Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Bepul ozishda 2-usul suzish 🏊

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
(@endocrinoo)

Garvard tibbiyot maktabining hisob-kitoblariga ko'ra, suzish 30 daqiqada:

57 kilogramm vaznli ayol taxminan 180 kaloriya sarflaydi 🔥
70 kilogramm vaznli ayol taxminan 216 kaloriya sarflaydi 🔥
83 kilogramm vaznli ayol taxminan 252 kaloriya sarflaydi 🔥

Biroq, agar siz tempni oshirsangiz va 30 daqiqa davomida kuchli suzsangiz, kaloriyalarni sarflash ortadi.
Ushbu holatda,

57 kilogramm vaznli ayol taxminan 300 kaloriya sarflaydi 🔥
70 kilogramm vaznli ayol taxminan 372 kaloriya sarflaydi 🔥
83 kilogramm vaznli ayol taxminan 444 kaloriya sarflaydi 🔥

Manba

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
Qandli diabetda oʻrik mevasi mumkinmi?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Ba'zi keng tarqalgan o'rik navlarining o'rtacha glisemik indeksi:

Yangi o'rik: GI 31-40 (past va o'rtacha)
Quritilgan o'rik: GI 40-60 (o'rtacha)

Quritilgan o'riklar shakar miqdori yuqori bo'lganligi sababli yuqori GIga ega bo'lib, ular suvsizlanganligi sababli suv miqdori past bo'ladi.

O'rik haqida ozuqaviy faktlar:

USDA ma'lumotlariga ko'ra, quritilgan o'rikning yuz grammida quyidagi ozuqa moddalari mavjud.

Energiya: 241 kkal
Oqsil : 3,39 g
Uglevodlar: 62,6 g
Shakar: 53,4 g
Umumiy lipid (yog'): 0,51 g
Elyaf: 7,3 g
Kaliy: 1160 mg
Beta-karotin: 2160 mkg
Selen: 2,2 mkg
Xolesterin: 0 mg

Bundan hulosa qilish mumkinki yangi meva yeng, va uni ham 1 chashkadan koʻp boʻlmagan miqdorda.
Manba

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
Ajoyib dunyoda yashayabmiz. Yo'qsillar ovqat ilinjida kilometrlab yo'l bosishmoqda. Boylar esa o'sha ovqatni hazm qilish uchun shuncha yurishmoqda.

© Nelson Mandela

@endocrinoo
😢7👍5🔥5
#hazil_time

Damasdamiz. Shafyor va old oʻrindiqdagi inson suhbatlashyapti.

Nechchi ochki taqasiz. 2.25 taqaman.

Hmm... Men oldin 1.5 taqardim, keyin 2.0 taqdim. Hozi shuyam yaxshi bome qoldida. Nima qilsam ekan? 2.5 olsammikana?

Yoʻq sen yaxshi 0.25 qoʻsh. Shunda yaxshi boʻladi.

Hmmm...

( 9 yil oʻqigan okulist esa: Hudoga soldim karoche 😂 )

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
😁7👍1
#analiz
#bepushtlik
Prolaktin gormoni nima?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Prolaktin - gipofizning oldingi boʻlagidan ajraladigan va sut hosil boʻlishi, koʻkrak bezi shakllanishini taʼminlovchi gormon hisoblanadi.

Prolaktinning normadan ortiq miqdorda boʻlishi ( hatto yuqori chegarasi ) homila boʻlishiga qarshilik qiladi(emizikli yoki homilador boʻlmasa)

Homiladorlikda uning miqdori 20 30 barobar ortishi tabiiy.
Uning tasirini kamaytirish uchun dostineks,kabergolin,abineks kabi dorilar buyuriladi.

Agar shu dorilar bilan ham prolaktin kamaymasa unda gipofizni MRT qilish kerak va adenomani izlash kerak boʻladi. Adenoma oʻzidan prolaktin sekretsiya qiladi va bunda dorilar effekti boʻlmaydi.
Davolash hirurgik usulda burun orqali kirib adenomektomiya qilinadi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1🔥1
#natija

Odatda tugunli buqoq bilan kurashishda 2ta maqsad qoʻyiladi.
50% holatda tugunni yarim oʻlchamgacha kichraytirish boʻlsa, 50% holatda tugunni kattalashishini oldini olish.

Shunaqa bemorlardan biri bilan 1 oy shugʻullandik. Natija kutganimdan alo( rasmda oʻlchamlari bilan koʻrsatilgan )

Tugunli buqoq haqida koʻplab postlar yozganman va ularni jamlab ham chiqqanman, oʻqishingiz mumkin.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4
Tungi marsh 2

Bugun tunda 3260 metr masofa bosib oʻtdim va 169 kkal energiya sarfladim.🔥
Kun davomida 9000 metrdan ortiq masofa bosib oʻtdim.

Yoʻllarda avtomobillar boʻlmasada mazza qilib piyoda yursam

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥5👍2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#analiz

IFA - IXLA

Bemorlarni baʼzilari uchun aynan IXLA usulda tekshirilishini soʻrayman.

Bu usul haqida esa videoda tanishib olasiz

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
#analiz

Bilirubin – bu qon pigmenti boʻlib, u organizmdagi safroning asosiy tarkibiy qismlaridan biridir. U jigar fermentlari tizimining ishini aks ettiradi. Jigar faoliyati bilan bogʻliq muammolar boʻlganda bilirubin darajasi koʻtariladi. Tashqi jihatdan, u sariq kasaldagi belgilarni namoyon qilishi mumkin. Sariq kasalning barcha belgilari – teri rangining va koʻz oqining oʻzgarishidan tortib peshobning xiralashishi va axlat rangining oʻzgarishigacha barchasi aynan bilirubin darajasining oʻzgarishi bilan bogʻliqligini hamma ham bilmasa kerak. Bilirubinning meʼyoriy almashinuvi jigar va organizmning barcha detoksikatsiya tizimlarining salomatligini bildiradi. Bilirubin darajasini aniqlash uchun biokimyoviy qon tekshiruvi oʻtkaziladi va bevosita va umumiy bilirubinning tarkibi baholanadi. Umumiy bilirubin barcha bilirubinlarni, xususan, ham bevosita, ham bilvosita bilirubinlarni oʻz ichiga oladi. Qonni tekshirishdagi meʼyoriy koʻrsatkich bu umumiy bilirubinning 3,4-20,5 mkmol/l darajadagi konsentratsiyasi hisoblanadi. Bilvosita bilirubinning bevosita bilirubinga nisbati taxminan 3 ga 1 boʻlishi kerak.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
💧Ozon terapiyasi - bu kislorod yetishmasligini tezda bartaraf yetish imkonini beruvchi davolash usuli. Terapiya ozon va kislorod aralashmasini tomir ichiga yuborish orqali amalga oshiriladi, hamda tashqi tarafdan ham qo‘llanilishi mumkin.

Ozon terapiyasining taʼsiri:
qonni tozalaydi
jigardan toksinlarni olib tashlaydi;
hujayra metabolizmini yaxshilaydi;
qon aylanishini yaxshilaydi va uni qo‘shimcha kislorod bilan taʼminlaydi;
virus, bakteriya va patogen zamburug‘larni o‘ldiradi;
Qarish jarayonini sekinlashtiradi

Bu usulni koʻpincha bugungi kunda homiladorlik toksikozida boshqa dori vositalari effekt bermaganda qoʻllanadi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4
#hazil_time

— Tila tilagingni, chol!
— Shu desang, men O‘zbekistonda o‘qituvchilarga 1000$ oylik beriladigan kunga yetmoqchiman...
— Ha pismiq chol! Abadiy umr tilayapsanmi!?

@endocrinoo
😁15👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qandli diabetda ovqatlanish tartibi

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2
E’zozda hamisha mashshoqlar,
Kundan kun ko‘payar qashshoqlar,
Somondan pastdadir boshoqlar,
Olimlar mardikor bo‘lganda...

Go‘daklar zahardan o‘larkan,
Maosh kam, narx qimmat bo‘larkan,
O‘g‘rilik, qalloblik to‘larkan,
Olimlar mardikor bo‘lganda...

Jaholat tobora kengayar,
Avom ham hokimga enkayar,
Mansabga chiqadi to‘nkalar,
Olimlar mardikor bo‘lganda...

O‘g‘rilik sharaf deb qaralar,
To‘g‘rilik bag‘ri qon, yaralar,
Maddohlik tinmasdan taralar,
Olimlar mardikor bo‘lganda...

Qonunga itoat qilishmas,
Muslimlar ibodat qilishmas,
Halolu haromni bilishmas,
Olimlar mardikor bo‘lganda...

Insonlar bunda xor bo‘larkan,
Hamiyat, nomus, or o‘larkan,
Millat ham mardikor bo‘larkan,
Olimlar mardikor bo‘lganda...

©️ Devonayi Haqgo‘y

@endocrinoo
👍5👏3
Sayyid ul ayyom hajjul masokin juma muborak 🌙

@endocrinoo
🔥1
#hazil_time

Ayoli 3 oydan beri fitnesga qatnab vazn tashlolmayotganidan shikoyat qilgan erga murabbiy mana bu rasmni yuboribdi 😂

 
@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
😁11👍1
Qandli diabetda hurmo mumkinmi?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Hurmo ramazon oyida dasturxonimiz bezagiga aylanishi sir emas. Qancha miqdorda yeyish bizga foyda va zarar?

1ta hurmo tahminan 24 gr boʻlib 67 kkal🔥 hosil qiladi. Shu hurmo tarkibida 18 gr uglevod bor.

Glikemik indeksi - 44-53 orasida ( oʻrtacha )

Qo'shma Shtatlarda keng tarqalgan xurmo turi bo'lgan 4 ta Medjool xurmosida (taxminan 100 gramm yoki 3 untsiya) quyidagi vitaminlar va minerallar mavjud:

Kalsiy: 64 mg
Temir: 0,9 mg
Kaliy: 696 mg
Sink: 0,4 mg
Magniy: 54 mg

Glikemik indeksi oʻrtacha boʻlsada glikemik yuklamasi kam hisoblanadi.

Tavsiya: kuniga 3 4 boʻlak isteʼmol qiling va albatta u bilan birga oqsil mahsulotlari ham isteʼmol qiling.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1