Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
616 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Jinsiy funksiyani oshirish uchun qaysi vitamin va minerallar zarur???

Jinsiy gormonlar ishlab chiqarilishini oshiruvchi asosiy vitamin - bu E vitamini.

Shunday ta’sir qiluvchi mikroelement esa - rux (sink).

Tarkibida E vitamini yoki rux saqlovchi preparatlarni kunning qaysi vaqtida qabul qilishni yuqoridagi rasmdan bilib olishingiz mumkin

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
Insulinrezistentlikda uchrovchi tashqi belgilar.

Maʼlumki insulinrezistentlik keyinchalik qandli diabetga chalinish ehtimolini juda yuqoriga olib chiqadi.

Papilloma
Boʻyin soxasi qorayishi
Keratoma
Teri quruqlashishi
Bel aylanasi ortishi(qorin solish)
Teri burma soxalarida qorayishlar

Koʻplab insonlarda papilloma uchraydi qovoq, boʻyin, qoʻltiq osti soxadagi holatni so'gal deb qabul qiladi va bazan kuydirib estetik chiroy hosil qilishadi. Agar anglaganliklarida edi kelajagi haqida jiddiy belgi ekanini...

Koʻpchilikda bu simptomlar mavjud boʻlib buni dermatolog bilan davolamoqchi boʻladi

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
Insulinrezistentlik (IR) - bu hujayralar insulin gormonini idrok eta olmasligi va glukozani singdira olmasligi. Hujayra energiya uchun glukozaga muhtoj, ammo u hujayra ichiga kirmasa, u "qonda suzishni" boshlaydi.
Bir kishi uglevodlarni iste'mol qildi, lekin glukoza hujayralarga yetib bormadi, energiya yo'q edi va u yana ovqat eyishni xohlaydi.

IR sababi?
Har doimgidek, hammasi oddiy : ko'p miqdorda uglevodlar, shakar, choy partiyalari, xamir ovqatlar va pirojnoe. Shuningdek, stress, uyqu yetishmasligi

Ammo ko'pchilik odamlarda ko'p yillar davomida tartibsiz ovqatlanish va stressdan kelib chiqadi.

Shuning uchun, IR bizning zamonamizning ofatidir

IR belgilari:
Akantozis nigricans
tirsaklar, tizzalar, son sohasi, qo‘ltiqlarning qora/quruq terisi
Beldagi yog'li soxa, hatto oriq odamlar uchun ham ortiqcha vazn olish
tanadagi dog'lar, papillomalar, qizil nuqtalar
shirinliklar va uglevodlarga bo'lgan ishtiyoq, tez ochlik,
PCOS (polikistik tuxumdon sindromi), miomalar, ko'krak qafasidagi kistalar va boshqalar.
bepushtlik
osteoporoz
2-toifa qandli diabet
sellulit, ajinlar, terining osilishi va boshqalar.‌‌

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
#hazil_time

Semiz odam va tuya.

Tanadagi ortiqcha yogʻ bu xayotni kritik laxzalari uchun asrab qoʻyiladigan kilokalloriyadir. Oʻrtacha odamda 10 ming kkal energiya zaxirada yogʻ toʻqima shaklida turadi. Semiz odamda bu koʻrsatkich 100 ming kkal va undan oshiqroq boʻladi.

Tuya uzoq safarlardan oldin oʻrkachlariga yogʻ yigʻadi. Maqsad choʻldagi kritik vaziyatda omon qolish.

Agar siz choʻlda yoki ochlik va suvsizlik taxdid qilmayotgan sharoitda yashayotgan boʻlsangiz ozishingiz kerak.

😀

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
😁7👍2👏2
Bemorda manifest gipotireoz

Uzoq vaqt teri quruqlashishi, ich qotishi, qorinda ogʻriqlar, ovoz oʻzgarishi, sovuq qotishi boʻlgan lekin shifokorga koʻrinmagan

Sizda shunday holat uchrasa albatta endokrinologga murojaat qiling

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5
1-tur va 2-tur qandli diabetning difdiagnostikasi.

1) Kasallik paydo bo'ladigan davr
1-tur-----asosan 25 yoshgacha
2-tur-----asosan 35 yoshdan keyin.

2) Kasallik boshlanishi:
1-tur--- o'tkir
2-tur--- sekinlik bilan

3) Bemorning vazni va ko'rinishi:
1-tur--- ozg'in, vazni kamaygan
2-tur---to'ladan kelgan, semiz

3) kasallik belgilari:
1-tur--- yaqqol ifodalangan
2-tur---ancha sust nomoyon bo'ladi.

4) Ketoatsidozga moyillik:
1-tur--- ketoatsidoz tez-tez uchraydi
2-tur--- ketoatsidoz kam uchraydi

5) Diabetik ketoatsidoz komaga moyillik:
1-tur--- juda yuqori
2-tur---kamdan kam xolda uchraydi

6) Qondagi qand miqdorini pasaytiruvchi dorilar tasiri
1-tur--- yo'q
2-tur--- kuchli

7) Qondagi insulin miqdori
1-tur---yo'qolgan yoki juda kam
2-tur---me'yorda yoki biroz kamaygan

8) Qandli diabetning kechki asoratlari(retinopatiya, nefropatiya, polineyropatiya, makro-mikro angiopatiya, diabetik to'piq sindromi):
1-tur--- qandli diabet tashxisi qo'yilganda aniqlanmaydi.
2-tur--- qandli diabet aniqlanganda odatda asoratlar rivojlangan bo'ladi.

9) Uchrashi mumkin bo'lgan komalar
1-tur--- ketoatsidoz koma
2-tur--- giperosmolyar koma.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5
💨 Ich ketishiga qarshi qarshi dori vositalar

🔶 Loperamid

🔶 Imodium

🔶 Smekta

🔶 Ersefuril

🔶 Enterojermina

🔶 Bifidobakterin

🔶 Lineks


💨 Ich qotishiga qarshi dori vositalar

🔶 Parxez

🔶 Pikolaks

🔶 Senadeksin

🔶 Dyufalak

🔶 Guttalaks

🔶 Bisakodil

Qandli diabetda gastrointestinal sindrom sababli ich qotishi va oʻtishi almashib turish holatlari uchraydi.

Davolash murakkab boʻlgani sababli asosan simptomatik ☝️ boʻladi

Kanalga aʼzo boʻling.
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijon davlat tibbiyot institutining Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori Shaxnoza Yusupova faoliyatiga “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “E’zoz” ko‘rsatuvi orqali nazar solindi.

USTOZLARIMIZ BIZNI😊

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
4👍1
Qandli diabet kasalligida ishlatiladigan dorilar.

1) Biguanidlar (metforminlar)
--- Metforminlar (Siofor, asformin, insufor, metfogamma, glyupa, glyukofaj, diaformin, metformin).

2) Sulfanilmochevina (SM)
---Diaglizid (diaglizid, diabeton MR, genezis, glikilazid, glikada).
---Glibenklamid (glibenklamid, maninil, glibeks).
---glimepirid (amaril, glimepirid, insuprid, oltar, glimaks).
---glipizid (minidiab, glibiniez).
---glikvidon (glyurenorm).

3) Tiozolidindionlar (TZD)
TZD larning nojo'ya ta'sirlari ko'pligi uchun O'zbekistonda deyarli ishlatilmaydi.

4) Dipeptidilpeptidaza-4 (DPP-4) ingibitorlari.
---sitagliptin (yanuvia, siglip)
---vildagliptin (galvus)
---saksagliptin (trajenta)
---alogliptin (vipidiya).

5) Glukopodopniy peptid-1 (GPP-1) agonistlari.
---liraglutid (viktoza)
---eksenatid (baeta )
---liksesenatid (liksumiya)
---dulaglutid (trulisiti)
---albiglyutid (empezan)

6) Natriy-glyukoza transporteri-2 (SGLT-2) ingibitorlari (gliflozinlar)
---empaglofilazin (djardins, diampa, emflazin)
---kanagloflozin (invokana)
---dapaglofilozin (forsiga)

7) Meglitid analoglari
---repaglind (novo Norm)
---nateglinid (starliks)


8) Kombinatsiyali dorilar
---amaril M (amaril-metformin)
---glimekomb (gliklazid-metformin)
--glibomer (glibenklamid-metformin)
---yanumet, siglip-M (sitagliptin-metformin)
---galvus-met ( vildagliptin-metformin)
---gliksambi (linagliptin-empaglofilozin)
---sinjardi (empaglifilozin-metformin)
---djentdueto (linagliptin-metformin)
---ksigdo prolong (dapaglofilozin-metformin)

P. S. Qandli diabet 1-tur va gestatsion (homiladorlik) diabetlarda bu dori vositalarini qo'llash mumkin emas.
Ular faqat insulin terapiya qilinadi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍61
Endokrin bezlar va ularning garmonlari.

1. Gipotlamus:
---Liberinlar( somatoliberin, kortikoliberin, tireoliberin, lyuliberin, follikulaliberin, melanoliberin, prolaktiliberin) ---Statinlar( somatostatin, prolaktistatin, melanostatin)
---Antidiuretik gormon (ADG) ikkinchi nomi (vazopressin)
---Oksitotsin.

2. Gipofiz:
---Tireotrop gormon (TTG)
---Adrenokortikotrop gormon(AKTG)
---Follikula stimullovchi gormon(FSG)
---Melanin stimullovchi gormon(MSG)
---Lyuteinlovchi gormon(LG)
---Somatotrop gormon (STG) ikkinchi nomi o'sish gormoni
---Prolaktin(PRL)
---Gipofiz orqa bo'lagida Gipotalamusning vazopressin va oksitotsin gormonini o'zida saqlaydi.

3. Qalqonsimon bez:
---Tiroksin(T⁴)
---Triyodtironin(T³).

4. Qalqonoldi bezi:
---Paratgarmon(PTG) ikkinchi nomi parateriod gormon.

5. Buyrak usti bezi:
---Mineralokortikoidlar: aldosteron
---Glyukortikoidlar:Kortizol (gidrokortizon)
---Androgenlar: Degidroepiandrosteron(DGEA), androstendion.
---Katexolaminlar: adrenalin, noradrenalin.

6. Oshqozon osti bezi Langergans orolchalari:
---Insulin
---Glyukogon
---Somatostatin

7. Jinsiy bezlar:
---Tuxumdonlar:Estron, estradiol, progesteron
---Urug'donlar: testosteron, degidrotesteron.

8. Timus:
-Timopoetin, timozin.

9. Epifiz:
---melatonin
---seratonin.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍41
TORCH infeksiyasi homiladorlikda qanchali xavfli???

TORCH infeksiya nima?

 T.O.R.C.H. – bu qisqartma homila uchun xavfli hisoblangan infeksiyalarning bosh harflaridan tuzilgan:

T (toxoplasmosis) – toksoplazmoz
O (other) – infeksiyalar (gepatit B, sifilis, xlamidioz va boshqa virus va bakteriyalar orqali rivojlanadigan kasalliklar).
R (rubella) – qizilcha.
C (citomegalia) –. sitomegalovirus infeksiyasi.
H (herpes) –  I-II, II turdagi gerpes.

🍃TORCH guruhi qanday xavf tug‘diradi?

📈Homiladorlik vaqtida bu guruhga kiruvchi viruslardan birontasining ilk marta yuqishi xavfli hisoblanadi. Ya’ni tanada immunitet hosil bo‘lmagan virus yoki infeksiyaga to‘qnashib qolish oqibati noxushlikka olib kelishi mumkin.

📈Homilador ayolda ko‘pincha bu holatning asratlari turli muddatlarda homila tushishiga zamin yaratadi. Demak surunkali infeksiya, ya’ni bu infeksiyani oldindan bo‘lishiga qaraganda uni yangi yuqtirish, o‘tkir infeksion xastalik bilan og‘rish holati homila uchun jiddiy xavf tug‘diradi.

Yaqinlarizga ham ulashing!!!

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1🔥1
B2 vitamini yetishmasligini bilib oling.

⚡️Eng ko‘p uchraydigan belgisi lab burchagidagi yorilish va stomatitlar. Og‘izda va labdagi xar xil toshmalar xam shuniki.
O‘ylaymanki, bu bilan xayotingizda bir martta bo‘lsa xam to‘qnashgansiz.

Bundan tashqari sochlarni yog‘lanishi, qazg‘oq ko‘payishi va terining sho‘rlashi xam aynan mana shu vitamin yetishmayotganidan darak.

Aptekalardan Riboflovin vitamini yoki vitamin B2 deb so‘rasangiz bo‘ladi. Kuniga 1-2 maxal ichiladi.

Shifokor bilan maslaxatlashib qo‘ying.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Falastinlik bir ota farzandining nafas yo‘liga ovqat tiqilib qolish natijasida bo‘g‘ilib nafas ololmay qolgan farzandini doktorga olib boradi. Doktor bolakayga birinchi yordamni ko‘rsatib Allohning izni bilan bolaning hayotini saqlab qoladi. Buni ko‘rgan ota xursandchilikdan o‘zini doktorning oyoqlarining tagiga tashlaydi.

Shuning uchun ham doktorlik kasbi va doktorlarning hurmati yuqori o‘rin tutadi.

Kurib kuzinggizga yosh kelsa siz yaxshi odamsiz

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥8👍32
Bolalarda va kattalarda yot jism nafas yoʻliga tiqilganda 1-yordam koʻrsatish usuli.

Kattalarda bemor orqa tarafidan quchoqlagan holatda qoʻllar qorinning yuqori qismiga(epigastral) ustma-ust qoʻyib qattiq qisiladi natijada bosim sababli jism qaytib chiqadi.

Bolalar suyaklar hali nozik ekani sababli umurtqa soxaga rasmdagidek urish eng samarali usuldir

Barchamizni yaratganni oʻzi panohida saqlasin.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍41
#hazil_time

Okulist xonasida:

Bu qaysi harf?
--- mmm bumi Me xarfi

Bunaqa xarf yoʻq, bu Em xarfi

Bu qaysi harf?
--- bunisimi, bu Ne xarfi

Unaqa xarf ham yoʻq. Bu En xarfi.

Xo'sh bu qaysi xarf ekan?
--- bu Ep xarfi

😡😡😡😡😡😡

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
😁3🤔1