Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.78K subscribers
3.84K photos
623 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
🔘Abu Ali ibn Sino shunday degan edi:

♻️"Agar muntazam ravishda badantarbiya mashqlari bilan shug'ullanilsa, dori-darmon iste'mol qilishga ehtiyoj qolmas edi"

"Rosululloh s.a.v ning tabobati" kitobidan

🚶Hech bo‘lmaganda, har kuni biroz piyoda yurishga odatlaning!

@endocrinoo
👍21
🌱Pankreatit🌱

📖Ta’rif;
Me’da osti bezining yalligʻlanishi. Oʻtkir va surunkali boʻladi.

🏷Sabablari;
Alkogolizm,
Yolchitib ovqatlanmaslik yoki me’yoridan ortiq ovqat yoyish,
Oʻt toshi kasalligi natijasida paydo boʻladi.
Infeksion kasalliklar,
Shikastlanishlar,
Qorin boʻshligʻidagi turli yalligʻlanishlar sabab boʻladi.

🍃Belgilari;
💭me’da osti bezi shishadi;
💭bezning yalligʻlangan qismi iriydi yoki toʻqimalari nobud boʻladi.
💭qorinning yuqori qismi qattiq ogʻriydi va ogʻriq orqaga tarqaladi
💭bemorning koʻngli aynib, qusadi,
💭yel kelmaydi,
💭ogʻriq zoʻrligidan hushdan ketib qoladi...

👨🏻‍⚕Davolash
Biz aytib oʻtgan belgilar va sabablar asosan, oʻtkir pankreatitga xos. Surunkali pankeratit esa, oʻtkir pankreatit natijasida yuzaga keladi va alomatlari deyarli, oʻtkir pankreatitga oʻxshab ketadi.

🖋Dorilar
💊Gavikson
💊Pankreatin
💊Mezim
💊Festal
💊Regidron

Mutaxasis Gastroenterolog!

@endocrinoo
1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolani allergik kasalliklardan himoya qilishda nimalarga e’tibor berish lozim?

Qaysi modda, kimning organizmida allergik reaksiyalar keltirib chiqarishi noma’lum, ammo ba’zi mahsulotlarning allergenlik xavfi yuqori, jumladan:

Sitrus mevalar, qulupnay, pomidor, chang, hayvon tuklari, dudlangan va konservalangan mahsulotlar;

Bir yoshgacha boʻlgan bolalarga ushbu mahsulotlar iste’molini cheklash, uy hayvonlari bilan aloqa qildirmaslik, bolaning oʻrin -joyi hayvon parlaridan tayyorlanmagan boʻlishi lozim. Bola yashaydigan xonaning ozodaligi, oʻyinchoqlarning tozaligi va erta bahor mavsumida bolaning immuniteti baland boʻlishi tavsiya etiladi.

Ona allergik kasalliklar bilan kasallangan boʻlsa, homiladorlikni rejalashtirishdan oldin allergolog-shifokor bilan maslahatlashishi lozim!


@endocrinoo
👍1🔥1
Qalqonsimon bez sintigrafiya tekshiruvi qachon va nima uchun qoʻllaniladi?

Sintigrafiya - zamonaviy nur diagnostika usullaridan biri boʻlib, organizmdagi funksional oʻzgarishlarning dastlabki bosqichlarida, kasalliklarni boshlangʻich davrida aniqlash uchun qoʻllaniladi.

Sintigrafiya tekshiruvi orqali qalqonsimon bezdagi oʻzgarishlar, yaxshi va yomon sifatli oʻsmalar, operatsiyadan oldingi va keyingi oʻzgarishlar, radioyodterapiyadan keyingi oʻzgarishlar aniqlanadi.

Ushbu tekshiruv usuli saraton kasalliklarida, boʻgʻimlardagi sababsiz ogʻriqlarda, suyaklar tez-tez sinishi va suyak-boʻgʻim kasalliklarida ham qoʻllaniladi.

@endocrinoo
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤰🏻Homilador ayollarni eng ko’p tashvishga soladigan holat... Homilaning o’sishdan to’xtashi....

@endocrinoo

 
👍1
Oliy navli yoki quyi navdagi unni qay biri yaxshi?

Un — roʻzgʻorimizni ajralmas qismi. Undan non, makaron, turli xil pishiriqlar va taomlar tayyorlanadi. Hozirda koʻpchilik roʻzgʻorga oliy navli un ishlatadi, sababi koʻrinishi oqligidan e’tiborni tortishi, xamirni yaxshi koʻtarilishi, mazasi shirinligi va h.k. Lekin oliy navli unni quyi navdagi unlarga nisbatan foydasi kamroq va zarari koʻproq boʻladi, bunga sabab bugʻdoydan un qilinayotganda uni qobigʻi (kepak) alohida qilinadi. Tegirmondan birinchi oʻtkazilgan unda mana shu qobiq (kepak) qismi boʻlmaydi. Qayta-qayta oʻtkazish jarayonida kepak unga qoʻshilib navi pasayib boradi.

Bugʻdoyni qobigʻi oʻzida koʻplab kletchatka, minerallar, vitaminlar saqlaydi. Endi oʻylab koʻring, qobiqsiz (kepaksiz) un foydaliroqmi yoki kobiqli? Albatta, quyi navdagi unlar oʻzida koʻproq foydali moddalar saqlaydi va roʻzgʻorga shunday unlardan foydalanish tavsiya qilinadi.

@endocrinoo
👍2
Iqtisod (ekonom) qilishni bilish — ozdiradi!

Bu juda oddiy!
1 kishilik taomni 2 kishi;
2 kishilik taomni 3 kishi;
3 kishilik taomni 5 kishi;
4 kishilik taomni 7 kishi;
5 kishilik taomni 8-9 kishi yesa toʻyadi.

Bunda ikkita foyda bor:
1. Kaloriya tanqisligi boʻlgani sabab oriqcha tana vaznidan qutulasiz.
2. Oilaviy budjetga foyda keltirasiz.

Rasmlarda mahsulotlarni bir kishiga bir porsiya uchun taxminan qancha olish kerakligi boʻyicha layfxak!

@endocrinoo
👍2
Semirtiradigan dori vositalari

— Kortikosteroidlar (prednizolon, gidrokortizon)
— Antidepressantlar (amitriptilin, mitrazapin, sitalopram, paroksetin, imipramin)
— Homiladorlikdan saqlovchi dori vositalari

Bu vositalar ishtahani qoʻzgʻab, moddalar almashinuvini sekinlashtiradi, hamda gormonal disbalans chaqiradi.

@endocrinoo
Rux (sink) tanqisligining 6 ta asosiy belgisi

Organizmda sink yetishmovchiligi juda keng tarqalgan boʻlib, sogʻliq bilan bogʻliq muammolarga olib keladi. Aholining deyarli 70% ida rux yetishmaydi.

1. Immun tizimi zaiflashadi
Agar siz tez-tez kasallanishga moyil boʻlsangiz, immunitet tizimi bilan bogʻliq muammolarga duch kelsangiz yoki har qanday turdagi surunkali allergiyaga ega boʻlsangiz, bu sizda rux yetishmasligidan jiddiy ogohlantiruvchi belgidir. Rux sizning immunitetingiz uchun juda muhimdir.

2. Ichak ta’sirlanish sindromi
Ichakning ta’sirlanishi tizimli yalligʻlanishni keltirib chiqaradigan holat boʻlib, oziq-ovqat allergiyalari, qalqonsimon bez muammolari va buyrak usti bezining ishdan chiqishi bilan bogʻliq.

3. Diareya
Agar siz muntazam ravishda diareya bilan kurashsangiz, bu rux yetishmasligining eng keng tarqalgan belgilaridan biridir. Bundan tashqari qorin tez-tez dam boʻlib turadi. Rux qoʻshimcha ravishda bolalarga berish diareyani davolashi isbotlangan.

4. Sochlarni toʻkilishi, jilosini pasayishi
Sochlar ingichka boʻlib qoladi yoki toʻkiladi. Agar sochlaringiz nozik boʻlsa yoki tez-tez toʻkilsa, rux soch qalinligini oshirishga va toʻkilmasligi uchun yordam beradigan muhim ozuqa hisoblanadi. Nozik sochlar yoki kallikni sabablarini izlashda rux yetishmovchiligi koʻpincha e’tibordan chetda qoladi. Rux ovqat qoʻshimchasi sifatida soch toʻkilishi uchun tabiiy vositadir.

5. Terini yalligʻlanish kasalliklari
Ayniqsa akne, ekzema, dermatit yoki psoriaz kasalliklari rux yetishmasligining asosiy belgilaridan hisoblanadi.

6. Erkaklarda bepushtlik, past libido, jinsiy zaiflik
Rux erkaklik gormoni — testosteron tarkibiga kiradi. Rux yetishmasligi ushbu gormonni miqdorini va aktivligini kamayishiga sabab buladi

@endocrinoo
👍1
​​​​Sink — rux elementi (Зн)

Sink voyaga yetgan erkak organizmida oʻrtacha 2,5 g, ayollarda 1,5 g atrofida mavjud boʻlib, u asosan prostata bezi, mushaklar, jigar va oshqozon osti bezida toʻplanadi. 50 ml urugʻ (sperma) tarkibida 10 milligramm sink bor. Sink organizmdagi 400 dan ortiq fermentlar tarkibiga kiradi. Fermentlar tarkibidagi Зн²+ ionlari suv molekulalari va organik moddalarning qutblanishiga olib keladi va ularni reaksiyaga kirishtirib, deprotonlashga yordam beradi.

Asosiy biologik vazifalari:
• Sperma va erkaklik gormonlarini ishlab chiqarish uchun eng kerakli element;
• Ye vitamini sintezi uchun zarur;
• Prostata bezini normal ishlashi uchun nihoyatda zarur.
• Organizmdagi turli anabolik gormonlar, shu jumladan insulin, testosteron va oʻsish gormoni sintezida ishtirok etadi. 
• Tanadagi alkogolning parchalanishi uchun zarurdir, chunki u alkogoldegidrogenaza tarkibiga kiradi. 

Sink yetishmasligi
MKB-10: Ye60

Asosiy belgilari:
Organizmda sink yetishmasligi bir qator oʻzgarishlarga olib keladi. Ular orasida: 
✓ asabiylashish, charchoq, xotirani yoʻqolishi, depressiya, koʻrish oʻtkirligining pasayishi;
✓ vazn yoʻqotish, organizmda ba’zi elementlarni (temir, mis, kadmiy, qoʻrgʻoshin) toʻplanishi;
✓ insulin miqdorining kamayishi;
✓ allergik kasalliklar rivojlanishi;
✓ anemiya;
✓ ishtahani yoʻqolishi, ta’m sezishni buzilishi va ovqat ta’mini yomonlashishi;
✓ organizm immun tizimi zaiflashishi, yuqumli va shamollash kasalliklariga moyil boʻlib qolish, yaralarni yaxshi bitmasligi;
✓ oʻsishdan toʻxtash yoki uni susayishi, gipogonadizm va jinsiy yetilishda ortda qolish; 
✓ teri oʻzgarishi, soch oʻzgarishi odatda dermatitdan keyin kuzatiladi, soch gipopigmentatsiyaga uchrashi, qizgʻish rangga kirishi mumkin. Xarakterli hususiyat — oʻchoqli soch toʻkilishi (alopesiya).

Tanadagi sink miqdorini soch, qon va uning zardobidagi konsentratsiyasiga qarab aniqlanadi.

Sutkalik extiyoj: 
Erkaklar: 15 mg 
Ayollar: 12 mg 
Jinsiy faollik davrida erkaklarda sinkka kunlik talab oshadi va 30–70 mg ni tashkil qiladi.
Homiladorlikda: 15 mg
Laktatsiya (birinchi 6 oy): 19 mg
Laktatsiya (ikkinchi 6 oy): 16 mg
Bolalar: 
0–1 yosh: 3 mg
1–3 yosh: 5 mg
3–7 yosh: 8 mg
7–11 yosh: 10 mg
11–18 yosh: 12 mg

Iste’mol qilinadigan ozuqalar orasida eng koʻp sink saqlovchilar: ustritsa, oshqovoq va kungaboqar urugʻi (pistasi), kunjut, goʻsht, pishloq, joʻxori uni, dukkaklilar va shokolad.

100 g mahsulotdagi sink miqdori:
Oshqovoq urugʻida—10 mg, kunjut—7 mg, kedr yongʻogʻi—6,4 mg, kungaboqar urugʻi—5,4 mg, bodom va oddiy yongʻoq—3 mg.
Jigar—4 mg, goʻshtda—4–8 mg.
Chechevitsa—4,8 mg, yeryongʻoq—4 mg, noʻxat—1,3 mg.
Qattiq pishloq—3–4 mg, sut—0,4 mg.
Ustritsa—16–40 mg.
Kakao poroshogi—6,8 mg.

@endocrinoo
👍1
​​YOD (И)

"Dunyoda 2 milliarddan ziyod aholi yod tanqisligidan, shundan 50 millioni yod tanqisligi oqibatida yuzaga keladigan bosh miyani turli xil shikastlanishidan aziyat chekadi" — JSST ma’lumoti.

Yod – qalqonsimon bez gormonlari (tiroksin, tetrayodtironin, triyodtironin) tarkibiga kiradi. Qalqonsimon bez gormonlari oqsillar biosintezida, toʻqimalar oʻsishida, ayniqsa bosh miya shakllanishi va rivojlanishida muhim oʻrin tutadi. Yod elementi oʻsmirlar, bolalar va homila bosh miyasini rivojlanishida juda muhim hisoblanadi.
Bolalik va homilalik vaqtida nerv tizimi aktiv shakllanadi. Agar shu vaqtda yod yetishmasa aqliy zaiflik rivojlanadi, eng yomoni ushbu kasallikni amaliy jixatdan davolab boʻlmaydi. Shuning uchun yod tanqisligini profilaktikasi juda muhim!
Embriondagi yod tanqislik – onadagi yod tanqisligi bilan bogʻliq. Yod yetishmasligida bolani oʻlik tugʻilishi, erta tugʻruq, abortlar, tugʻma nogironlik xolatlari yuzaga keladi.
Yod tanqisligi oʻgʻil bolalarga nisbatan qiz bolalarda koʻproq uchraydi. Ayniqsa 8–14 yoshlar oʻrtasida bu koʻrsatkich maksimumga yetadi. Bu vaqtda bolani tengdoshlariga nisbatan aqliy va jismoniy jixatdan ortda qolishi, oʻz vaqtida darslarni oʻzlashtira olmaslik, xotirani susayishi bilan boradi. 
Yod tanqisligida buqoq kasalligi paydo boʻladi. Bunda bezni kattalashib, tomoq qismini oldinga boʻrtib chiqishi kuzatiladi. 

Yod tanqisligini aniqlash usullari:
– Qalqonsimon bezni UZD (UZI) qilish;
– Siydikdagi yod miqdorini aniqlash (sutka davomida yigʻilib, aniqlanadi)
– Qondagi tiroksin gormonini (T4) yoki tireotropinni (TTG) konsentratsiyasini aniqlash.

Profilaktikasi:
Yodlangan tuzlardan foydalanish. Tuzdagi yod miqdorini maksimum saqlab qolish uchun imkon qadar ovqat tayyor boʻlganda qoʻshish kerak.
Oʻzbekiston tuproqlari va suvlarida yod miqdori kamligi uchun oʻsimliklar tarkibida xam uning miqdori yetarli emas. 
Shuning uchun homiladorlik, bolalik davrlarida yod tanqisligini oldini olish uchun har xil oʻzida yod saqlovchi preparatlarni qabul qilish tavsiya qilinadi.

Sutkalik extiyoj:
• 11 yosh va undan kattalarga — 150 mkg
• Homiladorlik va laktatsiya davrida — 150–200 mkg
• Bolalarga — 100 mkg

@endocrinoo
👍1
Qora roʻyxatdagi mahsulotlar

Agar sizdan, 3 oydan keyin "yosharibsiz, koʻrinishingiz yaxshilanibdi" deyishini hoxlasangiz, unda quyidagi mahsulotlarni ratsioningizdan chiqarib yuboring.

— Har qanday fastfud
— Chips
— Konfetlar
— Konservalar
— Mayonez va ketchup
— Kolbasa va sosiskalar
— Magazinni mevali yogurtlari
— Margarin
— Yogʻliligi 0% li sut mahsulotlari

@endocrinoo
👍2
​​​​​​Fastfudlardan voz kechishga 10 ta sabab

1. Semirishga olib keladi. Barcha fastfudlar yuqori kaloriyali hisoblanadi.
2. Bir nechta kasalliklar rivojlanadi. Semizlik, oshqozon-ichak yara kasalliklari, ateroskleroz, gipertoniya, tsellyulit, jigar kasalliklari, immun tizim kuchsizlanishi kabilar.
3. Koʻp miqdorda tuz saqlaydi. Inson oʻrtacha 1500 dan 2300 mg gacha tuz iste’mol qiladi. Agar fastfud qoʻshilsa bu koʻrsatkich 4000 mg gacha ortadi.
4. Koʻp miqdorda xolesterin saqlaydi. Tibbiyotda 300 mg dan ortiq xolesterin iste’mol qilmaslik tavsiya qilinadi. Bir dona sendvich oʻzida xolesterinni kunlik me’yorini 80% ini saqlaydi.
5. Koʻp miqdorda yogʻ saqlaydi. Sutkalik energiyaga boʻlgan extiyojni 25-30% ini yogʻlar ta’minlash yaxshi koʻrsatkich xisoblanadi. Fastfud iste’mol qilinganda bu balansni nazorat qilib boʻlmaydi.
6. Koʻp miqdorda sun’iy qoʻshimchalar qoʻshiladi. 
Jumladan: propilenglikol, natriy fosfat, dimetilpolisiloksan.
7. Gormonal oʻzgarishlarga (disbalans) olib keladi. Estradiol, estriol, progesteron, testosteron gormonlarini deyarli barcha burgerlardan topish mumkin. 
8. Koʻp miqdorda oddiy uglevodlarni (GI yuqori maxsulotlar) saqlaydi. 
9. Tayyorlashda xayvon yogʻlaridan foydalaniladi.
10. Choʻntagingizga zarar. Solishtirib koʻrsangiz, oʻzimizni milliy taomlarga nisbatan qimmat.

@endocrinoo
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Gipertireoz kasalligida kuzatiladigan arteriya pulsatsiyasi...

@endocrinoo
👍1
#Maslahat

90 foiz xollarda organizmni oʻzimiz kasal qilamiz. Tan olishimiz kerak. Tanamizni xurmat qilmaymiz. Uni axamiyati birinchi oʻrinda ekanini bilmaymiz. Tana ogʻrib balki oʻzini axamiyatini sizga tushintirmoqchidir. Ogʻriq qoldiruvchi dori bilar uning ovozini oʻchirib qiynashda davom etamiz.

Shunchaki uni seving, oʻrinli jismoniy yuklama bering, sogʻlom ovqat yegizing. Chiniqtiring.

@endocrinoo
👍1
Ilizarov apparati yordamida oyoq-qoʻllarni uzaytirish natijasi.

Turli miqdorlarda uzaytirish uchun taxminiy sanalar:
3 sm ga - 1,5 oy ichida
4-5 sm ga - 2 oy ichida
6-7 sm ga - 3 oy ichida

@endocrinoo
👍1