Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.79K subscribers
3.83K photos
622 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Ozish uchun parxez qilishda qanday tavsiyalar mavjud?

Dietologlar tomonidan turli parxez stollari ishlab chiqilgan boʻlsa-da, asosiy qoidalar barcha uchun bir xil hisoblanadi.

🔻 Kun davomida koʻp miqdorda suv ichish lozim.
🔻Kun davomida 3 mahal ovqatlanish, ya’ni nonushta, tushlik va kechki taom. Ushbu ovqatlanishlar orasidagi kichik taomlanishni cheklash lozim.
🔻Kechqurun 19.00 dan keyin ovqatlanmaslik kerak.
🔻Ovqatdan keyin 1 soat davomida yotmaslik, oʻtirmaslik, aksincha yengil harakatda boʻlish lozim.
🔻Hafta davomida 2-3-marta sport bilan shugʻullanish, bunda toza havoda sayr qilish, yugurish, suzish yaxshi ta’sir koʻrsatadi.
🔻Taomnomadan shirinliklar, spirtli va gazli ichimliklar, sharbatlar, konserva mahsulotlari, juda yogʻli ovqatlar, chips va pistalar, xamirli ovqatlarni cheklash lozim.
🔻Mevalarni tushlik vaqtida iste’mol qilish tavsiya etiladi.

☑️ Eng asosiysi, tez emas, sogʻlom ozishga harakat qilish lozim.

@endocrinoo
👍3🔥1
BOLANGIZ BOʻYCHAN BOʻLISHINI ISTAYSIZMI?

👨‍👨‍👧‍👦 Farzandingiz oʻgʻilmi-qizmi, kim boʻlishidan qat’i nazar, boʻyi me’yorida oʻssin, desangiz, avvalo, uni sogʻlom ulgʻaytirishga harakat qiling. Buning uchun:

✔️bolani har 3 yoki 6 oyda dispanserizatsiya koʻrigiga olib boring;

✔️boladagi yod tanqisligining oldini oling. Shifokor nazorati ostida bolangizga har doim yod preparatlari berib turing;

✔️farzandingizni hech boʻlmaganda, yiliga bir marotaba endokrinolog va tor mutaxassislar koʻrigidan oʻtkazib turing;

✔️bolalarga balogʻat yoshiga yetguniga qadar koʻproq oqsil berish kerak. Ular goʻdakligidan tuxum, tvorog kabi oqsilga boy mahsulotlar, salatlarni iste’mol qilib borsa, boʻy bilan bogʻliq boʻlgan muammolarga duchor boʻlmaydi;

✔️sport bilan shugʻullanish ham boʻyning oʻsishida muhim rol oʻynaydi. Ayniqsa, turnikda tortilish va suzish bilan shugʻullanish bolaning yaxshi oʻsishiga yordam beradi.

@endocrinoo
👍1
BOʻY OʻSISHI NIMAGA BOYGʻLIQ?

🔻Bolalar har doim bir xil “oʻsmaydi”. Shunday paytlar borki, bir necha haftada 10 sm gacha boʻy oʻsishi mumkin.
Qiziq tomoni, aynan bahorda boshqa fasllarga qaraganda tezroq katta boʻlishadi. Bu quyosh nurlari faollashishi bilan bogʻliq.

🔻Inson boʻyining oʻsishi gipofiz bezi ishlab chiqaradigan gormonga bogʻliq. U inson a’zo va toʻqimalarida oqsil hosil boʻlishini tezlashtiradi. Shu bilan birga, agar organizm kuchsiz ahvolda boʻlsa, u shunchaki oʻsishdan toʻxtaydi.
Demak, bolangizning oʻsmayotganini sezdingizmi, birinchi galda shifokor-endokrinologga uchrab, uni toʻlaqonli tekshiruvdan oʻtkazishingiz kerak.

🔻Agar farzandingizning boʻyidan xavotirda boʻlsangiz, shubha-gumonlaringizga aniqlik kiritish maqsadida bir necha tekshiruvlar joiz.

@endocrinoo
👍2
ERKAKLAR, SEMIRISHDAN EHTIYOT BOʻLING 🙅🏻‍♂️

🇺🇸 Аmerikalik urologlar: bel aylanasi katta boʻlgan erkaklarda jinsiy maylning susayishi, kunduzi va kechqurun peshob ajralishining buzilishi kuzatiladi, degan xulosaga kelishdi.

🔖 Yuqoridagi ma’lumotlardan koʻrinadiki, erkaklardagi ortiqcha vazn faqatgina yurak-qon tomir tizimigagina emas, jinsiy faoliyatga ham xalokatli ta’sir koʻrsatadi.

Shuning uchun olimlar erkaklarga semirishdan saqlanishni tavsiya etishadi. Xususan, bel aylanasidagi yogʻ qavatini kamaytirish erkak jinsiy hayotining yaxshilanishiga, peshob ajralish tizimi faoliyatining me’yorlashishiga xizmat qiladi.

@endocrinoo
1👍1
U qiziga aytdi, men farrosh boʻlib ishlashimni, hech kimga aytmang, sizni xafa qilib qoʻyishadi deb qoʻrqaman.

Qizi ushbu suratni Internetga joylashtirdi va shunday deb yozdi: "Bu mening otam! Men u bilan butun umr faxrlanaman!"

©️ Abdulloh ibn Abdurahim

@endocrinoo
1👍1
⚡️Qachon yana bo‘y o‘sadi deb umid qilish mumkin?

Hayot qonuni shunday, ozg‘in semirishni, semirgan ozishni, bo‘yi past inson o‘sishni istaydi.

♻️18-20 yoshga yetib ham o‘zining yoki farzandining bo‘yidan norozilar bo‘y o‘stirishni boshqa yo‘llarini qidirishadi.

🪴 Bo‘y o‘sishi asosan oyoq suyaklari hisobiga amalga oshadi. Bu naysimon suyaklarning uchlarida maxsus hali suyaklanmagan o‘sish nuqtalari bo‘ladi. Soddaroq aytsak suyakning uchidagi tog‘ayga o‘xshagan qismi qolgan bo‘lsa o‘sishdan umid bor.

🔖Ko‘pincha shu qism mavjud bo‘lsa ham qonda Somototrop gormoni yetarli bo‘lmasligi tufayli bo‘y o‘smay qoladi. Ya’ni suyakning o‘sish nuqtalarini rag‘bantiruvchi vosita aynan Somototrop garmonidir.

Bu ukolni Endokrinolog nazorati ostida qabul qilish mumkin.

🪴Xulosa shuki, oyoq suyaklaringizni rentgen qilasiz va endokrinologga uchraysiz.

@endocrinoo
1👍1
Qarshi shahrida glyukometr ishlab chiqariladi

Qashqadaryo viloyati markazida glyukoza miqdorini nazorat qilib, qandli diabet kasalligini aniqlashda foydalaniladigan tibbiy asbob — glyukometr ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.

Qarshi shahrida Janubiy Koreyalik investorlar — “И-сенс Инc” kompaniyasi vakillari Allen Xan va Ji Dong Park bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda shunday kelishuvga erishildi.

Viloyat rahbariyati hamda sogʻliqni saqlash boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida oʻtgan muloqotda ushbu loyihani amalga oshirish mexanizmlari muhokama etildi.

Voha endokrinologlarining ta’kidlashicha, mahalliy sharoitda glyukometr ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilsa, qandli diabet kasalligi profilaktikasi va mulojasida imkoniyatlar yanada kengayadi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

@endocrinoo
👍1🔥1
🔘Abu Ali ibn Sino shunday degan edi:

♻️"Agar muntazam ravishda badantarbiya mashqlari bilan shug'ullanilsa, dori-darmon iste'mol qilishga ehtiyoj qolmas edi"

"Rosululloh s.a.v ning tabobati" kitobidan

🚶Hech bo‘lmaganda, har kuni biroz piyoda yurishga odatlaning!

@endocrinoo
👍21
🌱Pankreatit🌱

📖Ta’rif;
Me’da osti bezining yalligʻlanishi. Oʻtkir va surunkali boʻladi.

🏷Sabablari;
Alkogolizm,
Yolchitib ovqatlanmaslik yoki me’yoridan ortiq ovqat yoyish,
Oʻt toshi kasalligi natijasida paydo boʻladi.
Infeksion kasalliklar,
Shikastlanishlar,
Qorin boʻshligʻidagi turli yalligʻlanishlar sabab boʻladi.

🍃Belgilari;
💭me’da osti bezi shishadi;
💭bezning yalligʻlangan qismi iriydi yoki toʻqimalari nobud boʻladi.
💭qorinning yuqori qismi qattiq ogʻriydi va ogʻriq orqaga tarqaladi
💭bemorning koʻngli aynib, qusadi,
💭yel kelmaydi,
💭ogʻriq zoʻrligidan hushdan ketib qoladi...

👨🏻‍⚕Davolash
Biz aytib oʻtgan belgilar va sabablar asosan, oʻtkir pankreatitga xos. Surunkali pankeratit esa, oʻtkir pankreatit natijasida yuzaga keladi va alomatlari deyarli, oʻtkir pankreatitga oʻxshab ketadi.

🖋Dorilar
💊Gavikson
💊Pankreatin
💊Mezim
💊Festal
💊Regidron

Mutaxasis Gastroenterolog!

@endocrinoo
1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolani allergik kasalliklardan himoya qilishda nimalarga e’tibor berish lozim?

Qaysi modda, kimning organizmida allergik reaksiyalar keltirib chiqarishi noma’lum, ammo ba’zi mahsulotlarning allergenlik xavfi yuqori, jumladan:

Sitrus mevalar, qulupnay, pomidor, chang, hayvon tuklari, dudlangan va konservalangan mahsulotlar;

Bir yoshgacha boʻlgan bolalarga ushbu mahsulotlar iste’molini cheklash, uy hayvonlari bilan aloqa qildirmaslik, bolaning oʻrin -joyi hayvon parlaridan tayyorlanmagan boʻlishi lozim. Bola yashaydigan xonaning ozodaligi, oʻyinchoqlarning tozaligi va erta bahor mavsumida bolaning immuniteti baland boʻlishi tavsiya etiladi.

Ona allergik kasalliklar bilan kasallangan boʻlsa, homiladorlikni rejalashtirishdan oldin allergolog-shifokor bilan maslahatlashishi lozim!


@endocrinoo
👍1🔥1
Qalqonsimon bez sintigrafiya tekshiruvi qachon va nima uchun qoʻllaniladi?

Sintigrafiya - zamonaviy nur diagnostika usullaridan biri boʻlib, organizmdagi funksional oʻzgarishlarning dastlabki bosqichlarida, kasalliklarni boshlangʻich davrida aniqlash uchun qoʻllaniladi.

Sintigrafiya tekshiruvi orqali qalqonsimon bezdagi oʻzgarishlar, yaxshi va yomon sifatli oʻsmalar, operatsiyadan oldingi va keyingi oʻzgarishlar, radioyodterapiyadan keyingi oʻzgarishlar aniqlanadi.

Ushbu tekshiruv usuli saraton kasalliklarida, boʻgʻimlardagi sababsiz ogʻriqlarda, suyaklar tez-tez sinishi va suyak-boʻgʻim kasalliklarida ham qoʻllaniladi.

@endocrinoo
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤰🏻Homilador ayollarni eng ko’p tashvishga soladigan holat... Homilaning o’sishdan to’xtashi....

@endocrinoo

 
👍1
Oliy navli yoki quyi navdagi unni qay biri yaxshi?

Un — roʻzgʻorimizni ajralmas qismi. Undan non, makaron, turli xil pishiriqlar va taomlar tayyorlanadi. Hozirda koʻpchilik roʻzgʻorga oliy navli un ishlatadi, sababi koʻrinishi oqligidan e’tiborni tortishi, xamirni yaxshi koʻtarilishi, mazasi shirinligi va h.k. Lekin oliy navli unni quyi navdagi unlarga nisbatan foydasi kamroq va zarari koʻproq boʻladi, bunga sabab bugʻdoydan un qilinayotganda uni qobigʻi (kepak) alohida qilinadi. Tegirmondan birinchi oʻtkazilgan unda mana shu qobiq (kepak) qismi boʻlmaydi. Qayta-qayta oʻtkazish jarayonida kepak unga qoʻshilib navi pasayib boradi.

Bugʻdoyni qobigʻi oʻzida koʻplab kletchatka, minerallar, vitaminlar saqlaydi. Endi oʻylab koʻring, qobiqsiz (kepaksiz) un foydaliroqmi yoki kobiqli? Albatta, quyi navdagi unlar oʻzida koʻproq foydali moddalar saqlaydi va roʻzgʻorga shunday unlardan foydalanish tavsiya qilinadi.

@endocrinoo
👍2
Iqtisod (ekonom) qilishni bilish — ozdiradi!

Bu juda oddiy!
1 kishilik taomni 2 kishi;
2 kishilik taomni 3 kishi;
3 kishilik taomni 5 kishi;
4 kishilik taomni 7 kishi;
5 kishilik taomni 8-9 kishi yesa toʻyadi.

Bunda ikkita foyda bor:
1. Kaloriya tanqisligi boʻlgani sabab oriqcha tana vaznidan qutulasiz.
2. Oilaviy budjetga foyda keltirasiz.

Rasmlarda mahsulotlarni bir kishiga bir porsiya uchun taxminan qancha olish kerakligi boʻyicha layfxak!

@endocrinoo
👍2
Semirtiradigan dori vositalari

— Kortikosteroidlar (prednizolon, gidrokortizon)
— Antidepressantlar (amitriptilin, mitrazapin, sitalopram, paroksetin, imipramin)
— Homiladorlikdan saqlovchi dori vositalari

Bu vositalar ishtahani qoʻzgʻab, moddalar almashinuvini sekinlashtiradi, hamda gormonal disbalans chaqiradi.

@endocrinoo
Rux (sink) tanqisligining 6 ta asosiy belgisi

Organizmda sink yetishmovchiligi juda keng tarqalgan boʻlib, sogʻliq bilan bogʻliq muammolarga olib keladi. Aholining deyarli 70% ida rux yetishmaydi.

1. Immun tizimi zaiflashadi
Agar siz tez-tez kasallanishga moyil boʻlsangiz, immunitet tizimi bilan bogʻliq muammolarga duch kelsangiz yoki har qanday turdagi surunkali allergiyaga ega boʻlsangiz, bu sizda rux yetishmasligidan jiddiy ogohlantiruvchi belgidir. Rux sizning immunitetingiz uchun juda muhimdir.

2. Ichak ta’sirlanish sindromi
Ichakning ta’sirlanishi tizimli yalligʻlanishni keltirib chiqaradigan holat boʻlib, oziq-ovqat allergiyalari, qalqonsimon bez muammolari va buyrak usti bezining ishdan chiqishi bilan bogʻliq.

3. Diareya
Agar siz muntazam ravishda diareya bilan kurashsangiz, bu rux yetishmasligining eng keng tarqalgan belgilaridan biridir. Bundan tashqari qorin tez-tez dam boʻlib turadi. Rux qoʻshimcha ravishda bolalarga berish diareyani davolashi isbotlangan.

4. Sochlarni toʻkilishi, jilosini pasayishi
Sochlar ingichka boʻlib qoladi yoki toʻkiladi. Agar sochlaringiz nozik boʻlsa yoki tez-tez toʻkilsa, rux soch qalinligini oshirishga va toʻkilmasligi uchun yordam beradigan muhim ozuqa hisoblanadi. Nozik sochlar yoki kallikni sabablarini izlashda rux yetishmovchiligi koʻpincha e’tibordan chetda qoladi. Rux ovqat qoʻshimchasi sifatida soch toʻkilishi uchun tabiiy vositadir.

5. Terini yalligʻlanish kasalliklari
Ayniqsa akne, ekzema, dermatit yoki psoriaz kasalliklari rux yetishmasligining asosiy belgilaridan hisoblanadi.

6. Erkaklarda bepushtlik, past libido, jinsiy zaiflik
Rux erkaklik gormoni — testosteron tarkibiga kiradi. Rux yetishmasligi ushbu gormonni miqdorini va aktivligini kamayishiga sabab buladi

@endocrinoo
👍1
​​​​Sink — rux elementi (Зн)

Sink voyaga yetgan erkak organizmida oʻrtacha 2,5 g, ayollarda 1,5 g atrofida mavjud boʻlib, u asosan prostata bezi, mushaklar, jigar va oshqozon osti bezida toʻplanadi. 50 ml urugʻ (sperma) tarkibida 10 milligramm sink bor. Sink organizmdagi 400 dan ortiq fermentlar tarkibiga kiradi. Fermentlar tarkibidagi Зн²+ ionlari suv molekulalari va organik moddalarning qutblanishiga olib keladi va ularni reaksiyaga kirishtirib, deprotonlashga yordam beradi.

Asosiy biologik vazifalari:
• Sperma va erkaklik gormonlarini ishlab chiqarish uchun eng kerakli element;
• Ye vitamini sintezi uchun zarur;
• Prostata bezini normal ishlashi uchun nihoyatda zarur.
• Organizmdagi turli anabolik gormonlar, shu jumladan insulin, testosteron va oʻsish gormoni sintezida ishtirok etadi. 
• Tanadagi alkogolning parchalanishi uchun zarurdir, chunki u alkogoldegidrogenaza tarkibiga kiradi. 

Sink yetishmasligi
MKB-10: Ye60

Asosiy belgilari:
Organizmda sink yetishmasligi bir qator oʻzgarishlarga olib keladi. Ular orasida: 
✓ asabiylashish, charchoq, xotirani yoʻqolishi, depressiya, koʻrish oʻtkirligining pasayishi;
✓ vazn yoʻqotish, organizmda ba’zi elementlarni (temir, mis, kadmiy, qoʻrgʻoshin) toʻplanishi;
✓ insulin miqdorining kamayishi;
✓ allergik kasalliklar rivojlanishi;
✓ anemiya;
✓ ishtahani yoʻqolishi, ta’m sezishni buzilishi va ovqat ta’mini yomonlashishi;
✓ organizm immun tizimi zaiflashishi, yuqumli va shamollash kasalliklariga moyil boʻlib qolish, yaralarni yaxshi bitmasligi;
✓ oʻsishdan toʻxtash yoki uni susayishi, gipogonadizm va jinsiy yetilishda ortda qolish; 
✓ teri oʻzgarishi, soch oʻzgarishi odatda dermatitdan keyin kuzatiladi, soch gipopigmentatsiyaga uchrashi, qizgʻish rangga kirishi mumkin. Xarakterli hususiyat — oʻchoqli soch toʻkilishi (alopesiya).

Tanadagi sink miqdorini soch, qon va uning zardobidagi konsentratsiyasiga qarab aniqlanadi.

Sutkalik extiyoj: 
Erkaklar: 15 mg 
Ayollar: 12 mg 
Jinsiy faollik davrida erkaklarda sinkka kunlik talab oshadi va 30–70 mg ni tashkil qiladi.
Homiladorlikda: 15 mg
Laktatsiya (birinchi 6 oy): 19 mg
Laktatsiya (ikkinchi 6 oy): 16 mg
Bolalar: 
0–1 yosh: 3 mg
1–3 yosh: 5 mg
3–7 yosh: 8 mg
7–11 yosh: 10 mg
11–18 yosh: 12 mg

Iste’mol qilinadigan ozuqalar orasida eng koʻp sink saqlovchilar: ustritsa, oshqovoq va kungaboqar urugʻi (pistasi), kunjut, goʻsht, pishloq, joʻxori uni, dukkaklilar va shokolad.

100 g mahsulotdagi sink miqdori:
Oshqovoq urugʻida—10 mg, kunjut—7 mg, kedr yongʻogʻi—6,4 mg, kungaboqar urugʻi—5,4 mg, bodom va oddiy yongʻoq—3 mg.
Jigar—4 mg, goʻshtda—4–8 mg.
Chechevitsa—4,8 mg, yeryongʻoq—4 mg, noʻxat—1,3 mg.
Qattiq pishloq—3–4 mg, sut—0,4 mg.
Ustritsa—16–40 mg.
Kakao poroshogi—6,8 mg.

@endocrinoo
👍1