Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
616 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Toʻgʻri ovqatlanish uchun tavsiyalar.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
Miya 27 yoshdan keyin qariydimi?

🧠 Ma’lum bo‘lishicha, miya rostdan ham ana shu yoshdan qarishni boshlaydi. Olimlar uzoq yillardan buyon miyaning qachon qarishi, necha yoshda fikrlar ravshanligi yo‘qolishi va xotira qachon yomonlasha boshlashi ustida tadqiqotlar olib borishmoqda.

📉 Virjiniya universiteti (AQSH) mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot kutilmagan natijalarni ko‘rsatdi. Miyaning qarish jarayoni 27 yoshdan boshlanadi va miya qobiliyatining eng yuqori cho‘qqisi 22 yoshda namoyon bo‘lar ekan.

Yana shu ham ma’lumki, hayot davomida olingan bilimlar o‘rtacha 60 yilgacha saqlanib qolar ekan.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4
Varikoz qanday kasallik?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir ( @endocrinoo )

Venalarning varikoz kengayishi — tez-tez kuzatiladigan patologik jarayon, venalarning (qonni yurakka qayta olib boruvchi tomilar) shikastlanishi bilan ifodalanadi. Patologiya uchun tomir bo’shlig’i diametrining kengayishi, venoz devorlarning ingichkalashishi va anevirzmasimon mahalliy kengaymalar — «tugunchalar» hosil bo’lishi xarakterlidir

Bugungi kunda varikoz eng ko’p uchraydigan kasalliklardan biri bo’lib, u har uchinchi ayol va o’ninchi erkakda qayd qilinadi. Statistikaga ko’ra, bu kasallik ko’pincha 30-40 yoshlik davrda uchraydi.

Sabablari:
Zararli kasb(uzoq vaqt tik turuvchi)
Irsiy moyillik
Semizlik
Stress, zoʻriqish
Sportiv yuklama berish
Noqulay oyoq kiyim

Varikoz alomatlari bevosita kasallik bosqichiga bog’liq.
I va II bosqichlarda

Oyoq, boldir va sonlarda venoz naqshlarning paydo bo’lishi;
Oyoqlarda og’irlik, bosim, o’rtacha og’riqlarni his qilish;
Tortishishlar, ayniqsa kechasi;
Ishdan keyin, kunning oxirida oyoqlarning shishishi;
Tez charchash

III va IV bosqichlarda

Shishlar;
Qon tomirli yulduzlar (telangioektaziyalar);
Turli og’riqlar (pulsli, mushaklarda qichishish, yurish paytida og’riq, vena bo’ylab og’riq, umumiy og’riq va oyoqlarning qaqshab og’rishi);
Boldir va tovon yonlari terisi yuzasida uzun varikoz venalar paydo bo’lishi;
Teri o’zgarishlari — uning qurishi va pigmentatsiyasi, qorayishi va jigarrang dog’lar bilan qoplanishi. Bundan tashqari, bu belgilarga keyinchalik bir qator kasalliklar, xususan dermatit, ekzema va trofik kasalliklar, yaralar qo’shilishi mumkin

Tashxislash
UTT Flebografiya

Davolash
Medikamentoz
Simptomatik
Jarrohlik

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2😢2🎉1
🧂​Osh tuzi nima uchun yodlangan bo‘lishi zarur?

◽️Yod tanqisligi aqliy zaiflikning asosiy omilidir. Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili dunyoda 38 millionga yaqin bola yod tanqisligi xavfi bilan tug‘iladi.

◽️Qolaversa, bu modda yetishmasligi qalqonsimon bez va ovqat hazm qilish organlari faoliyati bilan bog‘liq turli jiddiy kasalliklarni keltirib chiqaradi.

🔹Osh tuzlarining saqlanish harorati 28 darajadan oshmasligi lozim. Qotib qolgan, nam tortgan, begona hidlarga ega bo‘lgan, yaroqlilik muddati o‘tgan, qadoqlari buzilgan osh tuzlarining foydali xususiyatlari yo‘qolgan bo‘ladi.

🔹Bunday mahsulotlarni iste’mol qilmaslikni tavsiya qilamiz

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
Maxsulotlarning GLIKЕMIK INDЕKSI xaqida gaplashamiz:
GLIKЕMIK INDЕKS - oziq-ovqat maxsulotlari tarkibidagi uglevodlarning qondagi glukoza miqdorini o'zgartiruvchi ko'rsatkich xisoblanadi.
GLIKЕMIK INDЕKSI past boʻlgan maxsulotlar sekin xazm buladi, sekin so'riladi va oqibatda qondagi qand miqdori nisbatan kamroq va sekinroq ko'tariladi. GI 3 turda boʻladi:
1. GI past - < 55;
2. GI o'rtacha - 56-69;
3. GI yuqori - 70+;

GLIKЕMIK INDЕKSI 100 va undan yuqori boʻlgan maxsulotlar:
- oq non - 100;
- maltoza - 105;
- oq guruch - 112;
- kartoshka - 118;
- kukuruz yormasidan iborat quruq nonushta - 132;
- shirinliklar - 105-135;

GLIKЕMIK INDЕKSI past boʻlgan maxsulotlarni iste’mol qilish :
1. Diabetda qand miqdorini me’yorlashtiradi;
2. Tana vaznini ushlab turadi;
3. Xomiladorlik sogʻlom kechadi;
4. yurak sogʻlom boʻladi;
5. Aql faollashadi;
6. Ko'krak raki xavfi kamayadi;
7. Kuzlar salomatligi uchun;

XULOSA qilib aytganda qancha GLIKЕMIK INDЕKSI past boʻlgan maxsulotlarni iste’mol qilsangiz shuncha sogʻlom bo'lasiz 👍☺️

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4🎉1
Uyqusizlik qandli diabetda juda xavflidir!

Qandli diabet yoki glyukozaga tolerantligi bo'lgan bemorlarda uyqu etishmasligi kasallikning kuchayish xavfini oshirishi mumkin. Mutlaqo sog'lom odamlarda ham uyqusizlik kun davomida qonda qand miqdorini oshishiga olib kelishi mumkin.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, agar odam kuniga atigi 5 yoki undan kam soat uxlasa, diabetga chalinish xavfi 2,5 baravarga oshadi (agar odam 6 soat yoki undan kam uxlasa, xavf 1,7 barobar ortadi).

Normal uyqu 7–8 soatni tashkil qilishi kerak.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2
#natija

Dard ham shifo ham Alloh qoʻlida biz sababchi boʻlishga harakat qiladigan insonlari holos

3 yildan buyon homilador boʻla olmayotgan bemorimiz homiladori hozirda.

Gipofiz adenomasi
Qalqonsimon bez mayda kistasi
Mastopatiya
Semizlik bilan kurashgan bemorimiz hozirda homilador.

Bunday bemorlarim avval ham bor edi
Bugundan #natija xeshtegi orqali ular bilan oʻrtoqlashib borishni niyat qildim.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing
Oʻzingizni professionallarga topshiring

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍114
Erkaklik gormoni testosteron qanday vazifalarni bajaradi?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir (@endocrinoo)

Oqsil sintezini kuchaytirib muskul massasini oshiradi
Suyak hosil boʻlishida qatnashadi
Lipoliz (yogʻlar erishini) kuchaytiradi
Eritropoez(qon hosil boʻlishi)mi oshiradi
Qon hosil boʻlishida qatnashadi
Hotira va anglash qobiliyatini meyorlashtiradi
Insulinrezistentlikni kamaytiradi

Jinsiy tasirlari:
Spermatogenezni aktivlaydi
Ovoz yoʻgʻonlashuvi
Soqol va tuklar chiqishini oshiradi
Balogʻatga yetish va jinsiy farqlanishni taminlaydi
Erkaklik harakteri shakllanadi

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3
Erektil disfunksiyaga sabab boʻluvchi holatlar qaysi?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Erektil disfunksiya bu jinsiy zaiflik boʻlib unga sabablar quyidagilardan iborat:

•yurak-qon tomir kasalliklari
•jismoniy mashqlar yetishmasligi
•yuqori qon bosimi
•qondagi yuqori glukoza
•yuqori xolesterin
•chekish
•giyohvand moddalar yoki spirtli ichimliklarni iste'mol qilish
•semizlik yoki metabolik sindrom
•asab shikastlanishi
•orqa miya shikastlanishi
•jinsiy samaradorlik tashvishi
•stress
•munosabatlar, oila yoki ish joyidagi ziddiyat
•depressiya
•dorilar

Unutmang davolanmaslik natijasi #bepushtlik boʻlishi mumkin!

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
Sink (rux) yetishmovchiligining belgilari qanday?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir ( @endocrinoo )

•o'sishni sekinlashishi yoki to'xtashi
•zaif immun tizimi
•kechiktirilgan yoki to'liq bo'lmagan jinsiy yetuklik
•hissiy buzilish
•ishtahaning yo'qolishi
•uzoq muddatli diareya
•zotiljam (pnevmoniya)
•teri toshmasi
•soch to'kilishi yoki ingichka bo'lishi
•ruhiy charchoq

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
Sayyid ul ayyom hajjul masokin juma muborak boʻlsin 🌙

@endocrinoo
🥰4
Shayton bir insonni bomdod uchun uygʻotar ekan. U kim deb oʻylaysiz?

Bir kuni Umar ibn Hattob raziyallohu anhu bomdod namoziga uhlab qoladilar. Uhlab qolganlari uchun Allohga shunday ibodat qiladilarki Alloh uning ibodatini qabul qilib aytgan ekan agar yana bomdod namoziga uhlab qolsa 70 ming musulmon gunohini kechiraman degan ekan.

Bunday boʻlmasligi uchun shayton Umarni oʻzi uygʻotgan ekan.

Juma muborak boʻlsin dindoshlarim🌙

@endocrinoo
7👍7🥰1
Tuhumdon polikistozi nima?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Tuhumdon polikistozi- ayollarda gormonal disbalans sababli kelib chiquvchi kasallik.
Tugʻish yoshidagi 15% ayollarda uchraydi. Aslida barcha yoshda uchrasada bu yoshda homilador boʻlmaslik holatlarida diagnostikada aniqlab olinadi.

📌Belgilari:
📎Anormal hayz sikli. Hayzning betartib kelishi,uzoq davom etishi,tez qaytalanishi
📎Girsutizm. Erkaklarga xos tuklanish ortishi. Kasallikda uchrashi deyarli 70%
📎Akne. Gormonal buzilish sababli paydo boʻlgan toshmalar.
📎Semizlik. Kasallikda semizlik uchrashi 40-80%. Kasallik sababli semizlik paydo boʻlishi mumkin va semizlik tufayli kasallik ham paydo boʻlishi mumkin.
📎Teri qorayishi. Akantozis nigricans. Asosan burma soxalarda: boʻyin, qoʻltiq,chanoq,oyoqlar orasida.
📎Kistalar. Tuhumdonda yorilmagan folikulalar yigʻiladi va kistaga aylanadi.
📎Sochlar toʻkilishi va yoki ingichkalashishi.
📎Bepushtlik. Bu kasallikda bepushtlik eng koʻp sabablardan biri hisoblanadi.

🔎Nimalar kuzatiladi?

🔺Ayollarda erkaklik gormoni ortadi. Shu sababli girsutizm,akne,anormal hayz, bepushtlik paydo boʻladi.
🔺Insulinrezistentlik. Semizlik sababli qonda insulin ortadi u esa yuqori glukozaga,erkaklik gormoni ortishiga,hayz bostirilishiga sabab boʻladi.
🔺Yalligʻlanish ortishi. Kasallikda C reaktiv oqsil, leykotsitlar ortishi kuzatiladi. Surunkali yalligʻlanishlarga moyil boʻladi.

Diagnostika va davolash ENDOKRINOLOG shifokori bilan birga boʻladi.
Manba

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4
Tuhumdon polikistozida kuzatiluvchi belgilar

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3
💊Letrozol dori vositasi haqida

Tasir etishi: o‘smalarga qarshi vosita, estrogenlar sintezini ingibitori

Farmakodinamikasi:
Letrozol antiestrogen ta‘sir ko‘rsatadi, estrogenlar sintezini fermenti bo‘lgan aromatazani, ushbu fermentning subbirligi – sitoxrom R450 gemi bilan yuqori spesifik raqobatli bog‘lanishi hisobiga, selektiv ingibisiya qiladi. Estrogenlar sintezini ham periferik, ham o‘sma to‘qimalarida bloklaydi.

Ayollarda postmenopauza davrida estrogenlar asosan buyrak usti bezlarida sintezlanadigan androgenlarni (birinchi navbatda, androstendion va testosteron) estron va estradiolga aylantiradigan aromataza fermenti ishtirokida hosil bo‘ladi. Letrozol preparatini 0,1-5 mg dozada har kuni qabul qilish, qon plazmasida estradiol, estron va estron sulfatning konsentrasiyasini dastlabki miqdoridan 75-95% ga pasayishiga olib keladi. Estrogenlar sintezining supressiyasi butun davolash davri davomida saqlanib turadi.

Qo‘llanilishi:
•Ayollarda postmenopauza davrida sut bezining musbat gormonal reseptorlari bo‘lgan rakini erta bosqichlarida, ad‘yuvant terapiya sifatida.
•Ayollarda postmenopauza davrida sut bezi rakining erta bosqichlarida tamoksifen bilan standart ad‘yuvant terapiya tugaganidan so‘ng davomli ad‘yuvant davolash sifatida.
•Ayollarda postmenopauza davrida sut bezining gormonga bog‘liq tarqoq rakini birinchi qator dori vositasi sifatida davolash.
•Ayollarda postmenopauza davrida sut bezining, antiestrogenlar bilan davolash fonida avj olib boruvchi tarqoq rakini davolashda qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari:
Ovqatlanishdan qat‘iy nazar ichga qabul qilinadi.

Tavsiya etilgan dozasi 2,5 mg ni tashkil etadi, har kuni sutkada 1 marta qabul qilinadi. Davolash uzoq vaqt davom etadi. Uzaytirilgan ad‘yuvant terapiya sifatida, davolash 5 yil (ammo 5 yildan ko‘p emas) mobaynida davom etishi kerak.

Kasallikni avj olib borish belgilari paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Keksa yoshdagi patsientlarda preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

•Letrozolga yoki preparatning har qanday boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik;
•Reproduktiv davr uchun xos bo‘lgan endokrin status.
•Homiladorlik, emizish davri.
•18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar.

Nojoʻya taʼsirlari mavjud
Shifokor koʻrsatmasiga koʻra qoʻllanilishi kerak

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2
#analiz
AKTG nima va qanday holatlarda u tekshiriladi?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir ( @endocrinoo )

Aktg - adrenokortikotrop gormoni gipofiz oldingi boʻlagidan ajralib buyrak usti bezining (kortizol) asosiy stimulyatori hisoblanadi.

Normada : 7.2-63.3 pg/ml

AKTG ortadi:🔺

🔴Addison kasalligi (birlamchi BUB yetishmasligi)
🔴BUB tugʻma giperplaziyasi
🔴Itsenko-kushing kasalligi
🔴Sindrom ektopik ajraluvchi aktg
🔴Sindrom Nelson
🔴Paraneoplastik sindrom
🔴Travmadan va operatsiyadan keyingi holatda
🔴BUB virilizmi
🔴Stress
🔴Dorilar: aktg, amfetamin, insulin, kalsiy glukonat, vazopressin, etanol, esterogen, kortikosteroidlar, litiy preparatlari, spironolakton.

AKTG kamayadi:🔻

🟡Ikkilamchi BUB yetishmasligi
🟡BUB raki yoki kortikosteroma (sindrom itsenko-kushing)
🟡Glukokortikoidlar ajralishi
🟡Kriptogeptadin qabul qilish
🟡Kortizol ajratuvchi oʻsma

Taxlil och qoringa olinadi. Eslatmaga rioya qilgan holatda!

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
Qandli diabetda tut mevasi mumkinmi?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir ( @endocrinoo )

Tut daraxti(morus alba) qadimgi xitoyda dastlab oʻstirilgan.
Qandli diabetda uning mevasi va bargi ham foydali ekani tasdiqlangan maʼlumotlar mavjud. Tarkibida koʻplab vitaminlar, minerallar mavjuddir.

Qonda glukozani kamaytirish , insulin sekretsiyasini oshirish xususiyatlari mavjud.

Manba

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍7