4 ta Medjool xurmosida (taxminan 100 gramm yoki 3 untsiya) quyidagi vitaminlar va minerallar mavjud:

Kalsiy: 64 mg
Temir: 0,9 mg
Kaliy: 696 mg
Sink: 0,4 mg
Magniy: 54 mg

Glikemik indeksi oʻrtacha boʻlsada glikemik yuklamasi kam hisoblanadi.

Tavsiya: kuniga 3 4 boʻlak isteʼmol qiling va albatta u bilan birga oqsil mahsulotlari ham isteʼmol qiling.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
Glikemik yuklama nima?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Har qanday isteʼmol qilinuvchi mahsulotlarning glikemik indeksi va glikemik yuklamasi mavjud.

Glikemik indeksi yuqori mahsulotlarning odatda glikemik yuklamasi ham yuqori boʻladi.

Ammo bazan bu holat istisno boʻladi. Yani glikemik indeksi yuqori boʻlgan taqdirda ham glikemik yuklamasi kam boʻladi.

Glikemik yuklamani hisoblash uchun mahsulot glikemik indeksini shu mahsulot tarkibidagi uglevod miqdoriga koʻpaytiriladi va chiqqan natijani 100 ga boʻlinadi.

Natija: Glikemik yuklamasi
Past: 1- 10
Oʻrtacha: 10-20
Yuqori: 20 dan ortiq

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
📣Tez ozish faqat kasallikda bo‘ladi.

Qandli diabet, tireotoksikoz , rak va boshqa kasalliklarda organizmda yog‘larni tez parchalash, dissimilatsiya jarayoni aktivlashib ketadi. Natijada odam bir oyda 15-20 kg gacha ozishi mumkin.

Boshqa xollardagi bir oyda buncha miqdordagi ozish organizmni sistemasini izdan chiqaradi.

15-20 kg ozish uchun kamida 4-5 oy vaqt kerak.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
Qandli diabetda olma mumkinmi?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

AQSh Qishloq xo'jaligi Departamenti (USDA) ishonchli manbasiga ko'ra, o'rtacha olmada jami 25 gramm uglevod bor va ularning taxminan 19 g shakardan keladi.

Glikemik indeksi - 39 atrofida.

1ta olma 182 gr deb hisoblansa uning tarkibida:

Suv 155.72 gr
Oqsil 0.47 gr
Yogʻ 0.31 gr

Minerallardan:
Kalsiy 11 mg
Temir 0.22 mg
Magniy 9 mg
Fosfor 20 mg
Kaliy 195 mg
Natriy 2 mg
Sink 0.07 mg
Vit C 8.4 mg
Folat 5 mg

Kaloriyalikligi 95 kaloriya🔥

Olma tarkibidagi shakarning asosan fruktozadan iborat ekanligi sababli qonda qandni oshirish ehtimoli kam.

Tavsiya kuniga 3 4 donagacha.
Manba

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3
Testosteron miqdorining yoshga doir oʻzgarish grafikasi

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2
Estrogenning yoshga doir oʻzgarish grafikasi

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻqituvchini qadrlash uchun bizga yana necha asr kerak?

@endocrinoo
💯3👍2🔥1
Diffuz toksik buqoq ( DTB ) operatsiyaga koʻrsatma

Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir ( @endocrinoo )

DTB tireostatiklar bilan davolash 2 yil davom ettirilishi kerak va bu davrda 30% bemorda kasallik remissiyasi rivojlanadi.

Operatsiyaga koʻrsatmalar:
1) katta buqoq ( hajmi 45 ml dan katta )
2) tireotoksikozning muntazam qaytalanishi va dori darmon va radioyodterapiyaning samarasizligi
3) buqoq malignizatsiyasi
4) tireostatiklarga allergik va toksik (leykopenik) reaksiya

Qarshi koʻrsatmalar:
1) bemorning rozi boʻlmasligi
2) tireotoksik yurak( atrial fibrilyatsiya )
3) ogʻir somatik patologiya

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
DTB operatsiyadan keyin nimalarga eʼtibor qaratish lozim?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Tireoidektomiyadan keyin zardob kalsiy yoki paratgormonning miqdorini aniqlash tavsiya qilinadi va shu natijalarga asoslanib peroral kalsiy va kalsitriol tayinlanadi.

Profilaktika maqsadida kalsiy tayinlash peroral kalsiy (odatda, karbonat Kalsiy, 1250-2500 mg) shaklida, kuniga 4 mahaldan, asta- sekinlik bilan har 2 kunda 500 mgdan yoki har 4 kunda 1000 mgdan kamaytirib boriladi.

Bundan tashqari, kalsitriolni 0,5mkg miqdorda har kuniga tayinlanadi va 1-2 hafta mobaynida qabul qilinadi, Kalsiy va/yoki PTG miqdoridan kelib chiqib dozasi oshiriladi yoki kamaytiriladi.

Antitireoid vositalarni glukokortikoidlar (GK) tireoidektomiyasi kuni, beta-blokatorlarni esa jarrohlik muolajasidan keyin bekor qilish kerak.

Tireoidektomiyadan keyin bemorning vaznidan (1,7mkg/kg) kelib chiqib L-tiroksinning sutkalik miqdorini tayinlash va jarrohlikdan keyin 6-8 hafta o'tgach, zardob TTG miqdorini aniqlash kerak.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Endokrin oftalmopatiya (EO) - patologik jarayonga ko'z va hamma orbital to'qimalarni jalb qilgan, turli miqdordagi ekzoftal'm va oftalmoplegiya bilan namoyon bo'ladigan mustaqil autoimmun kasallik. Retrobulbar to'qima EO uchun birlamchi antigen nishondir.

EO retrobulbar kletchatka va ekstraokular mushaklarning shishi va limfositar infiltrasiyasiga va keyinchalik fibroziga olib keluvchi ko'z kasallikdir. EO 90% holatda Greyvs kasalligi (GK) bilan va 5% holatda surunkali autoimmun tireoidit va 5% qalqonsimon bezga bogʻliq boʻlmagan holatda uchraydi.
Autoqarshitanachalarga javob sifatida T limfotsitlar va makrofaglar koʻz toʻqimalarida fibroblastlarni oshiradi. Ular oʻzidan kollagen va glikozaminoglikanlar(GAG) ajratadi.
GAG oʻziga oqsil va suvni bogʻlab shish hosil qiladi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
#asorat

Qandli diabetda bolalarda qanday asoratlar paydo boʻladi?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

📎Spesifik
•Katarakta
•Glomeruloskleroz
•Sindrom Moriaka
•Sindrom Nobekura
•Teri lipoid nekrozi
•Jismoniy va jinsiy infantilizm
•Oyoq qoʻl uchlarida yiringli holatlar

📎Nospesifik
•Piodermiya( teri yuringlashi)
•Furunkulyoz
•Stomatit
•Vulvit, vulvovaginit
•Balanit
•Kandidoz
•Siydik infeksiyasi

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍61
#asorat

Qandli diabetda kuzatiladigan asoratlar haqida rasm tayyorladim

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍62🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kam ovqat yeyman deydiganlar uchun!

Aslida ovqatni miqdori Kkal bilan oʻlchanishi zarur. Ayniqsa diabetiklar va ozishni istovchilar uchun bu katta mahorat maktabi boʻlishi darkor

Qancha yeyishingiz emas qancha kaloriya qabul qilishingiz muhim!

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
#hazil_time

👨‍⚕Shifokorlar inson sogʻligʻini tiklash yoʻlida yangiliklar qilmoqda.

👨‍🍳Oshpazlar esa yangidan yangi ovqatlar bilan semizlar sonini oshirish bilan band.

💪Eng yomoni oshpazlarning oʻziga boʻlgan ishonchi ancha yuqori.😁

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
😁5💯2👍1