Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Milodiy 2024-yil Ramazon oyining soʻnggi jumasi muborak boʻlsin🌙

Kelgusi ramazon oyida ham birgalikda shu kunlarni nishonlash nasibu roʻza aylasin

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
5👍1🔥1
Qalqonsimon bez kistasi nima?

📝Endokrinolog : Fayzullayev Jahongir ( @endocrinoo )

Qalqonsimon bezda (QB) odatda 90% holatda tugunlar yaxshi sifatli boʻladi. Shulardan bir turi bu QB kistasi.

Kelib chiqish sabablari:
--Gormonal disbalans
--Selen va yod yetishmasligi
--Nasliy moyillik
--Ekologiyaning yomon taʼsiri
--Toksik zararli taʼsirlar

Shuningdek: stress, immunitet tushishi,endokrin bezlar patologiyasi, autoimmun jarayon.

Diagnostika:
--Dastlab ultratovush tekshiruvi (UTT) qalqonsimon bez uchun
--Biopsiya - agar tugun oʻlchami 10 mm dan katta boʻlganda zarur tekshiruv
--Gormonlar taxlili : TTG, T4(erkin),T3 AT-TPO

Shuningdek: bronxoskopiya, angiografiya, KT

Davolash: 2 turda olib boriladi
-- Konservativ 💊
Qalqonsimon bez gormonlari, yod, so'rdiruvchi terapiya

-- Hirurgik🔪
Bu usul ham 2 turdan boʻladi:

1- maloinvaziv usulda ingichka maxsus igna orqali kista suyuqligi tortib olinadi

2- qalqonsimon bez boʻlagi olib tashlanadi
Gemitireoidektomiya - qalqonsimon bez 1 boʻlagi olib tashlanadi
Subtotal strumektomiya - qalqonsimon bez 2 boʻlagi ham olib tashlanadi

Qalqonsimon bez olib tashlanganda qalqon oldi bezi ham olib tashlanadi.
Natijada keyinchalik vitamin D va kalsiy ham qoʻshimcha sifatida ichib turiladi.
Agar qalqonsimon bez toʻliq olib tashlangan boʻlsa davomiy qalqonsimon bez gormonlari ichib turiladi ( eutiroks, l-tiroksin, levotiroksin natriy)

Kista haqida avvalgi post

Oʻzingizni professionallarga topshiring

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍42🔥1👏1💯1
Yetakchi D vitamin saqlovchilar 100 gr uchun.

Baliq yogʻi - 924 mg
Atlantika seldi - 120 mg
Tayyorlangan losos - 120 mg
Sifatli sut ( 1stakan ) - 98 ME
Tuhum sarigʻi - 25 ME
Mol jigari - 12-30 ME

Ana endi D vitamini tabiiy manbasini bilasiz aziz kuzatuvchilar

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥6👍21👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔷Insulin ineksiyasi qanday qilinsa to'g'ri bo'ladi ?


Igna sanchilib insulin yuborilgandan so'ng 10 soniya kutib turib keyin sug'urib olish kerak (esda saqlang).


@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍41👏1
Oramizda tabiiy yoʻl bilan isteʼmol qilyapman yodni deydiganlar juda koʻp topiladi.

Endi ushbu jadval orqali ozgina xisob qilgan holda bilib olishingiz mumkinki homilador ayol kunlik yodni tabiiy yoʻl bilan toʻldirishi uchun kuniga 7200 gr (7.2 kg) xurmo yeyishi yoki 11200 gr (11.2 kg) qoʻy goʻshti va yoki 12600 gr (12.6 kg) olma isteʼmol qilishi kerak


Xoʻsh siz shuncha mahsulot isteʼmol qilayapsizmi 1 kunda

Demak 1 dona tabletka orqali yodni keragini qabul qilish osonroq va arzonroq menimcha

Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
💯3👍2👏1
Homilador boʻlishingizga qarshilik qiluvchi gormonlardan biri bu PROLAKTIN boʻlib u gipofizning oldingi bo'lagidan ajraladi
Normal miqdoridan ortishi bu homilador boʻlishga qarshilik qiladi yoki homilani rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi

Prolaktinning asosiy vazifasi sut bezi rivojlanishi, sekretsiyasini taminlaydi

Prolaktin miqdori homiladorlik davridan bir necha karra ortishi tabiiy jarayon xisoblanadi.
Ammo boshqa holatlarda ortishi esa kasallik xisoblanadi.

Natijani aniqlash qondagi gormon miqdori orqali bilinadi

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2
Gemoglobinni qanday qilib tez ko'tarish mumkin?

Bu postda qisqa vaqt ichida gemoglobinni ko'taruvchi mahsulotlarni keltirib o'taman.

NAʻMATAK (shipovnik) damlamasiga asal qo'shib ichish. Naʻmatak 100 g miqdorini 1 litr idishga damlanadi va kun davomida ichiladi.
✓ Quruq mevalar temir moddasiga juda boy. Rekordsmeni — PISTA. Hech bo'lmasa har kuni 4–6 ta turshak yoki boshqa quruq mevalardan isteʻmol qilib turish kerak.
GRЕCHKA — temir moddasiga juda boy!
✓ Meva va rezavorlarni to'q yashil va qizil ranglilari temirga boy bo'ladi. Rekordsmenlari — XURMO, ANOR
Bulardan tashqari qora ikra, dukkaklilar, yormalar, plombir, qizil go'sht temir moddasiga boy mahsulotlar hisoblanadi.

🖼️ Rasmda tarkibida ko'p miqdorda temir moddasi saqlovchi mahsulotlar (100 g da qancha temir borligi) ko'rsatilgan.

Hozirda statistika boʻyicha 90% ziyod insonda KAMQONLIK mavjud🩸

Ushbu postni imkon qadar koʻproq insonlarga yuboring
📱📲

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kanaldagi malumotlarni imkon qadar yaqinlaringizga ulashing

Biz siz uchun harakatdamiz
Tibbiy bilimingizni biz bilan yuksaklarga yetkazing

@endocrinoo
👍2
Diabetda mandarin🍊 mumkinmi?

📝Endokrinolog : Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Mandarin bayramlarda sevimli meva hisoblanadi.

100 gr mahsulot tarkibida
0.8 gr oqsil
0.2 gr yogʻ
7-13 gr uglevod

Bu glukoza toza shakar emas va fruktoza tolalari shaklida boʻladi. Manba

Kaloriyalikligi 35-40 kkal

Glikemik indeks 30 - 35
Qonda qandni sekin koʻtaradi. Manba

Koʻplab mineral va vitaminlarga boy
Vitamin C , A , B
Kaliy, molibden, kobalt

Kuniga 2-3ta yeyish mumkin. Manba

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍91👏1
Jismoniy faollik diabetda surunkali buyrak kasalligining rivojlanishini sekinlashtiradi

Xitoylik olimlar jismoniy faollik ortiqcha vazn yoki semizlik va 2-toifa diabetga chalingan odamlarda surunkali buyrak kasalligining rivojlanish xavfiga qanday ta'sir qilishini aniqladilar. Tadqiqot natijalari British Journal of Sports Medicine jurnalida chop etildi.

Look AHEAD tadqiqotida 1746 ishtirokchi ma'lumotlari tahlil qilindi. Jismoniy faollikni baholash uchun akselerometr ishlatilgan.
Surunkali buyrak kasalligining rivojlanishi glomerulyar filtratsiya tezligining 60 ml / min / 1,73 m2 dan past bo'lishi, kuzatuv tashrifida (boshlang'ichga nisbatan) kamida 30% pasayish yoki surunkali surunkali rivojlanishning oxirgi bosqichi sifatida baholandi.

Tahlil shuni ko'rsatdiki, har 100 daqiqada o'rtacha va kuchli intensivlikdagi jismoniy faollik surunkali buyrak kasalligiga o'tish xavfini 9% ga kamaytiradi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2👏1
1 oylik muddat ham yakunlanib ramazon bizni tark etmoqda.

Gunohlardan poklanish, avf etilish , duolar ijobat oy yakuniga yetmoqda.

Kelgusi yil shu kunlarga yetishlikni yaratgandan soʻrab qolaman barchamizga
🌙
👍32😢1
Dil sarosar, termular mahzun
U azondan bu azongacha.
Umr - yo‘g‘on ichakdek uzun,
Ramazondan ramazongacha.

Umummiz va safda yalpimiz
Aylanguncha barg xazongacha.
Shaytonlarga o‘lja qalbimiz
Ramazondan ramazongacha!

Oh, chap yelka farishtamizga
Ish topilar tun - azongacha.
Ishonch ham yo‘q sarishtamizga
Ramazondan ramazongacha!

Lain, daf bo‘l, yo‘lingdan qolma,
Quvma Shoshdan Xurosongacha.
Alloh, Alloh, jonimiz olma
Ramazondan ramazongacha!

Bo‘m-bo‘sh turar shaytoniy qafas,
Yel ko‘pirar sel, to‘zongacha.
Bir amallab yashab o‘tsak, bas,
Ramazondan ramazongacha!
🌙

@endocrinoo
6👏1
📝 Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir ( @endocrinoo )

🦴Suyaklar tirik organ sifatida taxminan 70% mineral va 30% organik komponentlardan iborat.
🌍Dunyo bo'ylab 200 millionga yaqin odam osteopeniya va osteoporozdan aziyat chekmoqda.
Taxminan 3 ayoldan 1 tasida va 50 yoshdan oshgan 5 erkakdan 1 tasida suyak anomaliyalarining ayrim shakllari mavjud.
Aholining qarishidan kelib chiqqan holda, yaqin kelajakda suyak kasalliklarining tarqalishi ko'payishi taxmin qilinmoqda. Amerika Qo'shma Shtatlarida 2050 yilgacha suyak kasalliklari ayollarda 2,4 baravar va erkaklarda 3,1 baravar oshishi taxmin qilinmoqda.

⚡️Osteoklastlar suyak rezorbsiyasi(yemirilishi) uchun javobgar bo'lgan asosiy hujayralardir. Ular suyaklar yuzasida joylashgan bo'lib, vazifasiga ko'ra xandaklar hosil qiladi. Faollashtirilgan osteoklastlar suyaklardagi biriktiruvchi to'qimalarni yo'q qiladigan proteolitik fermentlarni chiqaradi. Shuningdek, ular suyaklarning mineral qismini parchalovchi ba'zi kislotalarni chiqaradilar.

🧩Osteoblastlar esa suyak hosil boʻlishida qatnashuvchi hujayralardir.

‼️Qarilik, estrogen etishmovchiligi, yallig'lanish, metabolik kasalliklar, noto'g'ri ovqatlanish,stress , buyrak funktsiyasining buzilishi, glukokortikoidlar kabi ba'zi dorilarning yon ta'siri ham suyak salomatligi uchun bir qator xavfdir.

Suyakni endogen va ekzogen xavf omillaridan himoya qilishning ko'plab usullari mavjud. Rejalashtirilgan jismoniy faoliyat suyak salomatligini himoya qilishning yana bir foydali usulidir. Jismoniy faollik, sog'lom ovqatlanish va tibbiy aralashuv yoshga bog'liq suyaklarning yo'qolishi yoki osteoporozning oldini olishga yordam beradi. Jismoniy mashqlar o'smirlik davrida suyak massasining eng yuqori darajasini yaxshilash orqali osteoporozning boshlanishini kechiktirishi mumkin.

Suyak parchalanishini bloklovchilar va suyak shakllanishini kuchaytiruvchilar kabi bir qancha dorilar postmenopauzal davolash qatorida boʻlsa osteoporoz bilan kurashish yengilroq boʻladi.Bularga bifosfonatlar (masalan, alendronat), stronsiy ranelat, denosumab (RANKL inhibitori) va PTH kiradi.
D vitamini, kalsiy, fosfor, magniy, sink va mis skelet shakllanishi uchun zarur bo'lgan ozuqa moddalarining ba'zi namunalaridir.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1💯1
Hurmo diabetda mumkinmi?
Uning bargichi?

Shu haqida sizlarga Koreya, Hitoy va Yaponiyadan yap - yangi maʼlumotlar olib kelyapman😉

Biz bilan qoling!
Yaqinlarni ham taklif qiling.
Barchasi sizlar uchun.

@endocrinoo
3👍1👏1
Xurmo (Diospyros kaki) vatani Xitoy bo'lgan va Ebenaceae oilasiga mansub mevali daraxt Sharqiy Osiyoda keng tarqalgan.

Xurmo daraxtining mevalari oziq-ovqat sifatida iste'mol qilinadi, yosh barglari esa choy uchun ishlatiladi.Xurmo barglari choyi flavonoidlar, triterpenoidlar, taninlar va karotenoidlarni o'z ichiga olgan bir nechta bioaktiv birikmalarni o'z ichiga oladi

Bir qator tadqiqotlar xurmo barglari ekstraktining gipertenziya, insult, ateroskleroz va dermatitga foydali ta'siri haqida xabar berdi.

Yaqinda Jung va boshqalar 2-toifa diabetik sichqonlar yordamida PLE ning metabolik ta'sirini tekshirdilar. Besh hafta davomida xurmo kukuni barglarini og'iz orqali yuborishdan so'ng, hayvonlarda glyukoza va lipidlarni kamaytiradigan ta'sirlar kuzatildi, bu ham giperglikemiya, dislipidemiya va yog'li jigarni yaxshilashga olib keldi.

Xurmo barglari 2013-yil iyun oyida Wanju shahrida (Chjonbuk, Koreya) Dongsangmyeon Saramdeul Inc.(Jeonbuk, Koreya) tomonidan o'stirildi va yig'ib olindi.

Manba

@endocrinoo
👍1👏1