Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
🏋‍♂Sport bilan shugʻullanuvchi erkaklarda sportni birdan tashlab yuborish koʻkrak bezi kattalashishi yani ginekomastiyaga sabab boʻladi.

Ginekomastiya (yunoncha γῠνή — ayol va μαστός — ko’krak)—erkaklar ko’krak bezlari patologiyasi bo’lib, ko’krak bez yoki yog’ to’qimalarining gipertrofiyasi bilan ko’krakning kattalashishi kabi namoyon bo’ladi.

Bunda ayollarda koʻkrak bezi shakllanishi va sut hosil boʻlishini taʼminlovchi prolaktin gormoni erkaklarda normadan ortib ketadi.

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
Hozirda bolalar orasida semizlik ancha avj olgan. Buning sabablari esa juda koʻp:

°Kam xarakat hayot tarzi
°Fast-foodlar
°Notoʻgʻri ovqatlanish
°Sportga qiziqish kamligi
°Tarkibida esterogen saqlovchi mahsulotlar

Natijada bolada ginekomastiya rivojlanishi ortgan. Uning sabablari esa:

Semizlik
•Oʻzboshimcha dorilar ichish
•Narkotik vositalar
•Gormonal oʻzgarishlar
•Gipogonadizm

Testosteron kamayishi esterogen va prolaktin ortishi kuzatiladi bunday holatda va bu holat kelajakda bepushtlikka olib kelishi mumkin boʻlgan holatdan biridir!

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
Ginekomastiyaga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan dori vositalari roʻyhati 💊

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Shunday ekan xech qachon oʻzboshimchalik bilan dorilar ichmang va bolalarga ham bermang. Siz oʻylamagan dori vositasi bepushtlikka sabab boʻlishi mumkin ekanini bilishingiz zarur.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
Ginekomastiya - erkaklarda koʻkrak bezining kattalashishi.
Sababi esa testosteron va esterogen nisbati buzilishi. Yani testosteron kamayib , esterogen ortishi

2 hil turi bor :
- Fiziologik
- Patologik

Rivojlanishi 3 bosqichda boʻladi
- Florid - boshlangʻich (4 oygacha boʻlganda )
- Oraliq ( 4 oydan 1 yilgacha)
- Fibroz ( 1 yildan ortiq davom etgan)

Florid turida davolash sababli jarayon ortga qaytadi.
Fibroz turida jarayon ortga qaytmas xisoblanadi.

Fiziologik holatlari quyidagilar:

- chaqaloqlik davrida
- pubertat ( 12-15 yoshda)
- qarilikda (testosteron miqdori kamayishi sababli )

Ushbu fiziologik holatlardan boshqa holatlarda bu holat patologik yani kasallik deb baholanadi va davolash talab qiladi
Davolash endokrinolog yordamida boʻladi.

Kanaldagi malumotlarni o'zgartirishsiz yaqinlarga ham ulashing.
Biz siz uchun mehnat qilamiz.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3


Dunyo, tezligingni eshitgan edim,
O‘tkinchiligingni so‘ylardi hamma.
Shunda ham isyonkor bandalarmiz-da:
Yil tez o‘tmaydi deb o‘ylardi hamma.

Anovi o‘yinchoq… bolalik xonam,
Kuni kecha bo‘lgan, o‘ylab qarasam.
To‘rt muchang sog‘ bo‘lsin derdilar onam,
To‘rt muchal o‘tibdi o‘ynab qarasam…

O‘sha o‘yinchoq-la ovungandekman,
G‘amu quvonchlari tundek gap ekan.
“Besh kunlik dunyo”ni tushungandekman:
Muchal ham aslida kundek gap ekan.

Topilmas Hayotdan chiroyli jumboq,
Jilovla deymanda endi nafsingni.
Bir kuning qolgandek atrofingga boq,
U endi hal qilar umr bahsingni!

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍8👏4
#analiz

Glukozaga tolerantlik buzilishi nima?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Bazan bemorlarda qonda qand koʻrsatkichi oraliq holatni koʻrsatadi va bunday bemorlar uchun aniq tashxis qoʻyish maqsadida glukozaga tolerantlik testi oʻtkaziladi.

GTT- glyukozaga tolerantlik testi qondagi qand miqdorini ko‘rsatkichiga ikkilangan holatlarda tashxisni aniq qo‘yish uchun foydalaniladi.

Bunday holatlarda qonda qand miqdori o'lchanadi. Shundan so'ng bemorga suvda eritilgan shakar ichkiziladi. 2 soatdan soʻng natija qayta koʻriladi.

GTT da glyukoza berilishi:
kattalar uchun – 75g glyukoza, 300 ml suvda eritilgani: 3-5 min oraligida ichiladi;
bolalar uchun 1 kg tana og‘irligiga 1, 75 g glyukoza (75 g dan ortiq bo‘lmagan) 250-300 ml suvda 3-5 min oralig‘ida ichiladi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5
Erektil disfunksiya nima?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Erektil disfunksiya bu toʻliq jinsiy aloqa uchun kerak boʻlgan yetarlicha ereksiyaga erishishning yoki mavjud ereksiyaning doimiy yoki yetarli darajagacha ushlanib turishining buzilishidir.

Tarqalganligi:
40-70 yoshdagi erkaklarning 52% qismida bu muammo mavjud boʻlsa,

40 yoshgacha boʻlganlarning 5% qismida va 70 yoshgacha boʻlganlarning 15% qismida ogʻir ED mavjud.

Turlari:
1.Psixogen-psixologik muammo sababli kelib chiqqan.

2.Organik(vaskulogen,neyrogen, endokrinopatiya sababli) - asosiy kasallikning asorati ( polineyropatiya, angiopatiya, gipogonadizm, ateroskleroz, arterial gipertenziya ) sifatida paydo boʻlgan.

3.Aralash (organik+psixogen)

4.Medikamentoz- dori darmonlar sababli kelib chiqqan.

Bemor shikoyatlari:

•Jinsiy aloqa uchun yetarli ereksiya boʻlmasligi yoki uning yetarlicha ushlab turilmasligi
•Kayfiyatning tushishi
•Depressiya
•Befarqlik
•Tushkunlik

Davolash endokrinolog , urolog , androlog orqali boʻladi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
Assalomu alaykum
Juma ayyomingiz muborak boʻlsin.
Kuningiz hayru barakaga boy boʻlsin 🌙

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎓
👍91
Tungi "marsh"
Bugun 19:59 dan boshlab 20:47 gacha piyoda deyarli eng maksimal tezlikda harakat qildim.

Bu vaqtda 5 km 347 metr masofa bosdim( 11 186 ---> 16 533 )

Alam qiladigani nima bilasizmi atigi 222 kkal energiya parchalangan(sarflangan)

Bu masofa davomida 1ta albom va ikki yarimta qoʻshiq ( barchasi Konsta ijrosida )

Kimgadir piyoda yurish kerakligi haqida aytsangizu lekin oʻzingizda amalda boʻlmasa nimadandir koʻngil to'lmaydi. Bir hikoya bor haliroq joyleman shu haqida.

Sogʻ tanda sogʻlom aql.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍101
Shuncha payt piyoda yurganingiz 1ta kofe☕️ yoki 1ta snikers🍫 kaloriyasiga teng boʻlsa alam qiladida

Shundan keyin ham oz yeyman koʻp harakat qilaman deguvchilar bu gapini qayta aytmasligi kerak

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
😢1
Bir kishi oʻgʻlini hakim zot huzuriga olib kelib oʻgʻlimga dakki bering hurmoni koʻp yeb qoʻyyapti. Men uning koʻp yeganidan qizgʻonmayman,uning oshqozoniga zarar boʻladi deb qoʻrqaman dedi.

Hakim zot menga 3 kun vaqt bering dedi va ketdi.

3 kundan soʻng haligi inson oʻgʻli bilan yana keldi. Shu hakim zot bolakayga qarata oʻgʻlim hurmoni koʻp yema oshqozoningga zarar qilishi mumkin dedi.

Bolakayning dadasi hakim zotga qarab nega shu gapni oʻsha kuniyoq aytmadingiz dedi.

Hakim zot aytdi siz oʻsha kuni aytgan kuningiz oʻzimning farzandim esimga keldi. U ham hurmoni koʻp yeydi. Avval oʻzimni isloh qilmasdan sizga maslahat bera olmasdim.

3 kun oʻgʻlimga hurmoning ortiqchasi zarar ekani haqida aytib keldim debti.

Qissadan hissa kimgadir tavsiya berar ekansiz tavsiyaga avvalo oʻzingiz amal qilmasangiz tavsiya besamar ketish ehtimoli ortadi.( Aytmoqchi boʻlgan hikoyam shu edi )

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍7
#hazil_time

Kechqurun qand pasaytiruvchi dori ichmayman deguvchilarga yuboring...😁

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Oshqozonning yuqori qismida toʻyish xissini chaqiruvchi retseptorlar mavjud boʻlib ovqat oshqozonga toʻlganda toʻyish xissi toʻliq qoplanadi.

Oshqozonni nima bilan toʻldirish esa sizga bogʻliq.

Rasmda 400 kkal energiya beruvchi mahsulotlarning oshqozonni qancha qismini egallashi koʻrsatilgan. Ozgina yogʻmi yoki toʻla mevalarmi?

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3
#sarkazm

Bugun Xalqaro muzeylar kuni ekan.

Bunday o‘ylab qarasa, aksariyat davlat idoralari muzey bo‘lib yotibdi. Ha, oltmishdan oshgan bo‘lsa ham, pensiyaga chiqmay, ishlab yurgan "eksponat"lardan to‘lib ketgan muzey. Aslida, qarilarni hurmat qilaman, bu orqali ularga hurmatsizlik qilmoqchi emasman. Lekin yoshlarga ham yo‘l berish kerak!

Qariyalarning ishdagi salbiy jihatlari:
— yangilikka intilmaydi;
— ortiqcha ish yuklamalarini ko‘tara olmaydi;
— jamoa bilan chiqishishi qiyin bo‘ladi.

Xullas, uyda ibodatni qilib, nevaralarga tarbiya berganga nima yetsin, hurmatli yoshi ulug‘lar!? Ishni esa yoshlarga qo‘yib bering! Siz uchun ishxonada hamma ortidan gapiradigan "eksponat" bo‘lgan yaxshimi yoki fayzli bir xonadonning ko‘rsa ko‘z quvonadigan ustuni!?

©️ Devonayi Haqgo‘y

Nishondagi gaplar

@endocrinoo
👍2
Homiladorlik diabeti nima?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Gestatsion diabet - homiladorlarning 3-9% qismiga tasir qiladi. Bu ayniqsa 3-trimestrda ortadi.

20 yoshgacha boʻlganlarning 1% qismida boʻlsa, 44 yoshdan keyin bu miqdori 13% gacha ortadi.

Osiyoliklar, amerikan hindulari, mahalliy Avstraliyaliklar, tinch okeani orollarida yashovchilarda moyillik yuqori boʻladi.

90% hollarda homiladorlik diabeti tugʻruqdan soʻng oʻtib ketadi lekin kelajakda qandli diabet 2-tur rivojlanish havfi ortadi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2